Numizmatika
Numizmatika (lot. numisma — tanga) —
tangalar
haqidagi fan;
tangalarning tasvirlari,
yezuvlari, ogʻirligi, qanday metalldan yasalganligi,
pul
muomalasidagi darajasi va tanga zarb
qilinish tarixini oʻrganadi. N. xronologiya, moddiy madaniyat,
ichki va tashqi savdo tarixi
masalalarini tekshirishga imkon beradi,
tarix
,
arxeologiya
, paleografiya, sanʼat tarixi, iqtisod,
etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga ega. N. tushunchasiga yana qogʻoz pullarni
oʻrganish (bonistika) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni oʻrganish (faleristika) ham
kiradi.
Metall
pullar paydo boʻlgunga qadar pul vazifasini har xil tovarlar: hayvonlar,
taqinchoklar, metall qurollar va quymalar bajargan. Jamiyatning
iqtisodiy rivojlanishi,
savdoning oʻsishi pulga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqargan. Faqat davlat boshliklarigina tanga
chiqarish huquqiga ega boʻlgan. Birincha metall tangalar miloddan avvalgi 7-asrda Kichik
Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan.
Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning
yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar,
muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki
podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.
N. numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14—15-asrlarda Italiyada
paydo boʻlgan. Ilmiy N. fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.
N. shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida,
shuningdek,
Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga boʻyida oʻrta asrlarda chiqarilgan tangalarni oʻz ichiga oladi),
Gʻarb (Gʻarbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va
rus N.siga boʻlinadi.
Sharq N.siga X. D. Fren asos solgan. Oʻrta Osiyo davlatlari tangalarini oʻrganishda rus olimlari
P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N.
Smirnova, oʻzbekistonlik olimlardan
M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev,
A. A. Musakayeva, I. T. Toʻxtiyev va boshqalarning hissasi katta.
Smirnova O. I., Katalog
monet s gorodisha Pendjikent, M., 1963; Davidovich Ye. A., Istoriya
monetnogo dela Sredney Azii XVII—XVIII vv., Dushanbe, 1964; Yernazarova T. S, Denejnoye
obrasheniye Samarqanda po arxeologo-numizmaticheskim dannim (do nach. IX v.). v sb.
"Afresiab" . vip. 3., T., 1974; Rtveladze E. V., Pidayev Sh . R., Katalog drevnix monet Yujnogo
Oʻzbekistana, T., 1981; Numizmatika Oʻzbekistana, T., ,1990.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Numizm
atika&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Numizmatika&oldid=2850736
"
dan olindi
Adabiyot
Manbalar