Lokal tarmoq orqali tatu samarqand filiali monitoringini olib boruvchi dasturiy ta’minot yaratish


Download 47.5 Kb.
Sana26.04.2020
Hajmi47.5 Kb.
#101591
Bog'liq
404 Шохрух Мадаминов taqriz

TATU Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti 4-kurs talabasi Sh. Madaminovning “Lokal tarmoq orqali TATU Samarqand filiali monitoringini olib boruvchi dasturiy ta’minot yaratish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


M U L O H A Z A

Hozirgi kunda axborot kammunikatsiya tеxnologiyalari rivojlanib bormoqda. Bu tеxnikaning rivojlanishiga asosiy sabab bo’ladigan omillardan biri bu axborotlar almashishdir. Bizga malumki xozirgi kunda axborotlar tеxnika yordamida uzatiladi. Axborotlarni uzatishdan oldin axborotlarni yigish ularni kayta ishlash lozimdir. Axborot asosini ma'lumotlar tashkil qiladi. Yigilgan ma'lumotlarni boshkarish juda kata muommo kеltirib chiqaradi. Bu muommoni xal qilish uchun ma'lumotlar bazasini boshkarish tizimlari fani chuqur o’rgatilmoqda.

Ushbu bitiruv ishida TATU Samarqand filiali monitoringgi(buyruqlar, farmoyish va hakazolar bo’yicha) dasturiy ta’minot yaratilgan. Ushbu bitiruv ishida mos dastur quyidagi imkoniyatlarni o’z ichiga oladi:

  • filialiga kiruvchi hujatlar (buyruqlar, farmoyish va hakazolar) bazasini yaratilgan;

  • hujjatlar bazasini tahlil qilish va ijrosi bo’yicha monitoring olib boriladi;

  • tarmoq orqali matnli ma’lumotlar almashiladi;

  • foydalanuvchilar bir birlariga kleynt- server texnologiyasi yordamida lokal tarmoqda ma’lumotlar uzatadilar;

        • filial hisobotidagi xatoliklarni yo’qotadi;

        • ish unumdorligini oshirishga erishiladi.

Bitiruv ishiga mos dastur Delphi muhitida ishlab chiqilgan.

Bitiruv ishini bajarishda Sh. Madaminov masalaga ijodiy yondashish va uni mustaqil yecha olish qobiliyatiga ega ekanligini ko’rsatdi.

Bitiruv ishi yetarli darajada yaxshi va ravon yozilgan bo’lib, u 5521900 -“Informatika va axborot texnologiyalri” yo’nalishi bo’yicha qo’yilgan talablarga javob beradi. Sh. Madaminovning bitiruv ishida bajarilgan ishlari va olgan natijalarini hisobga olib, uni “yaxshi” bahoga loyiq deb hisoblayman.
Ilmiy rahbar: O’.M.Saidov

TATU Samarqand filiali Kompyuter injiniring fakulteti 4-kurs talabasi Sh. Madaminovning “Lokal tarmoq orqali TATU Samarqand filiali monitoringini olib boruvchi dasturiy ta’minot yaratish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga

T A Q R I Z
Ushbu bitiruv ishida TATU Samarqand filiali monitoringgi(buyruqlar, farmoyish va hakazolar bo’yicha) dasturiy ta’minot yaratilgan. Ushbu bitiruv ishida mos dastur orqali filialiga kiruvchi hujatlar (buyruqlar, farmoyish va hakazolar) bazasi shakllangan, hujatlar bazasini tahlil qilish va ijrosi bo’yicha monitoring, tarmoq orqali chat sifatida matnli ma’lumotlar almashish, foydalanuvchilar bir birlariga fayllarni lokal tarmoq orqali uzatish, filial hisobotidagi xatoliklarni yo’qotish, ish unumdorligini oshirishga erishiladi.

Ishning strukturasi kirish qismi, 3- ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilova qismlaridan iborat.

Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va maqsadi berilgan.



1-bobda kompyuter tarmoqlari va ularda ma’lumotlarni uzatish bo’yicha asosiy tushunchalar keltirilgan.

2-bobda dasturiy vositani yaratish ketma-ketligi berilgan.



3-bobda TATU Samarqand filiali monitoringini olib boruvchi dasturining imkoniyatlari va ulardan foydalanish tartibi keltirilgan.

Ilovada “monitoring” dasturiy vosita matni havola etiladi. Dasturiy vosita imkoniyatlari, dasturiy vosita bilan ishlash qoidalari keltirilgan.

Xulosa qismida qilingan ishlar va olingan natijalar tahlil qilingan.



Dastur xozirgi kunda TATU Samarqand filialida foydalanilib kelinmoqda. Shuningdek undan boshqa oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar foydalanish mumkin.

Bitiruv ishi yetarli darajada yaxshi va ravon yozilgan bo’lib, u 5521900 -“Informatika va axborot texnologiyalri” yo’nalishi bo’yicha qo’yilgan talablarga javob beradi. Sh. Madaminovning bitiruv ishida bajarilgan ishlari va olgan natijalarini hisobga olib, uni “yaxshi” bahoga loyiq deb hisoblayman.

Sam ISI o’quv bo’limi boshligi: t.f.n. I.E. Shodmonov
Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling