Lot accordo uyg‘unlashtiraman turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qo‘shilib sadolanishi. A


Download 7.37 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi7.37 Kb.
#329425
Akkord
Bog'liq
1ANNOTATSIYA, 1ANNOTATSIYA, 1ANNOTATSIYA, 1ANNOTATSIYA, 1ANNOTATSIYA, 1ANNOTATSIYA, 1ANNOTATSIYA, qo'llanma kimyo, Фаттоҳ Назаров, biznes huzhzhatlarini yuritish, biznes huzhzhatlarini yuritish, 2-57-мактаб ОКТЯБРЬ ХИСОБОТ 2020-ЙИЛ қўшимча, fanI7, Салат, Салат

Akkord (lot. accordo – uyg‘unlashtiraman) – turli balandlikdagi uch va undan ortiq tovushlarning qo‘shilib sadolanishi. A.larning aksariyati tersiya intervali bo‘ylab joylashgan holda (o‘zgacha holatdagilari ham ana shu tartibda joylashtirilib) tahlil etiladi.Kvinta oralig‘idagi ikki tersiyadan iborat A.– uchtovushlik (3 raqami bilan belgilanadi), unga yuqori yoki pastdan uchinchi tersiya tovushi qo‘shilsa – sep-takkord (7 raqami bilan belgilanadi), unga yana bir tersiya tovushi qo‘shilsa – nonak-kord (9 raqami bilan belgilanadi) deb ata-ladi; mazkur A.lardan musiqa amaliyotida keng foydalaniladi. Barcha A.larning pastki tovushi– asosiy (yoki prima) ton, undan yuqoridagisi – tersiya toni, uchinchisi – kvinta toni, to‘rtinchisi – septima toni, beshinchisi – nona toni deb yuritiladi va ana shu intervallarga mos raqamlar bilan belgilanadi.A.lar tarkiban (katta yoki kichik tersiyalar oldinma-ketin joylashishi jihatidan) bir-biridan farqlanadi. Asosiy tonidan hisoblanganida avval katta, so‘ngra kichik tersiyalardan tuzilgan A.– katta yoki major uchtovushligi, avval kichik so‘ngra katta tersiyalardan tuzilgan A. – kichik yoki minor uchto-vushligi, ikki katta tersiyadan tuzilgani– orttirilgan, ikki kichik tersiyadan tuzilgani – kamaytirilgan uchtovushlik deyiladi. Uchtovushlik va septakkordlar odatda musiqa tovushqatorining muayyan pog‘onalarida tuziladi. Klassisizm davri musiqa amaliyotida I, IV va V pog‘onalarning (tonika, subdominanta va dominanta deb ataluvchi) uchtovushliklari, II, V va VII pog‘onalarning (V7 – do-minant septakkord, VII, – yetakchi) sep-takkordlari keng qo‘llaniladi.A.lar tonlari orasidagi masofaga binoan (tenor-bas oralig‘i bundan is-tisno) tor (kvartagacha) va keng (oktavagacha) joylashgan bo‘ladi. Barcha A.lar dissonans yoki konsonanslik xususiyatiga ega bo‘lib, odatda, birinchi turdagilari konsonansli ko‘ptovushlilarga yechiladi (o‘tadi). Bu narsa (tarang dissonans va xushsadoli konsonans A.lar munosabati) musiqa amaliyoti, avvalo, kompozitorlar ijodi uchun katta badiiy omil vazifasini o‘taydi. Shu boisdan har bir A. faqat funksional (ya’ni u yoki bu ladning mu-ayyan pog‘onasida tuzilgan ko‘ptovushlik sifatida) ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, muhim ifoda vositasi hamdir. A.lardan foydalanish va ularni taxlil etishda ularga tarixan yondashish va u yoki bu ijodiy oqim, uslub hamda an’anani inobatga olish zarur, chunki biror davr (mas, klassitsizm, romantizm, impressi-onizm va hokazo) mezoni boshqa davr mezonig

Modulyasiya (lot. modulatio — bir tekislilik) — 1) fizika va radiotexnikada — biror oʻzgarmas fizik jarayonni ifodalovchi kattalikning muayyan qonun boʻyicha oʻzgarishi. M. tashqi taʼsir yordamida amalga oshiriladi.

Elektronikada koʻpgina elektron asboblarning ishi elektron oqimlarini M.lashga asoslangan. Mas, kines-koplarda ekranga uzatiluvchi televizion shakllarni hosil qiluvchi elektron nuri intensivligi M.lanadi. Kli-stronlarda elektron oqimining tezligi boʻyicha M.lash oqimda elektronlarni guruxlashga olib keladi. Bu esa, oʻz navbatida, guruxlashgan elektronlar kinetik energiyasini oʻta yuqori chastotali tebranishlar energiyasiga aylantirilishiga olib keladi. Radio- va optik diapazonlarda elektromagnit tebranishlarning hamda akustik toʻlqinlarning M.lari katta amaliy ahamiyatga ega. Maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish, turli tizim va qurilmalarda chastota taqsimotini taʼminlash, signallarning vaqtga bogʻliq parametrlarini oʻlchash uchun texnik qurilma va tizimlarda tebranishlar M.si zarur hisoblanadi. M.jarayonida tebranishning oʻzgaradigan parametrlari (chastotasi, amplitudasi, fazasi)ga qarab uning nomlanishi belgilanadi (chastotali, amplitudali, fazali M.).



Koʻpincha, M.langan signal impuls tarzida, natijasi esa yuqori chastotali impulyelar toʻplami yoki radioimpuls koʻrinishda boʻladi. Hozirgi paytda toʻrt turdagi impulyeli M mavjud: amplituda-impulyeli, chastota-impulyeli, fazaviy-impulyeli va kenglik-impulyeli M. Impulyeli M. uzluksiz garmonik tebranishli M.ga karaganda shovqinga nisbatan kuchaytirilgan tayanchga egaligi bilan ajraladi; 2) yorugʻlik texnikasida — yorugʻlik nuri yorqinligini yoki yorugʻ dogʻ oʻlchamini kelayotgan signallarga muvofiq ravishda oʻzgartirish; ovozni optik usulda yozib olish, fototelegraf va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]
Download 7.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling