Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63

 

285 


 

Ajrim  qilaman: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)    ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  o‘zboshimchalik  bilan 

qurilgan  inshootni  javobgar  hisobidan  majburan  buzish  haqidagi  da’vo  arizasi 

berilmagan deb hisoblansin va da’vogarga qaytarilsin. 

Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent 

shahar  sudiga  ushbu  sud  orqali  xususiy  shikoyat  yoki  xususiy  protest  keltirilishi 

mumkin. 

      


Sudya:                                      imzo                                   F.I.O.   

 

AJRIM 

(da’vo arizasini qaytarish haqida) 

 

  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirobod  tumanlararo  sudining  sudyasi  (F.I.O.) 



da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)    ga  nisbatan  yetkazilgan  ma’naviy  zararni 

undirish haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

ANIQLADIM: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  yetkazilgan  ma’naviy  zararni 

undirish  haqidagi  da’vo  arizasi  bilan  sudga  murojaat  etib,  javobgardan  10.000.000 

so‘m yetkazilgan ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan. 

Da’vogar  o‘zining  da’vo  arizasida  mulkiy  ahvolini  inobatga  olib,  davlat  boji 

to‘lovlaridan  ozod  etishni  so‘ragan.  Ammo,  mulkiy  ahvoli  nochorligini  tasdiqlovchi 

hujjatlarni taqdim etmagan. 

FPKning 154-moddasida sudya ariza FPKning 149- va 150-moddalari talablarga 

rioya  qilinmay  berilganligini  yoki  davlat  boji  to‘lanmaganligini  aniqlasa,  arizani 

harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  chiqarib,  bundan  da’vogarni  xabardor qilishi va 

kamchiliklarni  tuzatish  uchun  unga  muhlat  berishi,  agar  da’vogar  belgilangan 

muddatda  sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq,  FPKning  149-  va  150-moddalaridagi 

talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza dastlab taqdim etilgan kuni berilgan deb 

hisoblanishi,  aks  holda  ariza  berilmagan  hisoblanib,  da’vogarga  qaytarilishi  va  bu 

haqda ajrim chiqarilishi ko‘rsatilgan. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  3-noyabrdagi  533-

sonli  “Davlat  boji  stavkalari  haqida”gi  qarorining  1-qismi  “d”  bandiga  muvofiq, 

da’vogardan  eng  kam  oylik  ish  haqining  50  foizi  miqdorida  davlat  boji  undirilishi 

lozim. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

286 


 

Shu bois, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2007-yil 15-

iyundagi  ajrimiga  ko‘ra,  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan 

yetkazilgan  ma’naviy  zararni  undirish  haqidagi  da’vo  arizasi  harakatsiz  qoldirilib, 

da’vogarga yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishi uchun 20 kun muhlat 

berilgan. Aks holda, da’vo arizasi berilmagan hisoblanib, qaytarilishi tushuntirilgan. 

Ammo,  belgilangan  muddat  ichida  da’vogar  tomonidan  sudning  ajrimida 

ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmadi. 

Bunday holatda, da’vogar (F.I.O.)  ning javobgar (F.I.O.)  ga nisbatan yetkazilgan 

ma’naviy  zararni  undirish  haqidagi  da’vo  arizasini  berilmagan  deb  hisoblab,  uni 

da’vogarga qaytarishni lozim topdim. 

Yuqoridagilarga  binoan, 

  FPKning  110-,  149-,  151-,  154-  va  237–238-

moddalarini,  Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  3-noyabrdagi  533-sonli  “Davlat  boji 

stavkalari haqida”gi qarorining 1-qismi “a” bandini qo‘llab, 

 

 



Ajrim  qilaman : 

 

Da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.)  ga nisbatan yetkazilgan ma’naviy zararni 

undirish haqidagi da’vo arizasi berilmagan hisoblansin va da’vogarga qaytarilsin. 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  xususiy  shikoyat  berilishi  yoki  xususiy  protest 

keltirilishi mumkin. 

 

Sudya:                       imzo       



                     F.I.O.   

 

 



Arizani  qabul  qilish  va  fuqarolik  ishini  qo‘zg‘atish  haqidagi  ajrimdan 

namunalar 

 

 

A J R I M 

(da’vo arizasini qabul qilish haqida) 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 



2014-yil avgust oyining 22-kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan 

moddiy  va  ma’naviy  zarar  undirish  haqidagi  da’vo  arizasini  qabul  qilish  masalasini 

ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

 

 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

287 


 

A n i q l a d i m: 

 

Sudga da’vogar (F.I.O.)  javobgar (F.I.O.) ga nisbatan moddiy va ma’naviy zarar 



undirish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

 Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Mirzo  Ulug‘bek  tumanlararo  sudining  2014-yil  7-

avgustdagi  ajrimi  bilan  da’vogarning  davlat  boji  miqdorini  to‘lamaganligi  sababli 

uning da’vo arizasi harakatsiz qoldirilgan va da’vogarga davlat boji to‘lovini to‘lashi 

uchun 15 kunlik muddat berilgan. 

Da’vogar (F.I.O.)  sudga 450 000 so‘m davlat boji to‘laganlik haqida kvitansiyani 

ilova qildi. 

FPKning 154-moddasiga muvofiq, sudya ariza FPKning 149 va 150-moddalarida 

bayon  etilgan  talablariga  rioya  qilinmay  berilganligini  yoki  davlat  boji 

to‘lanmaganligini  aniqlasa,  arizani  harakatsiz  qoldirish  to‘g‘risida  ajrim  chiqarib, 

bundan  da’vogarni  xabardor  qiladi  va  kamchiliklarni  tuzatish  uchun  unga  muhlat 

beradi.  Agar  da’vogar  belgilangan  muddatda  sudyaning  ko‘rsatmalariga  muvofiq 

FPKning 149- va  150-moddalaridagi  talablarni  bajarsa va davlat bojini  to‘lasa,  ariza 

sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kuni  berilgan  hisoblanadi.  Aks  holda,  ariza  berilmagan 

hisoblanib,  da’vogarga  qaytariladi  va  bu  haqda  ajrim  chiqariladi.  Mazkur  qonun 

talabidan  kelib  chiqib,  da’vogar  (F.I.O.)    ning  da’vo  arizasini  qabul  qilib,  uni  sudga 

dastlab taqdim etilgan kuni berilgan deb hisoblashni lozim topaman. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 151-, 154-, 237–238-moddalarini  qo‘llab,  

 

Ajrim   qilaman : 

 

Da’vogar  (F.I.O.)    ning  da’vo  arizasi  qabul  qilinsin  va  sudga  dastlab  taqdim 

etilgan kuni berilgan deb hisoblansin. 

 

Sudya:                                 imzo                                      F.I.O.   



 

 

 



AJRIM 

(da’vo arizasini qabul qilish va fuqarolik ishini qo‘zg‘atish haqida) 

 

2014-yil  noyabr  oyining  12-kuni  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Shayxontohur  tumanlararo  sudining  sudyasi  (F.I.O.)  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar 

(F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan zararni undirish haqidagi da’vo arizasi bilan tanishib 

chiqib, quyidagilarni  

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

288 


 

Aniqladim: 

 

Da’vo  ariza  FPKning  31-,  141-,  145-,  149-,  150-moddalari  talablariga  javob 



beradi.  Da’vo  arizasini  qabul  qilishni  rad  etish  yoki  harakatsiz  qoldirish  uchun

 

FPKning  152-  va  154-moddalarida  ko‘rsatilgan  asoslar  mavjud  emas. 



Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  da’vo  arizasini  qabul  qilib,  fuqarolik  ishini 

qo‘zg‘atishni lozim deb topib, FPKning 151-, 237–238-moddalarini qo‘llab 



 

Ajrim  qilaman: 

 

Da’vogar (F.I.O.)  ning javobgar (F.I.O.)  ga nisbatan yetkazilgan zararni undirish 



haqidagi da’vo arizasi qabul qilinsin. 

Mazkur da’vo ariza yuzasidan 1-34/14-sonli fuqarolik ishi qo‘zg‘atilsin. 



 

Sudya:                            imzo 

    

              F.I.O.   



 

III BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

 

Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrimdan namuna 



 

 

AJRIM 

(fuqarolik ishini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida) 

 

Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 



2014-yil noyabr oyining 20-kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan 

nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni  

 

Aniqladim: 

 

Sudga  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  nikohdan  ajratish 



haqidagi da’vo ariza bilan murojaat qilgan. 

Da’vo ariza FPKning 149-150-moddalari talablariga javob berishligini inobatga 

olib, Fuqarolik protsessual kodeksining 160-, 237--238-moddalarini qo‘llab, 

 

Ajrim  qilaman: 

 

Ishni sud majlisiga tayyorlashda quyidagi harakatlar amalga oshirilsin: 



________________________________________________________________

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

289 


 

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

__________________________________________________________ 

Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida quyidagilar xabardor etilsin. 

a) ishda ishtirok etuvchi shaxslar (FPKning 33-moddasi); 

________________________________________________________ 

b) vakillar va boshqalar; 

________________________________________________________ 

v) Toshkent shahar ________________________ tuman prokurori. 

 

Sud majlisiga quyidagi guvohlar chaqirtirilsin: 



________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________ 



(Sud fuqarolik ishi holatidan kelib chiqib FPKning 160-moddasida ko‘rsatilgan 

harakatlarni bir yoki bir nechtasini amalga oshiradi) 

 

Sudya:   



 

 

imzo   



  

F.I.O. 


 

 

Ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  sudya  tomonidan  amalga 



oshiriladigan harakatlar bo‘yicha rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlardan 

namunalar 

 

K E L I SH U V       B I T I M I 



 

2014-yil “___” __________ 

     

 

                        Toshkent shahri  



 

  Mazkur kelishuv bir tarafdan Toshkent shahar Yunusobod tumani 4-mavze 1-

uyning  18-xonadonida  yashovchi  da’vogar  –  (F.I.O.)    (bundan  keyingi  matnda 

“Da’vogar” deb yuritiladi) va ikkinchi tarafdan Toshkent shahar, Yunusobod tumani 

15-mavze 11-uyning 59-xonadonida yashovchi – (F.I.O.) lar (bundan keyingi matnda -

“Javobgar”  deb  yuritiladi)  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy 

tumanlararo  sudida  ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  bo‘lgan  “Qonun 

bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb 

topish  haqidagi”  asosiy  da’vo  ariza  va  “Vasiyatnomani  haqiqiy  emas  deb  topish 

haqidagi” qo‘shimcha da’vo arizasi hamda “Ulushli mulkdagi ulushdorning ulushini 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

290 


 

pul  shaklida  ajratib  berish  va  ulushdorning  mulk  huquqini  tugatish”  haqidagi  qarshi 

da’vo  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  fuqarolik  ishi  hujjatlarini  kelishuv  bitimi  bilan 

tugatish maqsadida quyidagilar to‘g‘risida tuzildi. 

Kelishuv bitimi quyidagi shartlarda tuzildi: 

  Men,  Toshkent  shahar  Yunusobod  tumani  4-mavze  1-uyning  18-xonadonida 

yashovchi da’vogar – (F.I.O.)  FPKning 40-, 180-moddalari tartibida fuqarolik ishlari 

bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  ish  yurituvida  bo‘lgan 

mening  javobgar  (F.I.O.)    ga  nisbatan  qonun  bo‘yicha  merosga  bo‘lgan  huquq 

to‘g‘risidagi  guvohnomani  qisman  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  asosiy  da’vo 

ariza  va  vasiyatnomani  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  qo‘shimcha  da’vo  arizasi 

hamda  javobgar  (F.I.O.)    ning  menga  nisbatan  ulushli  mulkdagi  ulushdorni  ulushini 

pul  shaklida  ajratib  berish  va  ulushdorni  nizoli  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tuman 

Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan mulk huquqini tugatish haqidagi 

qarshi  da’vo  arizasi  yuzasidan  1-1081/14-sonli  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  o‘zimning 

barcha  da’vo  talablarimdan  voz  kechaman,  shuningdek,  nizoli  --  Toshkent  shahar 

Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-uyning  20-xonadondagi  1/8  ulushdagi  mulk 

huquqimdan  hamda  ushbu  nizoli  uyga  nisbatan  foydalanish  huquqimdan  javobgar 

foydasiga  voz  kechaman.  Evaziga  javobgar  mening  AKSIYADORLIK-TIJORAT 

«AGRO  BANK»dagi  №  20606840699056706001  raqamli  hisob  raqamimga 

30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m to‘lab berishi shart. 

  Men, Toshkent shahar Yunusobod tumani 15-mavze 11-uyning 59-xonadonida 

yashovchi javobgar – (F.I.O.) FPKning 40-, 180-moddalari tartibida fuqarolik ishlari 

bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudining  ish  yurituvida  bo‘lgan 

da’vogar  (F.I.O.)  ning  menga  nisbatan  qonun  bo‘yicha  merosga  bo‘lgan  huquq 

to‘g‘risidagi  guvohnomani  qisman  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  asosiy  da’vo 

ariza  va  vasiyatnomani  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  qo‘shimcha  da’vo  arizasi 

hamda mening da’vogar (F.I.O.) ga nisbatan ulushli mulkdagi ulushdorning ulushini 

pul  shaklida  ajratib  berish  va  ulushdorni  nizoli  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tuman 

Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan mulk huquqini tugatish haqidagi 

qarshi  da’vo  arizam  yuzasidan  yuritilayotgan  №1-1081/14  raqamli  fuqarolik  ishi 

bo‘yicha o‘zimning barcha da’vo talablarimdan voz kechaman, shuningdek, da’vogar 

(F.I.O.)  ning  nizoli  --  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-uyning 

20-xonadondagi 1/8 qism ulushi evaziga da’vogar – (F.I.O.)  ning AKSIYADORLIK-

TIJORAT «AGRO BANK»dagi № 20606840699056706001 raqamli hisob raqamiga 

30 000 000 (o‘ttiz million) so‘mni bir martalik naqd to‘lov orqali to‘lab beraman. 

  To‘lov amalga oshirilishi bilan (to‘lov amalga oshirilgan kun, kechi bilan to‘lov 

amalga  oshirilgan kunning  ertasi  kuni)  da’vogar  –  (F.I.O.) nizoli  --  Tashkent  shahar 

Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-uyning  20-xonadondagi  1/8  qism  ulushini 

javobgar – (F.I.O.)  ning nomiga rasmiylashtirib beradi va da’vogar – (F.I.O.) nizoli -- 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

291 


 

Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan 

mulk huquqi qo‘shimcha shartlarsiz tugatiladi. 

  Sud xarajatlari, advokat xizmatlari uchun to‘langan xarajatlar va ushbu kelishuv 

imzolangunga  qadar  taraflar  tomonidan  qilingan  boshqa  xarajatlar  taraflarning 

zimmasida qoladi. 

  Ushbu  kelishuvni  sudga  taqdim  etamiz  va  sudning  ish  yurituvdagi  da’vogar 

(F.I.O.)  ning javobgar (F.I.O.)  ga nisbatan qonun bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq 

to‘g‘risidagi  guvohnomani  qisman  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  asosiy  da’vo 

ariza  va  vasiyatnomani  haqiqiy  emas  deb  topish  haqidagi  qo‘shimcha  da’vo  arizasi 

hamda  javobgar  (F.I.O.)  ning  da’vogar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  ulushli  mulkdagi 

ulushdorni  ulushini  pul  shaklida  ajratib  berish  va  ulushdorni  nizoli  Toshkent  shahar 

Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-uyning  20-xonadonga  nisbatan  mulk  huquqini 

tugatish  haqidagi  qarshi  da’vo  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  fuqarolik  ishini  sudda 

ko‘rishga tayyorlash bosqichida ish yuritishni tugatishni so‘raymiz. 

  Taraflarga FPKning 100-102-moddalari mazmuni tushunarli. 

  Kelishuv  bitimi  bir  xil  yuridik  kuchga  ega  uch  nusxada  tuzildi  va  taraflar 

tomondan  imzolanib  tasdiqlandi.  Bir  nusxasi  sudga  taqdim  etiladi,  shuningdek, 

taraflarda bir nusxadan saqlanadi.  

 

Taraflar imzolari: 

_____________________   da’vogar – (F.I.O.)   

 

____________________      javobgar – (F.I.O.)   



 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  

Yakkasaroy tumanlararo sudiga 

 

Toshkent shahar Yunusobod tumani  



4-mavze 1-uyning 18-xonadonida  

yashovchi da’vogar (F.I.O.)  dan 

 

Toshkent shahar Yunusobod tumani  



15-mavze 11-uyning 59-xonadonida  

yashovchi javobgar (F.I.O.) dan 



 

ARIZA 

(kelishuv bitimini tasdiqlash haqida) 

 

  Sudning  ish  yurituvidagi  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

292 


 

qonun  bo‘yicha  merosga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risidagi  guvohnomani  qisman  haqiqiy 

emas deb topish haqidagi asosiy da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish 

haqidagi qo‘shimcha da’vo arizasi hamda javobgar (F.I.O.)  ning da’vogar (F.I.O.) ga 

nisbatan  ulushli  mulkdagi  ulushdorning  ulushini  pul  shaklida  ajratib  berish  va 

ulushdorni  nizoli  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-uyning  20-

xonadonga  nisbatan  mulk  huquqini  tugatish  haqidagi  qarshi  da’vo  arizasi  yuzasidan 

fuqarolik ishini sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida biz taraflar kelishuvga erishdik 

hamda o‘z kelishuvimizni kelishuv bitimi shaklida rasmiylashtirdik. 

  Suddan kelishuv bitimini qabul qilib, tasdiqlab berishni hamda mazkur fuqarolik 

ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida ish yuritishni tugatishni so‘raymiz. 

   


Ilova: Kelishuv bitimi uch nusxada. 

 

____________________      da’vogar – (F.I.O.)   



 

___________________       javobgar – (F.I.O.)   

 

_____________ sana 



 

 

AJRIM 

(kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida) 

 

2014-yil 10-may    



               

 

                            Toshkent shahri 



 

Men,  fuqarolik ishlari  bo‘yicha  Toshkent shahar  Yakkasaroy  tumanlararo sudi 

sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan qonun bo‘yicha 

merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish 

haqidagi da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi qo‘shimcha 

da’vo  arizasi  hamda  javobgar  (F.I.O.)  ning  da’vogar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  ulushli 

mulkdagi ulushdorning ulushini pul shaklida ajratib berish va ulushdorni xonadonga 

nisbatan  mulk  huquqini  tugatish  haqidagi  qarshi  da’vo  arizasini  sudda  ko‘rishga 

tayyorlash bosqichida, taraflar tomondan taqdim etilgan kelishuv bitimini tasdiqlash 

to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqib, quyidagilarni  



 

Aniqladim: 

Sudga  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  qonun  bo‘yicha 

merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani qisman haqiqiy emas deb topish 

haqidagi da’vo ariza va vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi qo‘shimcha 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

293 


 

da’vo  arizasi  hamda  javobgar  (F.I.O.)  ning  da’vogar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  ulushli 

mulkdagi  ulushdorning  ulushini  pul  shaklida  ajratib  berish  va  ulushdorni  nizoli 

Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan 

mulk huquqini tugatish haqidagi qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Sud  ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  bosqichida  taraflar  sudga  ariza  bilan 

murojaat  qilib,  nizoni  kelishuv  bitimi  tuzish  orqali  hal  qilganliklarini  ma’lum  qilib, 

kelishuv bitimini tasdiqlab berishni so‘radilar. Sudga taqdim etilgan kelishuv bitimi 

mazmuni quyidagicha tuzilgan: 

Da’vogar  (F.I.O.)  barcha  da’vo  talablaridan  voz  kechadi,  shuningdek,  nizoli 

Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-uyning  20-xonadondagi  1/8 

ulushdagi mulk huquqidan hamda ushbu nizoli uyga nisbatan foydalanish huquqidan 

javobgar foydasiga voz kechadi.  

Evaziga  javobgar  da’vogarning  AKSIYADORLIK-TIJORAT  “AGRO 

BANK”dagi  

№ 20606840699056706001 raqamli hisob raqamiga 30.000.000 (o‘ttiz million) so‘m 

to‘lab beradi. 

Javobgar o‘zining barcha da’vo talablaridan voz kechadi, shuningdek, da’vogar 

(F.I.O.)  ning  nizoli  Toshkent  shahar,  Sirg‘ali  tuman,  Sputnik-4  mavzesi,  47-uyning 

20-xonadondagi 1/8 qism ulushi evaziga da’vogar - (F.I.O.)ning AKSIYADORLIK-

TIJORAT “AGRO BANK” dagi №20606840699056706001 raqamli hisob raqamiga 

30.000.000 (o‘ttiz million) so‘m bir martalik naqd to‘lov orqali to‘lab beradi. 

To‘lov amalga oshirilishi bilan (to‘lov amalga oshirilgan kun, kechi bilan to‘lov 

amalga oshirilgan kunning ertasi kuni) da’vogar – (F.I.O.) nizoli - Toshkent shahar 

Sirg‘ali  tuman  Sputnik-4  mavzesi  47-uyning  20-xonadondagi  1/8  qism  ulushini 

javobgar – (F.I.O.) ning nomiga rasmiylashtirib beradi va da’vogar – (F.I.O.) nizoli - 

Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Sputnik-4 mavzesi 47-uyning 20-xonadonga nisbatan 

mulk huquqi qo‘shimcha shartlarsiz tugatiladi. 

Sud xarajatlari, advokat xizmatlari uchun to‘langan xarajatlar va ushbu kelishuv 

imzolangunga  qadar  taraflar  tomonidan  qilingan  boshqa  xarajatlar  taraflarning  o‘z 

zimmasida qoladi. 

Sud  taraflarning  tushuntirishlarini  tinglab,  ish  hujjatlari  bilan  tanishib  chiqib, 

taraflar tomondan sudga taqdim etilgan kelishuv bitimi boshqa shaxslarning huquqlari 

va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  buzmaydi  hamda  qonun  talablariga 

xilof  emas  deb  hisoblab,  kelishuv  bitimini  tasdiqlab  ish  yuritishni  tugatishni  lozim 

topadi. 


FPKning  40-moddasiga  ko‘ra  da’vo  ishining  taraflari  protsessning  istalgan 

bosqichida  kelishuv  bitimi  tuzish  orqali  ishni  yakunlashga  haqlidirlar,  sud  agar 

taraflarning kelishuv bitimi qonunga xilof bo‘lsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari 

va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa kelishuv bitimini tasdiqlaydi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling