Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi. Mundarija


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana03.07.2022
Hajmi0.84 Mb.
#783710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Lyuminessensiya hodisasi va uning qo’llanishi.....
yengil-sanoat-mahsuloti-raqobatbardoshligini-oshirishda-sifat-menejmenti-mexanizmini-rivojlantirish-yo-llari, 1-lekciya, Laziz ekonom mustaqil, 2 5305291007296803258, 3 – MARUZA To’g`ri chiziqning ortogonal proektsiyalashdagi invariant, elektrotexnika 22, oliy matem, Презентациянинг ало ида кадри Hot Potatoes кўп вариантли тестлар, Informatika o’qitish metodikasi” 202- guruh talabasi Xolboyev Al, Intellektual mulk obyektlari, 110106 8 вариант 2021 (3), Rohila.., Nemis geosiyosati, Sadullabek
Elektron optika — fizikaning makroskopik kvazistatistik elektromagnit 
maydon bilan taʼsirlashuvchi zaryadlangan zarralar dastasi strukturasini oʻrganuvchi 
sohasi. Elektron optikaning paydo boʻlishi 19-asr oxirida elektronnurli trubka 
(ENT)ning yaratilishi bilan bogʻliq. K. F. Braun 1897-yilda qurgan birinchi 
ossillografik ENT da elektron dasta magnit maydonda ogʻganini koʻrgan. J.J. 
Tomson elektron zaryadining massasiga bogʻliqligini aniqlashga doir tajribasida 
ENT ichiga joylashtirilgan yassi kondensator orqali elektron dastani oʻtkazib, uning 
elektrostatik maydon yordamida ogʻishini oʻz tajribasida amalga oshirdi. 1926-yilda 
nemis olimi X. Bush izolyatsiyalangan sim oʻrab tayyorlangan gʻaltakning magnit 
maydonida zaryadlangan zarralarning harakatini nazariy koʻrib chiqsi. Bu esa 
elektronoptik tasvirni olishga imkon beruvchi elektron linza (EL) ning yaratilishiga 
olib keldi. Elektron linza takomillashtirilib, elektron mikroskop, elektronoptik 
oʻzgartirgichlar va boshqalar asboblar yaratildi. Televizion va radiolokatsion 
apparaturalar yasash, axborotlarni yozib olish, saqlash va qayta eshittirish uchun 
maxsus ENT yaratilishi Elektron optikaning zaryadlangan zarralarni boshqarish 
bilan bogʻliq boʻlgan boʻlimlarining rivojlanishiga olib keldi. Elektron optika 
geometrik va fizik Elektron optikaga boʻlinadi. Geometrik Elektron optikada 
zaryadlangan zarralar dastasi zaryadlangan nuqtaviy massalar (elektronlar va 
"onlar)ning trayektoriyalari toʻplamidan iborat deb qaraladi. Fizik Elektron optikada 
zarralar trayektoriyasi oʻrniga deBroyl toʻlqin uzunligi cheksiz kichik boʻlganda tok 
trayektoriya chizigʻiga aylanuvchi tok trubkasi olinadi. Amalda geometrik Elektron 
optika qonuniyatlari bilan cheklanish yetarli. Geometrik Elektron optika turli xil 
elektron asboblarning tatbiq etilishi bilan rivojlanadi. Mas, eng sodda elektron 
asboblar: elektron proyektor, elektronoptik almashtirish qurilmasi, elektron 
koʻpaytirgich, elektron ossillograf, elektron mikroskop, massaspektrometrlarning 
ishlashi Elektron optika qonuniyatlariga asoslangan. 




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling