Lot folium, yun phyllon yuksak o‘simliklarning asosiy vegetativ


Download 63.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi63.81 Kb.
#207343
Bog'liq
Barg - Vikipediya



Barg

Barg (lot. folium, yun. phyllon) — yuksak

o‘simliklarning asosiy vegetativ

organlaridan biri, fotosintez,

transpiratsiya va gaz almashinuvi

vazifasini bajaradi. Ba’zi o‘simliklar

barglari evolyutsiya davomida yashash

sharoiti ta’sirida shakli o‘zgarib, oziq yoki

suv g‘amlash, himoya qilish, ilashish kabi

qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga

moslashgan. B.ning kattaligi turlicha,




odatda 3—10 sm, ayrim o‘simliklar (mas,

palma, banan) B. 20 m ga yetadi. B.ning

plastinkasimon kengaygan qismi yaproq,

novdaga yopishish uchun xizmat

qiladigan ingichka qismi B. bandi

deyiladi. Bir qancha o‘simliklar

(bug‘doydoshlar, ziradoshlar) B. bandi

kengayib, novdani o‘rab turadigan qinni

hosil qiladi. Ba’zi o‘simliklar

(yalpizdoshlar)da B. bandi bo‘lmaydi,

yaprog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri novdaga

birlashadi. Bunday B. o‘troq deyiladi.

B.ning fotosintez qiladigan sathi

yaproqning shakli va kattaligiga bog‘liq.

Yaproqning yassi bo‘lishi B.ning



fotosintez qiladigan yuzasi sathini

oshiradi.B. oddiy va murakkab bo‘ladi.

Oddiy B. bandida bitta, murakkab B.

bandida bir necha yaproq bor. Oddiy B.

yaprog‘ining shakliga ko‘ra yumaloq,

tuxumsimon, nashtarsimon, to‘g‘ri

chiziqpi, ninasimon, yuraksimon,

doirasimon va boshqa; qirrasining

tuzilishiga ko‘ra tekis qirrali, tishli,

kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida

og‘izchalar soni 40 dan 500 gacha,

ba’zan undan ham ko‘proq bo‘ladi.

Og‘izchalar ayniqsa sernam joylarda

o‘sadigan o‘simliklar bargi kutikula,

yog‘simon moddalar yoki tuklar bilan



qoplangan, barg plastinkasi kichik,

ko‘pincha etli; barg orqali suvning ko‘p

bug‘lanishiga imkon bermaydi. Epidermis

ostida B. eti (mezofill) joylashgan. B. eti

ko‘pchilik o‘simliklarda ustki epidermis

ostida joylashgan 1 — 2 qator

hujayralardan iborat ustunsimon to‘qima

va uning ostidagi g‘ovak to‘qimadan

tashkil topgan. B. eti hujayralari (ayniqsa

ustunsimon to‘qima) B.ga yashil rang

beruvchi xloroplastlarga boy.

Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda

fotosintez sodir bo‘ladi. B. etidan tomirlar

o‘tadi. Ular har xil shaklda bo‘lib,

sistematik ahamiyatga ega. Ikki pallali



o‘simliklar B. to‘rsimon yoki patsimon, bir

pallalilar esa parallel yoki yoysimon

tomirlangan. Tomirlar lub va yog‘ochlik

tolalaridan hamda o‘tkazuvchi va

to‘rsimon naylardan iborat. Tomirlar

yaproquchun tayanch sinch vazifasini

o‘taydi. O‘tkazuvchi naylar orqali suv va

mineral oziq moddalar iddizdan barg

mezofili hujayralariga to‘xtovsiz kelib

turadi. B. hujayralarida sintezlangan

mahsulotlar tomirlardagi to‘rsimon

naychalar orqali o‘simlikning boshqa

qismlari, ya’ni poya, ildiz, gul, mevalarga

yetkazib beriladi. B. yuzasining keng

bo‘lishi uning karbonat angidridni faol



qabul qilishi, ko‘p miqdorda suv

bug‘latishi va kislorod ishlab chiqarishiga

sabab bo‘ladi. I ga maydondagi yashil

o‘simliklar bir kecha-kunduzda 150 –

500 kg karbonat angidridni o‘zlashtirib, 60

– 400 kg kislorod ajratadi va 100 t gacha

suv bug‘latadi. Bu jarayonda B. 75 –

250 kg gacha organik modda hosil qiladi.

B.ning yashash muddati ham turlicha

bo‘lib, ayrim o‘simliklar B. Bir necha hafta,

boshqalari bir necha yilgacha (mas, lavr

bargi 3 —4 yil, Yevropa archasi bargi 8—

10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil)

yashaydi. B. hayoti fotosintez va

metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan



bog‘liq. Bu jarayonlar sekin kechadigan

ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq

yashaydi. B. cheklangan o‘sish

xususiyatiga ega bo‘lishi bilan boshqa

o‘simlik organlaridan farq qiladi.

Yaproqning o‘sishi cheklanganligi, biroq

B. bandning o‘sishi to‘xtovsiz davom

etaverishi tufayli B. yaprog‘i yorug‘likka

o‘girilish xususiyatiga ega bo‘ladi.O‘ktam

Pratov.www.ziyouz.com kutubxonasi 110

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar




Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?title=Barg&oldid=2141054




  Soʻnggi tahrir 3 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


dan olindi 

Download 63.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling