Lok-bo‘Yoq ishlab chiqarishlarning xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 118.12 Kb.
bet1/4
Sana13.05.2020
Hajmi118.12 Kb.
#105623
  1   2   3   4
Bog'liq
282 09.12.2008




O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshlig‘ining

buyrug‘i

LOK-BO‘YoQ IShLAB ChIQARIShLARNING XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 9-yanvar 20-15-459/13-son]

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi № 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:



1. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarining xavfsizlik qoidalari tasdiqlansin.

2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.

Inspeksiya boshlig‘i I. XOLMATOV

Toshkent sh.,

2008-yil 9-dekabr,

282-son

“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2008-yil 9-dekabrdagi 282-sonli buyrug‘i bilan


TASDIQLANGAN

LOK-BO‘YoQ IShLAB ChIQARIShLARINING XAVFSIZLIK

QOIDALARI

Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.



Ushbu Qoidalar tashkiliy-huquqiy va mulkiy shakllaridan qat’iy nazar sanoat xavfsizligi sohasida faoliyatini amalga oshiruvchi va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi, tashkilotlar tomonidan qo‘llanishi uchun mo‘ljallangan.

Qoidalar sanoat xavfsizligini ta’minlovchi qoidalarni o‘rnatadi va lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarining xavfli ishlab chiqarishlari obyektlarida avariyalarni, ishlab chiqarish jarohatlanishlarini oldini olishga qaratilgan.

I bob. Umumiy qoidalar

1. “Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarining xavfsizlik Qoidalari” (bundan buyon — Qoidalar) quyidagilarda qo‘llanishi uchun mo‘ljallangan:

a) lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashda, qurishda, ekspluatatsiya qilishda, kengaytirishda, rekonstruksiya qilishda, texnik qayta qurollantirishda, konservatsiyalashda (vaqtincha to‘xtatib qo‘yish) va tugatishda;

b) “a” bandda ko‘rsatilgan obyektlarda qo‘llaniladigan texnik qurilmalarni tayyorlashda, montaj qilishda, sozlashda, xizmat ko‘rsatishda va ta’mirlashda;

v) “a” bandda ko‘rsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida binolar va inshootlarni loyihalashda, ekspluatatsiya qilishda, konservatsiyalashda va tugatishda;

g) “a” bandda ko‘rsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligiga ekspertizasini o‘tkazishda.

II bob. Umumiy talablar

2. Texnologik jarayonni ishlab chiqish, uni apparatlar bilan jihozlash, uzib qo‘yuvchi qurilmalar turini va o‘rnatilish joyini, nazorat va boshqarish vositalari turini tanlash texnologik bloklar portlash xavfliligi minimal darajasini ta’minlashi kerak.

3. Loyiha tashkiloti tomonidan, ushbu Qoidalar ilovasida bayon qilingan umumiy prinsiplarni hisobga olgan holda, “Kimyo, neft-kimyo va neftgaz qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalari”ga muvofiq har bir texnologik blok uchun energetik darajasini baholash o‘tkaziladi va uning portlash xavfliligi kategoriyasi aniqlanadi.

4. Korxona-buyurtmachi (quruvchi) o‘z vaqtida, ishlarni boshlashdan oldin, belgilangan qurilish yoki qayta ta’mirlash, texnologik chizma o‘zgarishi, ishlab chiqarish texnologiyasi prinsipial o‘zgarishi haqida davlat nazorat organiga xabar berishi shart.

5. Texnologik sxemaga, apparatlar bilan jihozlashga, avariyaga qarshi himoya tizimiga o‘zgartirishlar kiritish faqat texnologik jarayonni ishlab chiquvchi tashkilot va loyihani ishlab chiquvchi tashkilot bilan kelishilgan me’yoriy-texnik va loyiha hujjatlari mavjud bo‘lsagina amalga oshiriladi.

6. Har bir portlash yong‘in xavfli texnologik obyekt uchun tashkilot tomonidan RPA-94 “Korxonalarda avariya vaziyatlarini lokalizatsiyalash rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar” talablariga muvofiq avariya vaziyatlarini lokalizatsiyalash rejasi ishlab chiqiladi. Rejada, o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, avariyalarni va avariya vaziyatlarini oldini olish, ular paydo bo‘lganda esa — lokalizatsiyalash (tarqalib ketmasligini oldini olish), yonishga yoki portlashga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oqibatini maksimal tarzda kamaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar va harakatlar ko‘zda tutiladi.

7. Texnologik apparaturada zararli moddalar mavjudligida yoki portlashlarda, yong‘inlarda va boshqa avariyalarda ularning paydo bo‘lish imkoniyati bo‘lganda xodimlarni ushbu moddalar ta’siridan himoyalash chora-tadbirlari zarur. Bunday chora-tadbirlar loyihada va texnologik reglamentda ko‘zda tutiladi.

8. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va avariya holatlari o‘rnatilgan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.

III bob. Texnologik jarayonlarning portlash xavfsizligini ta’minlashga talablar

9. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlarining har bir kimyoviy-texnologik tizimi uchun uning portlash xavfliligi darajasini maksimal tarzda pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi, shu jumladan:

texnologik asbob-uskunalar ichida portlashlar va yong‘inlarni oldini olish;

texnologik asbob-uskunalarni emirilishdan himoyalash va ulardan avariyada zichligi yo‘qolganda atmosferaga yonuvchi moddalar chiqib ketishini maksimal tarzda cheklash;

ishlab chiqarish binolari, inshootlari va tashqi qurilmalari doirasida portlashlar va yong‘inlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;

ishlab chiqarish binolari, inshootlari va tashqi qurilmalari doirasida portlashlar va yong‘inlar oqibatlari og‘irligini pasaytirish.

10. Texnologik jarayonlar o‘rnatilgan tartibda tuzilgan va tasdiqlangan texnologik reglamentlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ushbu hujjatda parametrlarning kritik qiymatlari, jarayon parametrlari o‘zgarishlarining yo‘l qo‘yiladigan chegaralari, jarayonni apparatlar bilan jihozlash, mumkin bo‘lgan nosozliklar va ularni yo‘qotish usullari, ishlab chiqarishlar nazorati, texnologik jarayonni boshqarish, parametrlar qiymatini o‘rnatilgan chegaralardan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar va vositalar belgilanadi.

11. Alohida texnologik jarayonni yoki uning bosqichlarini portlash yong‘in xavfsizligi sharoitlarida o‘tkazish quyidagilar bilan ta’minlanadi:

portlash yong‘in xavfli aralashmalar yoki mahsulotlar hosil bo‘lishini maksimal darajada kamaytiradigan yoki yo‘l qo‘ymaydigan sharoitlardan kelib chiqib, o‘zaro ta’sirga kirishuvchi komponentlarni ratsional ravishda tanlash orqali;

komponentlar nisbatini reglamentlangan qiymatlaridan og‘ishiga va tizimda portlash xavfli konsentratsiyalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan, qadoqlashning (dozirovkaning) ratsional rejimlarini tanlash orqali;

texnologik muhitga portlash yong‘in xavfli aralashmalar hosil bo‘lishiga xalal beradigan qo‘shimcha moddalarni (inertgazlarni) kiritish orqali;

muhitning harakatlanishi va komponentlar aralashtirilishi usullari va rejimlarini, oqim bosimi va tezligini, issiqlik naporini, issiqlik almashish yuzasining issiqlik uzatish koeffitsiyentini, shuningdek apparatlarning geometrik o‘lchamlarini ratsional ravishda tanlash orqali;

portlash yonish xavfliligini kamaytiruvchi texnologik muhit holati (tarkibi, bosimi, harorati) parametrlarining qiymatlarini tanlash orqali;

ishonchli energiya ta’minoti orqali.

12. Apparatlarga inert gazlarni kiritish tartibi va usullari, texnologik jarayonning ma’lum bosqichlarida, hamda apparatlarni to‘xtatishga va yuritishga qo‘yilayotganda, loyiha va reglament bilan belgilanadi.

13. Har bir texnologik obyekt uchun inert gazlar miqdori va ularni transport qilish tizimi, texnologik tizim ishlashining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihada belgilanadi va reglamentlanadi. Inert muhit parametrlari, texnologik jarayonning portlash xavfsizligini va sifatli mahsulot olinishini (yoki oksidlovchi reaksiyalar bo‘lmasligini hisobga olib) ta’minlash shartlaridan kelib chiqqan holda, belgilanadi. Inert gazda azotning yoki boshqa inert moddaning miqdori hamma turdagi plyonka hosil qiluvchi smolalar uchun 99,5 foizdan va poliefir smolalar uchun 99,9 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.

14. Yonib ketish xavfli manbalarini yo‘qotish imkoniyati bo‘lmagan portlash xavfli muhitga ega texnologik tizimlar portlashni oldini olish va asbob-uskunalarni va quvur o‘tkazgichlarni emirilishdan himoyalash vositalari (yoriluvchi saqlagich membranalar, portlovchi klapanlar bilan, inert gazni muhitga kiritish bilan, alangani o‘chirish vositalari bilan va boshqalar) bilan jihozlanadilar.

15. Havo bilan portlash xavfli aralashmalar hosil qiluvchi yonuvchi mahsulotlar (gazsimon, suyuq, qattiq) kimyoviy-texnologik tizimlar zichlanishi (germetizatsiyalanish) kerak.

16. Asbob-uskunalarda portlashlar va yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar jarayonning ishchi parametrlarida aylanuvchi moddalarning portlash yong‘in xavfliligi ko‘rsatkichlari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.

17. A va B toifadagi binolar uchun xona ichida portlash ro‘y bergan holda binoni buzilishdan himoyalash bo‘yicha qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq chora-tadbirlar qabul qilinishi kerak.

18. Kimyoviy-texnologik tizimlar uchun changlanuvchi qattiq va dispers moddalar qo‘llanishi bilan bog‘liq bosqichlarida xona (ishchi zona), tashqi qurilmalar atmosferasiga yonuvchi chang chiqishini maksimal darajada kamaytiruvchi chora-tadbir va vositalar, asbob-uskunalar va qurilish konstruksiyalarida changlar yig‘ilishini, shuningdek changdan tozalovchi, asosan mexanizatsiyalashtirilgan, vositalar, havoning changlanganlik darajasini davriy nazorati va changni tozalash rejimi ko‘zda tutilishi kerak.

19. Har bir texnologik blok uchun uning energetik potensialini hisobga olib, yonuvchi mahsulotlarning atrof muhitga chiqib ketishini oldini olishga yoki ularning miqdorini maksimal darajada kamaytirishga, shuningdek portlashlarni oldini olishga va ishlab chiqarish xodimlari shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmasligiga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va vositalar ko‘zda tutiladi.

Tanlangan tadbir va vositalar yetarliligi har bir muayyan holatda loyihada asoslanadi.

20. II va III toifa portlash xavfli texnologik bloklar avtomatik tizimlar yoki avtomatik tartibga solish tizimlari, jarayonning portlash xavfliligini belgilovchi parametrlar qiymatini nazorat qilish vositalar bilan jihozlanadilar.

21. Avariya holatlarida texnologik tizimlardagi asbob-uskunalarda zichlik yo‘qolganda atrof muhitga yonuvchi va portlash yong‘in xavfli moddalar chiqib ketishini maksimal darajada kamaytirish uchun quyidagilar ko‘zda tutiladi:

II va III toifa portlash xavfli bloklar uchun ishlab ketish vaqti 120 sekunddan ko‘p bo‘lmagan va masofadan boshqariladigan berkituvchi yoki uzib qo‘yuvchi qurilmalar;

energetik potensiali Qv<10 nisbiy qiymatga ega bloklar uchun qo‘l uzatmali berkituvchi qurilmalar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda ratsional joylashtirish (operator ish joyiga yo‘l qo‘yiladigan maksimal yaqinlashtirib) hisobiga ularni ishga tushirilishining maksimal, ammo 300 sekunddan ko‘p bo‘lmagan, vaqti ko‘zda tutiladi.

22. Tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar (TAS va YoS) aylanadigan texnologik bloklar va alohida apparatlar uchun ularni avariya tartibida bo‘shatish ko‘zda tutiladi.

Texnologik bloklar yoki apparatlarni nasoslar yordamida yoki boshqa turli usullarda oraliq va xomashyo omborlarining idishlariga ushbu ishlab chiqarishning, turdosh bo‘linmalari, qurilmalari va sexlarining texnologik apparatlariga yoki ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan avariya yoki drenaj hajmlarga bo‘shatish mumkin, bunda quvuro‘tkazgichlarning to‘la bo‘shatilishi ta’minlanishi kerak.

Avariya hajmlarining sig‘imliligi apparatning eng katta hajmi hisobidan qabul qilinishi kerak. Ularni boshqa maqsadlarga ishlatish taqiqlanadi.

23. Aralashtirilganda portlash xavfli birikmalar hosil qiluvchi yoki mahsulot sifatini pasaytiruvchi moddalarga ega bug‘-gaz muhitli liniyalar birlashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Har xil bosimli apparatlardan tashkil topgan bug‘-gaz muhitli liniyalarni birlashtirganda bunday muhitlar yuqoriroq bosimli apparatlardan boshqa apparatlarga oqib o‘tishini oldini oladigan chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak. Umumiy kollektorga birlashtiriladigan TAS va YoS ga ega apparatlarning nafas olish liniyalarida alanga tarqalishini oldini olish uchun chora-tadbirlar va vositalar (olovni to‘suvchilar, gidrozatvorlar va boshqalar) ko‘zda tutilishi kerak.

TASli asbob-uskunalardan chiqarib yuborish nafas liniyalari tomdan yoki xizmat ko‘rsatiladigan maydonchadan 3 metrdan kam bo‘lmagan hisoblangan balandlikka tashqariga chiqarilishi kerak, agar ular gorizontal bo‘yicha binoning (inshootning) eng baland qismidan 6 metrdan yaqin bo‘lmagan joyda bo‘lsa.

24. TAS qo‘llanilishi bilan bog‘liq ish xonalarida portlashdan oldin konsentratsiyalarning avtomatik signalizatorlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

IV bob. Hudud, binolar, inshootlar

25. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishlari hududining planini tuzishda ishlab chiqarish jarayoni va mehnati uchun eng qulay sharoitlarni ta’minlash kerak va amaldagi qurilish qoidalari va me’yorlari talablariga muvofiq bajariladi.

26. Ishlab chiqarish hududi planini tuzishga umumiy talablar KM va QP-89 “Sanoat korxonalarining bosh plani”, QMQ 3.01.05 “Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududni obodonlashtirish”ga muvofiq bo‘lishi kerak.

27. Atmosferaga zararli moddalar chiqaruvchi ishlab chiqarish jarayonlariga ega binolar, inshootlar, ochiq qurilmalar boshqa ishlab chiqarish binolari va inshootlariga nisbatan shamollarning ustivor yo‘nalishi tomoniga qaratib joylashtirilishi kerak.

28. Quduqlarga hamda qayrilish burchaklarida kameralarga ega emas yer osti muhandislik tarmoqlari, tarmoq joylashishini aniqlashga imkon beruvchi, tashqi taniqli belgilarga ega bo‘lishlari kerak.

29. Yer osti kabel yo‘llari, muftalar va kabellarning “Iste’molchilarning elektrqurilmalari texnik ekspluatatsiyasi Qoidalari”ga muvofiq joylashishini aniqlashga imkon beruvchi, tashqi taniqli belgilarga ega bo‘lishlari kerak.

30. Ishlab chiqarish hududidagi lyuklar, quduqlar, chuqurlar berkitilgan bo‘lishi kerak. Vaqtincha ochib qo‘yilgan lyuklar, quduqlar, chuqurlar, tungi vaqtda yorug‘lik signalizatsiyasi qurilmasi bilan, balandligi 1 metrdan kam bo‘lmagan vaqtincha to‘siqqa ega bo‘lishlari kerak.

31. Lotoklar, kanallar, transheyalar ustidan o‘tish joylarida, balandligi 1 metrdan kam bo‘lmagan, balandligi o‘rtasida plankalar qo‘yilgan, mustahkam panjaralar bilan to‘silgan, kengligi 0,8 metrdan kam bo‘lmagan ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ko‘prikchalarga yo‘l bo‘sh bo‘lishi kerak. Qorong‘i tushganda ko‘prikchalar va ularga yo‘llar yoritilgan bo‘lishi kerak.

32. Ishlab chiqarish hududi atmosfera, qor muzdan erigan va sug‘orish suvlarini chiqarib yuborish uchun zarur nishablikka ega bo‘lishi kerak. Yo‘llar, o‘tish yo‘llari, yo‘laklar, yuklarni tushirish uchun maydonchalar qattiq qoplamaga ega bo‘lishlari kerak.

33. Yo‘llarni, yo‘lkalarni, binolar va inshootlar orasidagi joylarni materiallar, asbob-uskunalar, bo‘sh upakovka hajmlarni va tayyor mahsulotni joylashtirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

34. Yo‘llar, transport o‘tish joylari, yo‘lkalar, tashqi narvonlar, estakadalar, o‘tish joylari soz holatda ushlanishi kerak: o‘z vaqtida ta’mirlanishi, qish vaqtida qordan tozalanishi, yaxmalaklarga qum sochilishi, kechasi yoritilishi kerak.

Hududning bo‘sh uchastkalari ko‘kalamzorlashtirilishi kerak.

35. Zavod ichidagi avto yo‘llar “Avtomobil yo‘llari” QMQ 2.05.02 talablariga javob berishi kerak.

36. Hududda avtotransportning, boshqa mexanizmlarning, o‘tish yo‘llarining toraygan joylarida va o‘t o‘chirish operativ rejasi bo‘yicha yong‘in texnikasi joylashtiriladigan joylarda, to‘xtab turishiga yo‘l qo‘ymaydigan tegishli yo‘l belgilari va tushuntirish yozuvlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

37. Avtomashinalar, traktorlar, yuk ko‘tarish-tashish va qurilish mexanizmlarining portlari va yong‘in xavfli sexlar va qurilmalar hududiga kirishiga faqat mazkur sexlar, qurilmalar rahbarlarining ruxsati bo‘yicha, to‘xtash joylari, ularning harakati va xavfsizlik choralari ko‘rsatilib, yo‘l qo‘yiladi.

38. Yonuvchan bug‘lar yoki gazlar to‘planishi mumkin bo‘lgan korxona hududining uchastkalaridan avtomobillar, traktorlar, mototsikllar va boshqa transportlarning uchqun o‘chiruvchi moslamasiz o‘tishi taqiqlanadi.

39. Doimiy o‘rnatilgan yong‘in narvonlari, hamda binolar tomlaridagi yonmaydigan to‘siqlar yaroqli holda ushlab turilishi kerak.

40. Korxona hududi bo‘yicha transport harakati, burilishlar, to‘xtashlar, kirish va chiqishlar va boshqa ko‘rsatilgan transport va yo‘lovchilar oqimlari harakatining sxemalari bo‘yicha tashkil qilinishi kerak.

41. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishining barcha binolari va inshootlariga erkin kirish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Binolarga va o‘t o‘chirish suv manbalariga o‘tish va yaqinlashish joylari, shuningdek yong‘inga qarshi inventarga, uskunalarga va rezervuarlarga yaqinlashish joylari maxsus maydonchalar bilan jihozlangan va muntazam bo‘sh bo‘lishi kerak, qish vaqtida qordan va muzdan tozalangan, tungi vaqtda o‘tish xavfsizligini ta’minlash uchun yoritilgan bo‘lishi kerak. Binolar orasidagi yong‘inga qarshi uzilish joylarini materiallarni, uskunalarni omborxonada saqlanishiga va avtotransport turishiga ruxsat berilmaydi.

42. Yong‘in o‘chirish inventaridan tezlikda foydalanish uchun sharoit yaratish maqsadida ushbu vositalar maxsus yong‘in postlarida o‘rnatilishi va tungi vaqtda yoritilishi kerak. Ko‘rinarli joylarda yong‘inga qarshi kurashuvchi xizmatni chaqirish tartibi to‘g‘risidagi yozuvlar osib qo‘yilishi kerak.

43. Zavod ichidagi temir yo‘l izlari, o‘tish joylari va ulardan o‘tish vositalarining o‘rnatilishi, temir yo‘l xo‘jaligini tashkil qilish va ekspluatatsiyasi QMQ 2.05.01 “Temir yo‘llar, tor temir yo‘llar” va SNiP 2.05.07 “Sanoat transporti” talablarini qondirishi kerak.

44. Temir yo‘l va avtomobil transportining korxona hududi bo‘yicha harakatlanish tezligi uchun GOST 10807 “Yo‘l belgilari” bo‘yicha maxsus osib qo‘yilgan (chiqarib qo‘yilgan) yo‘l belgilarida, tezlik ko‘rsatkichlarida va GOST 12.4.026 “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” bo‘yicha xavfsizlik belgilarida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

45. Har bir ishlab chiqarish binosiga sanitar-texnik pasport tuzilgan bo‘lishi kerak, unda foydalanish uchun zarur bo‘lgan bino to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘tkazilgan ta’mirlash va ko‘riklar haqidagi belgilar yoritilgan bo‘lishi kerak.

46. Barcha ishlab chiqarish va yordamchi xonalar ozodalikda saqlanishi kerak.

47. Lok-bo‘yoq ishlab chiqarishining asosiy jarayonlariga tegishli hamma ishlab chiqarish va ombor xonalardagi pollar, devorlar va shiftlar namga chidamli, ho‘llab tozalashga va changdan oson tozalashga yo‘l qo‘yadigan bo‘lishlari kerak. Pollar va devorlar silliq va choksiz bo‘lishi kerak; devorlar chang to‘planishiga yo‘l qo‘yadigan sathlarga ega bo‘lmasligi kerak. Devorlar va pol yuzasining rangi ajraladigan chang-rangidan farq qilishi kerak.

48. Pollar tekis, yoriqlarsiz, o‘ymalarsiz va qavariq joylarsiz bo‘lishi va QMQ 2.03.13 “Pollar” talablariga muvofiq bajarilgan bo‘lishi kerak.

49. Yong‘inga qarshi devorlarda va binolar va inshootlarning bostirmalariga o‘rnatilgan yong‘inga qarshi eshiklar, suv pardalari, to‘siqlar, shiberlar, tutunga qarshi qurilmalar soz holatda ushlab turilishi kerak.

V bob. Ayrim texnologik jarayonlarga maxsus talablar

1-§. Texnologik qism

50. Texnologik jarayonlar o‘rnatilgan tartibda tuzilgan va tasdiqlangan texnologik reglamentlar bo‘yicha amalga oshirilishlari kerak.

51. Bug‘lar, chang va zararli gazlar ajralishi bilan olib boriladigan jarayonlar apparatlari gazlar atmosferaga chiqarib yubormasdan avval tutqichlar va maxsus tozalovchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.

52. Elektr induksiyasi yordamida isitiladigan reaktorlar elektr qurilmalari sifatida qaraladi va ularga “Elektr qurilmalar tuzilishi Qoidalari” taalluqlidir.

53. Yuqori temperaturada qaynovchi organik issiqlik tashuvchi bilan isituvchi qozon qurilmalari “Bug‘ va suv isitish kotellari tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiyasi Qoidalari”ga muvofiq bo‘lishlari kerak.

2-§. Yonuvchan bug‘-gaz muhitlar, suyuqliklar va mayda dispersli qattiq mahsulotlarning harakatlantirish

54. Quvuro‘tkazgichlarda harakatlanuvchi yonuvchan mahsulotlarning tezligi, bosimi va haroratining yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari harakatlantirilayotgan moddalarning portlash xavfli tavsiflari va fizik-kimyoviy xossalari hisobga olingan holda o‘rnatiladi.

55 Qotib qoluvchi mahsulotlar va kristallanish qobiliyatiga ega quyuq eritmalarni (ftal va malein angidridlar, kanifol va boshqalar) quvuro‘tkazgichlar bo‘yicha harakatlantirish isitiladigan “quvur quvurda” turidagi quvuro‘tkazgichlar bo‘yicha va yo‘ldosh issiqlik tashuvchilar bilan quvuro‘tkazgichlarda tiqilib qolishga yo‘l qo‘ymaydigan rejimda amalga oshirilishi kerak.

Isitish va issiqlik tashuvchi turi harakatlantirilayotgan moddalarning fizik-kimyoviy va yonish portlash xavfliligi xossalarini hisobga olib tanlaniladi.

56. Kristallanib qolgan mahsulotni isitish (eritish) uchun ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi. Isitishdan avval isitiladigan uchastkani bosim manbaidan (manbalaridan), quvuro‘tkazgichlar va apparatlarning tutash uchastkalaridan dastlab uzib va berkitib qo‘yilishi zarur.

57. Nasoslar va kompressorlar uchun konstruksiyasini va konstruksiya materiallarini tanlash amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar bo‘yicha harakatlantirilayotgan muhit va jarayonning ishchi parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


Download 118.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling