Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63

 

302 


 

FPKning  248-moddasida  sud  (sudya)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

arizasiga  binoan  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rishi 

mumkinligi,  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rmaslik  sud  chiqargan  hal  qiluv 

qarorining  ijrosini  qiyinlashtirsa  yoki  uni bajarib  bo‘lmaydigan  qilib qo‘ysa,  da’voni 

ta’minlashga  yo‘l  qo‘yilishi,  249-moddasining  1-qismida  esa  javobgarning  muayyan 

harakatlarni  amalga  oshirishini  taqiqlash  da’voni  ta’minlash  bo‘lishi  mumkinligi 

ko‘rsatilgan.   

Bunday holatda, Yakkasaroy tumani “Usmon Nosir-Do‘stlik” uy-joy mulkdorlari 

shirkati raisi (F.I.O.) tomonidan Yakkasaroy tumani, U.Nosir ko‘chasi 142 “a” uyning 

3-xonadoni ostki qismida joylashgan yerto‘lada ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni 

taqiqlash lozim deb hisoblayman. 

  Yuqoridagilarga asosan va FPKning 159–160-, 248–249-, 237–238-moddalarini 

qo‘llab,  

 

Ajrim   qildim: 

Yakkasaroy  tumani  “Usmon  Nosir-Do‘stlik”  uy-joy  mulkdorlari  shirkati  raisi 

(F.I.O.) tomonidan Yakkasaroy tumani U.Nosir ko‘chasi 142-“a” uyning 3-xonadoni 

ostki qismida joylashgan yerto‘lada ta’mirlash ishlarini amalga oshirish taqiqlansin. 

  Ajrim  nusxasini  darhol  ijro  etish  uchun  Yakkasaroy  tumani  sud  ijrochilari 

bo‘linmasiga yuborilsin.  Mazkur  ajrim  ustidan  10 kun  muddat ichida  shu  sud  orqali 

fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudlov hay’atiga xususiy shikoyat 

berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.   

 

 

 



Sudya:     

 

               imzo                                      (F.I.O.)  



 

AJRIM 

(mol-mulkni sotishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida) 

 

2014-yil 7-oktabr   

 

          



                          Toshkent shahri 

 

  Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo 



sudining sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgarlar (F.I.O.), Toshkent shahar 

Sirg‘ali  tumani  hokimligi  moliya  bo‘limi,  3-shaxs  (F.I.O.)  ga  nisbatan  mol-mulkni 

ro‘yxatdan  chiqarish  haqidagi  fuqarolik  ishini  sud  muhokamasiga  tayyorlash 

jarayonida, quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

  Sudga  da’vogar  (F.I.O.)  javobgarlar (F.I.O.),  Sirg‘ali  tumani hokimligi  moliya 

bo‘limi  va  3-shaxs  (F.I.O.)  ga  nisbatan  mol-mulkni  ro‘yxatdan  chiqarish  haqidagi 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

303 


 

da’vo arizasi bilan murojaat etib, Sirg‘ali tumani sud ijrochilari bo‘linmasi tomonidan 

2014-yil 29-sentabrdagi tuzilgan dalolatnoma orqali Toshkent shahar Sirg‘ali tumani 

Sirg‘ali-16  mavzesi  11-uyning  32-xonadondagi  ro‘yxatga  olinib,  band  solingan  3 

turdan iborat mol-mulklarni ro‘yxatdan chiqarishni so‘ragan. 

FPKning  248-moddasida  sud  (sudya)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

arizasiga  binoan    yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rishi 

mumkinligi,  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rmaslik  sud  chiqargan  hal  qiluv 

qarorining  ijrosini  qiyinlashtirsa  yoki  uni bajarib  bo‘lmaydigan  qilib qo‘ysa,  da’voni 

ta’minlashga  yo‘l  qo‘yilishi,  249-moddasining  1-qismi  4-bandida  esa  mol-mulkni 

xatlashdan  chiqarish  to‘g‘risida  da’vo  qo‘zg‘atilgan  taqdirda,  uni  sotishni  to‘xtatish 

da’voni ta’minlash mumkinligi ko‘rsatilgan.   

Bunday  holatda,  2014-yil  29-sentabr  kuni  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tumani 

Sirg‘ali 16-mavzesi, 11-uy, 32-xonadondagi Sirg‘ali tumani sud ijrochilari bo‘linmasi 

tomonidan  xatlangan  3  turdan  iborat  mol-mulklarni  sotishni  mazkur  fuqarolik  ishi 

mazmunan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turish lozim deb hisoblayman. 

  Yuqoridagilarga  asosan,  O‘zbekiston  Respublikasi  “Sud  hujjatlari  va  boshqa 

organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 3538-moddalarini,

 FPKning 

159–160-, 248–249- va 237–238-moddalarini qo‘llab,  

 

Ajrim  qilaman: 

2014-yil  29-sentabr  kuni  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tumani  Sirg‘ali  16-mavzesi, 

11-uy, 32-xonadondagi Sirg‘ali tumani sud ijrochilari bo‘linmasi tomonidan xatlangan 

3  turdan  iborat  mol-mulklarni  sotish  mazkur  fuqarolik  ishi  mazmunan  ko‘rib 

chiqilgunga qadar to‘xtatib turilsin.      

Ajrim  nusxasi  ijro  etish  uchun  Sirg‘ali  tumani  sud  ijrochilari  bo‘linmasiga 

yuborilsin.   

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudining  sudlov  hay’atiga  xususiy  shikoyat  berilishi  yoki 

xususiy protest keltirilishi mumkin.   

 

 

Sudya:   



 

 

 



    imzo                               F.I.O.  

 

AJRIM 



(mol-mulkni xatlash to‘g‘risida) 

2014-yil 7-avgust    

 

                                           Toshkent shahri 



 

Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi 

sudyasi  (F.I.O.)    da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  yetkazilgan 

moddiy  va  ma’naviy  zararni  undirish  haqidagi  fuqarolik  ishini  sud  muhokamasiga 

tayyorlash jarayonida quyidagilarni 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

304 


 

Aniqladim : 

Sudga da’vogar (F.I.O.) da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgar (F.I.O.)  

aybli  xatti-harakatlari  tufayli  2014-yil  15-fevral  kuni  sodir  bo‘lgan  yo‘l  avto-ulov 

hodisasi  oqibatida,  ukasi  1963-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ning  vafot  etganligini,  uning 

qaramog‘idagi hech qayerda ishlamaydigan turmush o‘rtog‘i hamda uch nafar voyaga 

yetmagan  farzandlari  boquvchisiz  qolganliklarini,  dafn  marosimlari,  shuningdek, 

dastlabki  tergov  va  sud  jarayonida  jabrlanuvchi  sifatida  ishtirok  etish  maqsadida  bir 

necha  marta  Toshkent  shahriga  kelib  ketishga  yo‘l  kira  uchun  sarf-xarajatlar  qilib, 

moddiy  zarar,  bundan  tashqari  ukasining  vafoti  tufayli  ruhiy  azob  chekib,  ma’naviy 

zarar  ko‘rganligini  bayon  qilib,  javobgar  (F.I.O.)  dan  17 mln  so‘m  miqdoridagi 

yetkazilgan  moddiy  va  10  mln  so‘m  miqdoridagi  ma’naviy  zararni  undirib  berishni 

so‘ragan. 

FPKning  248-moddasida  sud  (sudya)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslarning 

arizasiga  binoan  yoki  o‘z  tashabbusi  bilan  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rishi 

mumkinligi,  da’voni  ta’minlash  choralarini  ko‘rmaslik  sud  chiqargan  hal  qiluv 

qarorining  ijrosini  qiyinlashtirsa  yoki  uni bajarib  bo‘lmaydigan  qilib qo‘ysa,  da’voni 

ta’minlashga  yo‘l  qo‘yilishi,  249-moddasining  1-qismida  esa  javobgarga  tegishli 

bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulk yoxud pul summasini 

xatlash,  javobgarning  muayyan  harakatlarni  amalga  oshirishni  taqiqlash  da’voni 

ta’minlash bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.   

Bunday holatda, Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sirg‘ali-7 mavzesi 7-uyning 7-

xonadonida saqlanayotgan barcha mol-mulklarni xatlash hamda ularga band solishni 

lozim deb hisoblayman. 

Yuqoridagilarga asosan, FPKning 248–249- va 237–238-moddalarini qo‘llab,  

 

Ajrim  qilaman : 

Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tumani  Sirg‘ali-7  mavzesi  7-uyning  7-xonadonidagi 

barcha mol-mulklar xatlanib, ularga band solinsin. 

Ajrim  nusxasi  darhol  ijro  etish  uchun  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tumani  sud 

ijrochilari bo‘linmasiga yuborilsin. 

 

 



 

 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  fuqarolik  ishlari 



bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudining  sudlov  hay’atiga  xususiy  shikoyat  berilishi  yoki 

xususiy protest keltirilishi mumkin.  

 

Sudya:                                    

imzo                             F.I.O.  

 

 

 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

305 


 

 

Toshkent shahar IIB YHHB   



boshlig‘iga 

 

SO‘ROV  XATI 



 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi  ish 

yurituvida da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan moddiy va 

ma’naviy  zararni  undirish  haqidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  fuqarolik  ishi 

mavjud. 

Zarurat  tug‘ilganligi  sababli  Sizdan  Toshkent  shahar  Sirg‘ali  tumani  Sirg‘ali-7 

mavzesi  7-uyning  7-xonadonida  istiqomat  qiluvchi,  1982-yilda  tug‘ilgan  (F.I.O.) 

nomiga  moto-avtotransport  vositalari  rasmiylashtirilgan  (agarda  rasmiylashtirilgan 

bo‘lsa, 

unga 


xos 

barcha 


alohida 

belgilarini 

ko‘rsatgan 

holda) 


yoki 

rasmiylashtirilmaganligi to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘rayman. 

 

Sudya:                                         imzo       



                                        (F.I.O.)  

 

 



AJRIM 

(da’voni ta’minlashni rad etish to‘g‘risida) 

 

2014-yil 20-noyabr   



           

                                    Toshkent shahri 

 

  Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo 



sudining  sudyasi  (F.I.O.)    “O‘zbekto‘qimash”  ishlab  chiqarish  birlashmasining 

Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  sud  ijrochilari  bo‘linmasining  sud  ijrochisi 

(F.I.O.) ning 2014-yil 4-avgustdagi qarzdorning hisob raqamiga band solish haqidagi 

qarori ustidan keltirgan shikoyati bo‘yicha yuritilgan 1-2653/14-sonli fuqarolik ishi sud 

muhokamasiga 

tayyorlash  jarayonida  “O‘zbekto‘qimash”  ishlab  chiqarish 

birlashmasining Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasining sud ijrochisi (F.I.O.) 

ning  2014-yil  4-avgustdagi  qarorining  sanatsiya  hisob  raqamlariga  band  solish 

haqidagi  qismi  ijrosini  to‘xtatib  turish  to‘g‘risidagi  arizasini  ko‘rib  chiqib, 

quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

 

  Sudga  “O‘zbekto‘qimash”  ishlab  chiqarish  birlashmasi  Toshkent  shahar 



Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bulinmasining sud ijrochisi (F.I.O.) ning 2014-yil 4-

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

306 


 

avgustdagi  qarzdorning hisob  raqamiga  band  solish  haqidagi qarori  ustidan  shikoyat 

keltirib,  uni  bekor  qilishni  va  ish  mazmunan  ko‘rib  chiqilgunga  qadar  mazkur 

qarorning 

“O‘zbekto‘qimash” 

ishlab 


chiqarish 

birlashmasining 

“O‘zsanoatqurilishbank”ning  Rakat  bo‘limidagi  hukumat  tomonidan  ochilgan 

sanatsiya 20210000700135885005, 20210000900135885006 hisob raqamlariga band 

solish haqidagi qismi ijrosini to‘xtatib turishni so‘ragan. 

Sudga  taqdim  etilgan  hujjatlardan  ko‘rinishicha,  Toshkent  shahar  Yakkasaroy 

tumani sud ijrochilari bo‘linmasining sud ijrochisi (F.I.O.) ning 2014-yil 4-avgustdagi 

qaroriga  ko‘ra,  qarzdor  “O‘zbekto‘qimash”  zavodi  turar-joy  kommunal  bo‘limining 

“O‘zsanoatqurilishbank”ning  Rakat  bo‘limidagi  MFO  00435  IIN  200626124 

20210000700135885005,  20210000000135885001,  20210000900135885006  hisob 

raqamlariga  “Toshissiqquvvat”  oldidagi  142.771.559  so‘m  qarzlarini  qoplash  uchun 

(soliq to‘lovlari va oylik ish haqlaridan tashqari) band solingan. 

FPKning  268-moddasida  sudya  shikoyatni  ko‘rib  chiqish  uchun  qabul  qilib, 

fuqaroning iltimosi yoki o‘zining tashabbusi bilan shikoyat qilingan xatti-harakatning 

(qarorning) ijrosini to‘xtatish masalasini hal etishi ko‘rsatilgan.  

“O‘zbekto‘qimash”  ishlab  chiqarish  birlashmasi  o‘zining  shikoyatida 

“O‘zsanoatqurilishbank”  ning  Rakat  bo‘limidagi  20210000700135885005, 

20210000900135885006  hisob  raqamlari  hukumat  tomonidan  ochilgan  sanatsiya 

hisob  raqamlari  ekanligini  asos  qilib  ko‘rsatgan  va  mazkur  hisob  raqamlarga  band 

solinishi  noqonuniyligini  bayon  etgan  bo‘lsa-da,  sudga  bu  hisob  raqamlar  hukumat 

tomonidan  ochilgan  sanatsiya  hisob  raqamlari  ekanligini  tasdiqlovchi  hujjatlarni 

taqdim  etmagan  va  sanatsiya  hisob  raqamlariga  band  solinishini  taqiqlovchi  dalil  va 

isbotlarni keltirmagan. 

Vaholanki, FPKning 57-moddasida har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga 

asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shartligi ko‘rsatilgan. 

Bunday  holatda,  sud  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumani  sud  ijrochilari 

bo‘linmasining  sud  ijrochisi  (F.I.O.)  ning  2014-yil  4-avgustdagi  qarzdorning  hisob 

raqamiga  band  solish  haqidagi  qarorining  “O‘zbekto‘qimash”  ishlab  chiqarish 

birlashmasining “O‘zsanoatqurilishbank”ning Rakat bo‘limidagi hukumat tomonidan 

ochilgan 

sanatsiya 

20210000700135885005, 

20210000900135885006 

hisob 


raqamlariga  band  solish  haqidagi  qismi  ijrosini  to‘xtatib  turish  to‘g‘risidagi  arizasini 

qanoatlantirishni rad etish lozim deb hisoblaydi. 

  Yuqoridagilarga asosan FPKning 57-, 159–160-, 248–249-, 237–238- va 268-

moddalarini qo‘llab,  

 

 

 



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

307 


 

Ajrim   qilaman: 

 

  “O‘zbekto‘qimash”  ishlab  chiqarish  birlashmasining  Toshkent  shahar 



Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasining sud ijrochisi (F.I.O.)ning 2014-yil 4-

avgustdagi  qarzdorning  hisob  raqamiga  band  solish  haqidagi  qarorining 

“O‘zbekto‘qimash”  ishlab  chiqarish  birlashmasining  “O‘zsanoatqurilishbank”ning 

Rakat  bo‘limidagi  hukumat  tomonidan  ochilgan  sanatsiya  20210000700135885005, 

20210000900135885006  hisob  raqamlariga  band  solish  haqidagi  qismi  ijrosini 

to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirish rad etilsin. 

Mazkur  ajrim  ustidan  10  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy 

protest keltirilishi mumkin. 

   


 

 

Sudya:                                   imzo                                             (F.I.O.)  



 

AJRIM 

(sud topshirig‘i berish to‘g‘risida) 

  

2014-yil 20-noyabr                                                          Toshkent shahri 



  

Men,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi 

sudyasi (F.I.O.)  da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uydan ko‘chirish 

haqidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  fuqarolik  ishini  sud  muhokamasiga 

tayyorlash jarayonida quyidagilarni 

 

Aniqladim: 

Sudga da’vogar (F.I.O.) da’vo arizasi bilan murojaat qilib, nizoli xonadonni oldi-

sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni va javobgar (F.I.O.) ni nizoli Toshkent 

shahri  Sirg‘ali  tumani  Sputnik-1  mavzesi  18-uyning  3-xonadonidan  ko‘chirishni 

so‘ragan. 

  Ishni sud ko‘rishga tayyorlash bosqichida javobgar (F.I.O.) ning hozirgi kunda 

O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  ning  JIEBB  ga  qarashli  UYa-64/18-sonli  jazoni  ijro 

etish muassasasida saqlanayotganligi aniqlangan. 

Bunday holatlarda sud, javobgarning da’vo talablariga munosabatlarini aniqlash 

hamda  qo‘shimcha  dalillar  to‘plash  uchun,  yuqoridagi  jazoni  ijro  etish  muassasasi 

boshlig‘iga  protsessual  harakatlarni  bajarishni  topshirishni  maqsadga  muvofiq  deb 

hisoblaydi. 

Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 12-, 65-, 68-, 93–95-, 159–160- hamda 237–

238-moddalarini qo‘llab,  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

308 


 

Ajrim  qilaman: 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  IIV  JIEBB  ga  qarashli  UYa64/18-sonli  JIEM 



boshlig‘iga quyidagi protsessual harakatlarni amalga oshirish topshirilsin: 

Javobgar (F.I.O.) ga da’vo arizalari nusxalari topshirilsin. 

Javobgar (F.I.O.) dan quyidagi savollarga javob olinsin: 

- javobgar (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning da’vo talablarini tan oladimi ? 

-  javobgar  (F.I.O.)  da’vogar  (F.I.O.)  ning  da’vo  talablarini  tan  olmasa,  qaysi 

asoslarga ko‘ra da’vo talabini tan olmaydi ? 

-  javobgar  (F.I.O.)  ning  da’vo  ariza  yuzasidan  qo‘shimcha  iltimosnomalari  va 

talablari bormi ?  

 

Sudya:   



             imzo                          F.I.O.  

 

Ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risidagi ajrimdan namuna

 

AJRIM 



(fuqarolik ishini sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risida) 

 

Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 



2014-yil noyabr oyining 20-kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan 

nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni  

 

Aniqladim: 

 

Sudga  da’vogar  (F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  nikohdan  ajratish 



haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. 

Fuqarolik  ishi  yuzasidan  ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  harakatlari  to‘liq 

amalga oshirilganligini inobatga olib, FPKning 161-, 237238-moddalarini qo‘llab, 

 

Ajrim  qilaman: 

Ishni sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqish, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent 

shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi  binosining  2-sud  majlislar  zalida  2014-yil  1-

dekabr kuni soat 15

00

ga tayinlansin. 



Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida quyidagilar xabardor etilsin: 

a) ishda ishtirok etuvchi shaxslar (FPKning 33-moddasi) 

________________________________________________________ 

________________________________________________________ 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

309 


 

b) vakillar va boshqalar: 

________________________________________________________ 

________________________________________________________ 

 

v) Toshkent shahar ________________________ tuman prokurori. 



 

Sud majlisiga quyidagi guvohlar chaqirtirilsin: 

________________________________________________________________

____________________________________________________________________

____________________________________________________________________

___________________________________________ 

 

Sudya:   



 

 

 



imzo    

 

                     F.I.O.  



 

 

 



 

Sud  chaqiruv  qog‘ozlari,  tilxat,  telefonogrammalar,  telegrammalar  va 

boshqa aloqa vositalaridan namunalar 

 

SUD  CHAQIRUV QOG‘OZI 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi        



2014-yil «___»______________           

Qayerga ____________________ 

_________________ishi bo‘yicha   

____________________________ 

Sizni (da’vogar, javobgar, arizachi, guvoh) sifatida chaqiradi (pasport bilan 

kelishingiz shart) 

Kimga___________________________________________________ 

ManzilBog‘ishamol ko‘chasi, 57/10-uy, Yunusobod tumani. Ind: 100202. Tel.: 

000-00-00. 

Sud tomonlarga ish bo‘yicha barcha zarur dalillarni taqdim etishini 

taklif qildi (FPK  ___moddalari.) 

Sud kotibi:____________________________________________ 

Soat_______________ 

Sudga qaytarilishi lozim 

 

______________Fuqarolik ishi bo‘yicha 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

310 


 

 

TILXAT 

2014-yil «___»______________da da’vogar (javobgar) sifatida 

________________________sudga borish to‘g‘risidagi_________ 

______________________________nomiga berilgan chaqiruv qog‘ozini 

2014-yil «___»_________________________________da oldim 

1. Shaxsan______________________________________________ 

                                             (adresatning nomi) 

2. Berib qo‘yish uchun______________________________ 

                                     (qabul qiluvchining adresatga munosabati) 

______________________________________________________ 

                                             (ko‘rsatilgan holdagi imzosi) 

Oluvchining imzosini tasdiqlayman: xat topshiruvchi____________ 

3. Chaqiruv qog‘ozi _______________________________________ 

     


 

 

 



 

sababga ko‘ra topshirilmadi 

Xat topshiruvchi ____________________________________ 

Tasdiqlayman  _________________________________________ 



 

 

TILXAT 

 

2014-yil  dekabr oyining 5-kuni soat 15



00

da, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent 

shahar  Yakkasaroy  tumanlararo  sudi  binosining  2-sud  majlislar  zalida,  da’vogar 

(F.I.O.)  ning  javobgar  (F.I.O.)  ga  nisbatan  nikohdan  ajratish  haqidagi  da’vo  arizasi 

bo‘yicha  yuritilayotgan  fuqarolik  ishi  yuzasidan  sud  muhokamasi  bo‘lishi  haqida 

ogohlantirildim. Sud muhokamasiga kelaman, kelmaslik oqibatlari (FPKning 86-, 174-

, 175- va 176-moddalari) menga tushuntirildi. 

 

№ 



FISh 

Imzo 


1. 

 

 



2. 

 

 



3. 

 

 



 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling