Lokal kompyuter tarmog’ini tashkil qilish va unda ishlash


Download 0.89 Mb.
bet1/9
Sana27.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1657089
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Khasnova Aziza Lokal kompyuter tarmoqlari (2)


Lokal kompyuter tarmog’ini tashkil qilish va unda ishlash
Mundarija
I.Kirish……………………………………………………………………………2
Nazariy qism
II.2.1.Kompyuter tarmoqlari……………………………………………………4
2.2.Local tarmoqning paydo bo’lish.
2.3.Local tarmoqning afzalliklari.
Asosiy qism.
III.3.1.Tarmoq topologiyasi
3.2. .Local tarmoq topologiyasi
3.3.Lokal tarmoqni bоshqаrish аrхitеkturаsi
IV.Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyot va internet saytlari.

Kirish
Local kompyuter tarmoqlari hayotimizda ko’plab uchratishimiz mumkin .Xususan texnikum , kollej yoki maktab va boshqa kompyuter xonalariga kirsak u yerdagi kompyuterlarning bir-biri bilan local local tarmoqni tashkil etganligini ko’rishimiz mumkin . Har bir shaxs o’z uyida turib kata masofalarda joylashgan ma’lumotlarni olishi mumkin , yani uzoq masofalarda joylashgan ma’lumotlarni olishi mumkin.Bizga bunday imkoniyatni ham kompyuter tarmoqlari beradi.Kompyuter tarmoqlari har xil loyihalar bo’yicha tashkil etiladi.
Kompyuterlarning o’zaro turli ma’lumotlar , programmalar almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi.Kompyuterlar uchun shunday tarzda (tarmoqga biriktirilgan holda )foydalanish juda ko’p afzalliklarga ega.Masalan ,kompyuter tarmog’iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi ,biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo’limlarga bo’lib,har bir bo’lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin.Fayllar kataloglar ,pirinter disklar tarmoqda birgalikda foydalanishi mumkin.Bu esa o’z navbatida tezlik pasayishiga olib keladi.Shuning uchun kompyuter tarmoqlarga birlashtirilishi (simlar yoki boshqa yo’llar bilan)tarmoq o’zidan-o’zi ishlayveradi degani emas. Tarmoqdagi kompyuter tarmoq operatsion sistemasini boshqaruvida ishlaydi.Hozir ko’p ishlayotrgan Windows 95 tartibida local tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi programmalar mavjud.
Hozirda kompyuterlarni qullashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim ahamiyatga ega .Buni butun dunyo kompyuter tarmog’i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kurish mumkin.
Uzatish kanallari orqali uzoqroq bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi.Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashinuv vositasi va apparat , dastur hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni taminlaydi.
Kompyuterlarning tarmoqga birlashishi qimmat baxo asbob-uskunalar kata xajmli disk, pirenterlar asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi.Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin.Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o’zgartirib yuboradi ,xizmat ko’rsatishning eng ko’p tarqalgan tarmog’i – electron pochta orqali axborot almashinuvini amalga oshirishdir.Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umum tarmoq resurslariga oddiy ,qulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish .Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini taminlash.Umumiy axborotlash davrida kata hajmdagi axborotlar local va globalkompyuter tarmoqlarida saqlanadi,qayta ishlanadi va uzatiladi.Local tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lutotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi.Global tarmoqda yagona ilmiy, iqtisodiy ,ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakillantiriladi.
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda ,umumiy ma’lumotni markazlashtirishda ,ma’lumot5larni malum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta ishlash borasida ko’pgina vazifalar mavjud.Bularga birgina misollar keltirish mumkin:bank va boshqa moliyaviy tuzumlar ; bozorning ahvolini aks etiruvchi tijorat tizimi (“talab-taklif”);ijtimoiy ta’minot tizimi; soliq tizimi; oraliq masofadan turib kompyuter ta’limi ;avia chiptalar zaxira qilib qo’yish tizimi; uzoqdan turib tibbiy tashxislash; saylov tizimi.Ko’rsatilgan ushbu barcha qo’shimcha ma’lumotlar to’planishi , saqlanishi va undan foydalana olish (kirish) noto’g’ri ma’lumotlar bo’lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan ximoyalangan bo’lish kerak.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik odimlarini dadil qo’yayotgan hozirgi davrda,axboratlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotganini hech kimga sir emas. Respublikamizda jamiyatimizni axboratlashtirish maqsadida bir qancha qator qonunlar qabul qilindi. Masalan 1993-yil 7-may va 2003-yil 11-dekabrdagi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonun ,2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirish va Informatsion-kommunikatsion texnalogiyalarni qo’lashni yanada rivojlantirish”haqidagi qaror ,2003-yil 11-dekabrdagi “Elektron raqamli imzo haqida”gi qonun va 2004-yil 29-apreldagi “Elektron hujjat yuritish “haqidagi qonun fikrimizning dalilidir .
Informatika vositalari jamiyatimizning barcha jabhalarida tobora kirib borayotganini,axborotni tez va sifatli qayta qayta ishlash malakasi o’sib kelayotgan har bir yoshning turmush talabiga aylanishini ko’rsatib bermoqda.Axborotning qimmat baxo tovarga aylanib borayotganidi. va axborotni tez va sifatli qayta ishlash malakasi o'sib kelayotgan har bir yoshning turmush talabiga aylanishini ko'rsatib bermoqda. Axborotning qimmatbaho tovarga aylanib borayotgani, informatika fanining nufuzi va ahamiyati o'sib borayotganidan dalolatdir.Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bugungi dunyoda, aniqrog‘i, insoniyat hayoti faoliyati davomida axborot texnologiyalari sohasi keng tarqalganligi bilan bir qatorda, tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatni axborot texnologiyalaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishdan samarali himoya qilish muammosini keltirib chiqarmoqda. Shu bois 2007-yil 27 sentabrda Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi tomonidan “Axborotlashtirish va ma’lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi hamda 2007- yil 30 noyabrda Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullandi va 2007 yil 26 dekabrda rasmiy e’lon qilinib, shu kundan e’tiboran kuchga kirdi. Avvalambor, mazkur qonunning qabul qilinishi sabablari, maqsadi, ahamiyati va zaruriyligi haqida to‘xtalib o‘tsak. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish va uni jamiyat hayotining barcha jabhalariga joriy etish masalasiga katta e’tibor berib kelinayapti. Natijada axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalardan kundalik hayotda va barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan “axborot kommunikatsiyalari asri” dеya e'tirof etilmoqda. Bunday sharoitda bilim, axborotga egalik ishlab chiqarish va iqtisodiy aloqalar ustidan hukmronlik qilish imkonini bеradi. Kompyutеr madaniyatining kirib kеlishi tufayli insonning o‘z ustida ishlashi, malakasini oshirishga intilishiga asoslangan fikrlash, bilim olishning yangi ko‘rinishi yuzaga kеldi.Jamiyat hayotiga axborot tеxnologiyalarning kеng darajada kirib kеlishi fuqarolarga axborot olishga bo‘lgan imkoniyatlar eshigini ochib bеrdi. Mazkur o‘zgarishlar birinchi navbatda, yangi axborot kommunikatsiya tеxnologiyalari ta'siri ostida yuz bеrib, inson faoliyatining har bir sohasida axborotga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Bugungi kunda mutaxassislar axborot tеxnologiyasining asosiy bеlgisi sifatida ma'lumotni qayta ishlash jarayonining muayyan bosqichlarga bo‘linishini e'tirof etadilar. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu jarayonning batamom tartibga solinishi va uni avtomatlashtirilgan holga o‘tkazilishi uchun yangi imkoniyat yaratib bеrdi.Hozirda jurnalistikani axborot tеxnologiyalarsiz tassavvur qilish qiyin. OAV’ning qaysi turiga nazar tashlamang, axborotni istе'molchiga uzatish jarayonida, aynan axborot tеxnologiyalaridan kеng foydalanilayotganligining guvohi bo‘lamiz.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling