Lot botulus kolbasa) odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. B


Download 127.87 Kb.
Sana10.02.2020
Hajmi127.87 Kb.

Botulizm

Botulizm (lot. botulus — kolbasa) — odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. B. (Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar isteʼmol qilinganda yuzaga keladi. B. qoʻzgʻatuvchilari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, chidamli (sporali) va chidamsiz (vegetativ) xillari uchraydi. Sporalari tashqi muhitda yillab saqlanishi mumkin; sporalar tuproqdan suv, meva, sabzavot, oziq-ovqat, yemxashakka oʻtadi, keyin odam va hayvonlar ichagiga tushib, soʻngra najas bilan yer yuziga tarqaladi. B. mikrobi faqat anaerob (havosiz) sharoitda rivojlanadi. Shu sababdan konserva qilingan, tuzlangan, dudlangan mahsulotlar va kolbasaga tushib kalgan sporalar anaerob sharoitda oʻsib, vegetativ shakl (bakteriyalar)ga aylanadi. Ular ana shu sharoitda kuchli zahar (ekzotoksin) hosil qiladi. Bu mahsulotni isteʼmol qilgan odam kasal boʻladi. B. toksini ichakda tez soʻriladi, qonga oʻtadi va butun organizmga tarqalib, asosan nerv sistemasini zararlaydi. Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Bemorning boshn ogʻriydi, tinkasi quriydi, koʻzi tinadi, lohaslanadi, koʻngli aynib qusadi, uyqusi qochadi, qorni ogʻriydi, ogʻzi quriydi, tashna boʻladi; koʻpincha qabziyat kuzatiladi. Keyinchalik boshi aylanadi, koʻz xiralashadi, qovoqlar salqiydi, bemor ravon gapira olmaydi yutish, nafas olish faoliyati buziladi; yurak va nafas markazlari falajlanishi tufayli oʻlim sodir boʻlishi mumkin. Bemor faqat kasalxonada davolanadi. Zamonaviy davo usullari: B.ga qarshi zardob, sunʼiy nafas oldirish apparatlarini oʻz vaqtida qoʻllash yaxshi naf beradi. Kasallikning oldini olish uchun konserva tayyorlash qonunqoidalariga qatʼiy amal qilish, uy sharoitida konserva va oziq-ovqat tayyorlashda sanitariya talablarini oʻrniga qoʻyish talab etiladi. Davosi: B.ga qarshi maxsus zardob yuboriladi; zond orqali meʼdani yuviladi, huqna qilinadi, yurak dorilari beriladi, nafas olish izdan chiqqanda sunʼiy nafas oldiriladi va boshqa Hayvonlarda B. ozuqa (buzilgan silos, kepak va boshqalar)dan zaharlanishdir. Aksariyat ot, qoramol, parranda va norkalar kasallanadi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 10— 12 kungacha. Kasal hayvonning markaziy nerv sistemasi zararlanadi, hiqildoq, til va pastki jagʻlar falajlanadi, burnidan shilimshiq oqadi, suv yuta olmaydi. Kasallangan hayvonlarning 70—95% halok boʻladi. Kasal hayvon goʻshtini isteʼmol qilish man etiladi (goʻshti va terisi kuydiribtashlanadi).

Davosi: kasal hayvonning meʼdasi yuviladi, surgi dorilar (arekalin, pilokarpin, ezerin) beriladi, iliq huqna qilinadi. B.ga qarshi maxsus zardob yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun mollarga sifatsiz yemxashak bermaslik, kasallik chiqqan hollarda sogʻlom mollarni ham B.ga qarshi zardob bilan emlash lozim.




Botulizm – ovqatdan zaxarlanish


Botulizm – ovqatdan zaxarlanishlar ichida og‘ir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste’mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi. Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda ko‘payadi, hamda inson uchun xavfli bo‘lgan zahar ishlab chiqaradi.

Botulizmning asosiy sabablari:

Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot,meva, qo‘ziqorin,go‘sht,baliq), dudlangan tovuq go‘shti, kolbasa mahsulotlarini iste’mol qilinganda kelib chiqadi. Konservalash jarayonida gigiуenik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrop konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yig‘ilishi natijasida qopqog‘i ko‘tarilib qoladi (bombaj).



Bemor odamda quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • odamning boshi og‘riydi

  • ko‘ngli aynib, qusadiog‘zi quriydi

  • ko‘z oldi qorong‘ilashib, narsalar qo‘shaloq bo‘lib ko‘rinadi

  • ko‘z qorachig‘i kengayadi

  • nutqi buziladi (afoziya)

  • nafas olishi qiyinlashadi

  • yutinishi qiyinlashadi

  • yuragi to‘xtab qolayotgandek tuyuladi

Kasallik qanday kechadi:

Kasallik zararlangan ovqatni iste’mol qilinganidan 12-24 soat o‘tgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zahar (toksin) ichakda tez so‘rilib, qonga o‘tadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini,shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi.



Kasallikni oldini olish uchun:

  • uy sharoitida konserva tayyorlash jarayonida har bir inson sanitariya     va gigiуena qoidalariga rioya qilishi kerak;

  • konserva mahsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qo‘ziqorin va ko‘katlarni) sifatiga ahamiyat berish kerak;

  • sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, so‘ng qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak;

  • mahsulotlarni yuqori  harorat ostida 20 daqiqadan kam bo‘lmagan vaqt davomida qaynatish kerak;

  • nordon bo‘lmagan (bodring, yashil no‘xot) mahsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi qo‘shishni unutmang;

  • uy-sharoitida konserva tayyorlamaslik kerak;

  • konserva mahsulotlarini qorong‘i va salqin joyda saqlang.

Botulizm — sabablari, xavf omillari, turlari, alomatlari, tashxis va davolash


Botulizm mushaklarning falajiga olib keladigan jiddiy kasallikdir. Ushbu kasallik Botulina (lot. Clostridium botulinum va kamdan-kam hollarda C. butyricum va C. baratii) bakteriyalari tomonidan ishlab chiqarilgan, odatda botulinik toksin (botulotoksin) sifatida tanilgan neyrotoksin sababli yuzaga keladi. Botulina ishab chiqaradigan neyrotoksinlarning 7 ta turi mavjud (A-G), lekin eng keng tarqalgan turlari odamlarda bo’sh falajlikga olib keladigan A, B va E (va kamdan-kam hollarda F) turlaridir. Boshqa turlari asosan hayvonlarda va qushlardagi kasalliklarga olib keladi va bu ham bo’sh falajlikni rivojlantiradi. Clostridiumning ko’pgina turlari bitta neytoksin turini ishlab chiqaradi; Odamlarda A, B, E yoki F toksin tiplarining ta’siri aslida bir xil. Botulizm insondan insonga yuqmaydi. Botulizm kasalligi agar inson zararlangan oziq-ovqat iste’mol qilsa (kamdan-kam hollarda nafas orqali yoki boshqa yo’llar bilan yuboriladigan bo’lsa) yoki Botulina bakteriyalari ichakda yoki jarohat joyida ko’paysa, bakteriyalar ishlab chiqargan toksinlar bevosita organizmga tarqaladi va kasallik rivojlanadi.

Botulizmning saqlanib qolgan tarixi dastlab 1735 yilda kasallik nemis kolbasasi bilan bog’liq bo’lgan. Yuqumli kasallik kolbasa iste’mol qilingandan keyin oziq-ovqat zaharlanishi bilan bog’liq bo’lgan. 1870-yilda Myuller ismli nemis shifokori lotincha kolbasa nomidan kelib chiqqan holda bu kasallikni botulizm deb atadi. Clostridium bakteriyalarш birinchi bor 1895-yilda aniqlangan,  neyrotoksin esa doktor Edvard Shantz tomonidan 1944 yilda ajratib olingan. Bu 1949-1950-yillarda tajribalar toksin (BoNT Adeb ataladi) asab tolalaro uchidan atsetilxolin chiqarilishini to’sib, nerv-mushak uzatishini to’xtatadi deb ko’rsatilgan edi.

Botulistik toksinlar insonga ma’lum bo’lgan toksik moddalar ichida eng zaharlilar qatoriga kiradi; toksin biologik qurol sifatida ishlatiladi, ko’plab kasalliklarni davolash uchun ham ishlatilgan. 1980-yilda doktor Alan B. Skott g’ilaylikni (ko’z og’ishini) davolash uchun ushbu toksinni ishlatadi, va  1989-yil dekabr oyida BoNT-A (Botoks) yosh bemorlarda g’ilaylik, blefarospazm va gemifatsial spazmni davolash uchun AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) tomonidan ma’qullangan. Kosmetik holatni yaxshilash va ajinlardan halos bo’lish uchun oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi boshqarmasi tomonidan 2002-yilda Botoksni ishlatish ma’qullangan. FDA 2002-yildan buyon ko’p qo’shimcha dasturlarni (masalan, qo’ltiq terlashi va mushaklarning buzilishi) ma’qulladi.

2017 yilda kamida 10 bemor botulizm bilan kasalxonaga yotqizildi. Botulizmga chalingan bemorlarning barchasi Kaliforniyadagi Sakramento yaqinidagi yoqilg’i quyish stantsiyasida xizmat qilgan nacho pishloq sousini yegan edilar. Bemorlar falajlik tufayli intensiv terapiya bo’limida kamida uch hafta vaqt davolanishlari kerak edi. Botulizmning bu kuzatilishida bitta o’lim holati uchragani shubhasi bor.



REFERAT

Mavzu: Botulizm kasalligi



Bajardi:_______________



Tekshirdi:_____________
Download 127.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling