Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/31
Sana08.05.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31

 
 
 
 
 
 
 
 
Jismoniy shaxs imzosining turlari. Elektron raqamli imzo 
 
Axborotlar  uzatishining  hozirgi  zamon  tizimi  obyektiv  ravishda 
fuqarolik  muomilasida  hujjatlarni  bitim  tuzuvchi  shaxslarning  imzolari 
faksimil nusxalari, elektron imzolari va boshqa shunga o‘xshash imzolari 
bilan  guvohlantirishga  imkon  berishga  olib  keldi.  Bu  bitimlarni  tuzish 
jarayonlarini tezlashtirishga sabab bo‘ladi. 
Bitimlar tuzishda mexanik vositalar yoki  elektron-raqamli imzolarni 
yoxud  jismoniy  shaxs  o‘z  imzolarini  boshqacha  turlarini  qo‘llashga 
qonunlarda,  boshqa  huquqiy  hujjatlarda  yoki    taraflarning  kelishuvlarida 
nazarda  tutilgan    asoslarda  va  tartibda  yo‘l  qo‘yiladi.  Hozirgi  zamon 
sharoitlarida  o‘z  qo‘l  imzolarini  qo‘yish  vositalarini  (imzolarni  muhrlash 
vositalarini ham deb aytish mumkin) qo‘llashdan foydalanish tartibi bitim 
ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvda puxta belgilab quyilishi kerak, chunki 
qonunlarda  o‘z  ko‘p  imzolarini  muhrlash  vositalaridan  foydalanish 
masalalari  batafsil  tartibga  solinmagan.  Xorijiy  davlatlarda,  shu  jumladan 
AQSH  va  Rossiyada  elektron-raqamli  imzolardan  foydalanish  tartibi 
to’g’risida  normalar  mavjud.  Masalan,  Rossiya  Federatsiyasining 
“Axborotlar,  axborotlashtirish  va  axborotlarni  himoya  qilish  to‘g‘risidagi 
Qonuni”ning  9-moddasiga  asosan  avtomatlashtirilgan  axborotlar  tizimida 
imzolarni   aynanligini (identifikatsiyasini) ta’minlaydigan dasturiy texnik 
ELEKTRON SHARTNOMA 
TUZISH XUSUSIYATI 
elektron shaklda qayd etiladi  
elektron raqamli imzo bilan 
tasdiqlanadi 
elektron shartnomani 
identifikastiya qilish 
imkoniyatini beradi 
qonunda nazarda tutilgan 
shartnomalargina elektron 
shaklda  tuziladi  

309 
 
vositalar  mavjud  bo‘lganda  va  ulardan  foydalanishining  belgilangan 
rejimiga  rioya  qilinganda  elektron  raqamli  imzoning  yuridik  kuchi 
ta’minlanadi. Elektron huquqi litsenziya orqali amalga oshiriladi. 
Elektron  raqamli  imzo,  raqamli  imzolar  generatsiyalashtirish  dasturi 
ishlarining natijasi hisoblanadi. Elektron raqamli imzo o‘z qo‘l imzosining 
analogi (muqobili) bo‘lib  ikki xil asosiy xususiyatlariga ega: u muayyan 
hujjat  bilan  uzviy  ravishda  bog‘liq  va  faqat  o‘sha  hujjat  uchungina 
ahamiyatga ega. Elektron-raqamli imzo hujjat mazmuni va imzolovchining 
maxviy kalitini yagona yaxlitlik bilan qat’iy uyg‘unlashtiradi, birlashtiradi 
va  ushbu  imzoni  haqiqiyligini  buzmasdan  turib  hujjatni  o‘zgartirishni 
istisno 
etadigan 
qiladi. 
Elektron-raqamli 
imzodan 
foydalanish 
protsedurasining  mohiyati  shundan  iboratki  dasturiy  ta’minlashdan 
foydalanuvchi  bir  juft  individum  kalitlar  tayyorlash  imkoniyatiga  ega 
bo‘ladi:  hujjat  ostidagi  imzoning  raqamning  muqobilligi  shakllantirish 
uchun  maxfiy  kalit  va  uning  jufti  bo‘lgan  ochiq  kalit  –  u  ushbu  maxfiy 
kalit  yordamida  hisoblab  chiqarilib  raqamli  imzolarni  xaqiqiyligini 
tekshirish uchun ishlatiladi.  
Elektron  raqamli  imzo  –  bu  o‘z  qo‘l  imzosining  mustaqil  muqobili 
bo‘lib  xisoblanadi.  Uning  yana  bir  turi  mexanik  yoki  boshqacha  nusxa 
ko‘chirish  vositalari  yordamida  imzolar  faksimili  hosil  bo‘lishi  oqibatida 
vujudga keladi. Shunisi diqqatga sazovorki, faksimil imzo nusxasi FKning 
107-moddasi 
2-qismida 
o‘zining  xususiy  asosiga  ega.  Unda 
ko‘rsatilishicha,  “agar  qonun  hujjatlariga  yoki  ishtirokchilardan  birini 
talablariga  zid  bo‘lmasa  bitim  tuzish    chog‘ida  imzodan  faksimil  usulida 
nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalanishiga yo‘l qo‘yiladi”. 
Elektron  imzo  inson  tomonidan  ko‘rish  orqali    bevosita  qabul 
qilinadigan u yoki bu belgi sifatida mavjul bo‘lishi mumkun emas. Bunday 
imzo  bilan  mustahkamlangan  bitim  qatnashchilari  o‘rtasida  imzolar 
elektron imzolardan foydalanish tizimi ishtirokchilari o‘rtasida kelishilgan 
holda asosida yoki qonun normalari asosida yoxud boshqa qonun hujjatlari 
asosida hal etilishi mumkin.
1
 
O‘z  qo‘l  imzosining  u  yoki  bu  muqobilidan  foydalanish  tartibi 
qanday  (qonun  tomonidan,  boshqa  huquqiy  hujjatlar  tomonidan  yoxud 
bitim  ishtirokchilarining  kelishuvi  orqali)  belgilanganidan  qat’i  nazar 
ushbu  tartib  o‘z  qo‘l  imzosining  muqobili  bilan  guvohlantirilgan    hujjat 
bitim  tuzgan  shaxsniki  ekanligini  ishonchli  ravishda  aniqlashga, 
belgilashga imkon berishi lozim. 
                                                           
1
 Мельиев Ю.В., Молчанов В.В., Шерстабинов А.В. Правовое регулирование электронного документооборота в 
банковской практике. //Гражданско-правовое регулирование банковской деятельности. М.1994. B.109-128. 

310 
 
  Elektron  raqamli  imzo  mohiyatini  anglab  yetish  bilan  bog‘liq 
muammolar  elektron  shaklda  tuzulgan  hujjatlarni  yuridik  anglab  etish 
bilan  bog‘liq  tarkibiy    qismi  bo‘lib  hisoblanadi.  FKning  107-moddasi 
to‘rtinchi qismida ko‘rsatiladiki xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, 
teletaypogrammalar,  fakslar  yoki  subyektlarni  va  ular  xohish  irodasining 
mazmunini  ifodalaydigan  boshqa  hujjatlarni  ayirboshlash,  agar  qonun 
hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo‘lmasa,  yozma  shaklda  tuzilgan  bitim  bilan  tenglashtiriladi.  Yuqorida 
nazarda  tutilgan  vositalarning  bir  qismi  elektron  vositalar  (masalan  faks) 
hisoblanadi: elektron shakldagi hujjatni anglab yetish muammolari jihatlari 
elektron  raqamli  imzoni  anglab  yetish  muamollari  bilan  bir  xildir.  Bunda 
FKning  366-moddasi  to‘rtinchi  qismida  belgilangan  qoidani  doim  yodda 
tutish  lozim, shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, 
shuningdek  pochta,  telegraf,  teletayp,  telefon,  elektron  aloqa  yoki  hujjat 
shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli su‘ratda aniqlash imkonini 
beradigan  boshqa  aloqa  yordamida  hujjatlar  almashish  yuli  bilan  tuzilishi 
mumkin”. 
Bitim  shakliga  va  uning  rekvizitlariga  nisbatan  qo‘shimcha 
talablar 
Bitimning  yozma  shakliga  va  ularning  rekvizitlariga  nisbatan 
umumiy  talablar  qonunlar,  boshqa  huquqiy  hujjatlar  va  taraflarning 
kelishuvi bilan to‘ldirilishi mumkin. Masalan, taraflarning imzolarini muhr 
bosib tasdiqlanishi to’g’risidagi taraflar bitim ishtirokchilarining kelishuvi 
bilan  belgilanadi,    qalbakilashtirishidan  muhofaza  qilish  maqsadida 
qimmatbaho  qog‘ozlar  blankalariga  qo‘yiladigan  talablar  qonun 
hujjatlarida  belgilab  qo‘yiladi.  Bitimlarning  yozma  shakliga  qo‘yiladigan 
qo‘shimcha talablar turli bo‘lishi mumkin, ularning qateiy doirasi belgilab 
qo‘yilmagan. 
  Qonun  hujjatlarida,  taraflarning  kelishuvida  qo‘shimcha  talablarga 
rioya  qilmaslik  oqibatldari  nazarda  tutilishi  mumkin.  Agarda  bunday 
oqibatlar  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa,  FKning  109-moddasida  belgilangan 
bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari qo‘llaniladi. 
 
 
Nazorat uchun savollar: 
 
1.
 
Koʻp hollarda bitim va shartnoma tushunchasi bir xil hisoblanadi 
hamda  shartnoma  tushunchasi  oʻrniga  bitim  va  bitim  tushunchasi  oʻrniga 

311 
 
bitim  tushunchasi  qoʻllaniladi.  Mazkur  holatlarning  qaysi  bir  huquqiy 
jihatdan asosli ekanligi muhokama qiling?  
2.
 
Shartnomalar tuzish erkinligi tamoyili va FKning 377-moddasida 
belgilangan  majburiy  tartibda  shartnoma  tuzish  qoidalarining  nisbatini 
tahlil qiling?  
3.  Fuqaro  Qodirovdan  Maqsudov  900.000  soʻm  miqdorida             
10  kunlik  muddat  ichida  qaytarish  sharti  bilan  qarz  oldi.  Umumiy  qoida 
boʻyicha  Qodirov  Maqsudovga  shartnomani  yozma  ravishda  ifodalab 
qoʻyishlarini taklif qildi. Shu ondayoq Maqsudov: “ey, ogʻayni, sen nima 
deb oʻylayapsan, men aytilgan kundayoq pulni qoʻlingga tutqazaman”, deb 
ogʻzaki  roziligini olib, taraflar bunga kelishgandek boʻldilar. Belgilangan 
kun  oʻtdi,  ammo  puldan  darak  boʻlmadi.  Qodirov  Maqsudovdan  pulni 
talab  qilganida,  u  bunga  oʻtaketgan  e’tiborsizlik  bilan  qaradi.  Qodirov 
ushbu  masala  yuzasidan  sudga  murojaat  qildi.  Sud  tergovida  Maqsudov 
shartnoma  tuzilayotganida  ogʻzaki  kelishishga  oʻzi  rozi  boʻlganligini 
xaspoʻshlashga urindi.  
Ish boʻyicha fikringiz qanday? Sukut saqlash aksept boʻla oladimi? 
Shartnomaning yozma shakli uning ogʻzaki shaklidan qanday afzalliklarga 
ega?  Agar  kelishuv  yozma  shaklda  ifodalanganda  jarayon  qanday 
kechardi? 
4. Fuqarolar E. Qurbanov va D. Xayrullaevalar xonadonni oldi-sotdi 
shartnomasini  imzoladilar.  Shartnoma  qonunga  muvofiq  notarius 
tomonidan  rasmiylashtirildi.  Biroq  xonadonni  sotuvchi  D.  Xayrullayeva 
mulk 
huquqini 
E. 
Qurbanovga 
oʻtganligini  tasdiqlab,  Texnik 
inventarizastiyalash mahkamasidan roʻyxatga oʻtkazishni ayrim sabablarni 
roʻkach  qilib  kechiktirib  kelgan.  Sotib  oluvchi  fuqaro  E.  Qurbanov  uyga 
nisbatan  mulk  huquqini  qoʻlga  kiritish  uchun  qanday  harakatlarni  amalga 
oshirishi  kerak.  Shartnoma  bunday  vaziyatlarda  qachon  tuzilgan 
hisoblanadi.  
5. Bozordagi dialog.  
Sotuvchi: “Kep qolinglar yangi uzilgan qulpinay kilosi 5 000 soʻm”. 
Xaridor: “Kilosiga 4 000 soʻm beraman”. 
Sotuvchi: “2 kilosini 9 000 soʻmga beraman”  
Xaridor: “Unda 2 kg torting” 
Ushbu dialogdagi oferta va akseptni farqlang.    
 

312 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
 
1.
 
Баратов М.Х. Давлат мулк ҳуқуқи. – Т.: ТДЮИ, 2008. -Б.320. 
2.
 
Баратов  М.Х.  Фуқаролик-ҳуқуқий  муносабатлар  субъекти 
сифатида  давлат  иштирокининг  назарий  ва  амалий  муаммолари: 
Юрид. фан. докт. дис... автореф. –Т.: 2008. -Б.48. 
3.
 
Зокиров И.Б. Фуқаролик ҳуқуқи. –Т.: ТДЮИ, 2009. -Б.296. 
4.
 
Имомов Н. Ф. Интеллектуал мулк ҳуқуқи. –Т.: 2012. -Б.270. 
5.
 
Имомов  Н.  Фуқаролик  ҳуқуқида  муддатлар  ва  даъво 
муддати. Монография. –Т.: ТДЮИ, 2005. -Б.123. 
6.
 
Муаллифлар  жамоаси.  Ўзбекистон  Республикаси  Фуқаролик 
кодексига шарҳ. 1-жилд. –Т.: Vektor-press, 2010. -Б.816. 
7.
 
Нуриддинова Ш. Юридик шахсларнинг бекор бўлиш усуллари. –
Т.: ТДЮИ. 2007. -Б.80. 
8.
 
Оқюлов О. Интеллектуал мулкнинг ҳуқуқий мақомининг назарий 
ва амалий муаммолари. –Т.: ТДЮИ, 2004. -Б.431.  
9.
 
Рахмонқулов Ҳ. Битимлар. –Т. ТДЮИ, 2010. -Б.122.  
10.
 
Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи. –Т. : ТДЮИ. 2005. -Б.306.  
11.
 
Раҳмонқулов  Ҳ.  ,  Рўзиназаров  Ш.  ,  Оқюлов  О.  ,  Азизов  Х.  , 
Имомов  Н.  Хусусий  мулк  объектларининг  ҳуқуқий  мақоми.  –Т. 
Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  ҳузуридаги  амалдаги 
қонун ҳужжатлари мониторинги институти, 2007. -Б.220. 
12.
 
Раҳмонқулов  Ҳ.Р.  Фуқаролик  ҳуқуқи  муаммолари.  –Т.:  ТДЮИ. 
2010. –Б.536. 
13.
 
Раҳмонқулов  Ҳ.  Р.  Фуқаролик  ҳуқуқининг  предмети,  методи  ва 
тамойиллари. –Т.: ТДЮИ, 2003. –Б.49. 
14.
 
Раҳмонқулов  Ҳ.  Р.  Фуқаролик  ҳуқуқининг  субъектлари.  –Т.: 
Oʻzbеkistоn, 2008. –Б.168.  
15.
 
Раҳмонқулов Ҳ. Фуқаролик ҳуқуқининг объектлари. –Т.: ТДЮИ. 
2009. -Б.175. 
16.
 
Эргашев  В.Ё.  Ўзбекистон  Республикасида  мулк  ҳуқуқининг 
долзарб муаммолари ва ривожланиш истиқболлари. – Т.: ТДЮИ, 
2009. –Б.239. 
17.
 
Юлдашев  Ж.И.  Акциядорлик  жамиятлари  –  юридик  шахс 
сифатида. –Т.: 2005. –Б.320. 

313 
 
18.
 
Юлдашев  Ж.И.  Топилдиев  Б.Р.  Абзалов  А.А.  Фуқаролик  ҳуқуқи 
(Умумий  қисм)  505  Саволлар  ва  жавоблар.  –Т.:  ТДЮИ,  2010.  –
Б.310. 
19.
 
Bridge  M.  G.  Personal  Property  Law.  3rd  ed.  London,  2002.  P.  28  – 
29. 
20.
 
Ernest  Joseph  Schuster.  The  principles  of  German  Civil  law// 
Bibliolife, 2015, -754 p. 
21.
 
Henry  Dyson.  French  property  and  inheritance  law//  Oxford  [u.a.] 
Oxford University Press 2003, - 469 p.
 
22.
 
Jon  W.  Bruce,  James  W.  Ely,  Jr.  Cases  and  materials  on  modern 
property law. Thomson /West. St. Paul. – MN, 2007. 
23.
 
Joseph William Singer. Introduction to property. Aspen Publishers.  – 
NY, 2005. -13-15,20-22 p. 
24.
 
Keenan and Riches, Business Law, Eleventh edition, 2013, p.75. 
25.
 
Mary  Keenan,  Sarah  Riches  and  Vida  Allen.  Keenan  and  Riches’ 
Business Law. Pearson Education Limited. 2011. р 431. 
26.
 
Nicolas Bouche. Intellectual property law in France// Alphen aan den 
Rijn : Kluwer Law International, cop. 2011, 300 p. 
27.
 
Steven  Friedland.Teaching  Property  Law.  Professor  of  Law,  Nova 
Southeastern 
University  Shepard  Broad  Law  Center,  Fort 
Lauderdale,Florida. – p 582-596. 
 

314 
 
 
 
 
 
 
 
FUQAROLIK HUQUQI 
 
DARSLIK 
 
I QISM 
 
 
 
Муҳаррир: Ш.Асадов. 
Техник муҳаррир: А.Юлдашев. 
Компьютерда саҳифаловчи: 
 
Босишга рухсат этилди: 17.01.2017. 
Ҳажми: 8 б.т. Адади: 100 та. Буюртма: № 376 
 


Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling