M a L a k a V i y


Darsning uyushtirilishining ta`minlanishi quyidagilarni


Download 295.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana25.11.2021
Hajmi295.16 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Darsning uyushtirilishining ta`minlanishi quyidagilarni: 

1) tibbiy va gigiena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni, 

2) moddiy texnik jihatdan ta`minlashni, 

3) darsda o`quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini to`g`ri tanlash orali 

qo`yilgan vazifani effektli hal qilishni nazarda tutadi. 

Darsni  o`tkazishning  tibbiy-gigienik  sharoitini  yaratish  deganda  jismoniy 

mashqlar  bilan  shug`ullanish  jaraenida  yuzaga  keladigan,  sog`lomlashtirish 

effektidan kelib chiqadigan bir butun kompleksi tadbirlarni tushuniladi. 

Shunga  kura  mashg`ulotlarni  o`tkazish  joyining  qatiyyan  belgilangan  tibbiy-

gigienik  normalarga  muvofiqligiga  erishish.  Sport  zali  uchun  havo  temperaturasi 

(eng  ma`quli)  14-16

0

  S  da  ushlanishi.  Tanafuslarda  ochiq  maydonlarga  suv 



sepilishi,  sport  zallari  esa  oynalari  ochilib  shamollatilishi.  Aniqlanishicha,  inson 

o`pkasida u  tinch turgan  holda  havo  ventilyauiyasi  almashishi minutiga 4  dan  6 l 

atrofida,  yuqori  intensivlikda  bajarilaetgan  mashqlarda  (yugurish,  sport  o`yinlari) 



 

27

organizmni  havo  yutishi  10  va  undan  ortiq  darajadan  oshishi  mumkin.  Shuning 



uchun mashg`ulot joylarini toza havo bilan ta`minlashning ahamiyati muhim. 

Ayniqsa,  zaldagi  jihozlar,  anjomlar,  matlar  (gilamlar)  polni  tozaligi  doimiy 

diqqat va e`tiborni talab qiladi. Har bir darsdan so`ng zal polini ho`llangan pol latta 

bilan  namlangan  latta  bilan  esa  jihozlar,  matlarni  artib  chiqish  zaruriyati  mavjud. 

Mashg`ulotlar  tugagandan  so`ng  esa  shug`ullanilgan  joy  tozalovni  talab  qiladi. 

Chunki  tozalanmagan  zal  shug`ullanuvchi  sog`ligiga  katta  putr  etkazadi,  tanani 

sport formalarini kirlanishiga sabab buladi. 

Darsni  moddiy  texnik  ta`minlash  deganda,  darsning  optimal  zichligini 

ta`minlashga imkon beradigan, quyilgan kompleksi vazifalarni to`laqonli hal qilish 

uchun  garantiya  beradigan,  etarli  darajadagi  o`quv  tarbiya  jihozlari,  anjomlari  va 

mashg`ulot joyi nazarda tutilgan. 

Oxirgi  yillarda  ko`pchilik  maktablarda  jismoniy  tarbiya  o`qituv-chilarining 

tashabbusi bilan sport zallari va sport maydonlari birdaginiga ko`pchilik o`quvchi 

shug`ullanishi  mumkin  bulgan  nostandart  jihozlar,  anjomlar  va  trenajerlar  bilan 

jihozlanmoqda. Bunday jihozlardan foydalanish dars zichligini ahamiyatli darajada 

yuqori  effektli  tashkiliy  formasini  vujudga  kelishi,  oxir  oqibat  mashg`ulotlar 

natijalarini oshishiga olib kelmoqda. 


Download 295.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling