Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/31
Sana08.05.2017
Hajmi5.13 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

Loyiha 
 
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
FUQAROLIK HUQUQI 
 
DARSLIK 
 
I QISM 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2017 


 
Ф 98  
67.404 (5Ў) 
КБК 67.404 (5Ў) 
 
Fuqarolik  huquqi:  Darslik.  I  qism/  Mualliflar  jamoasi  –T.:  TDYU 
nashriyoti, 2016. -312 bet.  
Sarlavhada: Toshkent davlat yuridik universiteti.  
 
Darslik  mualliflari:  Yuldashev  J.I.  –  yuridik  fanlar  nomzodi,  dotsent  –  1-5-
mavzular; Borotov M.X. – yuridik fanlar doktori, dotsent – 6-7-mavzular; Topildiyev B.R. – 
yuridik fanlar nomzodi, dotsent – 8-mavzu; Imomov N.F. – yuridik fanlar doktori, dotsent – 
9-10-mavzular; Ergashev V.Y. – yuridik fanlar nomzodi, dotsent – 11-15-mavzular; Babaev 
J.I.  –  yuridik  fanlar  nomzodi,  dotsent  –  16-17-mavzular;  Roʻzinazarov  Sh.N.  –  yuridik 
fanlar doktori, professor – 18-mavzu; Oqyulov O. –  yuridik fanlar doktori, professor – 19-
22-mavzular. 
 
Mas’ul muharrirlar:  
O. Oqyulov  yuridik fanlar doktori, professor
Sh. Roʻzinazarov – yuridik fanlar doktori, professor; 
N. Imomov – yuridik fanlar doktori, dosent. 
 
Taqrizchilar:  
B.Samarxodjayev  –  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya  universiteti 
“Fuqarolik huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor; 
V.Topildiyev  –  Mirzo  Ulugʻbek  nomidagi  Oʻzbekiston  Milliy 
Universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti. 
 
Mazkur darslik Oʻzbekiston Respublikasining Konstitustiyasi, Fuqarolik kodeksi va 
boshqa qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyunda qabul 
qilingan  1990-son  qarorida  TDYU  oldiga  qoʻyilgan  talablar  asosida  yozilgan.  Darslik 
Toshkent  davlat  yuridik  universiteti,  universitetlarning  yuridik  fakultetlari,  huquq  asoslari 
oʻqitiladigan  oliy  oʻquv  yurtlari  talabalariga  darslik  sifatida  tavsiya  etiladi.  Ushbu 
darslikdan  sud,  prokuratura,  advokatura,  notariat  va  boshqa  organ  xodimlari  ham 
foydalanishlari mumkin.  
 
Darslik  2013  yil  31  dekabrdagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Bosh  prokuraturasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Oliy xo‘jalik sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent davlat 
yuridik  universiteti  hamda  Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya  universiteti  tomonidan  tasdiqlangan 
“Huquqiy  fanlar  va  predmetlar  bo‘yicha  yangi  avlod  darsliklari  va  o‘quv  qo‘llanmalarini 
tayyorlash kompleks dasturi” doirasida tayyorlangan. 
 
© Mualliflar jamoasi.  
© Toshkent davlat yuridik universiteti, 2017.
  


 
MUNDARIJA 
 
KIRISH ............................................................................................................4 
GLOSSARIY ...................................................................................................6 
1-MAVZU.  FUQAROLIK  HUQUQI  TUSHUNCHASI,  TAMOYILLARI 
VA TIZIMI ......................................................................................................14 
2-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING MANBALARI .........................33 
3-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT ...............................45 
4-MAVZU. FUQAROLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTI 
SIFATIDA .......................................................................................................60 
5-MAVZU. YURIDIK SHAXSLAR ..............................................................76 
6-MAVZU.  DAVLAT  –  FUQAROLIK-HUQUQIY  MUNOSABATLAR 
ISHTIROKCHISI SIFATIDA ........................................................................87 
7-MAVZUFUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI ........................98 
8-MAVZU. BITIMLAR .................................................................................113 
9-MAVZU. VAKILLIK VA ISHONCHNOMA ............................................125 
10-MAVZU.  FUQAROLIK  HUQUQIDA  MUDDATLAR.  DA’VO 
MUDDATI ......................................................................................................138 
11-MAVZU. MULK HUQUQI ......................................................................154 
12-MAVZU. XUSUSIY MULK HUQUQI ....................................................168 
13-MAVZU. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI .............................177 
14-MAVZU. UMUMIY MULK HUQUQI ....................................................185 
15-MAVZU. 
MULK 
HUQUQI 
VA 
BOSHQA 
ASHYOVIY 
HUQUQLARNI HIMOYA QILISH ..............................................................198 
16-MAVZU.  MAJBURIYAT  HUQUQI  TUSHUNCHASI,  TIZIMI, 
VUJUDGA KELISH ASOSLARI ..................................................................209 
17-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BAJARISH ........................................224 
18-MAVZU. 
MAJBURIYATLARNING 
BAJARISHINI 
TA’MINLASH…………………………. .......................................................234 
19-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK ..........................248 
20-MAVZU. 
MAJBURIYATLARNI 
BUZGANLIK 
UCHUN 
JAVOBGARLIK .............................................................................................261 
21-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BOʻLISHI ......................273 
22-MAVZU
SHARTNOMA 
TOʻGʻRISIDA 
UMUMIY 
TUSHUNCHALAR ........................................................................................285 


 
KIRISH 
 
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlar 
fuqarolik 
muomalasi  ishtirokchilari  bilan  bogʻliq  munosabatlarni  huquqiy  tartibga 
solish  bilan  bevosita  bogʻliqdir.  Bozor  munosabatlariga  oʻtish, 
iqtisodiyotda  xususiy  mulkning  mavqeini  oshirish,  xususiy  mulkdorlar 
sinfini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yoʻl ochib berish, bozor 
infratuzilmasi  institutlarini  tashkil  etish,  raqobat  muhitini  shakllantirish, 
tadbirkorlik  faoliyati  subyektlari  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilish 
ayni kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.  
Darhaqiqat, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot liberallashib, islohotlar chuqurlashmoqda 
va  kishilarning  tafakkuri,  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyati 
yuksalmoqda,  oʻz  mulkiy  va  shaxsiy  huquqlarini  himoya  qilish  borasida 
amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmoqda.  
Buning  natijasida  mamlakatimiz,  shahar  va  qishloqlarimiz  qiyofasi 
tanib boʻlmas darajada oʻzgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal 
sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori 
texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab 
chiqarish 
modernizatsiya 
va 
diversifikatsiya 
qilinmoqda, 
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda
1

Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  keng  koʻlamli  islohotlar 
fuqarolik  huquqi  fani  oldiga  gʻoyatda  muhim  vazifalarni  qoʻymoqda. 
Ma’lumki,  fuqarolik  huquqi  yurisprudensiyaning  asosiy  sohalaridan  biri 
hisoblanadi.  Huquqiy  munosabatlar  tarkibida  esa  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlar  asosiy  mavqeni  egallaydi.  U  mulkiy  va  shaxsiy  huquqlar 
bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Huquqiy  munosabat  ishtirokchilarining  yuridik  jihatdan  tengligiga 
asoslangan  mulkiy,  shaxsiy  va  tashkiliy  munosabatlarni  huquqiy  tartibga 
solishda,  shaxslar  oʻrtasidagi  oʻzaro  aloqalarni  shartnomaviy  usulda 
tartibga  solishda,  ijodiy  faoliyatni  huquqiy  muhofaza  qilishda  fuqarolik 
huquqi  muhim  oʻrin  tutadi.  Zero,  u  kundalik  amalga  oshiradigan 
faoliyatimiz,  oʻzaro  muloqotlar,  tashkiliy-xoʻjalik  aloqalari,  moddiy  va 
ma’naviy  ehtiyojlarimizni  qondirish  kabi  koʻplab  hayotiy  munosabatlarni 
tartibga  soladigan,  oʻrganadigan  huquq  sohasi  sanaladi.  Zero,  fuqarolik 
huquqi  alohida  huquq  sohasi,  ilm-fan  sohasi  va  oʻquv  predmeti 
                                                           
1
  Каримов  И.А.  Асосий  вазифамиз  –  жамиятимизни  ислоҳ  этиш  ва  демократлаштириш,  мамлакатимизни 
модернизация  қилиш  жараёнларини  янги  босқичга  кўтаришдан  иборат.  Ўзбекистон  Республикаси  Биринчи 
Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 23 йиллигига 
бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. //Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь. 


 
hisoblanadi.  Huquq  sohasi  ijtimoiy  hayotdagi  munosabatlarni  tartibga 
solsa va mustahkamlasa, ilm-fan esa uni oʻrganadi.  
Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy-
huquqiy  islohotlar  va  tub  oʻzgarishlar,  shuningdek,  Oʻzbekiston 
Respublikasi  bilan  xorijiy  davlatlar  hamda  Oʻzbekiston  Respublikasi 
rezidentlari  va  xorijiy  rezidentlar  oʻrtasidagi  oʻzaro  munosabatlarni 
dinamik  harakteri  huquqshunos  kadrlarga  nisbatan  yangidan-yangi  qat’i 
talablar  qoʻymoqda.  Bu  esa  yuridik  kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan 
isloh qilishni taqozo etadi.  
Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2013-yil  28-iyunda  qabul 
qilingan  “Yuridik  kadrlar  tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi  1990-son  qarori  gʻoyatda  muhim 
ahamiyatga  molik  huquqiy  asos  boʻlib  xizmat  qiladi.  Ushbu  Qaror  oʻz 
mohiyatiga  koʻra  bu  sohada  tub  ijobiy  oʻzgarishlarni  amalga  oshirish 
uchun  huquqiy  negiz  sifatida  baholanishi  mumkin.  Ushbu  qarorning 
mazmun-mohiyati,  unda  huquqshunos  pedagoglar  oldiga  qoʻyilgan 
vazifalar,  ularni  amalga  oshirish  usul  va  vositalari,  tadbirlari  nihoyatda 
keng koʻlamli, shuningdek zalvorli hisoblanadi.  
Qarorda  oʻquv  jarayonining  sifatini  tubdan  yaxshilash  choralariga 
ham  e’tibor  qaratilgan  boʻlib,  jumladan,  oʻquv  jarayoniga  zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar shakllarini qoʻllagan holda amaliy mashgʻulotlar 
sifatini  (“keys-stadi”,  ilmiy  prezentatsiyalar,  jamoada  ishlash  va  boshq.  ) 
oshirish zaruriyati koʻrsatib oʻtildi.  
Butun  dunyo  huquq  tizimlarida  sivilistika  deb  ataluvchi  mazkur 
huquq  sohasi  tartibga  soluvchi  munosabatlar  iqtisodiyotning  barcha 
tarmoqlariga kirib borgan. Shu sababli, zamonaviy yurist fuqarolik huquqi 
fanini  puxta  oʻzlashtirgan  taqdirda  yetuk  mutaxassis  sifatida  shakllanishi 
mumkin.  
Yangi  avlod  huquqshunos  kadrlarni  tayyorlashda,  mamlakatimizda 
amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  huquqiy  islohotlarni  hisobga 
olgan  holda  darslik  va  qoʻllanmalar  tayyorlash  muhim  ahamiyat  kasb 
etadi. Darslikni yozishda sivilistika ilmi erishgan eng soʻnggi yutuqlardan 
ijodiy  foydalanildi  hamda  amaldagi  qonun  hujjatlari  va  ularga  kiritilgan 
oʻzgartish va qoʻshimchalar e’tiborga olindi. 
Darslik  fuqarolik  qonun  hujjatlariga  2017-yil  1-yanvargacha 
kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar asosida yozilgan. 


 
 
GLOSSARIY 
 
Abstrakt bitim – haqiqiyligi muayyan asos - maqsad bilan bevosita 
bogʻliq boʻlmagan bitim.  
Ashyolar – muayyan moddiy qiymatga ega boʻlgan hamda iqtisodiy 
munosabatning predmeti boʻla oladigan narsalar.  
Ashyoviy  huquq  –  ashyoni  egallash,  undan  foydalanish  va  tasarruf 
etish bilan bogʻliq huquq.  
Birgalikdagi  mulk  –  mulkdorlardan  har  birining  mulk  huquqidagi 
ulushi aniqlab qoʻyilmagan mol-mulk.  
Bitim  –  fuqarolar  va  yuridik  shaxslarning  fuqarolik  huquq  va 
burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar.  
Cheklangan javobgarlik – majburiyatlarning ayrim turlari boʻyicha 
hamda muayyan faoliyat turi bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha qonunda 
zararni toʻla qoplashga boʻlgan huquqning cheklanishi.  
Da’vo  muddati  –  shaxs  oʻzining  buzilgan  huquqini  da’vo 
qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddatdir.  
Davlat  korxonasi  –  davlat  mulkidagi,  oʻziga  operativ  boshqarish 
uchun  berilgan  mulk  negizida  tashkil  etilgan  davlat  unitar  korxonasi 
shaklidagi tijorat tashkilotidir.  
Fidustiar  bitim  –  taraflarning  oʻzaro  ishonchiga  asoslanadigan 
bitimlar.  
Fuqarolar  (jismoniy  shaxslar)  –  Oʻzbekiston  Respublikasining 
fuqarolari,  boshqa  davlatlarning  fuqarolari,  shuningdek  fuqaroligi 
boʻlmagan shaxslar.  
Fuqarolik  huquq  layoqati  –  fuqarolarga  oʻzlarining  moddiy  va 
madaniy 
ehtiyojlarini 
qondirish 
maqsadida 
xilma-xil 
huquqiy 
munosabatlarga  kirishishning  yuridik  imkoniyatini  beradigan  huquq  va 
majburiyatlarga ega boʻlish layoqati.  
Fuqarolik  huquqi  –  yuridik  jihatdan  teng  boʻlgan  subyektlar 
oʻrtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan 
hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yigʻindisidir.  
Fuqarolik  huquqi  (oʻquv  kurs  sifatida)  –  fuqarolik  huquqi 
predmeti  va  metodlariga  nisbatan  fuqarolik  huquqi  fanining  xulosalari  va 
qonunlari,  fuqarolik  qonunlar  va  boshqa  huquqiy  hujjatlarning  mazmuni, 
ijtimoiy  munosabatlarning  fuqarolik-huquqiy  boshqaruvi  mexanizmi, 
fuqarolik qonunchiligining paydo boʻlishi va rivojlanishini oʻrganadi.  
Fuqarolik  huquqi  fani  –  fuqarolik-huquqiy  munosabatlar  bilan 
oʻzaro  bogʻliq  tushunchalar,  kategoriyalar,  qarashlar,  xulosalar, 


 
mulohazalar,  fikrlar,  konsepsiyalar  va  nazariyalar  tizimini  oʻzida  ifoda 
etgan yurisprudensiyaning asosiy tarmogʻi.  
Fuqarolik  huquqi  funksiyalari  –  mulkiy  va  shaxsiy  nomulkiy 
munosabatlarga  yuridik  ta’sir  etishning  asosiy  yoʻnalishlari  boʻlib, 
ularning  mazmuni  huquqning  mohiyati  va  jamiyat  hayotidagi  ijtimoiy 
vazifasi bilan belgilanadi.  
Fuqarolik  huquqi  metodi  –  bu  mulkiy  va  shaxsiy  nomulkiy 
munosabatlar  bilan  bogʻliq  ijtimoiy  sohada  yuridik  usullar  yigʻindisi, 
yuridik  ta’sir  vositalarini  qoʻllashni  ifoda  etuvchi  tartib  va  qoidalar 
yigʻindisidir.  
Fuqarolik  huquqida  muddat  –  aniq  belgilangan,  oʻtishining 
boshlanishi  va  tamom  boʻlishi  muayyan  huquqiy  oqibatlarni  vujudga 
keltiradigan,  fuqarolik  huquqlarini  amalga  oshirish  va  muhofaza  qilishga 
qaratilgan paytlar va vaqt davrlari.  
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari (prinsiplari) – bu barcha 
fuqarolik  qonunlari  mazmuniga  singdirilgan  asosiy,  boshlangʻich 
qoidalardir.  
Fuqarolik  qonun  hujjatlari  –  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarning 
vujudga  kelishi,  oʻzgarishi  yoki  bekor  boʻlishi  bilan  bogʻliq 
munosabatlarni  tartibga  soladigan  FK  va  boshqa  qonun  hujjatlari 
yigʻindisi.  
Fuqarolik-huquqiy  munosabat  –  yuridik  jihatdan  teng  boʻlgan 
shaxslar oʻrtasida boʻladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlar.  
Fuqarolik-huquqiy  munosabat  elementlari  –  ushbu  huquqiy 
munosabatning subyektlari, mazmuni va obyektlari.  
Fuqarolik-huquqiy  munosabat  subyektlari  –  fuqarolik-huquqiy 
munosabat ishtirokchilari - fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatdir.  
Fuqarolik-huquqiy  munosabatning  mazmuni  –  shu  munosabatda 
qatnashuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va burchlari.  
Fuqarolik-huquqiy  munosabatning  obyekti  –  fuqarolik-huquqiy 
munosabatda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari qaratilgan hamda 
subyektiv  huquqlari  va  majburiyatlari  belgilangan  moddiy  va  nomoddiy 
ne’matlar.  
Garov  –  bir  shaxsning  boshqa  shaxsga  mol-mulkni  yoki  unga 
boʻlgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi.  
Garov turlari – zakalat, ipoteka, huquqlar garovi.  


 
Harakatlar – fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxs 
(yoki  shaxslar)ning  erki  boʻyicha  qilinadigan  huquq  yoʻl  qoʻygan  va 
huquq yoʻl qoʻymagan xatti-harakati (yuridik faktlar).  
Homiylik  –  oʻn  toʻrt  yoshdan  oʻn  sakkiz  yoshgacha  boʻlgan  yetim 
bolalarni  va  ota-onasining  qaramogʻidan  mahrum  boʻlgan  bolalarni, 
shuningdek  sud  tomonidan  muomala  layoqati  cheklangan  fuqarolarni 
ularga  ta’minot,  tarbiya  va  ta’lim  berish,  ularning  mulkiy  va  shaxsiy 
nomulkiy  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida 
joylashtirishning huquqiy shaklidir.  
Huquq manbasi – huquqni ifoda etilishining yuridik shakli.  
Huquqiy  odat  –  uzoq  davr  mobaynida  amalda  boʻlish  natijasida 
shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan 
yurish-turish qoidasi.  
Insofli  egallovchi  –  mol-mulk  uni  boshqa  shaxsga  berish  huquqiga 
ega  boʻlmagan  shaxsdan  haq  toʻlab  olgan,  buni  bilmagan  va  bilishi 
mumkin boʻlmagan shaxs.  
Insofsiz egallovchi – oʻz egaligining qonuniy emasligini bilgan yoki 
bilishi lozim boʻlgan shaxs.  
Ish  muomala  odati  –  biror-bir  hujjatda  yozilgan-yozilmaganidan 
qat’i nazar tadbirkorlik faoliyatining biror-bir sohasida vujudga kelgan va 
keng qoʻllaniladigan xulq-atvor qoidasi.  
Ishlab  chiqarish  kooperativi  –  fuqarolarning  shaxsiy  ishtiroki 
a’zolarning  (ishtirokchilarning)  mulki  bilan  qoʻshiladigan  pay  badallarini 
birlashtirish  asosida  birgalikda  ishlab  chiqarish  yoki  boshqa  xoʻjalik 
faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi.  
Ishonchnoma  –  bir  shaxs  (ishonch  bildiruvchi)  tomonidan  ikkinchi 
shaxsga  (ishonchli  vakilga)  uchinchi  shaxslar  oldida  vakillik  qilish  uchun 
berilgan yozma vakolat.  
Jamoat birlashmalari – ma’naviy yoki oʻzga nomoddiy ehtiyojlarni 
qanoatlantirish  uchun  oʻz  manfaatlarining  mushtarakligi  asosida  qonunda 
belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari.  
Jamoat  fondi  –  yuridik  va  (yoki)  jismoniy  shaxslar  tomonidan 
ixtiyoriy  mulkiy  badallar  qoʻshish  asosida  tashkil  etilgan,  xayriya, 
ijtimoiy,  madaniy,  ma’rifiy  yoki  boshqa  ijtimoiy  foydali  maqsadlarni 
koʻzlaydigan, a’zoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti.  
Kafillik – bir shaxs - kafilning boshqa shaxs oʻz majburiyatini toʻla 
yoki  qisman  bajarishi  uchun  uning  kreditori  oldida  javob  berishni  oʻz 
zimmasiga olishi.  
Kafolat  –  bank,  boshqa  kredit  muassasasi  yoki  sugʻurta  tashkiloti 
(kafil)  boshqa  shaxs  (prinsipal)ning  iltimosiga  koʻra  kafil  oʻz  zimmasiga 


 
olayotgan  majburiyat  shartlariga  muvofiq  prinsipalning  kreditori 
(benefitsiar) pul summasini toʻlash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, 
pulni unga toʻlash haqida prinsipalga yozma majburiyat berishi.  
Kazual  bitim  –  mazmun  jihatidan  muayyan  maqsadga  erishishga 
qaratilgan  va  haqiqiy  deb  hisoblanishi  uchun  mavjud  asosga  bevosita 
bogʻliq boʻlgan bitimi.  
Konsensual  bitim  -  huquq  va  majburiyatlarni  oʻzaro  kelishish  va 
bunday  kelishuvni  lozim  tartibda  rasmiylashtirish  paytida  vujudga 
keladigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, 
kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.  
Mas’uliyati  cheklangan  jamiyat  –  bir  yoki  bir  necha  shaxs 
tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan 
belgilangan miqdorda ulushlarga boʻlingan xoʻjalik jamiyati.  
Matlubot  kooperativi  –  ishtirokchilarning  moddiy  (mulkiy) 
ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida  fuqarolarning  a’zoligiga  asoslangan, 
uning a’zolari tomonidan oʻz mulkiy (pay) badallarini qoʻshish yoʻli bilan 
amalga oshiriladigan ixtiyoriy birlashma.  
Mayda maishiy bitim – fuqarolarning kundalik maishiy ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan va summasi yuqori boʻlmagan bitimlar.  
Mol-mulk  –  ma’lum  shaxsga  (fuqaro  yoki  yuridik  shaxsga)  egalik 
huquqi bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yigʻindisi.  
Muassasa 
–  boshqaruv,  ijtimoiy-madaniy  vazifalarni  yoki 
tijoratchilikdan iborat boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun 
mulkdor  tomonidan  tashkil  etilgan  va  toʻla  yoki  qisman  moliyaviy 
ta’minlab turiladigan tashkilot.  
Muddatli  bitimlar  -  taraflar  huquq  va  majburiyatlarining  vujudga 
kelish yoki bekor boʻlish vaqti koʻrsatilgan bitimlarga aytiladi.  
Mulk  –  mulkdorning  oʻz  mol-mulkiga  nisbatan,  uchinchi  shaxsning 
oʻzganing mol-mulkiga hamda mulkdor va ashyo oʻrtasidagi aloqadorlikka 
nisbatan munosabati.  
Mulk  huquqi  –  shaxsning  oʻziga  qarashli  mol-mulkka  oʻz  xohishi 
bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf  etish,  shuningdek  oʻzining  mulk  huquqini,  kim  tomonidan 
boʻlmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi.  
Mulkiy  munosabatlar  –  ishtirokchilarning  tengligiga,  qiymat 
harakteriga,  tekinga  yoki  haq  evaziga  amalga  oshirilishiga,  munosabat 
ishtirokchilarining  xatti-harakatlari  bevosita  ularning  oʻzlari  tomonidan 
baholanishiga  asoslanadigan  vujudga  kelish  asosida  mol-mulk  va  moddiy 
ne’matlar yotadigan munosabatlardir.  

10 
 
Mulkiy harakterda boʻlmagan shaxsiy munosabatlar – shaxsning 
oʻzi  bilan  bevosita  bogʻliq  boʻlgan  va  undan  begonalashtirilmaydigan 
huquqlarni amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlar.  
Munitsipal  mulk  –  davlat  hokimiyati  mahalliy  organlarining  mol-
mulki, mahalliy budjet mablagʻlari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal 
xoʻjalik,  korxonalar  va  boshqa  mulkiy  komplekslar,  xalq  ta’limi, 
madaniyat, sogʻliqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk.  


Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling