Lola, Nartsiss va Giatsint etishtirish texnologiyasi Yangi yilga gul etishtirish
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Substrat (lola ekiladigan tuproq)
- Gulpiyozning ildiz otish shart-sharoitlari.
- Aktiv vegetatsiya davri.
- 7. Lola piyozlarini ko’paytirish agrotexnikasi.
- A, B, C, D, H
- 1- Yil : Diametri 1,3-3,2 sm bo’lgan A, B, C, D, H
- 8. Lola etishtirish tajribasidan lavhalar A. Standart usul
- Lola piyozlarini saqlash
- Lolalarni ildiz ottirish.
Juda ertaki 34 o -1-va 2-stadiya 1 hafta 15.12- 15.01 Barglar sargayishi 4,0 250 1-10 oktyabr 9 o 18 o 108 bilan 20 o - A 2 - stadiya gacha 17 o - 2-hafta 9 o - 15-20 avgustdan Ertaki 20 o - A 2 - stadiya gacha 17 o - 1-2-hafta 9 o - 20 avgustdan 16.01- 4.02 Barglar sarg’ayib bo’lgandan so’ng 3,5 250-300 1-10 oktyabr 9 o 18 o O’rtaki 20 o - G - stadiya gacha 17 o - ekish gacha 5.02- 12.03 Barglar sarg’ayib bo’lgandan so’ng 3,5 250-300 1-10 noyabr 9 o - 5hafta 5 o - 4hafta 2 o - keyinchalik 18 o Kechki 20 o - ekish gacha 13.03- 01.04 Barglar sarg’ayib bo’lgandan so’ng 3,5 250-300 1-10 noyabr 9 o - 5hafta 5 o - 4hafta 2 o - keyinchalik 18 o 109 Lola piyozlariga issiqlik ishlovi berish uchun termostat bilan ta’minlangan shkaflar yoki bu ish uchum moslashtirilgan inkubatorlardan foydalanish mumkin. Bundan so’ng lola piyozlarini gulkurtaklar rivojlanishi tugallangunicha (G-stadiya) 20 gradusli haroratda saqlanadi. Shundan so’ng, haroratni oldin 17 gradusgacha, so’ngra 9 gradusgacha pasaytiriladi. Piyozlarni sovutish ekilgan o’simliklarning rivojlanishini tezlashtiradi. Bizning ma’lumotlarga ko’ra, bunda ildiz otish 10-30 kunga tezlashib, gullash 10-40 kun oldin amalga oshadi (rivojlanishdagi bu katta farq lolalarning naviga va oldingi vegatatsiya davri xolatlariga bog’liq bo’ladi). Piyozi sovutilgan o’simliklar uzunroq bo’lishi, barglari ham kattaroq bo’lib, gullari nisbatan kamroq bo’lishi kuzatilgan. Shuning uchun ham piyozlarni sovutishga shoshilish va bunda yanglishish yaramaydi, chunki bu xatolar gul bermaydigan “ko’r” butonlarning hosil bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Substrat (lola ekiladigan tuproq) Ertaki lola etishtirish uchun lola tanasini ushlab tura oladigan darajada mustahkamlikka ega bo’la oladigan substrat kerak bo’ladi. Bunday substratning optimal xajmiy massasi 0,4-0,7 gramm/kub sm bo’lishi lozim. Substrat etarli darajada namlikni va havoni ushlab tura olish qobiliyatiga (substratdagi kichik va katta bo’shliqlar orasidagi nisbat 1:1 bo’lishi tavsiya etiladi) ega bo’lishi kerak va kasallik qo’zg’atuvchi viruslar hamda sararkunandalardan maksimal darajada toza bo’lishi zarur. Bunday xossalarga torf, yog’och qirindisi, qum, daraxtlarning maydalangan po’stloqlari, perlit ega bo’lishi mumkin. Ammo lola ekish 110 uchun eng yaxshi substrat ularning ma’lum nisbat va xolatdagi aralashmasidir. Tajribalar natijasida substratning minimal 10 sm li qatlami gullarning sifatiga hal qiluvchi ta’sir qilishi aniqlangan. Substrat tarkibi esa gulning sifatiga unchqlik ta’sir qilmaydi. Chala chirigan torfni ishlatish juda ham qulay, ammo u juda engil bo’lib, gul strelkasini ushlab tura olmaydi, shuning uchun unga teng miqdorda qum aralashtirgan ma’qul bo’ladi. Agar qum karbonatli bo’lsa, unga oxak qo’shmasa ham bo’ladi. Ammo agar lola piyozlari toza torfga ekilsa, u xolda oxaklash zaruriy hisoblanadi, aks xolda lolalar juda qiyin ildiz otadilar va bu ildizlarning uchlari jigarrang tusga kirib, tezda qurib qoladi. Tajriba uchastkalarida ekilgan lolalarda (Gollandiya) eng yaxshi natijalar pH= 3,5 dan 4,5-5,4 ga ko’tarilganida olingan. Bunga 1 metr kubga 2-4 kG CaCO 3 solinganida erishilgan. Agar lolalar yog’och qipig’i yoki daraxtlarning maydalangan po’stloqlariga ekilsa, bu xolda ham oxaklash talab etiladi. Agar bunday substratlar yangiligida ishlatilsa, ularga 1 metr kubga 800-1000 gramm hisobidan ammoniy sul’fat yoki xuddi shu dozada chili selitrasi (NaNO 3 ) qo’shiladi. Bunday substratlarda lolalar juda yaxshi ildiz otadilar, ammo namlik etishmovchiligiga juda ham talabgor bo’ladilar. Shuning uchun ham bunday xollarda ularni yaxshilab sug’orish talab qilinadi. Biz tajriba sharoitlarida lolaning substratidagi ozuqa moddalarining lola gullashiga ta’sir qilishini o’rganganimizda, toza qumda, kompostda va yaxshilab o’g’itlangan substratlarda o’stirilgan o’simliklarning gullarida hech qanday farq bo’lmasligini angladik. Ammo, substratga o’g’it solish 111 uning gulpiyozini kattaligi va sifatiga ta’sir qilishi barchaga ma’lum dalil hisoblanadi. Undan tashaqari, lola piyozi kaltsiyga juda ham kambag’al bo’ladi, shuning uchun lolalarni gullash paytida kaltsiyli selitra bilan oziqlantirib turish yaxshi natijalar olishga imkon beradi. Gulpiyozlarni ekish bilan kaltsiyli selitraning 0,2% li eritmasi bilan sug’oriladi va aktiv vegetatsiya davrida ham bu amal qaytariladi. Bu tadbir keng tarqalgan fiziologik kasalliklarning oldini oladi hamda “ko’r” butonlar hosil bo’lishi va gullarning to’kilib ketishining oldini oladi. Gulpiyozning ildiz otish shart-sharoitlari. Ertaki gul etishtirish uchun zarur bo’lgan umumiy sovutish muddati 130-155 kun bo’lgani uchun (bunga tinim davri ham qo’shiladi), 9 gradusli rejim ildiz otish davrida ham saqlanib turishi kerak. Haroratning ko’tarilishi ildizlarning o’sishini sekinlashtiradi, ammo generativ o’simtaning o’sishini stimulyatsiya qiladi. Bu xolda o’simlikda suvli rejimning buzilishi tufaili gul strelkalari kalta bo’lib qoladilar, gulbarglari yomon rivojlangan, xira rangli, uchlari rangsiz bolib qoladi. Ildiz otishning davomiyligi navga, tinim davridagi haroratga va oldingi yilgi o’sish shart-sharoitlariga bog’liq bo’ladi. Lolaning 11 ta navi bilan o’tkaqilgan tajribalardan shu ma’lum bo’ldiki, sovutilgan gulpiyozlar 20 gradusda saqlanganlaridan birinchi yili 13 kun oldin ildiz otdilar, ikkinchi yili 26 kun oldin ildiz otdilar. Undan tashqari, sovutilgan gulpiyozlarning ildiz otish jarayoni ancha stabil ravishda amalga oshgani kuzatildi. 112 Gulpiyozlar ekilganidan so’ng, xonada havoning va tuproqning namligini yuqori darajada ushlab turilishi (95% dan kam bo’lmagan xolda) zarur. Buning uchun o’simlikka vaqti-vaqti bilan suv sepish hamda xar kuni devol, pol va potolokka suv sepib turish talab etiladi. Lolalar yaxshi idiz otib, bo’yi 7 sm ga etganda va uning pastki qismida butonlar biroz ko’ringanda, ularni ochitirihsga qo’yish mumkin bo’ladi. Aktiv vegetatsiya davri. Xavaskor gulchilar erta gul etishtirishning xuddi shu, oxirgi davrida haroratni ko’targan xolda gullashni tezlashtiraman deb xatolarga yo’l qo’yadilar. Agarda dekabr, yanvar va fevralda havo harorati 18 gradusdan baland bo’lmasa va tuproq harorati 16 gradusdan oshmasa, teplitsaga o’z vaqtida kiritilgan o’simliklar 20-30 kunda gullaydilar. Agarda harorat bundan baland bo’lsa, ko’plab “ko’r” butonlar paydo bo’ladilar, gul sifati yomonlashadi, o’simliklarning nobud bo’lishiga sabab bo’ladigan fuzarioz kasalligi rivojlanadi. Harorat 15 gradus bo’lganida eng katta gullar hosil bo’ladi. Ammo bu xolda vegetatsiya vaqti 5 kunga uzayadi. Harorat juda past bo’lganida botritis tarqala boshlaydi. Xar qanday muddatda ham gul etishtirishda xonadagi havoni tez-tez almashtirib turish eng muhim shartlardan biridir, chunki bu kasalliklar kelib chiqishining oldini oladi va etilen toksikozi havfini kamaytiradi. Asosiy navlar Juda erta muddatlarda lola etishtirish uchun uning quyidagi navlari tavsiya etiladi: 113 Appeldoorn Apricot Beauty Athleet Blenda Christmas Marvel Demeter Dix’s Favourite Emmy Peeck Gander Golden Mirjoran Karel Doorman Mirjoran Orient Express Paul Richter Preludium Roland Tommy 7. Lola piyozlarini ko’paytirish agrotexnikasi. Lolalardagi yangi gulpiyozlarning hosil bo’lishi va tuzilishi vaqt hamda fazo bo’yicha turlicha bo’ladi. Quyidagi rasmga nazar soling va lola gulpiyozlarining yer ostida qanday joylashishini bilib oling. Bu sizga hosilni yig’ishtirib olishda va gulpiyozlarning biologiyasini tushunishga yordam beradi. 114 Bu rasmda lolani qazib olish vaqtiga kelib hosil bo’lgan lola piyozlarining uyasi rasmi keltirilgan. Belgili va sonli raqamlar quyidagilarni anglatadi: 1 – Ona piyozning tag qismi; 2 – gul strelkasining qoldig’I; A, B, C, D, H – yangi hosil piyozlarining turli xillari. Tahminan mart-aprelda lola gulpiyozining ustki qatlami po’stlolg’ida keyinchalik H turidagi gulpiyozga aylanuvchi kurtak hosil bo’ladi. Keyinchi po’stloqlarning oraliqlarida esa ketma-ketlik bilan D, C, B turiga 115 mansub gulpiyozlarning kurtakchalari paydo bo’ladilar. Va nihoyat, iyl- sentyabr oylarida A turidagi gulpiyozning kurtagi hosil bo’ladi va undan keyingi yil intensiv rivojlanadigan va lola piyozlari inidagi eng katta o’lchamga ega bo’lgan gulpiyoz hosil bo’ladi. Shunday qilib, gulpiyozlarning kurtaklari hosil bo’lishi vaqt bo’yicha chekkadan markazga qarab rivojlanadi, ularning o’sishi va rivojlanishi esa teskari tartibda amalga oshadi. Gulpiyozlarning joylashishi, o’lchami va tuzilishi kelajakdagi hosilga katta ta’sir qiladi. Ekilgan gulpiyozga nisbatan eng katta piyozni o’rinbosar A piyozchasi hosil qiladi, va undan so’nggi kattalikdagi gulpiyozni B piyozchasi hosil qiladi, C, D va H lar esa piyoz hosil qilishda eng kam samaraga ega bo’ladilar. Shuning uchun ham gulpiyozlarni ko’paytirish uchun diametri 1,3-3,2 sm oralig’ida bo’lgan A va B turlariga mansub gulpiyozlar tavsiya etiladi. Bulardan eng kattalari ertaki gul olish va obodonlashtirishga ishlatilsa, maydalari boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Yuqori hosil olish nuqtai-nazaridan piyozlarning qanday tuzilganligi ham muhim ro’l o’ynaydi. Yassi va yengil gulpiyozlar ekilganida ular keyingi yili A va B turidagi pulpiyozlarning yengil va kichik o’lchamlilarini hosil qilishi tajribada isbot qilingan. Shuning uchun bunday gupliyozlarni ajratib tashlaydilar va boshqa maqsadlarda ishlatadilar. Lolala piyozlarini ularning kattaliklariga qarab razborlarga ajratish uchun ular dumaliq teshikli reshetkalardan o’tkazilib, kalibrovka qilinadilar (o’lchamlari bo’yicha saralanadilar). Teshiklar o’lchamlari gulpiyozlar razborlarining o’lchamlarida monand bo’ladi. Endi gulpiyozlar ichidan 116 yassilarini ajratib olish uchun to’rtburchak teshikli reshetkalardan foydalanadilar. Bunda teshiklar o’lchamlari quyidagicha bo’lishi tavsiya etiladi: Gulpiyozning o’lchamlari To’rtburchakli reshetkalarning o’lchamlari 1,3 sm 0,9 sm 1,6 sm 1,1 sm 1,9 sm 1.3 sm 2,2 sm 1,5 sm 2,5 sm 1,7 sm 2,9 sm 2,1 sm 3,2 sm 2,5 sm 3,5 sm 2,7 sm Gulpiyozlarning ko’payishiga va chiroyli o’rinbosar piyozlar hosil qilishiga ularning saqlanish rejimi ham katta ta’sir qiladi. Ushbu davrdagi saqlanish temperaturasiga bog’liqligi talablariga bog’liq ravishda hamda ko’payish koeffitsienti qanchaligi bo’yicha lolalarni 3 guruhga bo’lish mumkin: 1.Yuqori biologik ko’payish koeffitsientiga ega bolgan lola navlari: Bing Krossbi, Brilliant Star, Kassini, Krelages Triumph, Luystige Vitve, Maroran va boshqalar. Ular juda ko’p C, D va turidagi mayda gulpiyozlar hosil qiladilar, B turidagilar esa ko’pincha yassi bo’ladilar. Bunday gulpiyozlarni yozgi saqlash rejimi tavsiya etiladi, chuni bu amal C va D kurtaklarining rivojlanishini sekinlashtiradi va A va B kurtaklarining 117 rivojlanishini kuchaytiradi. Mayda razborlar uchun esa B va C kurtaklarining hosil bo’lishini sekinlashtiruvchi temperaturaviy rejim tavsiya etiladi. 2.O’rtacha biologik ko’payish koeffitsientiga ega bo’lgan lolalarning navlari: Appeldoorn va uning sportlari, Diplomat, Maurin, Oksford, Rozi Wings, Apprikot Beauty, Emmy Pink. Bu lolalar C va D turiga mansub va yassi bo’lgan B turdagi gulpiyozlar beradilar. Ularni saqlashning temperaturaviy rejimi A va B kurtaklarining rivojlanishiga qaratiladi. C va D kurtaklarining rivojlanishi esa sekinlashtiriladi. 3.Juda kam miqdordagi ko’payish koeffitsientiga ega bo’lgan lola navlari: Blue Parrot, Golden Edge, Demeter, Parad, Red Pitt, Advance, Greyg lolalari gibridlari. Bunday lola navlarini saqlashda katta va o’rtacha gulpiyozlarda A va B kurtaklarining rivojlanishini va maydalarida esa A kurtaklarining rivojlanishini ta’minlash kerak. Lolalarni qayta etishtirishning ushbu tizimi bir qancha variantlarga ega. Ularning ichida eng ko’p tarqalgani quyidagi rasmda sxematik tarzda ko’rsatilgan: 1- Yil: Diametri 1,3-3,2 sm bo’lgan A, B, C, D, H turidagi sog’lom lola piyozlarini tanlash va ekish. 118 Bu rasmda lolalarning reproduktiv xossalarini tabiiy tanlash usuli yordamida yaxshilash sxemasi keltirilgan. Bu sxemadagi “kerakmas” deb belgilangan lola piyozlari turlari ularning brakka chiqarilganini anglatadi. Ushbu sxemadan foydalangan xolda xar 5-7 yillarda lolalarning ekish materialining reproduktiv xossalarining yaxshilanishi amalga oshiriladi. Birinchi yili hosildan diametrlari 1,3-3,2 sm bo’lgan eng sog’lom gulpiyozlar ajratib olinadi va ularning ichidan dumaloq formali, po’stloqlari butun, mexanik shikastlanmagan va qattiqlari ajratib olinadi. Lola piyozlarining xar bir razborini alohida tanlanadi va saqlanadi. Bunda agrotexnika va nav tozalash yumushlari oddatdagidek bo’laveradi. Ammo piyozlarni yig’ishtirib olishni gulpiyoz inlari buzulib ketmasdan, ertaroq amalga oshiriladi. Bu ish A, B, C, D, H turlariga mansub piyozlarni o’z vaqtida ajratib olishga imkon beradi. Qazib olish bilan yoki quritilganidan Kerakmas 3-yil 2-yil A B C, D, H A B C, D, H A B, C, D, H A B, C, D, H A B, C, D, H A kerakmas kerakmas kerakmas 4-yil kerakmas 119 bir necha kun keyin gulpiyoz inlaridan A va B turidagi piyozlar ajratib olinadi. Ularni oldin dumaloq teshikli, so’ngra to’rtburchak teshikli reshetkalarda sortirovka qilinadi (saralanadi). Kuz faslida A va B piyozlarini razborlarga bo’lgan xolda alohida ekiladi. Keyingi yili hosilni yig’ib olish vaqtida A turdagi piyozlarni ekilgan A va B lardan ajratib olinadi va ular birlashtiriladi. B materialini faqatgina ekilgan A piyozlardan tashkil qilinadi. Boshqa turdagi piyozlarni sog’lom gulpiyoz etishtirish jarayonidan chiqarib tashlanadi. A va B guruhidagi piyozlardan reproduktsiya uchun faqatgina diametri 1,9-3,2 sm bo’lganlar ishlatiladi. Ularni yuqorida tavsiflangan ikki xildagi reshetkalarda kalibrovka qiladilar. Keyinchalik esa ishlarni xuddi shu sxema bo’yicha amalga oshiradilar. 4-yili A va B guruhlarining A turidagi gulpiyozlarini birlashtirib, kalibrovka qiladilar va diametri 1,9-3,2 sm bo’lganlarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qiladilar. Shuning bilan piyozlarni sog’lomlashtirish jarayoni tugallangan hisoblanadi. Lolalarning peproduktivligini oshirishning keyingi tsiklidan avval gulpiyozlarning dianetri 1,0-3,5 sm bo’lganlari ikkita reshetkada sortirovka qilinadi. Piyozlarning barcha yassi nusxalari brakka chiqariladi va boshqa maqsadlarda ishlatilishlari mumkin. Agarda lolalar ushbu tizim asosida yangilanib tursalar ular har yili stabil hosil beradilar va gulpiyozlar ham sog’lom saqlanadilar. Xar bir diametri 2 sm gacha bo’lgan A turidagi gulpiyoz 1,0 sm dan katta bo’lgan piyoz hosil qiladi, diametri 2,0-3,2 bo’lgan gulpiyozlar esa 0,5 sm gacha kattalashadilar. Diametri 1,3-3,2 bo’lgan A turdagi gulpiyozlar ekilganida 120 ular o’rniga hosil bo’lgan A turiga mansub gulpiyozlar butun hosilning 70- 95% ni tashkil qiladi. Ammo agarda reproduktsiyaga 1-razbor va ekstra piyozlari ishlatilsa, u xolda bu ko’rsatgich 20-50% ni tashkil qiladi. Ushbu ikkinchi xolda ko’plab B, C va D turidagi gulpiyozlar hosil bo’ladi. Yuqorida aytilganlardan hulosa qilgan xolda shuni aytish mumkinki, yer maydoning iloji boricha ko’p qismini o’tacha o’lchamli piyozlar bilan band qilish kerak va faqat yerning qolgan qismigagina mayda va dumaloq gulpiyozlarni ekkan maqsadga muvofiq bo’ladi. Agarda yangi va kamyob navlarni tezda ko’paytirish talab qilinsa, u xolda katta gulpiyozlarni piyoz ko’paytirish uchun ishlatgan ma’qul. 8. Lola etishtirish tajribasidan lavhalar A. Standart usul Lolalarni 8 Mart sanasiga ochiltirish: Lola piyozlari 15 iyuldan 1-10 oktyabrgacha 20 gradusli haroratda saqlanadi. 1-11 Oktyabrlarda yashiklarga ekiladi. Ekilgan lolalarni xolodilnikda 11 oktyabrdan 1 dekabrgacha 9-7 gradusda saqlanadi. So’ngra 2-3 gradusda saqlanadi. 25 Yanvardan so’ng yashilarga ekilgan lolalar 16-18 gradus harorat saqlab turiladigan teplitsaga olib chiqiladi. Lolalar shundan so’ng 3,5-4 haftadan keyin ochiladilar. Lola piyozlarini saqlash Gul etishtirish uchun diametri 3,5 sm dan kam bo’lmagan sog’lom va yaxshi quritilgan gulpiyozlar ishlatiladi. Ularni tag qismi setkali va 121 oyoqchalar bilan ta’minlangan yashiklarga oralari biroz ochiq xolatda (aeratsiya (havo almashinish) yaxshi bo’lishi uchun) terib chiqiladi. Yashiklar shtabellarga qavatma-qavat qilib joylashtirilganida polga va devorlarga tegib turmasliklari zarur. Gul etishtiriladigan xona quruq va xavo yaxshi aylana oladigan bo’lishi kerak. Xonaning deraza va fortochkalari ochib qo’yiladi. Xavo aylanishi uchun o’rnatilgan ventilyatorlarning qanotlari vertikal tekislikda aylanishi lozim. Isitish va sovutish asbob-anjomlari bo’lishi ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekilgan gulpiyozlarni quyoshning tik nurlaridan saqlanadi, doimiy ravishda ular ko’rib chiqilib turiladi va kasal hamda shikastlanish alomatlari borlari darhol yo’qotiladi. Xonadagi harorat 20 gradus bo’lishi lozim. Ekilgan lolalarni isitilmaydigan va xavo harorati tashqi muhitga bog’liq bo’lgan xonalarda saqlashga yo’l qo’yilmaydi, chunki bu xolda lolaning ochilish muddatlari o’z aniqligini yo’qotadi va gullarning sifatiga kafolat berila olinmaydi. Lolalarni ekish. Tuproqqa ekish: Lola ekish uchun eng yaxshi tuproq xajmiy massasi 0,4-0,6 gramm/sm kub bo’lgan, namlikni yaxshi o’tkazadigan, kesaklarsiz va pH/KCl = 6,5-6,8 bo’lgani hisoblanadi. Gullar yoki sabzovotlar ekilgan joylardan olingan tuproqlarni albatta bug’ vositasida zararsizlantiriladi. Ilgari lola ekilgan joylardagi tuproqlarni esa umuman ishlatmaslik kerak. Lolalarni ekishdan 2-3 kun oldin substratga suv solinadi va u yaxshilab aralashtiriladi. Agarda tuproqqa torf qo’shilgan bo’lsa, u xolda 122 suvning o’rniga 0,2% li kaltsiyli selitra ishlatiladi. Ekish yashigining o’lchami 70 x 40 x 8 sm, oyoqlarining balandligi esa 14 sm bo’lishi tavsiya etiladi. Yashiklar nam tuproq bilan to’ldiriladi – quruq va juda ham ho’l tuproqdan foydalanish yaramaydi. Shundan so’ng, gulpiyozlar yana bir marta sinchiklab tekshirib chiqiladi va kasal xamda mexanik shikastlanganlari yo’qotiladi. Piyozlar chirib ketmasligi uchun ular TMTD poroshogi bilan changlantiriladi. Ekish vaqtida ham gulpiyozlar ko’rib chiqiladi va maydaroqlari bir yashikka, kattaroqlari esa boshqa yashiklarga ekiladi, chunki bunda gulpiyozlar turli vaqtlarda gullaydilar. Agar ular bir joyga ekilsalar, o’sishdan orqada qolganlari qiyshayib ketadilar. Xar bir yashikka 70-80 tadan, orasida 1-2 sm joy qoldirgan xolda lola piyozi ekiladi. Agar zichroq ekilsalar, bir-birlariga xalaqit beradilar, qayrilib yer ostidan ko’tarilib, yuzaga chiqib ketadilar. Agar bundan kattaroq masofada ekilsalar, lolalar o’sish jarayonida qiyshayib ketadilar hamda yer maydoni samarasiz ishlatilgan bo’ladi. Endi yashiklarga terib chiqilgan lola piyozlarining ustiga piyozlarini surib yubormasdan tuproq to’ldirilib chiqiladi. Sug’prilgandan so’ng, ekilgan gulpiyozlarining uchlari ko’rinib turishi lozim. Yashikdagi tuproqning umumiy qalinligi 10 sm bo’ladi. Ekilgan gulpiyozlarni shlanga bilan kuzsizroq suv oqimini ishlatgan xolda, uchiga to’r o’rnatib, yaxshilab sug’oriladi. Torfga ekish: Bunda juda ham chirib ulgurmagan tofr ishlatish tavsiya etiladi (chrish miqdori juda ham yuqori bo’lgan torfni ishlatish yaramaydi). Uni lola piyozlarini ekishdan 10-14 kun oldin pH=6,0 gacha yaxshilab 123 maydalangan qurilish meli bilan oxaklab qo’yiladi (torfda boshqa material qo’shish yaramaydi). Undan so’ng, 1 metr kubga gramm hisobidan quyidagi miqdorlarda mineral o’g’itlar solinadi: Monokaltsiy fosfat – 300-500 Kaliyli selitra – 500-800 Ammiakli selitra – 200-300 Magniy sulfat – 300-500 Temir sulfat – 80-100 Mis sulfat – 20-25 Marganets sulfat – 3-4 Rux sulfat – 3-4 Bornaya kislota – 5-6 Ammoniy molibdat – 1,0 Makroo’g’itlarni quruq xolda, mikroelementlarni esa eritma xolida ishlatiladi. Kaltsiy yetishmasa, lolalarning sifati yomonlashadi – gul strelkalari o’sgarib, butonlar so’lib qoladilar. Lolalar torf solingan yashiklarga ekilganlaridan so’ng, uning ustiga 2 sm qalinlikda qum solinadi. Torfda lola etishtirganda xolodilnikda ham, teplitsada ham etarli darajadagi namlikni saqlab turish kerak. Agar substrat quruq bo’lsa, kaltsiyning o’zlashtirilishi qiyin kechadi. Teplitsaga olib kirilgan lolalarni 2-3 marta kaltsiyli selitraning 0,2% li eritmasi bilan sug’oriladi. Lolalarni ildiz ottirish. Xolodilnikda: 124 Xolodilnik kamerasi qorong’i, xavo aylanib turila olinadigan, harorat boshqarilina olinadigan va kerakli namlik darajasini saqlashga imkon beradigan vodoprovod (yoki suv manba’i) bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Pastda joylashgan yashiklar sinib ketmaydigan xolda shtabellarga yashiklar joylashtirilishi lozin (bitta yarusda 10 tadan ko’p bo’lmagan xolda yashiklar joylashtiriladi). O’rtadan va devorlar tomonidan odam o’tsa bo’ladigan yo’lakchalar bo’lgani ma’qul. Birinchi 3-4 haftada 9 gradusli harorat saqlab turiladi. Ildiz otib bo’lgandan so’ng, yashiklar tagidan lolalarning ildizlari ko’rina boshlaydi. Bunda haroratni 7 gradusgacha pasaytiriladi. 1 dekabrdan esa haroratni 2-3 gradusgacha pasaytiriladi. Havoning namligini 90-95 darajada ushlab turiladi. Xar kuni xona poliga, devorlariga va yashikarning tagiga pulverizatorda suv purkab turiladi. Lola ekilgan tuproqni ham u qurib qolmasliga e’tibor berib, sug’orib turiladi. Ildizlar va yangi o’simtalar chirib ketmasliklari uchun lolalar saqlanayotgan kameraning havosini vertikal tekislikda ishladigan elektroventilyator bilan shamollatib turiladi. Bunday sharoitlarda o’simlik 14-16 hafta saqlanadi. Normal tayyorlangan lolalar 3-5 sm li o’simtalarga va yashiklar tagidan 3 sm va undan ko’proq o’sib chiqqan oq rangdagi ildizlarga ega bo’ladilar. Agar ildizlar qisqa, qattiq va cho’tkasimon bo’lsalar, bu sug’orish etarli bo’lmaganini yoki substratda tuzlarning kontsentratsiyasi juda yuqori ekanligini bildiradi. Transheyada, parniklarda yoki naves tagida: Ildiz ottirishni transheya yoki parniklarda amalga oshirish uchun suv bosib ketmaydigan joy tanlanadi va ularga joylashtiriladigan yashiklar 125 tagiga ildizlarga zarar etmasligi uchun shoxchalar qo’yib chiqiladi. Issiqlikni saqlaydigan qatlam solish uchun devor tomondan 20 sm li oraliq qoldiriladi. Yashiklardagi tuproqlarning ustini qum yoki perlitning yupqa qatlami bilan qoplanadi. Sovuq tushishi bilan transheyani quruq oxaklangan torf yoki yog’och qirindisi bilan ko’miladi. Uning ustidan esa puberoid (tol) bilan yopib qo’yiladi. Ildiz otish jarayonini doimiy ravishda kuzatib turiladi. Juda ham qattiq sovuq tushsa, transheyani biror bir material bilan qo’shimcha ravishda yopiladi. Agar kunlar isib ketsa, tranhseya ustiga yopilgan materialni olib, lolalar ventilyatsiya qilinadi. Lolalarni sug’orish talab qilinmaydi. Agarda lolalar soni ko’proq bo’lsa, shifer bilan yopilgan va ichida odam bemalol yura oladigan vaqtinchalik naves qilinadi. Uni suv manbaiga va oranjereyaga yaqin joyda qurgan ma’qul, chunki bunda birinchidan, suvdan foydalanish qulay bo’ladi, ikkinchidan, lolalarni ochiltirich uchun oranjereyaga olib kirish osonlashadi. Lola piyozlari ekilgan yashiklarni naves tagiga shtabellarga o’rnatilib joylashtiriladi. Navesning tepa qismi va yonlarini issiqlik saqlovchi material bilan qoplanadi (masalan, qipiq yoki perlit to’dirilgan qoplar bilan). Bu xolda namlik yaxshi saqlangani uchun ildiz otish davri davomida lolalar 1-2 marta sug’orilishi etarli bo’ladi. Shtabellarning kengligi 1,8-2 metr, yuriladigan joy kengligi esa 0,4 metr bo’lgani ma’qul. Lola ekilgan yashiklarni g’isht tashiydigan poddonlarda transportirovka qilish juda qulay bo’ladi. Lolalarni ochiltirish Yashiklarda 8 Mart bayramiga: 126 Buning uchun eng ma’qul bo’lgan lola navlari Parad, Appeldoorn, Oksford, Golden Appeldoorn, London va Diplomatlardir. O’simliklar yorug’likka unchalik talabgor emaslar, shuning uchun tuproqli va stellajli, plenkali yoki oynali teplitsalardan bemalol foydalanish mumkin. Bunday teplitsalarni yaxshialb tozalanadi, dezinfektsiya qilinadi va havosi almashtiriladi. Teplitsadagi yerni chopib chiqiladi va o’simliklarni kiritishdan ikki kun oldin sug’oriladi va tekislanadi. Lola ekilgan yashiklarni yerga yoki beton polga qo’yish mumkin emas, chunki bunda “ko’r” butonlar soni xaddan tashqari ko’payib ketadi. Yaxshi va sifatli gul olish uchun minimum 5 sm qalinlikdagi yer yoki oxaklangan torf kerak bo’ladi (pH=6,0 gacha). Lola ekilgan yashiklarni gul olish kerak bo’lgan sanadan 3,5-4 hafta oldin teplitsaga joylashtiriladi. Ammo ularni juda ehtiyotkorlik bilan ko’chirich kerak bo’ladi. Bunda ildizlarga va o’simtalarga zarar etkazib qo’ymaslik hamda lolalarni sovuq urishdan saqlash kerak. Teplitsada yuzaga chiqib qolgan lola po’stloqlari olib tashlanadi va gullarga pulverizatordan suv sepiladi. Yashiklar chekkalaridagi qurib qolgan tuproqqa biroz suv quyiladi. Lolalarni oranjereyaga kiritgan kuni harorat 14 gradusdan yuqori bo’lmasligi kerak, Keyinchalik haroratni 16-18 gradusgacha ko’tariladi. Agar lola o’simtalari juda kichik bo’lsa, yashiklarni o’simlikka tekkizmasdan qora plyonka bilan yopiladi va uni kuniga bir soatlar atrofida olib qo’yiladi. Xuddi shu paytda xona shamollatiladi. Bu amal natijasida lolaning naviga bog’liq ravishda, 1-3 kun davomida lolalar 5-8 sm ga o’sib oladilar (eng tez o’sadigani London navidir). Shundan so’ng yashikdan qora plyonka kechki paytda 127 olib tashlanadi. Lola o’simligi yonidan o’sib chiqqan ortiqcha kichkina o’simtalar olib tashlanadi. Undan so’ng, o’simlik kaltsiyli selitraning 0,2% li eritmasi bilan sug’oriladi. Yashiklardagi tuproqning qurib qolishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ammo sug’orish kunning birinchi yarmida ehtiyokorlik bilan amalga oshiriladi va bunda suv barglarga tushishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Teplitsa tez-tez shamollatilib turiladi. Kunduzgi temperatura 16-18 gradus, kechqurunlari esa 14-16 gradus bo’lgani ma’qul. Quyosh chiqib turganida ham harorat 20 gradusdan yuqori bo’lmasligi lozim. Qanday navligiga bog’liq ravishda lolalar 20-24 kunlarda ochiladilar (bahorga qancha yaqin bo’lsa, shunchalik ertaroq ochiladilar). Agar harorat noqmadagidan 2 gradusga past bo’lsa, lolalarning ochilishi bir haftaga kechikadi. Gullarni yarim rang kirayotgan butonlar fazasida, ertalab, sug’orishdan oldin uzib olinadi. Gul strelkalari yerga yaqin qilib uziladi. Gullarni suvga solinaytganida namiqib qolmasliklari uchun qog’ozga o’rab qo’yiladi. Savdo tarmoqlariga etkazilmasidan avval gullar 10-12 soat suvga solib qo’yilishi tavsiya etiladi. Plenkali teplitsalar qatorlarida gul etishtirish: Lola gulpiyozlarini oktyabrning boshlarida ochiq teplitslarga ekiladi. Bunda oldin yer yaxshilab yumshatildi, unda 1 metr kvadratga 100 gramm hisobidan suyak uni solinadi. Boshqa o’g’itlarni esa laboratoriya analizi natijalariga asosan solinadi. Pushtalarning kengligi 1,2 metr, ariqlarniki esa 1,4 metr bo’ladi. Ekishdan ikki kun oldin yer sug’oriladi. Lola piyozlarini 8 sm chuqurlikka ekilib, 1 metr kvadratga 200-250 dona hisobidan ekiladi. Sovuq boshlanishi bilan lola ekilgan egatlar pH-6,5 gahca bo’lgan 128 oxaklangan torf yoki yog’och qirindisi bilan 3-4 sm qalinlikda qoplanadi. Yanvar o’rtalarida teplitsa plyonka bilan yopiladi va uni lampochka yoki gazogenerator bilan isitiladi. Yer qizigandan so’ng, torfni yoki yog’och qirindisini xaskash bilan ariqqa tortib tushiriladi. Boshqa barcha ishlar yuqorida tavsif etilgan lolalarni yashiklarda ochiltirish kabi amalga oshiriladi. Lolalarni sun’iy yorug’lik yordamida ochiltirish: Bu usul teplitsa yo’q bo’lganida ishlatilishi mumkin. Sun’iy yorug’lik manbai sifatida 1 metr kvadratga 1 donadan DRL-400 lampalari bilan jihozlangan kameralar ishlatiladi. Bir sutkada 9 soat davomida lampalar yoqib qo’yiladi. Gollandiya gulchilari esa boshqacharoq rejimni taklif qiladilar: 1 Dekabrdan 15 Yanvargacha – sutkasiga 12 soat, keyin 15 Fevralgacha – sutkasiga 14 soat, undan so’ng esa sutkasiga 16 soatdan sun’iy yorug’lik talab qilinadi. Lolalarni ekish va ochiltirihsga olib kirush yuqorida tavsif etilganday bo’ladi. Bu usul vositasida Yangi Yilga lola gullarini olish mumkin. Ammo anglashilmovchiliklar va yanglishishlar bo’lmasligi uchun tajribali va vijdonli elektrikni ishga olish kerak bo’ladi. Lolalarni 10-15 Yanvarlaga ochiltirish: Buning uchun Lyustige Vitve, Olga, Paul Rixter, Diksiz Favorite, Bing Krosby, Blenda va Prominens navlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun lolalarni 21 sentyabrda yashiklarga ekiladi, 12 hafta davomida sovutiladi, teplitsaga 28 noyabrda kiritiladi va unga qarash lolalarni 8 Mart bayramiga ochiltirish deb yuqorida tavsif etilganning aynan o’zi bo’ladi. 129 Katalog: images images -> valkurs.pdf [AQSh dollari] images -> The municipal franchise. Ashburton labour market images -> Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi images -> A. A. Qaxxorov images -> O‘zbekistOn Respublikasi Oliy va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi O‘Rta maxsus, kasb-hunaR ta’limi maRkazi images -> Dorothea Klotz Immobilien Heumadenstr. 3, 74199 Untergruppenbach Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling