Lokal hisoblash tarmoqlari


Download 6.44 Kb.
Sana18.06.2022
Hajmi6.44 Kb.
#764903
Bog'liq
tarmoq
МАКТАБ ИЧКИ ТАРТИБ КОИДАЛАРИ, Jismoniy shaxslar mol mulkiga solinadigan soliqning o’ziga xos xususiyatlari mustaqil ish, Mustaqil ish, Mustaqil ish, Mustaqil ish, 1 sinf matematika fanidan songa 3 ni, 1-amaliy mashgulot, 5e649d5aba8ca, 57776 3-kurs sirtqi (oraliq topshiriq), 59242 1-topshiriq, 59242 1-topshiriq, 5e649d5aba8ca, 57776 3-kurs sirtqi (oraliq topshiriq), 14. Applikatsiya haqida, 57776 3-kurs sirtqi (oraliq topshiriq)

oblash texnikasi paydo bo‘lishidan boshlab, kompyuterlar orasida ma’lumotlar uzatish bo‘lgan. Bu orqali har bir aloxida kompyuterni birgalikda ishlashini tashkil etish, bir masalani bir nechta kompyuterlar yordamida yechish, har bir kompyuterni birorta funksiyani bajarishga maxsuslashtirish, resurslardan birgalikda foydalanish va boshqa ko‘p muammolarni yechish imkonini yaratadi. Oxirgi vaqtda axborot almashishni ko‘p uslub va vositalari taklif etilgan: disketa yordamida fayllarni oddiy ko‘chirishdan to dunyo bo‘ylab Internet kompyuter tarmog‘igacha, ya’ni barcha dunyodagi kompyuterlarni bog‘lash imkonigacha.
Lokal hisoblash tarmoqlari
Bu ierarxiyada lokal tarmoqlarga qanday o‘rin ajratiladi?
“Lokal tarmoqlar” (LAN, Local Area Network) deganda aynan shunday tarmoqlarni tushiniladiki, u o‘lchamlari katta bo‘lmagan bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlarni birlashtiradi. Bunday izohlarni aniq emasligini tushunish uchun ayrim lokal tarmoqlarni xarakteristikalarini ko‘rish yetarli bo‘ladi. Masalan, ayrim lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki o‘nlab kilometrlar masofadagi aloqani oson ta’minlaydi. Bu esa xona, bino, bir-biriga yaqin joylashgan binolarni birlashtirish mumkin. Unda o‘lchamlari butun shaharga teng tarmoq- ni birlashtirish mumkin. Boshqa tomondan, global tarmoqlar bo‘yicha (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonadagi qo‘shni stollarda joylashgan kompyuterlar birlashishi mumkin, buni esa negadir hech kim lokal tarmoq deb atamaydi. Shuningdek, bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar kabel orqali interfeyslarning (RS 232-C, Centronis) tashqi razyomlariga yoki kabelsiz infraqizil kanali bo‘yicha ulanadi. Bunday aloqa ham lokal tarmoq deyilmaydi. Bir nechta kompyuterlarni birlashtirgan kichik tarmoqni lokal tarmoq deb atash noto‘g‘ri.
Haqiqatdan ham, real holatda ko‘pincha lokal tarmoq ikkita yoki bir necha o‘nlab kompyuterlarni birlashtiradi. Bir xil lokal tarmoqlarning imkoniyatlari yuqori, abonentlarni maksimal soni mingacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik deb atash to‘g‘ri bo‘lmasa kerak.
Bir xil mualliflar lokal tarmoqni “ko‘p kompyuterlarni bevosita ulash uchun tizim” deb ifodalashadi. Bunda faraz qilinadiki, axborot kompyuterdan kompyuterga vositachilarisiz bir xil muxitda uzatiladi. Biroq, zamonaviy lokal tarmog‘ida bir xil muxitda uzatish to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, bir tarmoq ichida ham har xil turdagi elektr kabellari va optovolokonlar ham ishlatiladi. “Vositachilarsiz” uzatish deb ifodalash ham juda aniq emas, chunki zamonaviy lokal tarmoqlarda har xil konsentratorlar, komutatorlar, marshrutizatorlar, ko‘priklar (mostlar) ishlatiladi. Ular uzatiladigan axborotni juda murakkab qayta ishlashini amalga oshiradi. Tushunarli emas, ularni vositachi deb atalsa bo‘ladimi yoki yo‘qmi.
To‘g‘rirog‘i, lokal tarmoq bu shunday tarmoqki, foydalanuvchilar aloqani sezmaslikka imkon beradi.
Lokal tarmog‘i bilan bog‘langan kompyuterlar bir virtual kompyuterga birlashadi, uning resurslariga hamma foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘ladi, lekin bu kirish bevosita har bir alohida kompyuterga kiradigan resurslarga qaraganda uncha qulay emas.
Bu holatda qulaylik deganda birinchi navbatta kirishni yuqori real tezligi tushiniladi, qo‘shish orasidagi axborotlar bilan almashish foydalanuvchi uchun bilinmasdan amalga oshiriladi. Bunday ifodalanishda na sekin global tarmoqlar, na sekin aloqa Ketma ket yoki parallel portlar orqali lokal tarmoqlar degan tushunchaga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ifodalashdan kelib chiqadiki, lokal tarmoqda uzatish tezligi eng ko‘p tarqalgangan kompyuterlarni ishlash tezligi oshishi bilan albatta oshishi kerak. Shunday holat kuzatilyapti, agar yaqinda 1-10 Mbit/s uzatish tezligi qoniqarli deb hisoblangan bo‘lsa, bugun esa o‘rta tezlikdagi tarmoq deb 100 Mbit /s tezlikda ishlaydigan tarmoq hisoblanadi, 1000 Mbit/s va o‘ndan katta tezlik uchun vositalar faol ishlab chiqilmoqda.
Lekin bu yagona farqi emas, boshqa omillar ham muhimdir. Masalan, uzatishda xatolar darajasi past, prinsipial suratda bo‘lishi zarur. Axir juda tez uzatilgan bo‘lsa ham, xatolar bilan buzilgan axborot manosiz bo‘ladi – uni yana bir uzatish kerak bo‘ladi.
Shu sababli lokal tarmoqlar uchun maxsus o‘tkazilgan sifatli aloqa liniyalaridan foydalaniladi. Tarmoqning yana pr
Download 6.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling