Lola, Nartsiss va Giatsint etishtirish texnologiyasi Yangi yilga gul etishtirish
Lolalar etishtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Begona o’tlarga qarshi kurash
- Lola piyozlarini qazib olish
- 4. Lola piyozlarini etishtirish
- 5. Uy sharoitlarida gul o’stirishga tuproq qanday tayyorlanadi
- 6. Ertaki lola etishtirish bo’yicha tavsiyalar
- Gulpiyozlarni saqlash rejimi
- Ochilish vaqti Piyozni qazib olish Piyozning minimal diametri
- (dona/kv.m) Yashiklarga ekish muddati Havo harorati Ildiz otish
3. Lolalar etishtirish bo’yicha amaliy tavsiyalar 90 Lola etishtirishda muvaffaqiyatlarga erishish uchun ularning quyida bayon etilgan agrotexnikasini yahshi bilish va tushunish kerak bo’ladi: Tuproq va o’g’itlar. Lolalarga quyosh yaxshi tushadigan, kuchli shamollardan himoya qilingan joy tanlash kerak. Ularni kuzda va bahorda ko’plab suv to’planib qoladigan er maydonlariga ekish tavsiya etilmaydi. Lolalar uchun eng ma’qul substrat yaxshi o’g’itlangan, kaltsiyga va chirindilarga boy (10-20%) bo’lgan qumli tuproq (pH = 6,5) hisoblanadi. Lolalarni yaxshi o’g’itlangan, kerakli darajada yumshoq va suv o’tkazadigan, gumus muqdori ko’p bo’lgan (8-10%) yirik qumli va suglinistik tuproqlarda ham o’stirish mumkin. Lola ekiladigan yer maydoni 40 sm dan kam bo’lmagan chuqurlikda haydalishi zarur. Tuproqdagi asosiy ozuqa elementlari miqdori quyidagicha bo’lishi maqsadga muvofiq (1 litr tuproqqa milligram hisobidan): azot – 150-200 kaliy – 250-500 fosfor – 200-400 kaltsiy – 1500-4500 magniy – 300-900 temir – 800-1600 marganets – 40-120 rux – 25-100 bor – 1-1,5 mis – 8-20 molibden – 0,04-0,2 91 Ushbu ozuqa elementlarining etishmasligi va ularning ortiqchaligi o’simlikka salbiy ta’sir qilib, gullarning va gulpiyozlarning sifatini yomonlashtiradi. Tajribadan shu ma’lumki, agar quyidagi proportsiyada o’g’itlar ishlatilsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin: Kuzda, ekishdan 2-3 hafta avval yer xaydashda 1 kv.metrga 50-80 grammdan oddiy superfosfat solish, 1 kv.metrga 50-80 gramm hisobidan kaliy-magniy sul’fati (kalimagneziy) solish hamda yaxshilab chirigan compost (yoki torf – 1 kv.metrga 20-40 gramm hisobidan) solish yaxshi natijalarga olib kelgani kuzatilgan. Ammo o’g’itlar solinish miqdorini aniqlashda lola ekildigan konkret joydagi tuproqning xolatini kimyoviy analizlar vositasida aniqlash zaruriy hisoblanadi. Eng yaxshi torfli organik o’g’it tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin: Bir kubometr torfga 8-9 kG kuydirilmagan dolimit uni yoki 4-5 kG mel aralashtiriladi. 5-7 kun o’tgandan so’ng esa unga 1,5 kG oddiy superfosfat, 1,0-1.2 kG kaliyli selitra, 0,4-0,5 kG magniy sulfati, 60- 80 gramm temir kuporosi, 20-25 gramm mis kuporosi, 6-8 gramm marganets sulfati, 5-6 gramm borniy kislota, 4-5 gramm rux sulfati va 1.0- 1,5 gramm ammoniy yoki molibden natriy qo’shiladi. Kuzda azotli va kaliyli o’g’itlarning miqdori oshib ketmasligiga e’tibor berish kerak, chunki bu elementlar tuproqdagi suvda eriydigan tuzlarning kontsentratsiyasini oshirib yuborib, lolalarga talofat keltirishi mumkin. Yaxshi natijalar olish uchun asosiy o’g’itda kaliy miqdorini kamaytirib, kuzda yer ustki qismi muzlagandan so’ng, yer ustidan xlorli 92 kaliyni solish yoki azot miqdori kam bo’lgan tuproqlarda kaliyli selitrani yer ustidan berish (1 kv. metrga 50 gramm hisobidan) tavsiya etiladi. Bahorgi aktiv vegetatsiya davrida tuproq kerakli darajada nam bo’lishi va unda barcha ozuqa moddalari yetarli darajada (optimal miqdorda) bo’lishi talab etiladi. Bahorgi oziqlantirishsiz yuqori va sifatli hosil olish mumkin emas – buni unutmang. Tuzlarning tuproqdagi umumiy kontsentratsiyasi 0,3-0,4% dan oshmasligi kerak. Tuproqning ustki qismidan oziqlantirish ham maqsadga muvofiq bo’ladi (6-8 martagacha), ammo bunda o’g’itlarning kontsentratsiyasi kamroq bo’lishi lozim. Tajribadan ma’lumki, o’g’itlarni quyidagi muddatlarda va miqdorlarda berish bilan yaxhsi natijalarga erishilgan (1 kvadrat metrga): Qor eriganda – 17-20 gramm ammiak selitrasini berish; Butonizatsiya boshlanishida – 20 gramm kaliyli selitra va 10 gramm magniy sulfatni 10 litr suvga eritib; Gullash boshlanishida – 10 litr suvga 20 gramm kaltsiyli selitrani eritib; Lolalar to’liq gullaganda – 10 litr suvga 15 gramm xlorli kaliyni eritib. Lolalar uchun bahorga mikroelementlar bilan oziqlanish juda ham muhim bo’ladi. Shuning uchun suyuq o’g’itlarni berishda eritmaning xar bir kubometriga quyidagilarni qo’shish tavsiya etiladi: Temir sulfati – 60-80 gramm Marganets sulfati – 8-10 gramm Borniy kislota – 5-10 gramm 93 Rux sulfati – 1-3 gramm Mis sulfati – 2 gramm Ammoniy yoki molibdenli natriy – 0,5 gramm Agarda azot va magniy elementlari etishmovchiligi kuzatilsa, u xolda bu elementlarni barglarga purkash yo’li bilan ham o’simliklarga etkazish mumkin. Kech va sovuq bahor kelsa, o’simliklarga 0,1-0,12% li mochevina va 0,5% li magniy sulfati bilan ishlov berish mumkin. O’gitlarning optimal (eng yaxshi) miqdorlarini aniqlash uchun tuproq va o’simlik tanasi analizlari natijalaridan foydalanish mumkin. Lolalarni ekish. Bizning sharoitlarda lolalarni erga ekishning eng yaxshi muddalari sentyabr oxiridan noyabr boshigacha hisoblanadi. Ammo xar bir xududda ekish muddatlari ham turlicha bo’ladi, albatta. Lolalarni zamburug’li kasalliklardan himoya qilish uchun ekishdan oldin piyozlarga qandaydir fungitsid bilan ishlov beriladi. Kasal piyozlar esa biror bir dalaga yoki keraksiz er maydonlariga ekilishi mumkin. Chunki bunday joylarda ular vaqt o’tishi bilan sog’lomlashib, o’zidan yaxhsi avlod qoldirishi mumkin. Lola piyozlari ekilayotganda ularni kuch bilan bosib ekish mumkin emas. Ayniqsa, lolaning ildiz tizimi piyozlarni saqlash vaqtida o’sib ketgan bo’lsalar (ba’zida ular 0,5 sm va undan ko’proq kattalikda bo’ladilar), piyozlar bosib ekilganida ularga tuzatib bo’lmas zarar etkazilishi mumkin. Agar ildizlarga shikast etgan bo’lsa, ular qaytadan hosil bo’lmaydilar va natijada lolalarning rivovlanishi sekinlashib, hosil miqdori anchaga kamayadi. 94 Lola piyozlarini 1 kvadrat metrga 50-75 donadan ekish mumkin. Bolacha piyozlarni (detkalarni) esa kattaligiga qarab, 1 kv. metrga 100-300 dona yoki juda maydalarini 300-500 donagacha ekish tavsiya etiladi. Lolalrni piyozning tepa qismidan hisoblaganda, 6-7 sm chuqurlikka ekiladi. Engil tuproqlarda esa biroz chuqurroq ekilishi mumkin. Detkalarni yuzakiroq ekiladi. Juda ham chuqur ekilgan lolalarning vegetativ ko’payishi ancha kam bo’ladi. Lola ekilgan yer maydoning ustiga ma’lum bir qalinlikda torf, somon, parchalangan kompost solish (mulchirovka qilish) suvning bug’lanishini kamaytiradi, tuproqni zichlaydi, begona o’tlarning rivojlanishini sekinlashtiradi va piyozlarni muzlab qolishdan saqlaydi. Taxminan 3-8 sm qalinlikda mulchirovka qilingan yer maydonlarida lola piyozlarining hosili boshqalarinikiga qaraganda 30-60% ko’proq bo’ladi. Mulchirovka qilish uchun eng yaxhsi material kasal tushmagan somon, sog’lom torf, yaxshilab chiritilgan kompost (yoki chirigan go’ng) bo’lishi mumkin. Mulchirovka qilishni sovuq tushgan paytda, yerning ustki qismi muzlay boshlaganda amalga oshirgan ma’qul bo’ladi. Lolalarni sug’orish. Lolalar suvni butonlar hosil bo’lgandan boshlab to to’la gullaguncha bo’lgan davrda ko’proq talab qiladilar. Tuproq lola gullab bo’lgunga qadar kerakli darajadagi namlikni saqlab turishi kerak. Agar yerda suv etishmasa, undagi tuzlar miqdosi va kontsentratsiyasi tezda ko’payib ketadi va natijada ildizlarning faoliyati buziladi – bu esa oziqlanishning yomonlashuviga olib keladi. Oqibat natijada, hosil miqdori keskin ravishda kamayadi. Bizning sharoitlarda lolalarni bahorda tuproq 95 14-15 sm chuqurlikgacha namlanadigan darajada tez-tez sug’orib turish tavsiya etiladi. Begona o’tlarga qarshi kurash. Lola ekilgan maydonlarni begona o’tlardan toza xolda saqlash losim. Bunday o’tlarni qo’lda yoki ketmonda yo’qotish ham mumkin. Ammo agar yer maydoni katta bo’lsa, u xolda gerbitsidlardan foydalanish qulayroq bo’ladi. Lolalarni o’taganda o’tlar bilan bir qatorda kasal, jarohatlangan va o’sishdan ortda qolgan barcha o’simliklarni ham yulib tashlash kerak bo’ladi. Undan so’ng esa bu qoldiqlarni biror jayga ko’mib tashlash yoki yoqib tashlash zarur. Ammo bu o’simlik qoldiqlarini kompostga qo’shib qo’yish aslo mumkin emas. Undan tashqari, o’simliklarga ular unib chiqqandan boshlab, to barglari sarg’ayguncha har 2-3 haftada zamburug’li kasalliklarga qarshi qandaydir funditsid bilan ishlov berish losim. Barglar turli hil rangli bo’lib qoladigan (pestrolepestnost) virusli kasalliklarga qarshi esa kimyoviy dorilar sepishning foydasi yo’q, ularni faqatgina yulib tashlash va yo’qotish tavsiya etiladi. Gullarni uzish. Agarda yaxshi va to’laqonli lola piyozlarini olish kerak bo’lsa, u xolda uning gullarini barglarisiz yulib tashlash kerak bo’ladi. Agarda lolani bitta bargi bilan uzib olsangiz, u xolda 20-25% piyozlar hosilini yo’qotasiz. Agarda lolani ikkita bargi bilan uzub olsangiz, bu yo’qotish miqdori 30-40% ga etadi. Lola urug’larining rizojlanishi ham piyozlar hosiliga salbiy ta’sir qiladi. Lolaning gulini kesib emas, balki sindirib olish kerak, chunki aks xolda kasal o’simlikning soklari sog’lomiga o’tib qolishi mumkin. Gulni 96 juda ham erta uzib olish ham yaramaydi, bu ishni gullash tugallashida amalga oshirgan ma’qul bo’ladi. Lola piyozlarini qazib olish. Lola piyozlarini xar yili qazib olish losim. Agarda ular qazib olinmasa, u xolda hosil miqdori keskin kamayadi, piyozlar mayda bo’lib qoladilar, ekinzorlarda begona o’tlar ko’payib ketadi va turli xil kasalliklar rivojlanadi. Lola piyozini qazib olish uchun eng yaxhsi vaqt – ularning barglari sarg’aygan payt hisoblanadi. Zamburug’li kasalliklarga moyil bo’lgan ba’zi bir lola navlarini esa barglar endi sarag’aya boshlaganda qazib olgan ma’qul. Agar lola piyozlari o’z vaqtida qazib olinsa, u xolda ustki qismi etilgan, sog’lom piyozlarga ega bo’linadi hamda piyozlarni yig’ishtirib olish ancha oson bo’ladi (chunki bunda lola piyozlarining uyalari hali emirilib ulgurmagan bo’ladi). Lolalarning gullamaganlarini o’z vaqtida qazib olish ham juda muhim ahamiyatga ega, chunki ular tuproqqa 25 sm dan ko’proq chuqurlashib ketadilar va ularning uchlarida yosh piyozchalar hosil bo’ladilar. Ammo ularni keyinchalik topish va qazib olish amaliy jihatdan juda ham qiyin bo’ladi. Qazib olingan lolalarni bir qator qilib yashiklarga joylashtiriladi va 2- 3 kun davomida yomg’ir va quyoshdan pana salqin joyda quritiladi. Shundan so’ng, piyozlarni eski po’stloqlaridan va ildizlaridan tozalanib, sortirovra qilinadi. 4. Lola piyozlarini etishtirish Lola ekish va undan sog’lom gulpiyozlar olish uchun yaxshilab rejalashtirilgan, tekislangan, yorug’lik yaxshi tushadigan, xaydalish chuqurligi 40 sm lar atrofida bo’lgan, yer osti suvlarining chuqurligi 60 sm 97 dan kam bo’lmagan yer maydonlari tanlanadi. Lola uchun eng yaxshi tuproq – engil, qumli, chirindi miqdori etarli bo’lgan, muayyan darajada namlik saqlovchi, neytral yoki biroz ishqorli reaktsiyali (pH=7-7,4) yer maydonlari hisoblanadi. Og’ir loyli va qumli tuproqlar kapital meliotariv tadbirlar amalga oshirilganidan so’nggina lola ekishga yaroqli bo’lishi mumkin. Bunday tadbirlar jumlasiga drenaj, erga yirik daryo qumini qo’shish, organik o’g’itlar solish (syuyq yoki yaxshilab chritilgan go’ng yoki torf) kiradi. Oxakni esa lolaladan oldingi ekilgan ekinga solish tavsiya etiladi. Lola ekish uchun tuproq ekishdan 3-4 oy oldin tayyorlanadi. Yer xaydalishidan avval uning yuzasiga bir tekis qilib organik o’g’itlar (1 gektarga 80-100 tonna hisobidan), superfosfat (gektariga 125 kG) va kaliyli tuz (gektariga 125 kG) solinadi. Yer maydoni esa 35-40 sm chuqurlikda yaxshilab haydaladi. Lola ekishdan 2 hafta oldin yer maydoni yana qaytadan haydaladi. Shundan so’ng, yomg’ir suvlari yig’lib qolish ehtimoli bor joylarda 120 sm kenglikdagi va 20-25 sm chuqurlikdagi ariqchalar qilinadi. Og’ir tuproqlarda esa yer yuzasiga gektariga 80-100 kG hisobidan qum yoki torf sepiladi. Ekish vaqtida ariqchalarning yuqori qismidagi qumni uning pastiga tushiriladi. Lola piyozlarini ekishning eng yaxhsi vaqti noyabrning birinchi va ikkinchi dekadasi hisoblanadi. Istalgan xududdagi lola ekish muddatlarini aniqlashda lola piyozlarning sovuq tushmasidan burun ildiz otib olishga ulgurishini hisobga olish kerak bo’ladi. 98 Ekishdan oldin barcha gulpiyozlarni yaxshilab tekshirib chiladi va kasal hamda mexanik shikastlangan piozlar ajratib olinadi va yo’qotiladi. Tuproqning mexanik xolatiga va gulpiyozlarning katta-kichikligiga qarab, ular 8-15 sm chuqurlikka ekiladi. 1-chi va 2-chi razbor gulpiyozlar 25 x 10 sm masofada (gektariga 200 ming dona) ekiladi, qolganlari esa 25 x 7 sm masofada (gektariga 350-400 ming dona) ekiladi. Eng oldin erta gullaydigan navlar ekiladi, undan so’ng o’rta muddatlarda gullaydiganlar va oxirida kechki muddatlarda gullaydiganlar ekiladi. Lolalarga qarov ularni regulyar ravishda begona o’tlardan tozalashni, tuproqni yumshatib turishni, oziqlantirishni, profilaktika maqsadlaridagi dorilar purkashlarni va bahor quruq kelganida sug’orishni o’z ichiga oladi. Lolalar gullagan vaqtda navlar tozalash tadbirlari o’tkaziladi, bunda zamburug’li kasalliklar bilan og’rigan va pestrolepestnost virusiga chalingan o’simliklar yulib tashlanadi va yo’qotiladi. Nav tozalash tadbirlari o’tkazilganidan so’ng, gullar uzib tashlanib, faqat gul strelkasi qoldiriladi. Bu ish hosil bo’layotgan lola piyozlarining sifatini va kattaligini ancha oshiradi (tahminan 10% gacha). Vegetatsiya davrida uch marta mineral o’g’itlar bilan oziqlantirish amalga oshiriladi: Birinchisi, lola unib chiqa boshlaganda to’liq mineral o’g’it bilan (1 gektarga 120-150 kG ammiakli selitra, 200-300 kG superfosfat va 80-100 kG kaliyli tuz); Ikkinchisi, butonizatsiya boshlanish davrida (gektariga 200-300 kG superfosfat va 100-120 kG kaliy tuzi); 99 Uchinchisi, gullash tugaganidan so’ng va piyozlar yetila boshlashida (gektariga 150-200 kG dan superfosfat va kaliy tuzi). Ammo mineral o’g’itlarning bu dozalari har bir xudud uchun, uning tuprog’i xolatiga bog’liq ravishda u yoki bu tomonga o’zgartirilishi kerakligini yoddan chiqarmang. Bu ishni tuproqni analiz qilish va tajriba vositasida amalga oshirish mumkin. Lola piyozlarining ko’payish intensivligi eng avvalo uning naviga, lolani o’stirish sharoitlariga va piyozlarning saqlanishiga bog’liq bo’ladi. Agar piyozlarni 1-chi va 2-chi kategoriyali detkalardan ko’paytirilsa, birinchi va ikkinchi yillar davomida umumiy hosilga nisbatan 30-50% gacha piyozlar olish mumkin. Lolalarni har yili barglari sarg’ayganidan so’ng qazib olish kerak. Ularni har yili yangi joyga kasal va shikastlanganlarini olib tashlab, ekish piyozlarni sog’lomlashtirishga hamda yangilab olishga imkon yaratadi. Lolalarni quruq ob-havo sharoitlarida qazib olgan ma’qul. O’z vaqtida qazib olingan lola piyozlarining ustki po’stloqlari och-jigarrangda bo’lib, ichki po’stloqlari bir-biriga jips yopishgan bo’ladi. Qazib olingan piyozlarni tag qismi setkadan qilingan yashiklarga soilb, quritish uchun havo yaxshi aylanadigan joyga yoki navesga qo’yiladi. Bu erda ular 3-4 kun quritiladilar. So’ngra ular ildiz tizimi qoldiqlaridan , tuproqdan va eski po’stloqlardan tozalanadilar. Tozalangan lola piyozlari standartlarga binoan guruhlarga bo’lib chiqiladi. Darvin gidridlari uchun bunday standartlar quyidagicha bo’ladi: 100 1-chi razbor – lola piyozlarining diametri 4 sm va undan kattaroq; 2-chi razbor – diametri 3,5-3,9 sm 3-chi razbor – 2,5-3,4 sm 1-chi kategoriya detka – 1,5-2,4 sm 2-chi kategoriya detka – 1,5 sm dan kichik Quyidagi jadvalda 1-chi razbor lola piyozlarining ko’payish koeffitsientlari keltirilgan: Lola navlari Piyozlarning ko’payish koeffitsenti Piyzolarning va detkarlarning hosil bo’lish foizi 1-razbor 2-chi va 3- razbor Detkalar 1-chi kategoriya 2-chi kategoriya Parad 2,8 30 14 28 28 Oksford 3,2 26 24 27 23 Gollands Glori 2,8 40 7 18 35 Pandion 2,6 20 16 22 42 Smayling Kuin 2,5 31 28 12 29 Lolalarni saqlash uchun avvalo saqlash joyini, inventarlarni va idishlarni (stellajlar, yashiklar, pollar va devorlarni) yaxshilab dezinfektsiya qilish zarur. Buning uchun suvda eritilgan formalinning 40% li eritmasini (1:40 yoki 1:80 nisbatda) ishlatish mumkin. Undan tashqari, 5-10% li xlorli oxakni yoki 3-5% li mis kuporosini yoki oltingugurtli gazni 101 ishlatish mumkin. Bu gaz oltingugurtni yoqishda hosil bo’ladi. Gaz bilan dezinfektsiya qilganda xonadagi barcha teshiklar, eshiklar va derazalar yaxshilab yopiladi. Oltingugurtni esa 30 x 50 o’lchamli temir listlarda yoqiladi. Yoqiladigan oltigugurtning qalinligi 4 sm dan ko’p bo’lmasligi kerak. Uning ustiga esa kerosin yoki sopyarka bilan namlangan yog’och cho’g’lari solib, yoqib yuboriladi. Oltingugirtning sarfi 1 kub metrga 50-80 gramm bo’lgani ma’qul. Bu ishni protivogazda amalga oshiriladi. Ishlov berish davomiyligi 1-2 sutka bo’lib, undan so’ng xona shamollatiladi. Guruhlarga ajratilgan lola piyozlari tag qismi setkali yashiklarga 2 qatordan ko’p bo’lmagan xolda terib chiqiladi va saqlash paytida ko’rish va tekshirib chiqish mumkin bo’lgan hamda xavo erkin tsirkulyatsiya qila oladigan shtabellarga joylashtiriladi. Lola piyozlarini qazib olishdan to gul kurtagi hosil bo’ladigan avgust oxiri-sentyabrgacha 22-24 gradusda saqlanadi (albatta bu muddat lola etishtirilayotgan konkret xudud sharoitlariga ham bog’liq bo’ladi). Bunda havoning nisbiy namligi 65-75% bo’lishi tavsiya etiladi. Undan so’ng, gul kurtagining rivojlanishi, ildiz tizimi va barglar rivojlanishining boshlanishi davrida piyozlarni oldin 1,5-2 hafta mobaynida 17 gradusda, undan so’ng esa 9 gradusda saqlanadi. Bu ishlarni amalga oshirish jarayonida haroratning va havo namligining keskin o’zgarishlariga yo’l qo’yish mumkin emas, aks xolda piyozlarning po’stlog’i yorilib ketadi va piyoz yalang’och bo’lib qoladi, bu esa uning ichiga infektsiyalarning kirib olishiga zamin yaratadi. 102 Saqlash joyi sifatida derazalarzis, devorlari, tepasi va pollari izolyatsiya qilingan, ventilyatsiyani amalga oshirish mumkin bo’lgan, konditsionerlar hamda sovutish uskunalari bilan jihozlangan xonalarni tanlash mumkin. Lola piyozlarini joylashtirishning o’rtacha normasi 1 kvadrat metrga 5-7 mingtagacha bo’lishi mumkin. Saqlash xonasining eng ratsional sathi 150-200 kvadrat metr bo’lib, uning balandligi 3 metrdan kam bo’lmagani ma’qul. Bunday xonalar uchun sanoatda ishlab chiqriladigan xolodilniklar, ventilyatorlar va xavo sovutgichlarini ishlatish mumkin. Ventilyatorlar saqlash joyidagi havoni soatiga 10-15 martagacha almashtirish imkonini yaratadilar. Ular havoning retsirkulyatsiyasi printsipida ishlashlari lozim – ya’ni havoni tortib olib, uni vityajnoy trubalardan chiqarib tashlash imkonini berishlari maqsadga muvofiqdir. Ventilyatsion moslamalar va xolodilnik agregatlarining xolati sutkasiga 2-3 marta nazorat qilib turilshini zarur. 5. Uy sharoitlarida gul o’stirishga tuproq qanday tayyorlanadi Uy sharoirlarida o’simliklar ozuqaga boy hamda yaxshi fizik- kimyoviy xossalarga ega bo’lgan tuproqlarda yaxshi rivojlanadilar. Savdo tarmoqlarida turli hil organik tashkil etuvchilar bilan boyitilgan aralashmalar ham sotiladi (torf, chirindi bilan boyitilgan tuproq, kompostlar, gumus va boshqalar). Ammo ularning tayyorlanishida alohida gullar navlari va turlarining xususiyatlari aniq hisobga olinmaydi. Shuning uchun ham gulchi-havaskorlar o’zlari o’stiradigan gullarga aynan mos bo’lgan turli hil substratlarni o’zlari tayyorlab olishlari mumkin. Bunda 103 tuproqni ozuqa elementlari bilan boyitishda ular substratning fizik va ximik xossalarini yaxshilashni ham unutmasliklari kerak. Shu jumladan, tuproqning pH darajasini o’simlikka mos qilish, namlik saqlash qobiliyatini ta’minlash, xavoni saqlay olish xususiyatlarini yaxshilash kabi yumushlar bu ishlar jumlasiga kiradi. O’simlik yaxshi rivojlanishi uchun, uni sug’organdan so’ng, unda xavo bilan to’ldirilgan bo’shliqlar paydo bo’lishi lozim. O’simliklar tomonidan mineral moddalarni o’zlashtirish jarayoni ildizlar bilan nafas olish bilan bog’liq bo’lib, buning natijasida o’simlik oziqlanishi uchun kerakli bo’lgan energiya hosil boladi. Ammo agarda tuproq juda zich bo’lsa yoki namlik miqdori juda ham ko’p bo’lsa, u xolda ildizlarga doimiy ravishda xavo etishmaydi va ular tuproqda ozuqa moddalar etarli bo’lganida ham bu ozuqa moddalarini o’zlashtira olmaydilar. Glazurlangan, plastmassa yoki polietilan idishlarda gullar o’stirilganida tuproqning etarli darajadagi xavo sig’imiga ega bo’lishi katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki bunday idishlardagi o’simliklarning ildizlariga xavo kelishi qiyinroq bo’ladi. Eng yahshisi oddiy sopol idishni olib, unga o’simlikni ekish kerak, uni chiroyli xolatga keltirish uchun esa ustiga biror-bir materialni o’rab qo’yish mumkin. Ammo bunda tozalikka rioya qilish kerak bo’ladi, chunki sopol idish devorlarida paydo bo’ladigan suv o’tlari va zamburug’lar o’simlik ildizlariga havo kirishini qiyinlashtirib qo’yishi mumkin. Gul ekiladigan tuproqning yumshoqligini unga torf, maydalangan somon, chirindi yoki yog’och qirindisiga o’xshashlarni qo’shish bilan ta’minlash mumkin. Tuproqning namlik saqlash qobiliyatini oshirish uchun 104 esa unga torf, chirindi, kompost, yaxshilab chirigan go’ng kabi organik komponentalar qo’shiladi. Bunday materiallar tuproqni qora rangga keltiruvchi va unda suvni saqlab turishga imkon beruvchi gumus moddalari bilan boyitadi. Undan tashqari, gumus tuproqning ozuqa moddalari saqlash darajasini oshirib, ularni o’simliklarga asta-sekin beradi. Gumusga kambag’al bo’lgan qumli tuproqlar esa ozuqa moddalarini etarli darajada ushlab tura olmaydilar. Agarda tuproqqa ko’proq miqdorda oquza moddalari solingan bo’lsa, ularning hammasi suvda erib, o’simlik ildiz tizimiga keladilar va uning o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatadilar. Gumusga boy bo’lgan tuproqda esa ortiqcha ozuqa moddalari ushlanib turadilar va o’simlik ularni asta-sekinlik bilan, kerak bo’lganida ishlata oladi. Torf chirindi elementlarga ega bo’lmasa ham, namlikni juda yaxshi saqlaydi (100 gramm quruq torf 1 litrdan ko’p suvni tortib olishi mumkin). Shuning uchun torfga ekilgan o’simliklar xaddan tashqari ko’p sug’orilsa ham, ortiqcha suv torf orasidan o’tib ketadi. Bunda tuproqdagi bo’shliqlar teng miqdorda havo va suv bilan to’lgan bo’ladi. Asparagus, begoniya, kalla, paporotnirlar, primula va boshqalarni mel yordamida neytrallashtirilgan toza torfda ham o’stirish mumkin. Tuproqqa melni yoki oxak unini (CaCO 3 ) solishning normalari tofrdagi kislota miqdoriga va o’stirilayotgan o’simlikning talablariga bog’liq bo’ladi. Masalan, azaliya va antutium uchun ularning miqdori 1 litr torfga 2-3 grammdam oshmasligi kerak. Boshqa o’simliklar uchun esa 7-10 gramm miqdorida bo’lishi talab etiladi. Tuproqni oxaklash uchun yaxshilab maydalangan tuxum po’chog’ini ham ishlatish mumkin. 105 Torfda ozuqa moddalari taqchil bo’lganligi uchun, oxaklashdan bir kun keyin unga 1 litrga 2-3 gramm hisobidan to’liq mineral o’g’it qo’shiladi. Undan so’ng esa o’simlikni 0,1-0,2% li mineral o’gitlar eritmasi bilan pegulyar ravishda sug’oriladi. Agar suv juda yumshoq bo’lsa, sug’roshda 0,05-0,1% hisobidan sernokisliy magniy qo’shiladi. Tofr ishlatilganida suv idish tagidagi poddonda yig’ilib qolmasligiga e’tibor berish lozim. Bu xolat sug’orishda suv miqdori ko’p bo’lganining yaqqol belgisidir. Tuproqning namlik saqlash darajasini kamaytirish uchun unga 5:1 nisbatda yirik qum qo’shish mumkin. Qum qo’shish qumning og’irligi tufayli kichik idishlarda o’stirilayotgan katta o’simliklarning tanalariga turg’unlik baxsh etishi mumkin. Bunday qumni daryo qig’oqlarida yoki kichik anhorlarning taglariga topish mumkin. Bunda qizil tusli qumlarni ishlatish tavsiya etilmaydi, chuki unda temir oksidlari ko’p bo’lib, o’simliklarga zarar etkazishi mumkin. Tofrdadi havo miqdori uning parchalanichi bilan kamayib boradi. Shuning uchun qop-qora rangdagi parchalanib bo’lgan torfga ekilgan o’simliklarning ildizlari kislorod etishmasligidan qiynaladi. Torfning parchalinish darajasini tajriba yo’li bilan ham aniqlash mumkin. Bunday torfni qo’lga olib, siqilganida undan qop-qora suv sizilib chiqadi. Agar torf unchalik parchalanmagan bo’lsa, u xolda bu suvnung rangi yorqinroq bo’ladi va u barmoqlarni iflos qilmaydi hamda unda o’simlik qoldiqlarini aniq ko’rish mumkin. Havaskor-gulchilar barglar va turli xil o’simlik qoldiqlaridan foydalanga xolda o’zlari kerakli substratni tayyorlab olishlari mumkin. 106 Agar kompostga go’ng qo’shib, uni tez-tez namlab va aralashtirib turilsa, biroz muddatdan so’ng yaxshigina substrat olish mumkin bo’ladi. Ammo bunda aralashmaning to’liq chirib ketishi maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Kompost chala chirishi va maydalanishi tavsiya etiladi. Chrindiga boy tuproqni o’rmonlardan yoki ko’plab butallar o’sgan joylardan sidirib olish mumkin. Uni elakdan o’tkazgandan so’ng, tuvakda o’stiriladigan o’simliklar substratiga qo’shish uchun yaxshi qo’shimcha olish mumkin. Ozuqa moddalariga boy bo’lgan chirindi go’ngni uzoq muddat davomida saqlashda hosil bo’ladi. Unda ozuqa moddalar juda ko’p bo’lgani uchun uni tuproqqa ozroq miqdorlarda qo’shiladi (xajmning uchdan biridan kam bo’lgan miqdorda). Yerning hosildorligini oshirish uchun unga quruq va yaxshilab maydalangan tovuq go’ngini 8:1 nisbatda qo’shish mumkin. 6. Ertaki lola etishtirish bo’yicha tavsiyalar Teplitsada ertaki lola etishtirish foydali biznes turlaridan biridir, chunki issiqxonaning 1,0 metr kvadrat yer maydonidan ertaki lola etishtiriladigan 5 oy davomida (yanvardan-maygacha) o’rtacha hisobda 1000 donagacha gul uzib olish mumkin. Undan tashqari, lolalar sun’iy ravishda yoritiladigan xonalarda ham etishtirilishi mumkin. Shuning uchun ham biz bu bo’limda ertaki muddatlarda lola etishtirishning turli muammolarini muhokama qilib o’tamiz. Gulpiyozlarni saqlash rejimi Vegetatsiya muddati tugaganidan so’ng, gulpiyozlarning tinim davri boshlanadi va du davr mobaynida lola piyozlarida turli xil murakkab 107 bioximik va organlar hosil bo’lish jarayonlari amalga oshadi. Lola o’simligi rivojlanishining markaziy konusi yer ustki organlariga quyidagi tartirbda differentsiatsiyalanadi: barglar (1-chi va 2-chi stadiyalar), gul atrofining ichki doirasi (P 1 va P 2 stadiyalar), o’simtalarning tashqi va ichki doiralari (A 1 va A 2 stadiyalar) va nihoyat pestik (G stadiyasi) rivojlanadi. Bu jarayonlar ko’p jihatdan piyoz saqlanayotgan joyning haroratiga bog’liq bo’ladi. Optimal (eng yaxshi) harorat bo’lib 20-23 graduslar hisoblanadi. Agar vegetatsiya davrida xavo issiq kelsa, bu jarayonlar tezlashishi mumkin bo’ladi. Agar sizga lolani dekabr oxiri-yanvar boshlariga ochiltirish kerak bo’lsa, u xolda gulpiyozlarni 1-chi va 2-chi stadiyalar amalga oshayotgan paytda bir xafta 34 gradusda saqlash kerak bo’ladi. Bunda lola 5-8 kun oldin ochiladi. Bunday issiklik bilan ishlov berishni aynan o’z vaqtida amalga oshirish juda muhim, chunki 2-chi stadiyadan so’nggi issiqlik bilan ishlov berish gulning rivojlanishini ancha sekinlashtiradi. Xuddi shuning uchun ham oddiy muddatlardan ertaroq qazib olingan (quyidagi jadvalga qarang) gulpiyozlarga issiqlik vositasida ishlov berishni o’sish konusining xolatini tekshirgandan so’ng (bu ish gulpiyozni kesib, lupada ko’rish orqali bajariladi) amalga oshirilishi losim. Ochilish vaqti Piyozni qazib olish Piyozning minimal diametri, sm Tinim davridagi havo harorati Ekilish zichligi (dona/kv.m) Yashiklarga ekish muddati Havo harorati Ildiz otish davrida Issiq xonada Katalog: images images -> valkurs.pdf [AQSh dollari] images -> The municipal franchise. Ashburton labour market images -> Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi images -> A. A. Qaxxorov images -> O‘zbekistOn Respublikasi Oliy va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi O‘Rta maxsus, kasb-hunaR ta’limi maRkazi images -> Dorothea Klotz Immobilien Heumadenstr. 3, 74199 Untergruppenbach Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling