Logarifm haqida tushuncha. Darsning maqsadi


Download 20 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi20 Kb.
#119219
Bog'liq
Mavzu


Mavzu

Logarifm haqida tushuncha.

 

Darsning maqsadi



 

 

 



 

 

Ta’limiy : O’quvchilar bilan ko’rsatkichli tenglama mavzusini takrorlab,ularni logarifm tushunchasiga olib kelish. Eng sodda logarifmik tenglamalarni yechishni o’rgatish.( o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni nostandart vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish-kognitiv kompetensiya);



Rivojlantiruvchi : O’quvchilarning matematik og’zaki nutqini o’stirish, axborot bilan ishlashga o’rgatish, dars jarayonida faollikka chaqirish, atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilishga va guruhda ishlay olishga o’rgatish- ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;

Tarbiyaviy : o‘quvchilarni o’zaro hamkorlikda ishlashga, o’z fikrini erkin bayon etishga o’rgatish,o’z-o’zini baholash, zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini anglab, ularga loyiq avlodlar bo’lish tuyg‘usini singdirish- milliy va umummadaniy kompetensiya.

 

O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim ko’nikma va malakalar



 

Bilimlar : “logarifm” so’zining ma’nosi, ta’rifi, xossalari, asosiy logarifmik ayniyat, eng sodda logarifmik tenglamalar haqida tushunchaga ega bo’lish.

Ko’nikmalar : Asosiy logarifmik ayniyatlardan foydalanib misollar yecha olish, logarifm, natural va o’nli logarifmlar xossalaridan foydalanib hisoblashlarni bajarish, eng sodda logarifmik tenglamalar ildizlarini topa olishga ershish.

Malakalar: Asosiy logarifmik ayniyat va xossalaridan foydalanib misollar yechish malakasini rivojlantirish.

 

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi



Uslub : noan’anaviy, kichik guruhlarda ishlash, “Pinbord” metodi,”Piramida” o’yini.

Shakl : amaliy-yozma, og’zaki, jamoa va yakka tartibda ishlash;

Nazorat : O’z - o’zini nazorat qila olish,sherigini baholash, kuzatish, tekshirish

Baholash : dars yakunida to’plangan ballarga asosan o’quvchilar baholanadi.

 

Dars jihozi



darslik, ko’rgazmali qurollar, kompyuter, videoproyektor, tarqatma materiallar.

 

Dars turi



yangi bilimlarni shakllantiruvchi

 

Kutiladigan natijalar



O’qituvchi : -   o’quvchilarda yangi mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish . Guruhda va yakka tartibda ishlash   orqali o’quvchilar faolligini oshirish, mavzuni o’zlashtirishlariga erishish.

O’quvchi : Logarifmga oid bilimlari kengayadi mustahkamlanadi, mustaqil holda misollar yecha   oladilar.

Dars bosqichlari



Ajratilgan vaqt

 

1



Tashkiliy qism

2 daqiqa


 

2

Uy vazifasini tekshirish



3 daqiqa

 

3



Yangi mavzuni yoritish:

a):Pinbord” metodi

b)yangi mavzuni yoritish

 

20 daqiqa



 

4

Yangi mavzuni mustahkamlash:



a)”Piramida” o’yini

b) taqdimot

 

13 daqiqa



 

5

Darsga yakun yasash va baholash



5 daqiqa

 

6



Uy vazifasi berish

2 daqiqa
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling