Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63

 

Ajrim     qiladi:    

 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohdan  ajratish  haqidagi 



da’vo  arizasi  bo‘yicha  yuritilgan  1-3825/14-sonli  fuqarolik  ishi  mazmunan  ko‘rib 

chiqish  uchun  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  viloyati  Zangiota  tumanlararo 

sudiga yuborilsin. 

Ajrimdan  norozi  tomonlar  10  kun  muddat  ichida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishlari mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                                                       imzo                           (F.I.O.)  



 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

372 


 

AJRIM 

(da’vodan voz kechganligi sababli ish yuritishni tugatish to‘g‘risida) 



 

2014-yil  iyul  oyining  8-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Mirobod  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan 

nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan 1-4081/14-sonli fuqarolik 

ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 



Aniqladi:  

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo 

arizasi bilan sudga murojaat qilgan. 

Da’vogar  (F.I.O.)  yozma  ariza  bilan  sudga  murojaat  qilib,  da’vo  talabidan  voz 

kechishini bildirdi. 

FPKning  100-moddasi  3-qismiga  ko‘ra,  da’vogar  arz  qilgan  talablaridan  voz 

kechgan bo‘lsa va sud bu voz kechishni qabul qilsa, sud ish yuritishni tugatadi. 

Sud  da’vogarning  nikohdan  ajratish  haqidagi  da’vo  talabidan  voz  kechishi 

qonunga xilof emasligi yoki boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini buzmasligi 

sababli, uni qabul qilishni va fuqarolik ishi bo‘yicha ish yuritishni tugatishni lozim deb 

hisoblaydi. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra,  FPKning  40-,  100-modda  3-qismi,  101-,  237-238-

moddalariga asosan, sud 

 

Ajrim qiladi:  

Da’vogar  (F.I.O.)ning  nikohdan  ajratish  haqidagi  da’vo  talabi  bo‘yicha  ish 

yuritish tugatilsin.    

Ajrimdan  norozi  tomon  10  kunlik  muddat  ichida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

Toshkent shahar sudiga shu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirishi 

mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                                               imzo                                   (F.I.O.)  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

373 


 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar  

Yakkasaroy tumanlararo sudiga 

 

Da’vogar: (F.I.O.) -1988-y.t.  Ya/j.: Toshkent shahar  



Yakkasaroy tumani  Djambul ko‘chasi 24-uy. 

 

Javobgar: (F.I.O.) -1988-y.t. Ya/j.: Toshkent shahar  



Yakkasaroy tumani  Djambul ko‘chasi 24-uy. 

 

DA’VO ARIZA 

(mol-mulkni o‘zganing egaligidan olish va birgalikdagi nikoh davomida 

orttirilgan mol-mulklarni bo‘lish haqida) 

 

Men (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) bilan 2008-yil 18-noyabr kuni Yakkasaroy tumani 



FXDYo  bo‘limidan  qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurdim,  birgalikdagi 

turmushimizdan ikki nafar: 2009-yil 20-avgust kuni tug‘ilgan (F.I.O.) va 2011-yil 19-

oktabr  kuni  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlarimiz  bor.  O‘rtamizdagi  nikoh  bekor 

qilinmagan. 

Javobgar  (F.I.O.)  bilan  oilaviy  munosabatlarimiz  to‘g‘ri  kelmaganligi  sababli 

hozirda birga yashamaymiz. Ayni paytda men farzandlarim bilan ota-onamning uyida 

yashab kelyapman.    

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  23-moddasiga  asosan,  er-xotinning 

nikoh  davomida  orttirgan  mol-mulklari,  shuningdek,  nikoh  qayd  etilgunga  qadar, 

bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun 

yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi 

umumiy mulki hisoblanadi. 

Javobgar (F.I.O.) bilan birgalikdagi nikohimiz davomida bir qancha mol-mulklar 

orttirilgan bo‘lib, ularni o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olish imkoniyati yo‘q.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  27-modasi  1-qismiga  ko‘ra,  er  va 

xotinning  umumiy  mol-mulkini  bo‘lish  er  va  xotindan  birining  talabiga  ko‘ra,  ular 

nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek, kreditor 

er  va  xotindan  birining  umumiy  mol-mulkdagi  ulushiga  undiruvni  qaratish  uchun 

umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 28-moddasi 1-qismi talabiga ko‘ra, er 

va  xotinning  umumiy  mol-mulkini  bo‘lishda  hamda  ularning  shu  mol-mulkdagi 

ulushlarini aniqlashda, agar er va xotin o‘rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol 

nazarda tutilmagan bo‘lsa, er va xotinning ulushlari teng deb hisoblanadi. 

Javobgar  (F.I.O.)  bilan  birgalikdagi  turmush  davomida  orttirilgan  quyidagi  mol 

mulklar javobgarning uyida qolgan bo‘lib, bular: 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

374 


 

2010-yilda ishlab chiqarilgan “CHEVROLET NEXIA” rusumli, davlat raqami 01 

Q  070  FA,  2008-yilda  ishlab  chiqarilgan  “TOYOTA  CORORLLA”  rusumli,  davlat 

raqami 01 F 050 CA bo‘lgan avtotransport vositalari va Toshkent shahar Yakkasaroy 

tumani  Spitamen  ko‘chasi  13-uy  hamda  Surxondaryo  viloyati  Sariosiyo  tumani 

“Charog‘on” qishloq fuqarolar yig‘inidagi uylardan iborat.  

Bugungi kunda menga tegishli bo‘lgan ota-onam tomonidan qizlik sepimga olib 

berilgan mol-mulk quyidagilardan iborat: 

 

mehmonxona  mebellari  to‘plami  (1  komplekt:  trexstvorniy  gorka  penal, 



kamod (oynali));  

– yotoqxona mebellari to‘plami (1 komplekt: shkaf, yotoq krovati (2 kishilik) 2 ta 

tumbalari, 1 ta tryumosi, 1 ta pufigi);  



–  gilamlar  (yotoqxonada  3  ta  yashil,  mehmonxonada  bitta  qizil,  yo‘lakda  bitta 

yo‘lak gilam, hammom va xojatxonada);  

 

bolalar xonasida bitta bolalar shkafi, bitta dazmol (Philips);  



 

bolalar o‘yinchoqlari va kiyim-kechaklari;  



 

parda(qirmizi rang), yog‘och va metaldan yasalgan veshalkalar 2 ta;  



 

bitta  yog‘och sandiq va undagi narsalar;  



Penal shaklidagi bitta stol, bitta bolalar krovati (yog‘ochdan);  

 



bitta svetilnik, bitta bolalar beshigi;    

 



bitta ayollar paltosi, bitta ayollar yarim paltosi;  

 



bitta oq plash, bitta ayollar dublyonkasi, ayollar kiyim kechaklari;  

 



tryumo mebelida turgan va uning ichidagi narsalar;  

– mening (ayollar) kiyim-kechaklarim, mening (ayollar) oyoq kiyimlarim (kiyim-

kechaklarim va oyoq kiyimlarim qishki va yozgi to‘plamlari) va boshq. (to‘liq ro‘yxat 

ilova qilinadi). 

Yuqoridagilarni inobatga olib va O‘zbekiston  Respublikasi Oila kodeksining 23-, 

27–28-moddalari va FKning 164-moddasiga asoslanib, suddan 

 

SO‘RAYMAN: 

 

Javobgar  (F.I.O.)  bilan  birgalikda  nikoh  davomida  orttirilgan  yuqorida  qayd 



etilgan mol-mulklarni bo‘lib berishingizni.  

Menga  tegishli  bo‘lgan  ota-onam  tomonidan  olib  berilgan  yuqorida  ko‘rsatib 

o‘tilgan mol-mulklarimni javobgardan olib berishingizni.  

 

Ilova:  



1) da’vo ariza nusxasi;  

2) nikoh guvohnomasi; 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

375 


 

3) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;  

4) manzillar ma’mulotnomalari;  

5) davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya. 

 

Da’vogar:      



 

 

imzo   



                                   (F.I.O.)   

Ishonchli vakili advokat:    

 

imzo   


                                (F.I.O.)     

 

 



HAL   QILUV   QARORI 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI NOMIDAN 

 

2013-yil  oktabr  oyining  17-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 



Mirobod  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida,  raislik  etuvchi  sudya 

(F.I.O.),  (F.I.O.)ning  kotibligida,  Bektemir  tuman  prokurorining  yordamchisi 

(F.I.O.)ning  ishtirokida  da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohni 

haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan 1-4031/13-sonli 

fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 



 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.)ga nisbatan nikohni haqiqiy emas deb topish 

haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan. 

Sud majlisida da’vogar (F.I.O.) da’vo talabini quvvatlab, javobgar (F.I.O.) bilan 

2013-yil  27-iyun  kuni  Bektemir  tumani  FHDYo  bo‘limida  qonuniy  nikohdan 

o‘tganligini,  biroq  to‘yiga  yaqin  qolganda  javobgar  bilan  uning  dunyoqarashi  va 

xarakteri to‘g‘ri kelmasligini, bir-biri bilan kelisha olmasligini bilib qolganligini, ota-

onalari  bir-birlariga  yaqinroq  qarindosh  bo‘lganligi  sababli  kelgusida  hayotlarini 

o‘ylab,  nikohni  bekor  qilishga  qaror  qilganliklarini,  qonuniy  nikohdan  o‘tayotganda 

oila qurish niyati bo‘lganligini, oila qurishga uni hech kim majburlamaganligini bayon 

qilib, da’vo talablarini qanoatlantirishni hamda javobgar (F.I.O.) bilan o‘rtalarida qayd 

etilgan nikohni haqiqiy emas deb topishni so‘radi.  

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)    da’vogarning  da’vo  talablarini  tan  olib, 

haqiqatdan  ham  da’vogar  bilan  o‘rtalarida  nikoh  2013-yil  27-iyun  kuni  qayd 

etilganligini,  boshida  unda  oila  qurish  maqsadi  bo‘lganligini,  da’vogar  bilan 

xarakterlari  to‘g‘ri  kelmasligi  sababli  oila  qurishni  istamaganligini  bayon  qilib, 

da’vogarning da’vo talablarini qanoatlantirishni so‘radi.  

Sud majlisida uchinchi shaxs Toshkent shahar Bektemir tumani FHDYo bo‘limi 

vakili  (F.I.O.)  da’vo  arizasini  tan  olmasdan,  taraflar  FHDYo  bo‘limiga  2013-yil  22-

mayda ariza bilan murojaat qilishganligini va tibbiy ko‘rikdan o‘tishganligini, berilgan 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

376 


 

muddat  o‘tib,  27-iyun  kuni  nikohlari  qayd  qilinganligini,  bu  holatda  nikohni  qayd 

qilishga  monelik  qiladigan  holat  bo‘lmaganligi  sababli  dalolatnoma  yozuvi  qayd 

etilganligini,  nikoh  qonunda  belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilganini  bayon  qilib, 

suddan da’vogarning da’vo arizasini qanoatlantirishni rad qilishni so‘radi.  

Sud taraflar va uchinchi shaxs ko‘rsatmalarini tinglab, Bektemir tumani prokurori 

yordamchisi  (F.I.O.)ning    da’vo  arizasini  rad  qilish  haqidagi  fikrini  eshitib,  ish 

hujjatlari  bilan  tanishib,  quyidagi  asoslarga  ko‘ra,  da’vogarning  da’vo  talabini 

qanoatlantirishni rad qilish lozim deb hisoblaydi. 

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, taraflar (F.I.O.) va (F.I.O.)lar Toshkent shahar 

Bektemir  tumani  FHDYo  bo‘limi  tomonidan  2013-yil  27-iyunda  123-sonli 

dalolatnoma yozuvi bilan qonuniy nikohdan o‘tishgan. 

Birgalikdagi turmushlaridan farzandlari yo‘q. 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasiga asosan, nikoh quyidagi 

hollarda haqiqiy emas deb topiladi:  

– Oila kodeksning 14–16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda;  

– soxta nikoh tuzilganda, ya’ni er-xotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini 

ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda;  

–  nikohlanuvchi  shaxslardan  biri  tanosil  kasalligi  yoki  odamning  immunitet 

tanqisligi  virusi  (OIV  kasalligi)  borligini  ikkinchisidan  yashirganda,  agar  ikkinchisi 

sudga shunday talab bilan murojaat etsa.  

Shuningdek, mazkur kodeksning 50-moddasi 1-qismiga asosan nikohni haqiqiy 

emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  16-moddasiga  asosan,  soxta  nikoh 

tuzilganda,  ya’ni  er-xotin  yoki  ulardan  biri  oila  qurish  maqsadini  ko‘zlamay  nikoh 

qayd  qildirganda,  nikohlanuvchi  shaxslardan  biri  tanosil  kasalligi  yoki  odamning 

immunitet  tanqisligi  virusi  (OIV  kasalligi)  borligini  ikkinchisidan  yashirganda,  agar 

ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa, nikoh haqiqiy emas deb topiladi. 

Yuqoridagi  qonun  talablari  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining 

2011-yil  20-iyundagi  “Sudlar  tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha 

qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  06-sonli  qarorining  34-bandida  ham 

tushuntirib o‘tilgan. 

Fuqarolik ishi materiallarida to‘plangan hujjatlar va taraflarning ko‘rsatmalaridan 

ko‘rinishicha, da’vogar (F.I.O.)  va javobgar (F.I.O.)da qonuniy nikohni qayd qilishda 

oila  qurish  maqsadi  bo‘lgan,  ularni  hech  kim  nikohdan  o‘tishga  majbur  qilmagan. 

Taraflar  o‘z  ixtiyorlari  bilan  oila  qurish  maqsadida,  qonuniy  nikohdan  o‘tish  uchun 

FHDYo bo‘limiga ariza bilan murojaat qilganlar.  

Shuningdek,  da’vogar  (F.I.O.)  ishni  sudda  ko‘rish  davomida  o‘z  da’vo  talabini 

tasdiqlovchi dalillar taqdim qila olmadi. Zero, FPKning 57-moddasiga ko‘ra, har bir 

taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

377 


 

hamda 59-moddasiga ko‘ra, qonun bo‘yicha ishning muayyan isbotlash vositalari bilan 

tasdiqlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarini  boshqa  hech  qanday  isbotlash  vositalari  bilan 

tasdiqlash mumkin emas. 

Bunday  holatda,  sud  da’voni  qanoatlantirish  uchun  qonuniy  asoslar 

aniqlanmaganini,  da’vogar  tomonidan  ham  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish  uchun 

asos  bo‘ladigan  holatlar  va  bu  holatlarni  tasdiqlovchi  dalillar  taqdim  etilmaganini 

inobatga olib, da’vogarning da’vo talabini asossiz deb hisoblab, uni qanoatlantirishni 

rad qilishni lozim deb topadi. 

Sud  arz  qilingan  talablarni  qanoatlantirish  rad  etilgan  taqdirda  FPKning  120-

moddasida sudning ishni ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlari da’vogardan davlat 

daromadiga  undirilishi  nazarda  tutilgani  sababli  davlat  boji  masalasini  muhokama 

qilib,  da’vogar  tomonidan  da’vo  arizasi  berishda  belgilangan  miqdorda  davlat  boji 

to‘langanini inobatga oladi. 

Yuqoridagilarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-, 49–

50 -moddalari, FPKning 57-, 203–206-moddalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi 

Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi  “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga 

oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi      06-sonli qarori 

tushuntirishlaridan kelib chiqib, sud 

 

Qaror    qiladi: 

 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgar  (F.I.O.)ga  nisbatan  nikohni  haqiqiy  emas  deb 



topish haqidagi da’vo talabini qanoatlantirish rad qilinsin. 

Hal  qiluv  qaroridan  norozi  tomon  20  kunlik  muddat  ichida  shu  sud  orqali 

Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar  sudiga  apellyatsiya  tartibida  shikoyat, 

prokuror apellyatsiya protesti keltirish huquqiga ega. 

 

Raislik etuvchi:                    imzo  



               (F.I.O.)   

 

HAL   QILUV   QARORI 

O‘ZBEKISTON   RESPUBLIKASI   NOMIDAN 

 

2013-yil  aprel  oyining  5-kunida  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Toshkent  shahar 

Mirobod  tumanlararo  sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  raislik  etuvchi  sudya 

(F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, da’vogar Toshkent shahar prokurorining  jamiyat va 

davlat  manfaatida  javobgarlar  Toshkent  shahar  hokimiyati  va  (F.I.O.)ga  nisbatan 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  FHDYo  bo‘limida  2008-yil  5-mart  kuni  113-sonli 

dalolatnoma  yozuvi  bilan  qayd  qilingan  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish  hamda 

Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni haqiqiy emas 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

378 


 

deb  topish  va  propiskani  bekor  qilish  haqidagi  da’vo  arizasi  yuzasidan  yuritilgan  1-

596-3178/13-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni 

 

Aniqladi: 

 

Da’vogar  Toshkent  shahar  prokurori  jamiyat  va  davlat  manfaatida  javobgarlar 



Toshkent  shahar  hokimiyati  va  (F.I.O.)ga  nisbatan  Toshkent  shahrida  doimiy 

ro‘yxatdan  o‘tganligi  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  haqiqiy  emas  deb  topish  va  propiskani 

bekor qilish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etgan.  

Sud  majlisida  Mirobod  tuman  prokurorining  yordamchisi  (F.I.O.)  da’vo 

talablarini quvvatlab, ularni aniqlashtirib, javobgar (F.I.O.) Buxoro viloyatida tug‘ilib, 

muqaddam  Samarqand  viloyati  Bulung‘ur  tumani,  Sh.Mamanova  ko‘chasi  16-uyda 

doimiy ro‘yxatdan o‘tib yashab kelganligini, u 2008-yil  12-martda Toshkent shahar 

hokimiyatining Toshkent shahar ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus komissiyasiga 

Toshkent  shahrida  doimiy  ro‘yxatdan  o‘tishga  ruhsat  berishni  so‘rab  murojaat 

qilganligini,  o‘z  arizasiga  2008-  yildagi  5-martdagi  Toshkent  shahrida  doimiy  

ro‘yxatda bo‘lgan (F.I.O.) bilan Uchtepa tuman FHDYo tomonidan rasmiylashtirilgan 

nikoh tuzganligi haqidagi guvohnomani ilova qilganligini, mazkur holat yuzasidan olib 

borilgan  surishtiruvlar  natijasida  javobgar  Uchtepa  tuman  IIB  XChK  va  FRB 

inspektori  bilan  oldindan  jinoiy  til  biriktirib,  fuqaro  (F.I.O.)  bilan  soxta  nikoh  tuzib, 

ushbu  soxta  nikoh  guvohnomasi  yordamida  Toshkent  shahrida  doimiy  ro‘yxatdan 

o‘tishni  maqsad  qilganligini,  unga  nisbatan  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 

prokuraturasi  tomonidan  2011-yil  13-martda  jinoiy  ish  qo‘zg‘atilganligini,  javobgar 

(F.I.O.)  fuqaro (F.I.O.) bilan oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikohdan o‘tganligini 

bayon  qilib,  suddan  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)  o‘rtasida  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani 

FHDYo  bo‘limida  2008-yil  5-martda  113-sonli  dalolatnoma  yozuvi  bilan  qayd 

qilingan  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topishni,  shuningdek,  (F.I.O.)ning  Toshkent 

shahrida  doimiy  ro‘yxatdan  o‘tganligi  to‘g‘risidagi  hujjatlarni  haqiqiy  emas  deb 

topishni va propiskani bekor qilishni so‘radi.  

Sud  majlisida  javobgar  (F.I.O.)  da’vogarning  da’vo  talabini  tan  olib,  fuqaro 

(F.I.O.)  bilan  oila  qurish  niyati  bo‘lmasdan  nikoh  qayd  qilganligini,  bundan  asosiy 

maqsadi Toshkent shahrida doimiy propiskaga o‘tish bo‘lganligini bayon qilib, suddan 

da’vogarning da’vo talabini qonuniy hal qilishni so‘radi.  

Sudga tegishli tartibda chaqirilgan Toshkent shahar hokimiyati vakili va Uchtepa 

tumani  FHDYo  bo‘limi  vakili  noma’lum  sabablarga  ko‘ra  sud  majlisiga  kelmadi, 

sudga kelmaslik sabablarini bayon qilmadilar. 

Sud FPKning 174-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishini Toshkent shahar hokimiyati 

vakili va Uchtepa tumani FHDYo bo‘limi vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim 

topdi.  


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

379 


 

Uchinchi shaxs (F.I.O.)ning amalda ro‘yxatda qayd qilingan manzilda istiqomat 

qilmayotganligi va hozirgi turar joyi noma’lumligi uchun, sud majlisiga chaqirilganligi 

haqidagi  chaqiruv  qog‘ozini  topshirishning  ilojisi  bo‘lmaganligi  bois,  sud  mazkur 

fuqarolik  ishini,  FPKning  139-moddasiga  binoan,  uning  ishtirokisiz  ko‘rib  chiqishni 

lozim topdi. 

Sud taraflar  bayonotlarini  tinglab,  ish  hujjatlarini  muhokama  etib va  to‘plangan 

dalillarga  huquqiy  baho  berib,  da’vo  talablarini  asosli  deb  hisoblab,  quyidagilarga 

ko‘ra uni qanoatlantirish lozim deb topdi. 

Sudda  aniqlanishicha,  Toshkent shahar hokimligi huzuridagi  Toshkent shahrida 

ro‘yxatdan  o‘tkazish  bo‘yicha  maxsus  komissiya  a’zolarining  2008-yil  19-sentabrda 

imzolangan  38-sonli  xulosasi  bilan  javobgar  (F.I.O.)  Toshkent  shahriga  doimiy 

ro‘yxatdan  o‘tish  haqidagi  arizasini  qanoatlantirish  haqida  xulosa  berilib,  mazkur 

xulosa Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan. 

Ushbu  xulosada  javobgar  (F.I.O.)ning  Toshkent  shahrida  doimiy  propiska 

qilinishiga  asos  qilib  javobgar  tomonidan  u  va  fuqaro  (F.I.O.)  o‘rtasida  2008-yil  5-

martda  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  FHDYo  bo‘limida  qayd  qilingan  nikoh 

tuzilganligi ko‘rsatilgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 49-moddasiga asosan, soxta nikoh 

tuzilganda,  ya’ni  er-xotin  yoki  ulardan  biri  oila  qurish  maqsadini  ko‘zlamay  nikoh 

qayd qildirganda, nikoh haqiqiy emas deb topiladi.  Shuningdek, Oila kodeksining 50-

moddasi 1-qismiga asosan, nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga 

oshiriladi.  

Ushbu  moddaga  ko‘ra,  er-xotin  soxta  nikoh  qayd  qildirgan  va  oila  qurmagan 

bo‘lsalar, nikoh haqiqiy emas deb topilishi mumkin.  

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 54-moddasi 2-qismiga asosan,  soxta 

nikohni haqiqiy emas deb topishni prokuror talab qilishga haqli, er (xotin) oila qurish 

maqsadisiz  nikohga  kirgan  hollarda  esa,  bunday  talab  xotin  (er)  tomonidan  ham 

qo‘yilishi mumkin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  Iqtisodiy  jinoyatchilik  va 

korrupsiyaga  qarshi  kurashish  boshqarmasi  alohida  muhim  ishlar  bo‘yicha  katta 

tergovchisi  (F.I.O.)ning  2011-yil  13-mart  kungi  ayblovni  to‘ldirib,  jinoyat  ishida 

ayblanuvchi  tariqasida  ishtirok  etishga  jalb  qilish  haqidagi  qaroridan  ko‘rinishicha, 

javobgar  (F.I.O.)  Toshkent  shahrida  doimiy  ro‘yxatdan  o‘tish  maqsadida  fuqaro 

(F.I.O.)ning  ishonchini  suiiste’mol  qilib,  u  bilan  oila  qurish  maqsadini  ko‘zlamay, 

Uchtepa tumani FHDYo bo‘limida qonuniy nikohdan o‘tgan.  

O‘zbekiston Respublikasi FKning 12-moddasiga asosan, davlat organining yoki 

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan 

hamda  fuqaroning  yoki  yuridik  shaxsning  fuqarolik  huquqlarini  va  qonun  bilan 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling