Lola, Nartsiss va Giatsint etishtirish texnologiyasi Yangi yilga gul etishtirish
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gullashdan so’ng dam olish davri
- Dam olish (tinim) davrining boshlanishi
- Tinim davri oxirida
- 2. Lola etishtirishdagi muvaffaqiyatsizliklar sabablari.
- Ko’r butonlar (ochilmay qolgan gullar)
- Gul strelkasining so’lib qolishi
- Gullarning notabiiy pigmentatsiyasi (rangsizlanishi)
Gullash davrida gullarning bo’yi ikki martadan ko’proq o’sadi. Barglari ham intensiv ravishda o’sadi. Ona piyozning po’stloqlari juda ham yupqa bo’lib qoladi, ammo ular hali tirik bo’lib, bolacha piyozlarning tag qismlarida qoladilar. Bolacha piyozlarning o’lchamlari ham kattalasha boradi va ularning yuqorigi po’stloqlari yupqalashadi hamda ularning ichki a’zolari ham rivojlana boshlaydilar. Sunday qilib, gullashga tayyorlanish 76 paytida bitta lola o’simligida uchta vegetativ avlod mavjud bo’ladi: ona piyoz, xozircha mustaqil bo’lmagan bolacha piyozlar va nevara piyozchalar kurtaklari. Bu davrda to’g’ri agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish nafaqat bu yildagi bolacha piyozlarning sifatiga, balki bir yildan keyingi ekish materialining xolatiga ham katta ta’sir qiladi. Gullashdan so’ng dam olish davriga tayyorlanish boshlanadi. Bunda lolaning yer ustki qismlarining o’sishi sekinlashadi va to’xtaydi. Bolacha piyozlar o’zlarining eng katta o’lchamlariga etadi, ammo ularda ichi organlarning va po’stloqlar orasidagi nevara piyozchalarning kurtakchlari rivojlanishi davom etadi. Keyingi yil ochiladigan lolarda ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi barglarning kurtaklari hosil bo’ladi. Bu davr oxiriga kelib, o’simlikning yer ustki qismlari va ona piyozning po’stloqlari quriydi, ildizlar esa o’ladilar. Lola ekilgan joyda bolacha piyozlarning uyasi paydo bo’ladi. Bu piyozlarning ichida eng kattasi – ona piyozning o’rniga hosil bo’lgan piyozcha bo’ladi. Unda barcha barglarning, gulning va nevara piyozchalarning kurtaklari mavjud bo’ladi. Dam olish (tinim) davrining boshlanishida bolacha piyozlar mustaqil bo’lib qoladilar, ammo ular xozircha ildizsiz bo’lib, organlarining rivojlanishi oxirigacha etmagan bo’ladi. Xuddi shu paytda lola piyozlari qazib olinadi va saqlash joyiga qo’yiladi. Bu erda piyozlarning ichki organlari rivojlanishi uchun kerakli bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish zarur bo’ladi. 77 Tinim davri oxirida lola ichki organlarining rivojlanishi tugallanadi va gul kurtak hosil bo’lishi oxiriga etadi. Demak, endi ularni yerga ekish mumkin bo’ladi. Hosilning xajmi va sifati nafaqat lola navi va ekish materialining fraktsiyasiga, balki piyozlarning sifatiga ham bog’liq bo’ladi. Shuni yodda tutish losimki, lolalarni piyozlarini ko’paytirish uchun gulpiyozning ekstra turini (eng kattasini) ishlatish yaramaydi – u faqat gul etishtirish uchungina ishlatilishi mumkin. Lola piyozlarini ko’paytirish uchun 1-razbor piyozlar juda ham ma’qul bo’ladi, chunki ularning ko’payish koeffitsienti (qazib olingan piyozlar sonining ekilgan piyozlar soniga nisbati) eng katta (3-4 ga teng) bo’ladi. Xuddi shu razbordagi (kattalikdagi) piyozlar eng ko’p va ekishga yaraydigan bolacha piyozlar olishga imkon beradilar. 2-razbordagi piyozlarning ko’payish koeffitsienti 2-3 ga teng, 3-razborniki esa 2 ga teng, detkaniki esa 0,5-0,8 ga teng bo’lishi mumkin. Ekish uchun mo’ljallanilgan piyozlar sog’lom, og’ir, ustki po’stlog’i yaltiroq, barcha po’stloqlari esa bir-biriga jips yopishib turgan bo’lishi kerak. Lola ekish uchun yaxshi yoritilgan, tekislangan, drenaj qilinadigan, hech bir faslda ham suv bosib ketmaydigan, yer osti suvlarining sathi 70 sm dan ko’p bo’lmagan, tagi qumli va hosildor qatlami 40 sm dan kam bo’lmagan yer maydoni tanlanadi. Kamhosil va o’g’itlanmagan tuproqlarda lolalar tez orada maydalanib, o’z original xususiyatlarini yo’qotadilar. Tuproq muhitining reaktsiyasi neytral yoki kam ishqorli bo’lgani ma’qul (pH = 7-7,5). Oldin ekilgan joylariga lolalar 5-6 yildan so’nggina qayta 78 ekilishlari mumkin (bu muddat zamburug’li kasalliklarning erda saqlanib qolish muddatidan katta bo’lishi kerak). Almashlab ekishga dekorativ butalarni, ko’p yillik o’tlarni qo’shish mumkin. Ammo gladioluslar va sabzavot o’simliklarini bunday yerlarda o’stirmagan ma’qul. Chunki ular lolalar kasallanadigan kasallik va zararkunandalar ta’siriga tez beriladilar. Shuning uchun ham ularning qo’zg’atuvchilari yerdan yo’qolib ketmaydilar. Yer maydoniga ishlov berishni ekishdan bir yil oldin kuzda boshlash kerak bo’ladi. Yer haydashdan oldin unga ko’p miqdorda organik o’g’itlar yoki torfokompost solinadi, yer oxaklanadi va bu tadbirlar hosildorlikni oshirish bilan bir qatorda, turli xil viruslar va zararkunandalarga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. Lolalarni ekishdan oldin esa unga to’liq mineral o’g’itlar solinadi. Lola piyozlarini ekish vaqtida tuproqdagi barcha organik elementlar batamom chirib bo’lgan bo’lishlari kerak, aks xolda lolazor turli xil xashoratlar, zamburug’lar va bakteriyalar uchun makon bo’lib qolishi mumkin. Lola piyozlarini ekishni tuproq harorati 5-7 gradusgacha tushganda amalga oshirish losim. Chunki issiq tuproqda lolalarning ildiz otishi sekinlashib, u kasalliklarga moyil bo’lib qoladi. Oldin mayda piyozlar ekiladi (chunki ular issiq havoda tezda qurib qolishlari mumkin), keyin esa yiriklariga gal keladi. Lola piyozlarining xar bir fraktsiyasi (razborini) alohoida yer maydoniga ekiladi. 1-razbor piyozlarning ekilish chuqurligi qumli tuproqda - 18 sm, suglinistik tuproqda – 15 sm, 2-razborniki esa mos ravishda 15 va 13 sm, 79 3-razborniki – 12 va 10 sm, 1-kategoriyali detkaniki – 10 va 8 sm bo’lgani maqsadga muvofiq bo’ladi. Kuzda, yerning yuqori qatlami muzlagandan so’ng, lola ekilgan yer maydoni ustiga 3-4 sm qalinlikda somon yoki torf sepiladi (300 tonna/gektar hisobidan). Bu tadbir piyozlar joylashgan chuqurlikda bir xil harorat bo’lishini ta’minlab beradi, o’t-o’lanlarning rivojlanishini sekinlashtiradi, yer yuqori qatlamining yumshoqligini ta’minlaydi. Erta bahorda, lola barg chiqarmasdan oldin, qor ustiga azotli o’g’itlar solinishi tavsiya etiladi. Vegetatsiya davrida lolalarni parvarishlash eng avvalo uni oziqlantirishi anglatadi. O’simlik birinchi barg chiqarganda azot, fosfor va kaliy bilan oziqlantiriladi, gullash davrida esa fosfor va kaliy bilan oziqlantiriladi. Ertaki gul etishtirish uchun mo’ljallanilgan lolalar piyozlarini etishtirishda ularni magniy va kaltsiy bilan ta’minlash juda muhim, chunki aks xolda gullar nozik va ko’rimsiz bo’lib qoladilar. Agar magniy etishmasa, barglarda xloroz kasalligi (rangsizlanish) paydo bo’lishi mumkin. Asosiy o’g’it sifatida tuproqqa kuydirilgan dolomit unini solish tavsiya etiladi, o’simlik rivojlanishining boshlang’ich bosqichida esa yog’och kuli yoki magniy sulfat solinadi. Kaltsiy etishmovchiligini tuproqni oxaklash bilan to’ldiriladi yoki lolalarni barg chiqarganidan to butonizatsiya paytigacha 0,5-1% li kaltsiyli selitra bilan 2-3 marta oziqlantiriladi. 80 Tabiiy ob-havo sharoitlaridan kelib chiqqan xolda lolalarni butonizatsiya va gullash davrlarida xamda gullash tugaganida 3-4 marta sug’orish talab etiladi. Haftasiga bir marta mahsus o’qitilgan ishchilar lola ekilgan dalani tekshirib chiqadilar va undagi kasal va o’sishdan orqada qolgan o’simliklarni kavlab olib, yo’qotadilar, chunki aks xolda infektsiya boshqa o’simliklarga ham tarqalib ketishi mumkin. Virus kasalliklarning alomatlari: gullarda shtrixlar, yo’llar va dog’lar paydo bo’lishi mumkin. Yoki o’simlik o’sishdan orqada qolishi, barglarning rangi o’zgarishi, barglarning notabiiy xolda buralib qolishi kuzatilishi mumkin. Agar kerak bo’lsa, o’simliklarni himoya qilish tadbirlari o’tkazilishi mumkin. Uchta muddatda notekis o’sayotgan lola egzemplyarlari yo’qotiladi – asosiy navdan oldin muddatlarda gullaganlar, gullash paytidagi boshqa navlar va asosiy nav gullab bo’lganidan so’ng gullayotganlar (ya’ni gullar uzib bo’linganidan so’ng ochiladiganlar). Bu tadbir navning tozaligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Nav tozaligini ta’minlab beradigan tadbirlar o’tkazilib, kasal o’simliklarni yo’qotgandan so’ng, lolalarning ommaviy ravishda ochilishdan avval dekapitalizatsiya tadbirini o’tkazish lozim bo’ladi – ya’ni, ochilayotgan lolalarning butonlari (gullari) uzib olinadi. Bu sifatli piyozlar olishni ta’minlash uchun zaruriy tadbir hisoblanadi, chunki bunday agrotadbir piyozlarning iloji boricha ko’proq massa to’plashiga olib keladi, piyozlarning ko’payish koeffitsientini oshiradi, tovar mahsulotning chiqish darajasini ko’paytiradi va viruslar bilan zararlanishning oldini oladi. Uzib olingan gullar daladan olib chiqilib, 81 yoqib yuboriladi. Lola piyozi olish uchun mo’ljallanilgan plantatsiyalarda gul olishga ruxsat etilmaydi. O’simlik batamom qurib qolganidan so’ng (bunda barglar qurib bo’ladi ba piyozlar yorqin-jigarrang tusga kiradi), piyozlarni qazib olishga kirishish mumkin bo’ladi. Bu yumushni kechiktirish mumkin emas, chunki piyozlar to’liq etilganda uning tashqari himoya qobig’i o’z immunitetini yo’qotmaydi va turli xil kasalliklarga chidamli bo’ladi. Vaqt o’tkazib yuborilsa, o’lik tashqi qobiq infektsiya manbai bo’lib qoladi. Piyozlarning uyalari buzilib ketmasdan lola piyozlari qazib olinsa, ularni qazib olishda piyozlarni yo’qotish xam eng kam darajada bo’ladi va tashqi himoya qobig’i piyozlarni saqlash davrida yorilib ketmaydi. Eng birinchi navbatda bolacha piyozlarning plantatsiyalaridagi piyozlar qazib olinadi, so’gra 3-, 2- va birinchi razbor piyozlarning plantatsiyalari qazib olinadi. Qazib olingan piyozlarni tag qismi setkadan qilingan yashiklarga bir qatlam qilib joylashtiriladi – bu esa piyozlarning yahshi qurishiga imkon berib, saqlash paytiga aeratsiyani ta’minlaydi, piyozlarning zararkunandalarining, zamburug’larining va gommoz kasalligi tarqalishining oldini oladi. Ob-havo yahshi bo’lgan sharoitlarda piyozlar joylashtirilgan yashiklarni bir necha soat ochiq havodagi salqin joyga qo’yib qo’yish mumkin. Undan so’ng esa reykadan qilingan stellajli quritish joyiga qo’yiladi. 82 Lola piyozlarini 60 x 40 x 10 sm o’lchamli va tag qismi setkadan yasalgan hamda balandligi 18 sm bo’lgan yashiklarda saqlash kerak. Reykadan yasalgan stellajlar yashiklarni 3 metrgacha balandlikda joylashtirishga imkon beradi. Aeratsiya yahshi bo’lishi uchun eng pastki stellajni poldan 80-100 sm balandlikda o’rnatiladi. Agarda stellajlar bo’lmasa, yashiklarni 10-12 donadan shtabel qilib joylashtiriladi. 1 gektar plantatsiyadan qazib olinadigan piyozlar uchun 2000 ta yashik joylashtirilishi mumkin bo’lgan 80 metr kvadratli qutirish saroyi kerak bo’ladi. Agarda lola piyozlari kasallik va zararkunandalar bilan og’rigan bo’lsa, u holda piyozlarga ximikatlar bilan ishlov beriladi. Ammo ximakatlarning eritmalari bilan ishlov berish lola piyozlari qazib olingandan so’ng 7-20 kun davomida amalga oshirilishiga ruhsat etiladi, chunki bu muddatdan so’ng ximikatlardan foydalanilsa, piyozning hosil bo’layotgan ilgiz tizimi kurtaklariga zarar etkazilishi mumkin. Bu muddatdan so’ng esa faqatgina quruq usuldagi ishlov tavsiya etiladi. Bu usullardan foydalanganda o’simlikning ildiz tizimini hosil qiluvchi nozik a’zolarga zarar etmaydi. Aks holda o’simlik ekilganida uning ildiz olmasligiga olib kelishi mumkin. Tozalanilgan lola piyozlari boshqariladigan mikroklimatli toza xonaga olib chiqiladi va bu erda piyozlar o’lchamlariga qarab, turli xil guruhlarga bo’linadilar xamda sanaladilar. Piyozlarni ekstra, 1-chi va 2- razborlarini yashiklarga bir qatlam qilib, 3-razbor va detkalarni esa 2-3 qatlam qilib joylashtiriladi. 83 Lola piyozlarini to’g’ri saqlash keyingi yil hosilining qanday bo’lishini, uning kasallik va zararkunandalarga bo’lgan chidamliligini aniqlab beradi. Piyozlarni saqlash uchun qo’yiladigan eng asosiy talablar sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin: Doimiy ravishda havo almashinib turishi; Saqlash xonasida 60-70% atrofidagi havoning nisbiy namligini ta’minlab turish; Temperaturaviy rejimiga qat’iy rioya qilish ( bu rejim piyozlar nima uchun mo’ljallanganiga, qaysi muddatlarda ochiltirilishi kerakligiga bog’liq bo’ladi); Saqlash xonasidagi yorug’lik yarim qorong’ilik darajasida bo’lishi lozim; Namlikni butun sutka davomida nazorat qilib turish uchun xonaga gigrograflar o’rnatiladi; Xonadagi haroratni nazorat qilib turish uchun esa termometrlar o’rnatiladi; Yuqorida ko’rsatilagan ko’rsatgichlarni butun sutka va piyozlarning qazib olinganidan to ekilgunigacha bo’lgan saqlanish davrida avtomatik ravishda ushlab turish uchun eng ma’qul usul bo’lib, piyozlarni saqlash xonasiga ushbu ko’rsatgichlarni avtomatik ravishda saqlash hamda boshqarish imkonini beradigan avtomatik boshqaruv tizimini o’rnatish ayni muddao bo’lar edi. Bu tizimni zamonaviy komp’yuterlarning 84 dasturiy-texnik vositalari yordamida amalga oshirish unchalik katta muammo emas. Lola piyozlarini haftasiga bir marta ko’rib chiqiladi va kasallari olib tashlanadi. Agarda lolalar ommaviy tarzda kasallanishni boshlasalar, u xolda mutaxassislarning tavsiyalari asosida piyozlarga kerakli bo’lgan kimyoviy ishlov beriladi. Piyozlar saqlab bo’linganidan so’ng, ular saqlangan xonalar va yashiklar yaxshilab tozalanib, dezinfiktsiya qilinadilar. Kasalliklardan kafolatli himoyalanish maqsadida piyozlar saqlash uchun bir guruh yashiklardan, hosilni terib olish uchun esa boshqa guruh yashiklardan foydalanish tavsiya qilinadi. Ishlatilgan yashik va idishlarni ularni ishlatishdan avval va undan so’ng yaxshilab tozalanadi, dezinfektsiya qilinadi va oftobda quritiladi. 2. Lola etishtirishdagi muvaffaqiyatsizliklar sabablari. Lola o’simligi yahshi o’rganilgan va uning rivojlanishini boshqarish nisbatan oson bo’lgani bilan ba’zi xollarda gul hosili rejalashtirilganday bo’lmasligi mumkin. Buning sabablari fiziologik rivojlanishning turli xil anomaliyalarida bo’lishi mumkin. Bu anomaliyalar pola rivojlanishining turli xil bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin, ammo bu xolatlar kasallikning tashqi alomatlari namoyon bo’lmasidan burun paydo bo’ladi. Ko’r butonlar (ochilmay qolgan gullar). Lola gullarini istalgan muddatlarda etishtirishda eng katta yo’qotishlar ko’r butonlar hosil bo’lishi bilan bo’g’liq bo’ladi (bunda gul yaproqlari qog’oz plyonkalar ko’rinishini oladi va gulning boshqa a’zolari burishib qoladilar): 85 Bu kasallikning paydo bo’lish ehtimolligi ekish uchun tanlangan piyozlardan boshlanadi. Agarda piyozlarni erta gullatish uchun qumga yoki boshqa bir tuproq bo’lmagan substratga eklisa, ular lola o’simligining birdan-bir oziqlanish manbai bolib qoladilar. Shuning uchun ertaki gul olish niyatingiz bo’lsa, u xolda diametri 3,5 sm dan kam bo’lmagan, qattiq, po’stloqlari zich joylashgan, dumaloq sifat, sog’lom piyozlarni tanlab olishingiz kerak bo’ladi. Aks xolda o’ylagan niyatingiz amalga oshmasligi kunday ayon bo’ladi. Kichikroq lola piyozlaridan esa bir bargli o’simtalar o’sib chiqadilar va ular gullamaydilar. Lola o’simligining rivojlanishini uning gullashidan oldin quyidagi uch bosqichga bo’lish mumkin: tinim davri – bunda lola piyozlari dam olishadi; piyozlarning ildiz otish davri – bunda piyozlar ildiz tizimini hosil qiladilar; aktiv vegetatsiya davri – bunda lola rivojlanadi va gul hosil bo’ladi. 86 Birinchi bosqichda lola piyozining holati xaqiqatan ham dam olish (tinim) tushunchasiga aynan mos keladi. Ammo uning ichida murakkab bioximik jarayonlar amalga oshishi davom etaveradi – shu jumladan, ichki o’zgarish va turli xil organlarning hosil bo’lishi bunga misol bo’lishi mumkin. Tinim davrining oxirida lolaning generativ organi o’z maksimal balandligining 4-8% gacha o’sadi. Bu vaqtda haroratni boshqarish orqali lolaning rivojlanishini boshqarish va uning gullash vaqtini dasturlash mumkin. Gul kurtaklarining hosil bo’lishi turli xil haroratlarda amalga oshishi mumkin, ammo uning optimal (eng yaxshi) kattaligi 20-23 graduslar hisoblanadi. Agar harorat u yoki bu tomonga kattaroq qiymatga o’zgarib ketsa, kerakli bo’lgan jarayonlar sekinlashadi va turli xil anomaliyalar paydo bo’ladi, shu jumladan, ko’r butonlar hosil bo’lishiga zamin yaratiladi. Lolaning hayotiy organlari hosil bo’lish muddatlari uning naviga va piyoz etishtirilayotgan joydagi ob-xavo sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun gul kurtaklari hosil bo’lishi tugallanadigan vaqtni aniq bilish kerak, chunki shundan so’nggina temperaturaviy rejimni o’zgartirish mumkin. Erta muddatlarda gul olish uchun mo’ljallanilgan lola piyozlari 9 gradusli haroratda sovutiladilar. Buning oqibatida lola piyozlari tinim davridan uyg’onadilar, tezlik bilan ildiz otadilar va faolroq rivojlanadilar. Lola piyozlarini muddatidan oldin sovutish (differentsiatsiya tugamasdan burun) ko’plab ko’r butonlar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi, kechroq sovutish esa samara bermaydi. Bizning sharoitlarda sovutishni boshlash muddati taxminan 15 avgustlar bo’lishi mukin, ammo har bir gul 87 etishtiruvchi bu muddatni o’zi tajribaviy usulda aniqlab olgani maqsadga ham, aqlga ham muvofiq bo’lar edi. Mart oyiga (xalqaro xotin-qizlar kuni va Navruz bayramiga) gul olish uchun mo’ljallanilgan lola piyozlarini 17-20 gradusda saqlash tavsiya etiladi, aprelda gul olish rejalashtirilganlarini esa 23 gradusda saqlagan ma’qul hisoblanadi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ekish oldidan piyozlarni yuqori haroratlarda saqlash – ko’r butonlar hosil bo’lishining asosiy sabablaridan biridir. Ildiz otish davridagi optimal harorat 9 gradus hisoblanadi. Bunday sharoitlarda ildizlar normal o’sadilar va ular ma’lum bir kattalikka etganlarida, generativ o’simtaning rivojlanishi boshlanadi. Agar harorat 9 gradusdan yuqori bo’lsa, generativ o’simta ildizlar rivojlanmasdan oldin o’sa boshlaydilar. Demak, lola organlarining normal o’sishi uchun kerakli bo’lgan ozuqalar ildiz etarli darajada rivojlanmagani uchun, o’simtalarga etkazib berila olinmaydi. Natijada uzun bargli, nozik o’simtalar o’sib chiqib, mayda gullar beradi yoki butonlar “ko’r” bo’lib qoladilar. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, ildiz otish davridagi harorat ekishdan oldingi haroratdan katta bo’lmagani ma’qul. Chunki gul ochiltirishga etarli darajada ildiz otmagan o’simliklarni qo’yish yaxshi natajalarga olib kelmaydi. Harorat tinim davrida va xatto o’sish vaqtida ham ildiz otish jarayoniga ta’sir qiladi (bu xolat ochiq er maydonlarida gul etishtirishga ham tegishli). Shuning uchun ham o’simlikning aktiv vegatatsiyaga tayyorligini kalendar muddatlar bilan emas, balki o’simlikning xolati bilan 88 aniqlash maqsadga muvofiq. O’simtalar 7 sm dan katta bo’lganda va uning pastki qismida butonlar ko’rina boshlaganda lola o’simligining intensiv ravishda o’sishini stimulyatsiya qilish mumkin. Lolalarning aktiv vegetatsiyasi 20-30 kun davom etadi va bunda optimal harorat 18-20 gradus bo’lishi lozim. Agat harorat bundan oshib ketsa, “ko’r” butonlar hosil bo’lishi ko’payib ketadi. Bu kasallikning boshqa sabablari ham mavjud. Masalan, fuzarioz bilan kasallangan piyozlar o’zlaridan etilen gazini ajratib chiqaradilar va bu gaz o’simliklarga zarar etkazib, ularda “ko’r” butonlar hosil bo’lishiga olib keladi. Agar harorat 5-9 gradus bo’lsa, etilen kamroq ajraladi, ammo 20- 23 gradusli haroratda fuzarioz tezlik bilan tarqaladi va juda ko’p miqdorda etilen ajralib, piyozlarga katta zarar etkazadi. Bu gaz lolalarning boshqa kasalligini ham qo’zg’atadi – ya’ni piyozning markaziy qismi iriy boshlaydi. Undan tashqari, etilen gumozus xodisasiga olib kelishi mumkin - bunda piyozning ichidagi sok oqib ketadi va piyoz qurib qoladi. Gul strelkasining so’lib qolishi. Bu fiziologik kasallikda gul strelkasining tepa qismi ingichka va suvli bo’lib qoladi va natifada so’liydi. Lolalar bu kasallik bilan ko’pincha aktiv vegetatsiya davrida, ba’zi paytlarda esa gullash paytida yoki undan song og’riydilar. Kasallikning boshlang’ch bosqichlarida xlorenximada to’qimalarning infil’tratsiyasi boshlanadi. To’qimalarda protoplazmaning xarakati sekinlashadi, tonoplastlar bo’rtib chiqadi va tsitoplazmaning dezorganizatsiyasi amalga oshadi. Oxirgi bosqichda to’qimalar gijimlanadi va gul strelkasi o’z qattiqligini yo’qotadi. Kasallik gul strelkasining tez o’sayotgan joylarini 89 zararlaydi. Tekshiruvlar shuni ko’rsatganki, bu joylarda kal’tsiy boshqa joylarga qaraganda kamroq bo’ladi. Shuning uchun bu kasallikning oldini olish maqsadida unga kal’tsiy nitrati va marganets sepiladi yoki o’simlik ularning eritmalari bilan sug’oriladi. Aktiv vegetatsiya davrida 1,5% li kal’tsiy nitratning – Ca(NO 3 ) 2 eritmasi bilan lola o’simligini sug’orish eng yahshi natijalar berishi kuzatilgan. Ochiq yer maydoni sharoitlarida lolalarning yer ustki qismida ko’p kaltsiy va magniy elementlari mavjud bo’ladi, ammo ularning piyozlardagi miqdori ancha kam. Demak bu elemantlarni o’simlik tuproqdan tortib oladi. Lola etishtirish uchu ko’pchilik ishlatadigan substrat - qumda esa bu elemenet yo’q. Shuning uchun ham substratga kaltsiyli va magniyli o’g’itlarni solish yoki shunday o’s’itlar bilan o’simlikni oziqlantirish zaruriy tadbir hisoblanadi. Gullarning notabiiy pigmentatsiyasi (rangsizlanishi) – Lolalar ularni ekishdan oldin (aktiv vegetatsiyadan avval) qanchalik yomon ildiz otgan bo’lsalar, shunchlik ko’p pigmentatsiya buzilishi kasalligiga duchor bo’ladilar. Bunday anomaliya juda ham o’sib ketgan lolalar ochiltirishga qo’yilganida ham ro’y berishi mumkin. Shunday qilib, lolalarning fiziologik kasalliklari sabablari turli-tuman bo’lishi mumkin. Bu kasalliklar va anomaliyalarning oldini olish uchu lola piyozlarini saqlash rejimiga qat’iy rioya qilish va uning agrotexnikasini yaxshi tushunish talab etiladi. Katalog: images images -> valkurs.pdf [AQSh dollari] images -> The municipal franchise. Ashburton labour market images -> Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi images -> A. A. Qaxxorov images -> O‘zbekistOn Respublikasi Oliy va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi O‘Rta maxsus, kasb-hunaR ta’limi maRkazi images -> Dorothea Klotz Immobilien Heumadenstr. 3, 74199 Untergruppenbach Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling