Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana08.05.2017
Hajmi5.13 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash 
va ularning turlari 
 
Fuqarolik-huquqiy  normalarni  qo‘llash  va  sharhlash  to‘g‘risida 
to‘xtalib  shuni  aytish  kerakki,  huquqiy  normalarni  tatbiq  etish  deganda, 
konkret  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarni  tegishli  huquq  normasiga 
muvofiq holda tashkil qilinishi va bu munosabat yuzasidan taraflar uchun 
majburiy  kuchga  ega  bo‘lgan  qaror  qabul  qilinishi  tushuniladi.  Fuqarolik 
huquqi  normalarini  qo‘llash  vakolatli  davlat  organlari  tomonidan, 
chunonchi, sud, prokuratura, xo‘jalik sudi va boshqa organlar, shuningdek, 
ba’zi hollarda jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qo‘llaniladi. 
Huquq  normalarini  qo‘llash  mazmunan  ularga  rioya  qilishdan  faqr 
qiladi.  Yuqorida  ko‘rsatilganidek,  faqat  muayyan  vakolatli  organlargina 
tatbiq etishlari mumkin bo‘lsa, huquqiy normalarga rioya qilishga har bir 
shaxs (fuqaro va tashkilot) majburdir. 
Ba’zi  holatlarda  huquq  normasini  tegishli  huquqiy  munosabatga 
qo‘llashda  uning  aniq  mazmunini,  mohiyatini,  ma’nosini  aniqlash 
zaruriyati  vujudga  keladi.  Huquq  normasi  ma’nosini  aniqlash  va 
tushuntirishga qonunni sharhlash, deyiladi. 
Fuqarolik  huquqi  normalarini  sharhlash  sharhlovchi  subyektlar, 
sharhlash usullari, shuningdek, uning hajmiga qarab farqlanadi. 
Normani  sharhlovchi  subyektlar  huquq  normalariga  rasmiy  va 
norasmiy  sharh  beruvchilarga  bo‘linadi.  Rasmiy  sharh  vakolatli  bo‘lgan 
hokimiyat organlari tomonidan berilib, ma’lum darajada majburiy kuchga 
ega  bo‘ladi.  Bunday  sharh  Oliy  Majlis  tomonidan  beriladi.  Ular 
Respublika  doirasida  barcha  fuqarolar  va  tashkilotlar  uchun  majburiy 
                                                           
1
 Мухаммадиев А.А. Фуқаролик кодекси тамойилларининг амал қилиши. Монография. Т.: ТДЮИ, 2007.  

42 
 
hisoblanadi.  Shuningdek,  mahalliy  Kengashlar  tomonidan  beriladigan 
sharhlar ham rasmiy ayni paytda majburiy hisoblanadi. 
Rasmiy sharhning turlaridan biri sud sharhlashidir. Ma’lum bir ishni 
hal  qilishda  sud  tomonidan  berilgan  sharh  chiqarilgan  qarorning  qonuniy 
kuchga  kirganidan  so‘ng  mazkur  ish  bo‘yicha  majburiy  hisoblanadi. 
Ammo  kelajakda  shunga  o‘xshash  boshqa  ishni  hal  qilishda,  boshqa 
sudlar,  jumladan,  shu  sudning  o‘zi  ham  avvalgi  ishning  hal  qilinishiga 
qarab  masalani yecha olmaydi. Chunki, umumiy harakterda bo‘lgan ba’zi 
sharhlar  Oliy  sud  Plenumi  tomonidan  beriladi.  “Sudlar  to‘g‘risida”gi 
qonunda  Oliy  sud  Plenumi  rahbariy  tushuntirishlar  berishligi  ko‘rsatildi. 
Shu  tartibda  qabul  qilinadigan  qarorlar  sudlarda  ishlarning  bir  xilda 
ko‘rilishini ta’minlashga qaratilganligi sababli sudlar uchun majburiydir. 
Norasmiy  sharh  deb,  majburiy  kuchga  ega  bo‘lmagan  sharhga, 
masalan,  ilmiy  asarlarda,  darsliklarda,  ma’ruzalarda  beriladi  gan 
sharhlarga  aytiladi.  Bunday  sharhlar  yuridik  kuchga  ega  bo‘lmasa  ham 
qonunning  ma’nosini  aniqlashga  yordam  beradi.  Ular  imloviy,  mantiqiy, 
tizimli va tarixiy sharhlashga bo‘linadi. 
Grammatik  sharhlashda  grammatik  qoidalaridan  foydalanib 
qonunda  ishlatilgan  ayrim  so‘zlar,  jumlalar,  ifodalarning  ma’nosini 
aniqlash yo‘li bilan huquqiy normalarning mazmuni belgilanadi. Masalan, 
FKning  30-moddasida  “Ruhiy  kasalligi  yoki  aqli  zaifligi  oqibatida  o‘z 
harakatlarining  ahamiyatini  tushuna  olmaydigan  yoki  ularni  boshqara 
olmaydigan fuqarolarni sud qonun hujjatlarida belg ilab qo‘yilgan tartibda 
muomalaga  layoqatsiz  deb  topishi  mumkin”,  deyiladi.  Bu  erda  qonun 
chiqaruvchi  “yoki”  so‘zini  ishlatishi  natijasida  fuqaroni  muomalaga 
layoqatsiz  deb  topish  uchun  ikkita  asosdan  bittasi,  ya’ni  o‘z 
harakatlarining  ahamiyatini  tushuna  olmaslik  yoki  ularni  boshqara 
olmaslikning mavjud bo‘lishi yetarli ekanligini ifodalaydi. 
Mantiqiy  sharhlashda  qonunda  ishlatilgan  ifodalar,  tushunchalar 
bir-biri  bilan  ichki,  uzviy,  mantiqiy  bog‘langanligini  aniqlab,  huquqiy 
normaning  muzmuni  belgilanadi.  Masalan,  FKning  ushbu  30-moddasida 
“Ruhiy  kasalligi  yoki  aqli  zaifligi  oqibatida  o‘z  harakatlarining 
ahamiyatini  tushuna  olmaydigan  yoki  ularni  boshqara  olmaydigan 
fuqaroni  sud  qonun  hujjatlarida  belgilab  qo‘yilgan  tartibda  muomalaga 
layoqatsiz deb topishi mumkin”, deb aytildi. Demak, voyaga etgan fuqaro 
ruhiy  kasal  bo‘lsa  ham,  to  sud  tomonidan  “muomalaga  layoqatsiz”  deb 
tanilguniga qadar muomalaga layoqatli deb faraz qilinadi. 
Tizimli  sharhlashda  huquq  normasining  mazmuni,  uning  huquq 
tizimida  egallagan  o‘rnini  belgilash,  uni  boshqa  huquqiy  normalar  bilan 
taqqoslash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Masalan,  1963  yilda  qabul  qilingan 

43 
 
Fuqarolik  kodeksining  321-moddasida  mulkning  ijaraga  oluvchi 
tomonidan  yomonlashtirilgan  holda  yetkazilgan  zararlarning  ijaraga 
beruvchi  tomonidan  qoplanishiga  aytiladi.  Bu  yerda  zarar  yetkazilishi 
shartnoma  bo‘yicha  olingan  majburiyatni  buzish  bilan  bog‘liq  bo‘lgani 
uchun  nizo  GKning  479-moddasi  bilan  emas,  321-moddasi  bilan  hal 
qilinadi. 
Tarixiy  sharhlashda  huquq  normasi  qanday  tarixiy  vaziyatlarda 
qabul  qilinganligini  belgilash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Sharhlash  o‘zining 
hajmi  bo‘yicha  tub  ma’nodagi  sharhda  qonunning  ma’nosi  uning 
ifodalanishi  ya’ni,  yozilish  shakliga  aynan  to‘g‘ri  kelishi  kerak. 
Cheklangan  sharhda  qonunning  ma’nosi  uning  ifodalanishiga  qaraganda 
birmuncha  torroq  ko‘rinadi.  Kengaytirilgan  sharhda  qonunning  mazmuni 
uning  tub  tahririga  qaraganda  birmuncha  kengroq  tushuniladi.  Masalan, 
FKning  115-moddasida:  “Bitimning  qonun  talab  qiladigan  shakliga  rioya 
qilmaslik qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina uning haqiqiy 
emasligiga sabab bo‘ladi”, deb yozilgan.  
Bunda  “qonun”  so‘zi  faqat  Oliy  Majlis  tomonidan  qabul  qilingan 
normativ  hujjatnigina  bildirmay,  balki  huquqning  boshqa  normalarini 
o‘zining  ta’siriy  kuchiga  qarab  imperativ  va  dispozitiv  normalarga 
bo‘linadi.  Imperativ  normalar,  deb  ma’lum  bir  huquqiy  munosabatda 
qatnashuvchilarning  erklari  bilan  o‘zgartirilishi  mumkin  bo‘lmagan,  qat’i 
harakterda bo‘lgan, qat’i buyruq beradigan normalarga aytiladi. Imperativ 
normalarga  misol  qilib  “Fuqarolarning  huquq  layoqatidan  yoki  muomala 
layoqatidan  to‘la  yoki  qisman  voz  kechishi  va  huquq  layoqati  yoki 
muomala  layoqatini  cheklashga  qaratilgan  boshqa  bitimlar  o‘z-o‘zidan 
haqiqiy  emasdir”  (FKning  23-moddasi,  3-bandi)  -  deb  aytilgan  normani 
ko‘rsatish  mumkin.  Dispozitiv  normalar,  deb  taraflarning  o‘z  ixtiyorlari 
bilan  to‘ldirilishi  mumkin  bo‘lgan  va  shartnomalarda  huquqiy 
munosabatlar  ishtirokchilarining  o‘zaro  kelishuvi  bo‘yicha  tartibga 
solinishi  mumkinligini  ko‘rsatadigan  normalarga  aytiladi.  Masalan, 
FKning  223-moddasi  1-bandida  ulushli  mulkdagi  mol-mulk  ishtirokchilar 
o‘rtasida  ularning  kelishuviga  muvofiq  taqsimlanishi  mumkin  deb 
yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko‘ra umumiy mulk 
ishtirokchilari  o‘ziga  tegishli  bo‘lgan  ulushini  o‘zlarining  kelishuviga 
muvofiq taqsimlashlari mumkin ekan.  
 
Nazorat uchun savollar 
 

44 
 
1.  Ma’lumki  huquqiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  manbalar 
doirasi  turli  huquq  oilalari  tizimida  turlicha  harakterga  ega.  Sizningcha 
fuqarolik huquqining manbalari qanday oʻziga xos xususiyatlarga ega? 
2.  Sud  amaliyoti  mamlakatimizda  sudlar  tomonidan  ishlarni 
koʻrishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Fuqarolik  qonun  hujjatlari  va  sud 
amaliyoti  oʻrtasidagi  nisbatga  baho  bering.  Qanday  doiradagi  normativ 
hujjatlar fuqarolik qonun hujjatlari hisoblanadi? 
3.  Da’vogar  X.X.Alimov  javobgar  Yu.S.Maxmudova  ustidan  sudga 
murojaat  etib,  2008  yil  03  iyun  kunidagi  hadya  shartnomasiga  asosan 
Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Muqimiy koʻchasi, 27-uy unga tegishli 
ekanligini,  hozirgi  kunda  javobgar  Yu.S.Maxmudova  nizoli  uyda  doimiy 
roʻyxatda  tursada,  lekin  2012  yilning  12  dekabr  kunidan  buyon 
yashamasligini,  da’vogar  esa  javobgar  uchun  ham  kommunal  toʻlovlarni 
toʻlash  ogʻirlik  qilayotganligini,  shu  sababli  sudga  mazkur  da’vo  arizasi 
bilan  murojaat  qilishga  majbur  boʻlganligini,  bu  kabi  ishlar  bundan  oldin 
fuqarolik  ishlari  boʻyicha  Mirzo  Ulugʻbek  tumanlararo  sudida 
koʻrilganligini ta’kidlab, mazkur sudning hal qiluv qarorini na’muna qilib, 
yuqoridagilarni inobatga olgan holda suddan javobgarni nizoli xonadondan 
foydalanish huquqini yoʻqotgan deb topishini soʻragan.  
Ushbu  vaziyatga  huquqiy  baho  bering?  Bir  sudning  qarori 
Oʻzbekiston hududida ikkinchisi uchun manba boʻladimi? Sud pretsedenti 
manba boʻladigan davlatlar qaysi huquq tizimiga mansub? 
4.  Rassom  Azizov  bilan  rasmlar  savdosi  bilan  shugʻullanuvchi 
tadbirkor  Aliyev  Azizovning  oʻzi  chizgan  rasmlarini  yetkazib  berish 
toʻgʻrisida  shartnoma  tuzadi.  Dastlab  Azizov  oʻzi  chizgan  rasmlarni 
yetkazib  beradi.  Keyinchalik  bu  rasmlar  bilan  birga  shogirdlari  chizgan 
rasmlarni  ham  oʻtkaza  boshlaydi.  Bundan  xabar  topgan  haridorlar 
tadbirkordan rasm harid  qilmay qoʻyishadi. Bu Aliyevga zarar yetkazadi. 
Aliev zararni undirishni talab qiladi. Azizov shartnomada rasmlar savdosi 
haqidagi  ma’lumot  borligini  va  u  shartnomani  adolatli,  oqilonalik 
tamoyillariga amal qilgan holda bajarganini bildiradi.  
Azizovning talabi toʻgʻrimi? Huquq oʻxshashligi nima, uning qonun 
oʻxshashligidan farqini ayting?  
 

45 
 
 
3-MAVZUFUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT 
 
Fuqarolik-huquqiy  munosabat  tushunchasi  va  mohiyati.  Fuqarolik-
huquqiy  munosabatlarning  turlari  (tasnifi).  Fuqarolik  huquqlari  va 
burchlarining  kelib  chiqish  asoslari.  Yuridik  faktlar.  Fuqarolik 
huquqlarining  amalga  oshirilishi  va  burchlarining  bajarilishi.    Fuqarolik 
huquqlarining himoya qilinishi. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish 
 
Fuqarolik-huquqiy munosabat tushunchasi va mohiyati 
 
Fuqarolik-huquqiy munosabat deb fuqarolik turli subyektlar o‘rtasida 
vujudga  keladigan  va  fuqarolik  huquqiy  me’yorlar  bilan  tartibga 
solinadigan  ijtimoiy  munosabatga  aytiladi.  Fuqarolik-huquqiy  munosabat 
ijtimoiy  munosabat  sifatida  eng  avvallo,  turli  subyektlar  kishilar 
o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  bo‘lganligi  sababli,  normal  munosabat 
bo‘lganligi sababli ushbu munosabatlar unda ishtirok etuvchi shaxslarning 
erk-irodasi, 
xohishida 
vujudga 
keladi. 
Fuqarolik 
munosabatida 
qatnashuvchi  kishilarning  erklari  garchi  ularning  xatti-harakatlarida 
ifodalansa  ham  biroq  uning  mohiyati  va  doirasi  fuqarolik  qonun 
hujjatlarida o‘z mujassamini topadi.  
Fuqarolik  huquqining  turli  subyektlari  o‘rtasida  ro‘y  beradigan 
munosabatlar  huquq  ta’siri  ostidagi  normal  munosabatlar  hisoblanadi  va 
bular  ixtiyoriy  ravishda  amalga  oshiriladi.  Ammo  muayyan  hollarda 
huquqiy  munosabat  mazmunida  yotuvchi  majburiyatlar  ixtiyoriy  ravishda 
amalga  oshirilmaganda  yoki  bir  subyekt  tomonidan  boshqa  subyektga 
zarar  yetkazish  hollarda  davlat  tomonidan  belgilangan  majburiy  huquqiy 
choralar  qo‘llanilishi  mumkin.  Fuqarolik  huquqiy  munosabatlarni  boshqa 
ijtimoiy-huquqiy  munosabatlardan  farq  qildiruvchi  muayyan  xususiyatlari 
mavjud: 
1.
 
Fuqarolik-huquqiy  munosabatlarida  ishtirok  etuvchi  shaxslar 
muayyan mulkiy mustaqillikka ega bo‘lishi shart; 
2.
 
Fuqarolik-huquqiy  munosabatlarida  ishtirok  etuvchilar  teng 
huquqli shaxslar hisoblanadi
3.
 
Fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarida 
ishtirok 
etuvchilar 
subyektlarini  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari  buzilgan  taqdirda  odatda 
da’vo  qo‘zg‘atish  orqali  sudlar  tomonidan  himoya  qilinib  muhofaza 
qilinadi. 

46 
 
Har  qanday  boshqa  ijtimoiy  munosabatlar  singari  fuqarolik 
munosabatlar  uchta  mustaqil  elementdan  iborat  –  huquqiy  munosabat 
sub’yeti,  obyekti  va  mazmunidan  iborat.  Fuqarolik  munosabatlarining 
subyektlari bo‘lib ushbu huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi sha’slar  – 
fuqarolar va boshqa tashkilotlar (yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan yoki 
yuridik  shaxs  huquqidan  foydalanuvchi  tuzilmalar)  shuningdek,  davlat 
bo‘lishi mumkin.  
Fuqarolik  munosabatida  ishtirok  etuvchi  shaxslar  fuqarolik  huquq 
layoqotiga,  ya’ni  fuqarolik  huquqlari  va  burchlariga  ega  bo‘lishlari, 
shuningdek,  fuqarolik  muomala  layoqatiga,  ya’ni  o‘z  xatti-harakatlari 
bilan  o‘zlari  uchun  fuqarolik  huquqlari  majburiyatlarini  vujudga  keltirish 
layoqatiga molik bo‘lishlari shart.  
Fuqarolik  huquqiy  munosabatning  mazmunini  ushbu  munosabatda 
ishtirok  etuvchi  shaxslarning  subyektiv  huquqlarini  va  majburiyatlari 
subyektiv huquq, burch va mazmunini tashkil etadi. 
Ayni paytda fuqarolik munosabatning mazmunini bunday munosabat 
ishtirokchilarini o‘z subyektiv huquq va majburiyatlariga muvofiq amalga 
oshiriladigan  o‘zaro  harakatlari,  hulq-atvori  faoliyati  tashkil  etadi  degan 
nuqtayi-nazar  mavjud.  Bunda  subyektiv  huquq  va  burchlar  huquqiy 
munosabatning yuridik shakli deb ko‘rsatiladi
1
.   
Subyektiv  huquq  har  doim  muayyan,  konkret  subyektga  tegishli 
bo‘ladi.  Biroq  subyektiv  huquqlar  obyektiv  huquq  asosida  ya’ni  davlat 
tomonidan belgilab qo‘yilgan huquq normalari asosida vujudga keladi va 
ularga muvofiq amalga oshiriladi.  
Subyektiv  huquq  iborasining  mohiyati  shundan  iboratki,  bu  huquq 
har doim muayyan subyektga tegishli bo‘ladi va uni amalga oshirish ushbu 
huquq  subyektining  erki  irodasi  va  xohishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Chunki 
amalda  subyektiv  huquq  sohibi  o‘zining  bu  huquqlarini  amalga  oshirishi 
yoki  amalga  oshirmasligi  yoxud  qonunda nazarda  tutilgan  hollarda  ushbu 
huquqdan voz kechishi ham mumkin. 
Subyektiv  huquq  sohibi  o‘zi  bilan  huquqiy  munosabatga  kirishgan 
boshqa  tarafdan  o‘z  huquqini  buzilmasligini,  unga  rioya  qilinishini  qat’i 
talab  qilishga  haqli.  Masalan,  badiiy  asar  muallifi  ushbu  asarga  nisbatan 
o‘zining  shaxsiy  nomulkiy  huquqlarini  buzilmasligini  har  kimdan  talab 
qila  oladi.  Shuningdek,  subyektiv  huquqlar  o‘z  harakteriga  ko‘ra  mulkiy 
yoki shaxsiy nomulkiy bo‘lishi mumkin.  
Mamlakatimizda  fuqarolarga  va  boshqa  subyektlarga  tegishli 
subyektiv  huquqlar  davlat  tomonidan  kafolatlangan    huquqlardir.  Davlat 
                                                           
1
 Гражданское право. Учебник Част 1. -Москва: Проспект. 1996,  78-77-бетлар. 

47 
 
bu  huquqlarni  amalga  oshirishni  ta’minlash  uchun  nafaqat  yuridik  balki 
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni ham yaratib beradi.  
Huquqiy  munosabatlar  mazmunini  subyektiv  huquqlar  bilan 
birgalikda  fuqarolik  majburiyatlar  ham  tashkil  etadi.  Majburiyatning 
mohiyati  shundaki,  unda  huquq  normasini  talab  bo‘yicha  yoxud  shaxsni 
o‘z  ixtiyori  asosida  zimmasiga  olgan  burchi  bo‘yicha  u  muayyan  xatti 
harakatlarni qilishga yoki muayyan xatti harakatlarni qilishdan o‘zini tiyib 
turishga  majbur  bo‘ladi.  Odatda,  har  qanday  majburiyat  burchli  qarzdor 
shaxsning  erkini  muayyan  darajada  cheklaydi.  Uni  huquq  egasini 
manfaatlari  bilan  bog‘laydi  va  ushbu  manfaatlarga  rioya  qilinishiga 
majburlaydi.  Masalan,  qurilish  tashkiloti  tuzilgan  shartnomaga  muvofiq 
buyurtmachiga  turar  joy  qurib  berishga  yoki  turar  joyni  ta’mirlashga 
majbur.  Buyurtmachi  esa  buning  uchun  muayyan  summadagi  haqni 
to‘lashi  lozim.  Subyektdan  muayyan  xatti  harakatni  amalga  oshirishni 
talab  etadigan  majburiyatlar  ijobiy  pozitiv  majburiyatlar  hisoblanadi. 
Muayyan  xatti  harakatlarni  sodir  etishdan  o‘zini  tiyib  turish,  saqlanishni 
talab etadigan majburiyatlar esa salbiy – negativ majburiyatlar deb ataladi. 
Ba’zi mualliflar esa buni aktiv va passiv majburiyatlar deb ham atashadi.  
Fuqarolik  huquqiy  munosabat  doirasida  subyektiv  huquq  va 
majburiyatlar  bir  biridan  ayro  holda  mavjud  bo‘lishi  mumkin  emas. 
Boshqacha  aytganda  subyektiv  huquq  va  majburiyatlar  yagona  huquqiy 
munosabatning  tarkibiy  elementlari  bo‘lib  ular  o‘zaro  bir  birlari  bilan 
o‘zaro  uzviy  bog‘langandirlar.  Muayyan  subyektlar  subyektiv  huquqning 
mavjud  bo‘lishi  boshqa  subyektda  ushbu  huquqqa  yarasha  majburiyat 
bo‘lishini anglatadi va aksincha har qanday majburiyat uni qarshisida uni 
bajarishni  talab  qilishga  haqli  bo‘lgan  huquq  egasi  bo‘lishini  anglatadi. 
Masalan  ijarachi  o‘zi  ijaraga  olgan  uydan  foydalanish  huquqiga  ega  va 
bunda  ushbu  huquqni  amalga  oshirishga  nisbatan  barcha  to‘sqinliklarni 
kim tomonidan sodir etilmasin, hatto turar joy egasi tomonidan sodir etilsa 
ham bartaraf etilishini talab qilishga haqli.  
Fuqarolik  huquqiy  munosabatlarnining  obyekti  bo‘lib  fuqarolik 
munosabatda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning  subyektiv  huquqlari  va 
majburiyatlari qaratilgan ijtimoiy munosabat negizida yotuvchi moddiy va 
nomoddiy  ne’matlar  hisoblanadi.  Ular  jumlasiga  ashyolar,  mol-mulklar 
mulkiy huquqlar, pullar, qimmatli qog‘ozlar ishlar va xizmatlar intellektual 
faoliyat turli shaxsiy huquqlar hisoblanadi.  
 
 
 
Fuqrolik huquqiy munosabat elementlari 
 
sub’yektlar 
ob’ektlar 
mazmuni 

48 
 
 
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning turlari (tasnifi) 
 
Fuqarolik-huquqiy  munosabatlar  mazmunan  bir  necha  turga 
bo‘linadi: 
1) Mulkiy harakterdagi va mulkiy harakterda bo‘lmagan shaxsiy 
huquqiy  munosabatlar.  Mulkiy  harakterdagi  munosabatlar  deganda, 
muayyan moddiy-iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar, 
masalan, mol-mulk bo‘yicha belgilanadigan, oldi-sotdi, ijaraga qo‘yish va 
boshqacha  shaklda  bir  subyektdan  boshqasiga  o‘tkazish,  umuman  mulkiy 
muomala bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar anglashiladi. 
Mulkiy  harakterda  bo‘lmagan  shaxsiy  huquqiy  munosabatlar  shaxs 
(fuqarolar  va  yuridik  shaxslar)ning  o‘zi  bilan  bevosita  uzviy  bog‘liq 
bo‘lgan, o‘z sohibidan, egasidan begonalashtirilishi va birovga o‘tkazilishi 
mumkin  bo‘lmagan  shaxsiy  huquqlar,  chunonchi,  shaxsning  o‘z  asariga 
nisbatan  mualliflik  nomiga  bo‘lgan  huquq  ,  sha’ni,  qadr-qimmati  va 
boshqa shaxsiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan huquqlardan iborat. 
2)  Mutlaq  (absolyut)  va  nisbiy  huquqiy  munosabatlar.  Mutlaq 
huquqiy  munosabatlarda  subyektiv  huquq  egalari  o‘z  huquqlarining 
buzilmasligini, ularga rioya qilinishini har kimdan va hammadan talab qila 
oladilar.  Mutlaq  huquqlar
1
  nomuayyan  doiradagi  shaxslar  tomonidan 
buzilishi  mumkin  bo‘lgani  sababli  har  kimdan  qo‘riqlanadi.  Bunday 
huquqlarga  mulk,  mualliflik  huquqlari,  shaxsiy  huquqlar  va  shu  kabilar 
kiradi. 
Nisbiy  huquqiy  munosabatlarda  esa  faqat  bir  subyekt  (yoki 
subyektlar)gina  huquq  yoki  majburiyat  oladi.  Nisbiy  huquqlar  zimmasida 
majburiyat  yuklangan  ma’lum  shaxs  (yoki  shaxslar)ga  nisbatangina 
kuchda  bo‘ladi.  Shartnomalarga  asoslangan  barcha  fuqarolik  huquqlari 
nisbiy  huquqlar  hisoblanadi.  Nisbiy  huquqlarga  asoslangan  talablarga 
rioya  qilishi,  majburiyatlarning  bajarilishi,  qarzga  olingan  pulning 
to‘lanishi  bo‘yicha  o‘z  zimmasiga  shartnoma  asosida  majburiyat  olgan 
subyektlardangina talab qilish mumkin bo‘ladi. 
3)  Mulkiy  huquqiy  munosabatlar.  Mulkiy  huquqiy  munosabatlar 
moddiy harakterga ega hamda ashyolarni, mol mulklarni egallash, ulardan 
foydalanish  va  ularni  tasarruf  etishga  shuningdek,  ular  bilan  bog‘liq 
mulkiy  huquqlarni  amalga  oshirishga  qaratiladi.  Mulkiy  huquqiy 
munosabatlarda  ushbu  huquq  sohibi  bo‘lgan  subyektlar  boshqalarni 
                                                           
1
  Мутлоқ  (абсолют)  ҳуқуқ  ва  ФКнинг  1034-моддасида  назарда  тутилган  мутлоқ  (исключительные  права) 
ҳуқуқларни чалкаштирмаслик лозим. 

49 
 
qo‘llab-quvvatlashi  va  ruxsat  berishlariga  yoki  boshqacha  ijobiy 
harakatlariga  muhtoj  bo‘lmay  o‘z  huquqlarini  o‘zlari  bevosita  amalga 
oshirish va ro‘yobga chiqarish imkoniyatlariga  egadirlar. Demak, bunday 
huquqiy munosabatlar mutloq (absolyut) huquqiy munosabatlardir.  
Ulardan  farqli  ravishda  majburiyat  munosabatlari  nisbiy  harakterga 
ega  bo‘lib  zohiran  olganda  majburiyat  munosabatlarining  aksariyat 
ko‘pchiligi  mulkiy  harakterga  ega  (ba’zi  hollarda  majburiyat 
munosabatlari  shaxsiy  harakterga  ega  bo‘lishi  istisno  etilmaydi).  Odatda, 
majburiyat  munosabatlari  fuqarolik  huquqi  subyektlari  tomonidan  o‘z 
huquqlarini  amalga  oshirish  va  majburiyatlarni  bajarish  jarayonida 
vujudga keladi. Masalan, fuqaro tomonidan oldi-sotdi shartnomasi asosida 
kiyim-kechak  harid  qilish,  mas’uliyati  cheklangan  jamiyati  tomonidan 
kapital  qurilish  shartnomasi  asosida  o‘z  ofisini  qurish  to‘g‘risida  qurilish 
tashkiloti bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishishi. 
Majburiyat  munosabatlarining  ba’zilari  shartnoma  bilan  bog‘liq 
bo‘lmasdan balki, zarar yetkazish (delikt) yoxud mol-mulkni asossiz olish 
yoki  tejash  bilan  bog‘liq  munosabatlar  (kondikt)  bo‘lib  hisoblanishi 
mumkin.  
4)  Korporativ  munosabatlar.  Bozor  munosabatlari  tizimida 
fuqarolik  huquqiy  munosabatlarni  o‘ziga  xos  turi  korporativ  huquqiy 
munosabatlar  paydo  bo‘ldi.  Korporativ  huquqiy  munosabatlar  o‘z 
harakteriga ko‘ra tashkiliy, mulkiy va majburiyat huquqiy harakterga ega 
bo‘lishi  mumkin.  Korporativ  munosabatlar  deganda  –  tijorat  yuridik 
shaxslari, ishtirokchilari, muassislari, mulkdorlarini tijorat yuridik shaxsni 
tashkil  etish,  ta’sis  hujjatlarini  ishlab  chiqish,  mol-mulkini  shakllantirish, 
davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish,  faoliyatini  yo‘lga  qo‘yish,  amalga  oshirish, 
tugatish, qayta tashkil etish bo‘yicha o‘zaro bir-birlari bilan, tijorat yuridik 
shaxsi  bilan,  tijorat  yuridik  shaxsi  tuzilmalari  bilan  o‘zaro  hamkorligini 
amalga  oshirish  bo‘yicha  tarkib  topadigan  munosabatlar  majmui 
hisoblanadi. 
Korporativ huquqiy munosabatlar odatda ikki yoki undan ortiq shaxs 
tomonidan  tijorat  yuridik  shaxsi  tashkil  etilganda  vujudga  keladi.  Tijorat 
yuridik shaxsi ishtirokchilarini turli yig‘ilishlar o‘tkazish, bir birlari bilan 
individual va guruh uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha sa’y-harakatlari, 
tashkiliy-huquqiy  munosabatlar  bo‘lib  hisoblanadi.  Tijorat  yuridik  shaxsi 
ishtirokchilarini ustav fondini shakllantirish, molm mulk qo‘shish bo‘yicha 
munosabatlari  mulkiy  munosabatlar  hisoblanadi.  Tijorat  yuridik  shaxslari 
foydasidan  ulush,  daromad  olish  munosabatlari  majburiyat  huquqiy 
munosabatlar tarkibiga kiradi. 

50 
 
5)  Bundan  tashqari  ba’zi  mualliflar  “imtiyozli  fuqarolik  huquqiy 
munosabatlar”  mavjudligi  to‘g‘risida  fikr  bildiradilar.  Bunda  fuqarolik 
huquqiy  munosabatning  muayyan  ishtirokchisi  boshqa  subyektlarga 
nisbatan  muayyan  manfaat  ko‘rish  bo‘yicha  imtiyozga,  afzallikka  egaligi 
qonun  yoki  shartnomada  belgilab  qo‘yiladi.  Masalan,  garov  bilan 
ta’minlangan  asosiy  majburiyat  ijro  etilmagan  taqdirda  garovga  oluvchi 
tomonidan  garov  predmetiga  nisbatan  o‘z  talablarini  imtiyozli 
qanoatlantirish  huquqi  yoxud  umumiy  ulushli  mulkdagi  ulush  sotilganda 
sherik  mulkdorlar  imtiyozli  sotib  olish  huquqiga  ega  (FKning  224-
moddasi). 
 

Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling