Lola, Nartsiss va Giatsint etishtirish texnologiyasi Yangi yilga gul etishtirish
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havaskor gulchilar uchun amaliy maslahatlar
- Ertaki lola etishtirishdagi muvaffaqiyatsizliklar va ularning sabablari: A. “Ko’r” yoki “Qog’oz” ko’rinishli bo’lib somon rangini olgan
- B. Gullarning qiyshaib qolishi
- C. Kuchsiz, ingichka va uzunchoq gul strelkalari hosil bo’lishi.
- Ca(NO 3 ) 2
- Parad
- K. Lola piyozlarini saqlash vaqtida zamburug’lar va bakterialar ta’sirida irib ketishi (
- L. Qisqa va bargsimon bo’lib ketgan gul strelkalari.
- Lola piyozlarini etishtirishni qanday rejalashtirish kerak
- Navlar bo’yicha Lola piyozlarining biologik ko’payish koeffitsientlari (1-razbor piyozlar ekilganida)
- Mendeleev navlari guruhi Aprikot B’yuti 2,2 4 Sonya 1,0 3 Hyo Greys 1,7 3 Triumf navlari guruhi
- Kottegj navlari guruhi
- Ertaki maxroviy navlari guruhi
- Darvin gibridlari uchun
- Ekilgan lola piyozlarining guruhlari Olingan lola piyozlari
- Ekilgan lola piyozlarining Olingan lola piyozlari
- R.X Ayupov. Lola, Nartsiss va Giatsint etishtirish texnologiyasi. - Тoshkent: 2011. - 148 bet
B. Besh gradusli texnologiya Bu usulning standart usuldan farqi shundaki, unda lolalar 5 gradusda ma’lum muddat sovutiladilar va so’ngra yerga ekiladilar. Bu usuldan foydalanganda xolodilnik kameralarining ishlatilish yuzasi 4 barobar kamayadi va nisbatan kamroq ish kuchi sarf qilinadi. Ammo bunda xolodilnikdagi haroratni 0,5 gradusdan kam bo’lmagan aniqlikda saqlab turish talab qilinadi. Yangi Yilga va 8 Martga gul ochitirish uchun bu usul foydaliroq hisoblanadi. Quyida lolaning Parad navini 8 Martga ochiltirish tartibini keltiramiz: 15 Iyuldan 17 Oktyabrgacha lola piyozlarini 20 gradusli haroratda saqlanadi: 18 Oktyabrdan 18 Yanvargacha (12 haftadan kam bo’lmagan muddatda) 5 gradusli harorat ushlab turiladigan xolodilnik kamerasida saqlanadi; 19 Yanvarda lola piyozlarini teplitsaga ekiladi; Teplitsadagi tuproq haroratini birinchi ikki hafta 10-11 gradusda, havoning haroratini 11-13 gradusda ushlab turiladi va shundan so’ng, tuproqnikini 16 gradusda, havonikini esa 16-18 gradusda ushlab turiladi; Bunday sharoitlarda lolalar 6-8 haftada ochiladilar. Lola piyozlarini sovutish: Lola piyozlari qazib olinganidan so;ng, 18 Oktyabrgacha omborda yuqorida tavsif etilganday saqlanadi va undan so’ng xolodilnik kamerasiga olib kiriladi. Kameralar dezinfektsiya qilingan va toza bo’lishlari kerak. 130 Unda 5 gradusli stabil harorat ushlab turilishi va havo namligi 80-85% bo’lishi zarur. Agarda biror bir sabablarga ko’ra elektr toki bo’lmay yoki xolodilnik buzilib aolsa, lolalar rejalashtirilganidan kechroq ochiladilar. Lola piyozlari sovutilayotganida ular tez-tez shamollatilib turilishlari kerak. Piyozlar buzilmasligi va havo yaxshi almashinishi uchun, devorlarning ikki tomonidan ventilyatorlar o’rnatgan ma’qul bo’ladi. Lolalar xuddi ombordagidek, yashiklarga saqlanadi. Shtabellarni devor tomonidan o’tagidan joy qoldirib taxlanadi. Lolalarni saqlash uchun maishiy xolodilnikni ham ishlatish mumkin. Ammo bunda zanglamaydigan tunukadan kerakli o’lchamlardagi, oyoqchali va tag qismi teshikli yashiklar yasash talab qilinadi. Lola piyozlarini ekish: Lola ekish uchun tayyorlangan teplitsa toza, dezinfeltsiya qilingan, havosi almashtiriladigan, plyonkali yoki oynavand bo’lishi mumkin. Tuproqqa bug’ bilan ishlov beriladi va pH=6,5-6,8 bo’lgunga qadar oxaklanadi. Tuproqdagi tuzlarning kontsentratsiyasi 1,5 gramm/litrdan ko’p bo’lmasligi kerak. Yerni chuqur va sifatli haydash juda ham muhim amal hisoblanadi. Agrokimyoviy analiz natijalariga bog’liq ravishda lola piyozlarini ekishdan 2 kun oldin yerni suv bilan yoki 0,2% li kaltsiyli selitraning eritmasi bilan sug’oriladi. Sovutilgan lola piyozlari ekishdan oldin 14-16 gradus haroratli xonaga ko’chiriladi. Xolodilnik kamerasidan qancha piyoz ekish mo’ljallangan bo’lsa, xuddi shunchasini olish kerak. Quruq, sog’lom va 2-4 mm li oq ildizlarga ega bo’lgan lola piyozlari normal deb hisoblanadi. Ularning ustki po’stloqlari olib tashlanadi, ildiz 131 qismining chekkalaridan o’sib chiqqan o’simtalar uzib tashlanadi. So’ngra piyozlarni ekish kuni ularga TMTD poroshogi sepiladi. Lola piyozlarini ekilish qatorlariga ehtiyotkorlik bilan, bosmasdan, ildizlarga zarar etkazmasdan terib chiqiladi. Ariqlarga ekish uchun bir xil o’lchamdagi material 1 kvadrat metrga 200-250 donadan tanlanadi. Ekib bo’lgandan so’ng, lolalarni setka orqali yaxshilab sug’oriladi. Sug’orilgandan so’ng, lolalarning uchlari yer yuzasida ko’rinib turishi kerak bo’ladi. Lola piyozlarning ildiz tizimi hosil bo’lishida birinchi ikki haftada havoning haroratini 11-13 gradus, tuproqnikini esa 10-11 gradusda saqlab turilishi kerak. Keyin esa teplitsadagi haroratni kunduzi 16-18 gradus, kechqurun esa 14-16 gradusda saqlash optimal hisoblanadi. Tuproqniki esa 16 gradus bo’lishi lozim. Bunday sharoitlarda lolalar tezlik bilan o’sadilar va intensiv rivojlanadilar hamda 6-8 haftadan so’ng gullaydilar. Ularga qarov xuddi yuqorida ko’satilgandek bo’lishi etarli hisoblanadi. Appeldoorn navini Yangi Yil bayramiga ochiltirish: Lola gulpiyozlari barglari qurimaslaridan oldin qazib olinadilar; Saqlash joyida bir kun quritiladilar; 27 Iyundan 4 Iyulgacha 34 gradus haroratda (bir hafta), havo namligi 70% bo’lgan sharoitda qizdiriladilar; 5 Iyuldan 1 Avgustgacha omborda 20 gradusli haroratda saqlanadilar; 2 Avgustdan 24 Oktyabrgacha 5 gradusli xolodilnik kamerasida saqlanadilar; 25 Oktyabrda lola piyozlari teplitsaga ekiladilar; 132 Birinchi 2 hafta tuproq harorati 10-11 gradus, havoniki esa 11- 13 gradus bo’lishi kerak. Undan so’ng esa, tuproq harorati 16 gradus, havoniki esa 16-18 gradus bo’lishi zarur; Lolaning gullashi 6-8 haftalarda amalga oshadi. Piyozlarni quritish jarayonida 34 gradusli haroratni stabil saqlab turish uchun parranda fabrikalarida ishlatiladigan inkubatorlardan foydalanish mumkin. Faqat ularga ventilyatorlarni, namlikni boshqaruvchi qurilmalarni, polkalarni hamda tag qismi teshikli yashiklarni o’natish kerak bo’ladi. Bir hafta davomida 34 gradusli termoishlovdan o’tgan lola piyozlarini 20 gradusli harorat saqlanadigan va havo namligi 75% bo’lgan hamda yaxshi ventilyatsiya qilinadigan saqlov xonasiga joylashtiriladi. Undan so’ng, kamida 12 hafta davomida ular 5 gradusli xolodilnik kamerasida saqlanadilar. Piyozlar teplitsaga 25 oktyabrda ekiladilar, Lolalar unib chiqqanlaridan so’ng, qo’shimcha yorug’lik manbai yoqiladi. Buning uchun DRL-400 rusumli elektr lampalar sutkasiga 12 soat davomida 1 metr kvadratga 5 donadan qo’yilib, yoqib qo’yiladi. Gollandiya mutaxasislarining olgan natijalariga ko’ra, Yangi Yil bayramiga ochiltirish uchun quyidagi navlar mos keladi: Aprikot Beauty, Charlz, Demeter, Emmi Peak, Kristmas Marvel, Gender, Karel Doorman, Miroran, Payl Rixter, Pink Trofi, Prelidium, Kwin of Snow, Snow Star va Tommi. Besh gradusli texnologiya plyonkali teplitsalarda sabzavot maxsulotlari bilan almashlab ekish uchun juda qulay va perspektiv hisoblanadi. Havaskor gulchilar uchun amaliy maslahatlar: 133 Biror bir joydan keltirilgan lola piyozlarini o’sha kunning o’zidayoq idishidan bo’shatib oling va keyinchalik saqlash uchun darxol yashiklarga solib qo’ying. Ularning qizib ketishiga va qarovsiz qolib ketishlariga yo’l qo’ymang. Shikastlangan va kasal gulpiyozlar tezroq chrib ketadilar va turli xil bedavo kasalliklarni namoyon qiladilar; Lola piyozlarini ekish uchun substrat tayyorlaganda albatta agrokimyoviy analiz qilish kerak. Bunda tuzlarning kontsentratsiyasiga, pH miqdoriga, Kal’tsiy va Magniy miqdoriga alohida e’tibor qarating; Piyozlarga TMTD poroshogi bilan yoki boshqa bir pestitsidlar ishlov berganda juda ehtiyot bo’ling va albatta kimyoviy himoya vositalarini ishlating (pezina qo’lqop va respiratorlarni); Lolalarni ildiz ottirishda, ertaki gul etishtirish tadbirlarini amalga oshirayotganda va gullarni uzib olishda temperaturaviy rejimga qat’iy rioya qiling, haroratning keskin o’zgarib ketishiga yo’l qo’ymang va teplitsani doimiy ravishda va aktiv ventilyatsiya qiling; Ildiz otgan lola piyozlarini saqlash xonasidan teplitsaga olib o’tishda ildizlarining va o’simtalarning sovuq urishidan saqlang. Ishni issiqroq paytda amalga oshiring yoki isitiladigan transport vositalaridan foydalaning (issiqlikni saqlash uchun penopolistirol listlari juda qulay bo’ladi); 134 Esingizda tirsin – 5 gradusli texnologiya uchun lolaning hamma navlarini ishlatib bo’lmaydi! Ishlatish mumkin bo’lgan navlar yuqorida ko’rsatilgan edi; Piyozlarga zarar keltiradigan kemiruvchi xashoratlarni (sichqon, kalamushlar) yo’qotish uchun xolodilniklarda, teplitsalarda va omborlarda podentitsidlardan foydalanish mumkin. Bu dorilarni drenaj trubalariga solib qo’yish mumkin. Ularga qo’l bilan tegish mumkin emas; Agar azotli o’g’itlarni ko’proq solinsa, lolalarning barglari buralib ketadi, gul strelkasi qiyshayib qoladi, buton ochilmay qoladi va ko’pchilik butonlar ochilsalar ham, ransiz bo’lib qoladilar; Lola piyozlarini ekishdan oldin, ular ekiladigan yashiklarni (ayniqsa ular oldin ishlatilgan bo’lsalar) yaxshilab tozalash, yuvish va quritish kerak. Undan so’ng esa barcha yashiklar dezinfektsiya qilinadi. Tuzlangan oziq-ovqat mahsulotlari (baliq, karam, pomidor va boshqalar) solingan, pestitsidlardan bo’shagan va oldin turli xil o’g’itlar saqlangan yashiklarni ishlatish yaramaydi. Ertaki lola etishtirishdagi muvaffaqiyatsizliklar va ularning sabablari: A. “Ko’r” yoki “Qog’oz” ko’rinishli bo’lib somon rangini olgan butonlar. Sabablari: 135 1. Lola piyozlarini qazib olish vaqti va lolaning navi (ertaki, kechki) uni ochiltirish muddatiga mos kelmasligi; 2. Erta gul ochiltirish uchun yaramaydigan mayda gulpiyozlar ishlatilishi; 3. Lola piyozlarini saqlashning temperatura rejimi buzilishi va saqlanish muddati kam bolganligi; 4. Teplitsadagi haroratning yuqori bo’lganligi; 5. Piyozlarni uzoq muddat transportirovka qilinganida etilen gazining to’planib qolishi, saqlash joyining yomon ventilyatsiya qilinishi; 6. Yomon va kasal piyozlar o’z vaqtiga yo’qotilmagan yoki saqlash joyida oldin sabzavot mahsulotlari yoki uzulgan gullar saqlangan va undan so’ng yaxshilab tozalanmagan hamda dezinfektsiya qilinmagan. B. Gullarning qiyshaib qolishi – yuqori bargning tepa qismidagi barg bosilgan bo’ladi, gul uzishdan oldin yoki undan so’ng so’liydi. Ba’zi xollarda o’simliklarda suvli dog’lar paydo bo’ladi. Sabablari: 1. Kaltsiy etishmovchiligi: 2. Teplitsada harorat yuqori bo’lishi; C. Kuchsiz, ingichka va uzunchoq gul strelkalari hosil bo’lishi. 1. Teplitsada judayam yuqori harorat bo’lishi (kun bulutli paytda 18 gradusdan va quyoshli paytda 20 gradusdan baland bo’lganligi). 136 2. Lola piyozlari juda ham zich ekilgan hamda chetki o’simtalari o’z vaqtida uzib tashlanmagan. Bu xolatdan biroz qutulishning yo’li – uzib olingan lolalarni kechqurun Ca(NO 3 ) 2 ning 0,1% li eritmasiga solib qo’yish kerak. Bunda gul strelkalari baquvvatroq bo’lib qoladi hamda gullar uzoqroq saqlanadilar. D. Ildiz otishning qiyin kechishi. Sabablari: 1. Yashiklardagi substratning quruqligi, havo namligining juda ham pastligi, ildiz otish davrida harorat past bo’lganligi; 2. Lola piyozlarini ertaroq muddatda qazib olinganligi va piyozlarni quritish yuqori temperaturada amalga oshirilganligi; 3. Lola tashqi qobig’ining qattiqligi – shu tufayli ildizlar lola po’stlog’ini yorib chiqa olmasdan, ichida qayrilib qoladilar (bu xol ayniqsa Parad navida uchraydi). E. Ildizlarning qorayib qolishi. Sabablari: 1.Tuproqda tuzlarning juda ham yuqori kontsentratsiyasi; 2.Substratning etarli bo’lmagan darajadagi oxalanishi. I. Lola o’simligidan bittagina katta barg o’sib chiqib, gul strelkasining bo’lmasligi. Sabablari: 1. Juda ham mayda lola piyozlarini ekish. 137 K. Lola piyozlarini saqlash vaqtida zamburug’lar va bakterialar ta’sirida irib ketishi (ayniqsa, piyozlar ichidan irib ketganida, buni aniqlash qiyin bo’ladi): Sabablari: 1. Xonani yaxshi shamollatmaslik, piyozlarni chala quritish, nam va sovuq joyda saqlash. Shuning uchun bunday lolalar uzib olingandan so’ng, suvga solib qo’yilganda ularning gul strelkalarida dog’lar paydo bo’ladi; 2. Lola piyozlarini muddatidan avval qazib olish. L. Qisqa va bargsimon bo’lib ketgan gul strelkalari. Sabablari: 1. Sovutish vaqti etarli bo’lmagani; 2. Yuqori haroratda ildiz ottirish. M. Lola piyozlarining yumshab, irib ketishi. Ariqlarga yoki yashiklarga ekilgan lola piyozlari ba’zi xolatlarda yumshoq bo’lib qolib, o’zlaridan badbo’y xid taratadilar. Gul o’simtasi va ildizlar sog’lomga o’xshasa ham, keyinchalik ular ham irib ketadilar. Ba’zida esa gul strelkasi o’smaydi yoki o’sib, 15 sm larga etganida yer ustidagi bo’g’ini irib ketadi. Sabablari: 1. Saqlash vaqtida kasal piyozlarni o’z vaqtida ajratib tashlamaslik; 2. Teplitsadagi tuproqning harorati balandligi; 3. Sovuq va og’ir yerga ekish. 138 Lola piyozlarini etishtirishni qanday rejalashtirish kerak Lola piyozlarini etishtirishni o’rganishda tuproqdagi asosiy ozuqa elementlari miqdori quyidagicha qilib olindi (1 Kg tuproqqa milligramm hisobida): NO 3 – 20-50 K 2 O – 750-850 P 2 O 5 – 75-175 PH/H 2 O -8,5 Lolalar oktyabr oxiri-noyabr boshlarida piyozlarining turiga bog’liq ravishda quyidagicha sxemada ekildi: 80 x 20 x 10 sm – eksrta va 1,2- razbor lola piyozlari uchun; 80 x 20 x 5 sm – 3-razbor va 1-chi hamda 2-chi kategoriya detkalar o’lchamidagi lola piyozlari uchun; Ekilgan piyozlar ustiga torf va qum aralashmasi sepildi (1 gektarga 60 kub metr hisobidan) hamda gektariga 200 kG hisobidan A guruhiga mansub mineral o’g’itlar sochildi. Bahorda esa gektariga 100 kG ammiakli selitra va 150-200 kG superfosfat bilan oziqlantirildi. Ikki marta sug’orildi: birinchisi – butonizatsiya paytida va ikkinchisi – gullash vaqtida. Bunda suv sarfi gektariga 360 kub metr bo’ldi. Doimiy ravishda o’toq qilindi, yer yumshatildi va kasal o’simliklar yo’qotilib turildi. Lola piyozlari qazib olinganidan so’ng, ularining soni va sifatini tahlil qilgan xolda, lola piyozlarining ko’payish jarayoni bo’yicha quyidagi amaliy ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo’ldik (bioligik ko’payish 139 koeffitsienti – qazib olingan lola piozlari sonining ekilgan lola piyozlari soniga nisbati): Navlar bo’yicha Lola piyozlarining biologik ko’payish koeffitsientlari (1-razbor piyozlar ekilganida) Lola navlari Piyozlarning ko’payish koeffitsienti O’rtacha Eng katta Darvin gibridlari Parad 3,3 4 Oksford 3,9 6 London 3,1 4 Diplomat 2,5 4 Gollands Glori 2,4 3 Red Matador 2,5 4 Xudojnik 3,1 4 Guruh bo’yicha o’rtacha: 3,0 4,1 Darvin navlari guruhi Most Mayls 2,1 4 Fayr Rob 2,2 4 Koronado 2,5 3 Avraam Linkol’n 2,3 4 Monte Kristo 2,3 3 Tsvanenburg 2,2 4 Paladin 2,3 3 Red Lori 2,2 3 140 Rev. Yubank 2,2 4 Montgomeri 1,8 3 Pandion 2,3 4 Campfayr 2,2 3 Kvin of Nayt 2,3 5 Faricombe Sanders 2,9 6 Vilyam Koplend 2,1 4 Evropa 2,3 3 Margaret 2,1 4 Bartigon 2,4 4 Mamaza 1,9 4 Prezident Trumen 2,2 5 Sultan 2,6 4 Klara Bat 2,0 4 Charlz Nidxem 2,3 4 Venus 1,9 3 Guruh bo’yicha o’rtacha: 2,2 3,6 Mendeleev navlari guruhi Aprikot B’yuti 2,2 4 Sonya 1,0 3 Hyo Greys 1,7 3 Triumf navlari guruhi Bing Krisbi 2,7 3 Albino 1,5 3 141 Aviator 2,1 4 Korneforos 2,2 4 Kottegj navlari guruhi Dido 2,7 5 Grenad’e 2,5 3 Ketlin Trakston 2,6 3 Yan Van Gallen 2,3 4 Karl Mey 2,0 3 Indien Chif 3,0 5 Liliyagullilar navlari guruhi Marietta 2,6 4 Kechki piongullilar navlari guruhi Engelenburxt 1,7 2 Koksa 1,8 2 Bonanza 2,0 2 Ertaki maxroviy navlari guruhi Azaliya 1,7 4 Lola piyozlarining boshlang’ich material kattaligiga bog’liq bo’lgan biologik ko’payish koeffitsientlari quyidagi jadvalda keltirilgan: Ekilgan piyozlarning kattalik guruhi Ko’payish koeffitsienti 50 nav bo’yicha o’rtacha Darvin gibridlari uchun Ekstra 2,5 3,1 1-chi razbor 2,2 2,7 142 2-chi razbor 1,9 2,3 3-chi razbor 1,7 2,0 1-chi kategoriya detka 1,6 1,9 2-chi kategoriya detka 1,4 1,5 Darvin gibridlari hosilining ekilgan lola piyozlari kattaligiga bog’liqligi quyidagi jadvalda keltirilgan (% larda): Ekilgan lola piyozlarining guruhlari Olingan lola piyozlari, % Ekstra 1-razbor 2-razbor 3-razzbor D 1 D 2 Ekstra 27 22 16 14 14 7 1-chi razbor 26 15 12 15 22 10 2-chi razbor 19 21 7 11 26 16 3-chi razbor 6 22 8 14 31 19 1-chi kategoriya detka - 13 13 14 34 25 2-chi kategoriya detka - 2 8 18 34 45 Darvin gibridlaridan tashqari boshqa bog’ navlariga mansub lolalar piyozlari hosilining ekilgan lola piyozlari kattaligiga bog’liqligi quyidagi jadvalda keltirilgan (% larda): Ekilgan lola piyozlarining Olingan lola piyozlari, % 1-razbor 2-razbor 3-razzbor D 1 D 2 143 guruhlari 1-chi razbor 40 15 14 23 8 2-chi razbor 39 14 10 25 12 3-chi razbor 19 17 16 33 15 1-chi kategoriya detka 9 14 18 34 25 2-chi kategoriya detka 2 15 14 34 45 Ushbu jadvalladagi ma’lumotlar lola piyozlari etishtirsh jarayonini boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. 144 R.X Ayupov. Lola, Nartsiss va Giatsint etishtirish texnologiyasi. - Тoshkent: 2011. - 148 bet Муаллиф: Аюпов Равшан Хамдамович, фан доктори, профессор, 1950 йилда Тошкент шаҳрида туғилган, учта дарслик, бешта монография, 32 та ўқув ва илмий-оммабоп қўлланмалар ҳамда юздан ортиқ илмий мақолалар тайёрлаган ва нашр қилган. 145 146 147 Katalog: images images -> valkurs.pdf [AQSh dollari] images -> The municipal franchise. Ashburton labour market images -> Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi images -> A. A. Qaxxorov images -> O‘zbekistOn Respublikasi Oliy va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi O‘Rta maxsus, kasb-hunaR ta’limi maRkazi images -> Dorothea Klotz Immobilien Heumadenstr. 3, 74199 Untergruppenbach Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling