Lope de vega


Download 32.58 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi32.58 Kb.
#1106361
Bog'liq
LOPE DE VEGA
futbol oyin texnikasi va taktikasi, ENGIL ATLETIKA OQITISH METODIKASI 2-G,E (UZB) KENJEBAEV KULMURAT, Карорга 2-илова, инд.план (2), 2у3кцук3, futbol oyin texnikasi va taktikasi, futbol oyin texnikasi va taktikasi, futbol oyin texnikasi va taktikasi, amir temur va temuriylar davrida madaniyatning rivojlanishi, amir temur va temuriylar davrida madaniyatning rivojlanishi, amir temur va temuriylar davrida madaniyatning rivojlanishi, 4.-Isakоv Y Musохоn Sultanоv T Baхtiyar iqtisоdiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni davоm ettirish mamlakat raqоbatbardоshligini ta’minlashning garоvi, 4.-Isakоv Y Musохоn Sultanоv T Baхtiyar iqtisоdiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni davоm ettirish mamlakat raqоbatbardоshligini ta’minlashning garоvi, 4.-Isakоv Y Musохоn Sultanоv T Baхtiyar iqtisоdiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni davоm ettirish mamlakat raqоbatbardоshligini ta’minlashning garоvi, 4.-Isakоv Y Musохоn Sultanоv T Baхtiyar iqtisоdiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni davоm ettirish mamlakat raqоbatbardоshligini ta’minlashning garоvi

LOPE DE VEGA
(1562-1635)
Ispan Uyg‘onish davri adabiyotining atoqli vakili. 1588-yilda «Yengilmas Armada» flotida ispan soldati sifatida Angliya qirg‘oqlariga boradi va shu yurish paytida «Anjelikaning go‘zalligi» nomli ilk
poemasini yozib nom chiqaradi. Sonet, romans, qasida, poema, hikoya, romanlar muallifi va hatto o‘zi ta’kidlaganidek, 1500 ta dramatik asar yaratgan. « O‘z uying – o’lan to‘shaging», «Dehqon o‘z kulbasida» pyesalarida muhabbat va nikoh masalasi yoritilgan. «Qo‘zibuloq« pyesasini H. G‘ulom o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Lope de Vega asarlarining mavzusi xilma-xil bolib, u serqirra
ijodkor edi. Jahon dramaturgiyasida munosib o‘rin tutadi. Uni tinimsiz
ijod qilgan adib deb atashlari bejiz emas. O’z ijodi bilan zulmga qarshi
tinimsiz va muttasil kurash olib borgan.
Lope de Vega 1562-yil 15-noyabrda muhtasham va qadimiy Madrid shahrida, dehqon oilasida tugiladi. Keyinchalik uning oilasi
Kastiliyaga ko‘chib keladi. Avvalo iyezitlar maktabida, so‘ngra Alkala
de Enares universitetida o‘qigan Vega yaxshi bilim egasi bolib
yetishadi. Dastlabki ish faoliyatini kotiblikdan boshlagan yigit she’ri
yatga ixlos qo‘yadi. Shoirning bizgacha 500 yaqin pyesalari yetib kelgan. Qolganlari turli sabablarga ko‘ra yo‘qolib ketgan.
Lope komediyalari hayotga juda yaqin. Uning komediyalaridan antik
dunyoning mohir hajvchisi Plovt ijodining hidi keladi. Malumki, Plovto'zining «Maqtanchoq jangchi» asarida Artotroch va Pergoposhnik
obrazlari orqali qo’lidan hech ish kelmaydigan maqtanchoqlar qiyofasi
ni mahorat bilan yaratgan edi. Plovtning fikricha. maqtanchoqlik
Veganing komediyalarida goh maqtanchoqlar. gohida firibgarlar.
poraxo’rlar. nafs balosiga mubtalo bolganlar. xasislar va yaramas
illatlar tanqid ostiga olinadi. Komediyanavisning «Qirol Vambaning
hayoti va o’limi» (1604). «Simankaslik qiz» (1605) asarlarida
mamlakatda avj olib borayotgan ichki ziddiyatlarga iztehzo bilan ishora
qilinadi. Muallifga tarixiy mavzu ham qo’l keladi. ishonuvchan. irodasi
bo'sh imperatorlar tufayli saroyda ig’vo. fasod. xiyonat kuchayib keta
yotganligini. kayfu-safoga mukkasidan ketgan davlat boshliqlarining
ayblari bilan mamlakatda qotillik. zo’ravonlik avjiga chiqqanligi kinoya
bilan yuzaga chiqariladi. Lopening dramalari keskin qarama-qarshiliklar asosiga qurilgan. «Graf Fernan Gonsales» yoki «Kastiliyaning ozod etilishi» (1625) pyesasida Ispaniya tarixida yuz bergan mudhish voqealar. toj-taxt uchun kurash, bosqinchilik orqasida yuz bergan turli razolatlar haqida hikoya qilinadi. Dramaturgning dehqonlar qo’zg‘oloniga bag’ishlangan asari «Qo’zibuloq» dramasidir. Voqea «Qo’zibuloq» qishlogida bolib o’tadi. Qirol farmoyishiga binoan dehqonlarga og’ir soliqlar solinar, zo'ravonlik va kulfatlar keltirar edi. Qirolning laganbardorlari bolmish ikkiyuzlamachi feodallar ham zo'ravonlarga qo'shilib, oddiy fuqaroga battar azob-uqubatlar berar edi. Bu ham yetmagandek, go4zal qizlami sarovga olib ketar edilar.
Dramaturg o’z asarini yaratish chogda tarixda bo’lib o‘tgan Fu
yente Ovexuna (1476) qishlog’i ahlining qo'zg'olonini obdan o‘rganib,
asar voqeasiga mahorat bilan bog'laydi. Shuning uchun ham asar
«Qo’zibuloq» («Fuyente Ovexuna») deb nomlangan.
Lope de Vega Ispan dramaturgiyasini eng yuqori cho'qqiga ko’tardi.
Download 32.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling