M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Aylanma  suv ta’minlash  tizimi


Download 3.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/46
Sana12.02.2017
Hajmi3.87 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46

Aylanma  suv ta’minlash  tizimi

Toza suvni samarali va ishlatish  miqdorini  kamaytirishnmg asosiy 

yo‘li  —  bu  aylanma  suv  ta’minlash  tizimlarini  (sistemalarini)  tashkil 

etishdir. Aylanma suv ta’minlash sistemalarining ba’zi sxemalarini quyidagi 

chizmalardan  ko‘rish  mumkin:  bu  yerda  K—  korxona,  CC—  sovitish 

sistemasi,  HC—nasos stansiyasi, TI — tozalash inshooti  a — sxemada 

suv issiqlik agenti sifatida qo'llaniladi va ushbu suv ishlatish jarayonida

152

www.ziyouz.com kutubxonasi



а)

Qo ‘shimcha 

suv

b n

b> 

[

TI

ЦгЧ



к

NC

Qo ‘shimcha 

suv

d)

16.2-rasm.  Aylanma suv ta’minlash sxema lari:



a- suvni sovitish bilan; b-suvni tozalash bilan; d-tozalash va sovitish bilan.

.



.

.

•  bu yerda K- korxona, CC-sovitish sistemasi, HC-nasos stansiyasi, TI- tozalash inshooti.



ifloslanmaydi,  faqat  sal  qiziydi.  Shuning  uchun  uni  qayta  ishlatishdan 

oldin  suv sovitish  moslamalarida  (ф адирня)  harorati  pasaytiriladi;

b — sxemada suv qayta ishlatishdan oldin mavjud usuliar yordamida 

tozalanadi;

d — sxemada suv ham  sovitiladi,  ham  tozalanadi.

H ar  bir  ko‘rib  chiqilgan  hollarda  sistem ada  suvning  ishlatilishi 

natijasida uning miqdorini kamayishi kuzatiladi, shuning uchun vaqti 

bilan sistemaga qo‘shimcha suv berib turiladi.



153

www.ziyouz.com kutubxonasi



Aylanma  usulda  suvni  ishlatish  uning  sarfini  10—50  m arta 

kamaytiradi.  Masalan,  It.  kauchuk olish  uchun  oddiy usulda  2100 

m 3  toza  suv  sarf bo‘ladi,  aylanma  usulda  esa  faqat  165  m 3  suv  sarf 

bo‘ladi.  Ushbu  usulda kapital va ekspluatatsion sarf-xarajatlar ham  

kamayadi.  Hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarish tarmog'iga tegishli 

h am m a  ko rx o n alard a  suvlarni  ish latish   ay lan m a  t a ’m in lash  

sistemasidan foydalanishga o ‘tilyapti.

Masalan,  kimyo sanoatida bu  usul  82,5  %  gacha o ‘sdi.  Aylanma 

sistemada qo'llaniladigan suv qator talablarga javob berishi kerak:

1)  karbonat  qattiqligiga;  suv  muhitiga  -  pH   ga;

2)  muallaq  va  biogen  zarralar  miqdoriga;

3)  suvning  BPK va  XPK  ko'rsatkichlariga.  Aylanma  suv asosan 

issiqlik  almashtirgichlarga  berilgan  material  oqim lam ing  ortiqcha 

issiqllgini olish uchun ishlatiladi.  Bunda suv bir necha marta 40—45°C 

gacha qiziydi va sovitiladi.  Uning ko‘p qismi bug‘lanish yoki sachrash 

oqibatida yo‘qoladi.  Bundan tashqari suv ishlatish mobaynida qisman 

korroziya mahsuloti va biologik moddalar bilan ifloslanishi m um kin 

(quvur  ichidagi  suv  qorayib  qoladi).  Shuning  uchun  vaqti-vaqti 

bilan  sistemadagi  suvning  bir  qismi  yangi  suv  bilan  almashtiriladi. 

Suv quvurlar va issiqlik almashtirgichlari ichida harakatlanishi natijasida 

ularning devorlarida kalsiy karbonat quyidagi  reaksiya asosida  hosil 

bo'lib,  o'tirib  qoladi:



CaJ+  +   2 Н С О ,-  iJ C a C 0 3  +   C 0 2  +   H 20

Kalsiy karbonatning suvda erishi haroratni ko'tarilishi bilan pasayadi. 

Shuning uchun aylanma sistemalarda ishlatiladigan suvlaming qattiqligi 

past bo'lishi lozim va bunday suvlar ishlatilishidan oldin albatta maxsus 

texnologiya asosida tuzsizlantirilishi lozim.

Nazorat  iichnn  savollar:

1.  Aylanma suv ta ’minlash sxemalarining qanday turlari mavjud?

2. Aylanma usulda suvni ishlatish uning sarfini  qanchaga kamaytiradi?

3.  Aylanma  tizimda  qo'llaniladigan  suv  qanday  talablarga javob 

berishi  kerak?

4.  Aylanma tizimlarda  ishlatiladigan suvlaming qattiqligi  qanday 

bo'lishi  lozim?

154

www.ziyouz.com kutubxonasi



Texnologik  suvning  sifati  aylanma  sisteniada  ishlatiladigan  suv 

sifatiga nisbatan yaxshi bo'lishi kerak, ya’ni fizik, kimyoviy, biologik, 

bakteriologik  sifatlari  yuqori,  tuz  miqdori  esa  past  bo‘lishi  kerak. 

Ishlab chiqarishda ishlatiladigan suvlarning sifati texnologik jarayonni 

talabi,  unda  ishlatiladigan  xom ashyolar  va  tayyor  m ahsulotlar 

tarkibi,  ham da qo'llaniladigan  qurilm alar xarakteristikasidan kelib 

chiqqan holda  o ‘matiladi.  H ar bir ishlab chiqarish  korxonasi  o ‘zi 

uchun  ishlatiladigan  suv sifati  va talablarini  o ‘m atadi.

Korxonada  ishlab chiqarishning turli jarayonlarida ishlatilgan va 

m a’lum  darajada  ifloslangan  suvlari  —  oqova  suvlar  deb  ataladi. 

Oqova suvlar qanday sharoitda  hosil b o ‘lganiga qarab  —  maishiy, 

atmosfera va sanoat oqova suvlariga bo ‘lmadi.

M aishiy  oqova  suvlar  yuvinish  va  c h o ‘m ilish  xonalaridan, 

hojatx o n alard an ,  oshxonalardan,  kir  yuvish  xonalaridan,  pol 

artish va shu kabi boshqa maqsadlarda hosil b o ‘ladi.  Ushbu suvlar 

tark ib id a  58%  organik  va  42%  m ineral  m o d d alard an   iborat 

aralashm alar  uchraydi.  Atmosfera  suvlari  yom g‘ir va  qor yog‘ish 

oqibatida korxona hududlaridan oqib chiqib hosil bo‘ladi.  Ular ham  

organik  va  ham   noorganik  m ineral  m oddalar  bilan  ifloslangan 

bo‘ladi.

Sanoat  oqova  suvlari  suyuq  chiqindilam i  ifodalab,  ular organik 

va noorganik xomashyoni qazib chiqarishda va qayta ishlashda hosil 

b o ‘ladi.  T exnologik  jarayonlarda  oqova  suvlarning  m anbalari 

quyidagilardir:

1) 


kimyoviy reaksiyalami borishi natijasida (bu suvlar boshlang‘ich 

m oddalar va reaksiya mahsulotlari bilan ifloslangan bo‘ladi);

2) 

xom ashyo  va  b o sh lan g 'ich   m o d d alar  bilan  erkin  yoki 



bog'langan  nam lik  ko'rinishidagi  ham da  ularni  qayta  ishlash 

mobaynida ajralib chiqadigan suvlar;

3) xomashyo,  mahsulotlar va qurilmalami yuvilishi natijasida hosil 

bo'luvchi  yuvuvchi  suvlar;

4)  suvli  eritm alar;

5)  suvli  ekstraktlar va  absorbentlar;

6)  sovitish  suvlari;

7)  vakuum-nasoslar,  aralashtirish  kondensatorlari,  ko‘l  ushlash



T exnologik  va  oqova  suvlar

155

www.ziyouz.com kutubxonasi



tizimlari suvlari,  idishlami, qurilmalami va binolami yuvish natijasida 

hosil bo'Iuvchi boshqa suvlar.

Oqova suvning  miqdori  va  tarkibi  ishlab  chiqarish turiga bog'liq 

bo'ladi.


Oqova  suvlar turli  birikmalar bilan  ifloslangan  bo'lishi  mumkin. 

Xalqaro  sog'liqni  saqlash  komiteti  tarafidan  suvlami  ifloslaydigan 

kimyoviy birikmalaming quyidagi  sinfi  taklif etilgan:

1) biologik turg'unsiz organik birikmalar;

2)  kam zaharli  noorganik tuzlar;

3)  neft  mahsulotlari;

4)  biogen birikmalar;

5 )

  spetsifik  zaharli  birikmalar,  shu jum ladan  og'ir  metallar, 

dag'al, biologik parchalanmaydigan sintetik birikmalar.

Ishlab chiqarishning oqova suvlarida erigan noorganik va oiganik 

m oddalardan  tashqari  kolloid  aralashm alar,  ham da  zichligi  suv 

zichligidan katta yoki kichik bo'lgan muallaq  dag'al va mayda dispersli 

aralashmalar  uchrashi  mumkin.

Ifloslangan  oqova  suvlar  m iqdorini  kam aytirishning  quyidagi 

yo'llari  mavjud:

1) suvsiz texnologik jarayonlam i ishlab chiqish va tatbiq qilish;

2)  ishlab  turgan jarayonlam i  mukammallashtirish;

3)  mukammal  qurilmalarni  ishlab  chiqish  va tatbiq qilish;

4)  havo yordamida sovitish  apparatlarini joriy etish;

5 )

  tozalangan  oqova  suvlami  yopiq  suv  sistemalarida  qayta 

ishlatish.

Nazorat uchun  savollar:

1. Aylanma  tizimda ishlatiladigan texnologik suvning sifati qanday 

talablarga javob berishi kerak?

2. Oqova suv nima va u qanday turlaiga bo'linadi?

3. Texnologik jarayonlarda hosil bo'ladigan oqova suvlarning asosiy 

manbalari qaysilar?

4.  Xalqaro  sog'likni  saqlash  komiteti  tarafidan  oqova  suvlami 

ifloslaydigan  kimyoviy birikmalaming qanday sinfi taklif etilgan?



5.

  Ifloslanadigan oqova suvlar miqdorini kamaytirishning qanday 

yo'llari  mavjud?

156

www.ziyouz.com kutubxonasi



Sanoat  korxonalarining yopiq  suv x o ‘jalik sistemalari

Oqova  suvlarning  hosil  bo'lishi,  tashlanishi  va  ular  bilan  suv 

havzalarini  ifloslanishini  kam aytirishning asosiy yo‘nalishlaridan 

biri  —  yopiq  suv  x o ‘jaligi  sistem alarini  tashkil  etishdir.

Yopiq  suv  sistem alarida  suv  bir  necha  m arta  tozalanm asdan 

ishlatiladi  va  ushbu suv ochiq suv havzalariga tashlanmaydi.  Yopiq 

suv sistemalari yangi toza suv bilan faqat sistemada suv kamayganda 

yoki ishlatilayotgan suv yaroqsiz holga kelganda qo‘shiladi.

Yopiq  suv  sistemalari  barcha  texnologik  jarayonlarda  suvning 

sam arali  ish latilish m i,  oqova  suv  k o m p o n en tlarin i  m aksim al 

rek u p eratsiya  qilish n i,  kapital  va  ek sp lu atatsio n   xarajatlarni 

kam aytirishni,  xizmat  qiluvchi  personallarning  norm al  sanitar- 

gigiyenik  sharoitlarini,  atrof-m uhit  ifloslanishini  istisno  qilishni 

ta ’minlashi  lozim.

Tozalangan  suv texnologik suv sifatiga  mos  kelishi  lozim.  Yopiq 

suv xo‘jalik sistemalarini yangi qurilayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan 

korxonalarga kiritish lozim.

Suv xo'jalik sistemalarining quyidagi ko'rsatkichlarini taqqoslash 

orqali  ular:  suvning solishtirma sarfi,  shu jum ladan birlik mahsulot 

miqdoriga  nisbatan yangi suvning,  oqova suvni tozalash  uchun sarf 

b o ‘ladigan  reagentlarning,  elektr  energiyasining  va  issiqlikning 

solishtirma sarfi, oqova suvni tozalash mobaynida tovar mahsulotning 

absolut miqdori,  iqtisodiy ko'rsatkichlar, shu jum ladan:  rentabellik, 

keltirilgan sarflar bo'yicha yillik iqtisodiy samara, jam g'arm a sig'imlari 

orqali  baholanadi.

Oqova  suvlarni  tozalash  usullari.  Yopiq suv sistemalarini  yuzaga 

keltirish uchun ishlab chiqarishda hosil bo'lgan oqova suvlar doimo 

mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik va termik, rekuperatsion 

va destruktiv usullari yordamida tozalanib sistemaga qaytarilib turiladi. 

Rekuperatsion usulda oqova suvdan ajratilgan moddalar qayta ishlanadi. 

Destruktiv usulda esa oqova suv tarkibidagi m oddalar oksidlash yoki 

qaytarish jarayonlari asosida parchalanadi va suvdan gaz yoki cho'km a 

holida  ajratib  olinadi.  Tozalash  usulini  tanlash  va  uni  texnologik 

jihatdan amalga oshirish quyidagi faktorlaiga bog'liq:

1) tozalanadigan suvga sanitar va texnologik talabga qarab;



157

www.ziyouz.com kutubxonasi



2)  oqova  suv  miqdoriga;

3)  korxonada  tozalash  jarayoni  uchun  bug4,  yoqilg‘i,  elek tr 

energiya, sorbentlam i,  reagentlami bor-yo‘qligiga,  hamda tozalash 

inshooti  qurish  uchun  kerakli  maydon  bor-yo‘qligiga;

4)  tozalash jarayonining samaradorligiga bog'liq bo‘ladi.

Kimyo  korxonalarining  oqova  suvlarini  tozalash  usullarini

sinflanishi quyidagi  16.3-rasmda keltirilgan.

Nazorat  uchun  savollar:

1.  Yopiq suv tizimlarida suvni  ishlatishning ahamiyati qanday?

2. Yopiq suv tizimlarida ishlatilayotgan suvga qaysi hollarda  yangi 

suv  qo'shiladi?

3. Tozalash usulini tanlash va uni texnologik jihatdan amalga oshirish 

qanday faktorlarga bog'liq?

4.  Oqova suvlarni tozalash usullari qanday sinflanadi?

158

www.ziyouz.com kutubxonasi



Oqova  suvlar

Suspenziyalangan va emulsiyalangan 

aralashmalardan  tozalash

______________ 1

_L_

Dag'al  dispcrs 

aralashmalardan 

tozalash

Mayda dispeis 

aralashmalardan 

tozalash

Cho'ktirish

Elaklash va 

filtrlash

Flotatsiya

Muallaq

cho'kmalarni

tiniqlashtirish

Markazdan 

qochma filtrlash 

va cho'ktirish

Flokulasiya

Elektro-

koagulasiya

Elcktrof-

lotatsiya

Erigan  aralas imalardan  tozalash

Mineral 

aralashmalardan 

lozalash  usullari

Koagulasiya

Distillyatsiya

Ionalmashish

Qaytar

osmos

Elektrdioliz

Muzlatish

Reagentli

Oiganik 

aralashmalardan 

tozalash  usullari

Regenerativ

usullari

Ekstraksiya

Rektifikatsiya

Adsorbsiya

Qaytar  osmos 

va Itrafiltrasiya

Destruktiv

usullari

Biokimyoviy

Suyuq fazada 

oksidlanishi

Bug' fazada 

oksidlanishi

Oksidlash

Radiasiol

oksidlanish

Elektrokimyoviy

oksidlanish

16.3-rasm.  Oqova  suvtarni  zararsizlantirish ning  asosiy  usullari*

Guzlardan

tozalash

usullari



Pu flash

Qizdirish

Reagentli

usullar

ErnTug in  va erigan 

t ralashm aJirri i 

cnct  atish va 

b a r t a r jf   etish 

iMullori

Chetlatish

Konlaiga

haydash

Ko'mish

Dengiz

tubiga

liaydash

Tennik 

bartaraf etish

www.ziyouz.com kutubxonasi



17-BOB.  OQOVA  SUVLARNI  SUZIB  YURUVCHI 

MODDALARDAN TOZALASH

Sanoat va maishiy oqova suvlari eriydigan va erimaydigan muallaq 

moddalardan,  qattiq va  suyuq  aralashmalardan  iborat  bo'lib,  ular 

suv  bilan  dispers  sistema  hosil  qiladi.  Dispers  sistemalarda  zararli 

zarrachalaming o ‘lchamiga qarab, oqova suvlar 3 guruhga bo'linadi:

1)  dag‘al  dispersli  sistemalar  —  zarra  0,1  mkm   (suspenziya  va 

emulsiyalar).

2)  kolloidli  sistemalar  —  zarra  0 ,lm k m — lnm .

3) haqiqiy eritmalar — zarra molekula yoki ion ko‘rinishida bo'ladi.

M uallaq zarralam i oqova suvlardan ajratish uchun gidromexanik

jarayonlar  (davriy  va  uzluksiz),  suzgichdan  o'tkazish,  tindirish 

(g ra v ita tsio n   va  m a rk a z d a n   q o c h m a ),  filtrla sh   ja ra y o n la r i 

q o'llaniladi.  U sullarni  tan lash   oqova  suvdagi  zarrach alam in g  

razm eri,  fizik-kimyoviy  xususiyatlari,  m uallaq  zarrachalam ing 

konsentratsiyasi,  oqova suv sarfi va talab etilgan tozalash darajasiga 

qarab tanlanadi.



Nazorat uchun  savollar:

1.  Dispers sistemalarda zararli  zarrachalam ing o ‘lchamiga  qarab 

oqova suvlar qanday guruhlarga bo'linadi?

2.  Muallaq  zarralam i  oqova  suvlardan  ajratish  uchun  qanday 

jarayonlar  qo'llaniladi?

3. Tozalash usullarini tanlash oqova suvdagi zarrachalar nimalariga 

qarab tanlanadi?

Elaklash  va  cho‘ktirish  usuli

Korxonadan ajralayotgan oqova suvlar murakkab tarkibga ega bo'lib, 

uning  tarkibida  har  xil  jarayonlarda  aralashgan  m oddalar  mavjud 

bo'ladi.  Ushbu oqova suvlarni tozalash uchun aw al tarkibidagi yirik 

aralashmalar maxsus reshotka va setkalar (elaklar) yordamida ushlab 

qolinadi.  Bunday  moddalarga  qog'oz,  teri,  yog'och,  barglar,  latta, 

jun,  tola va shu kabi m oddalar kiradi.  Chunki  ular keyingi tozalash 

bosqichlarida quvur va kanallarda tiqilib qolishi mumkin.  Reshotkalar 

quyidagicha tuzilgan bo'ladi (17.1 -rasm).

160

www.ziyouz.com kutubxonasi



а)

JLL  И

17.1-rasm.

Oqova  suvni  yirfk  aralashmalardan  tozalash  qurilmasi:

a)  reshotkali  ajratgich:  1-reshotka;  2-zanjir;  3-haskash  (xas  yig'uvchi);

b)  fraksiyalarga  ajratuvchi:  1-korpus;  2-soplo;  3-setka  (60—100  mkm).

Reshotkadan  olingan  aralashmalar  maydalanib  qayta  ishlashga 

yuboriladi  (17.1a-rasm). Agar aralashmalar maydaroq bo‘lsa,  unda 

elaklar  (setkalar)  qo'llaniladi.  Bunda  setkalar  teshigi  0,5—1  mm 

bo'lib,  ular  barabanga  yoki  diskka  o'matilishi  mumkin.  Ushlab 

qolingan  mayda  aralashmalar  suv  yordamida  yuviladi.  Bunday 

ushlagichlar tekstil, qog'oz sanoati va ten oshlash sanoatlarida keng 

qo'llaniladi  (17.1  b-rasm).

S hu n d an   keyin  oqova  suvlar  tin d irish g a,  c h o 'k tirish g a  

yu b o rilad i.  U shbu  u su ld a  suv  tark ib id ag i  d a g 'a l-d is p e rs  

aralashmalar  suv  tarkibidagi  zarralarning  o ‘z  og'irlik  kuchi 

ta ’sirida  ch o 'k tirilad i.  C h o 'k tirish   jarayoni  qum ushlagich, 

cho'ktirgich  va  tindirgich  kabi  inshootlar  yordamida  amalga 

oshiriladi.  Odatda oqova suvlar tarkibida turli  razmerdagi suzib 

yuruvchi  zarralar  uchraydi.  C ho'kish  jarayonida  zarralarning 

xossasi 


o'zgarishi  va  ular  o'zaro  birlashib  qattiq  birikm alar 

hosil  qilishi  mumkin.  Oqova  suvning  xossasi  tabiiykl  toza  suv 

xossasidan  keskin  farq  qiladi.  Bunday suvlarning qovushqoqligi 

va zichligi  ham  yuqori bo'ladi.

Oqova suv tarkibida muallaq qattiq moddalar  uchraganda ulaming 

qovushqoqligi va zichligi  quyidagicha aniqlanadi:



Ис  =A>(1 + 2,5c0) 

Pc  = P + P k ( \ ~ £)

161

www.ziyouz.com kutubxonasi



g = Ve /(Ve + K )

bu yerda, 

Цс

  , 

Ци

  —  oqova  va  toza  suvning  dinamik qovushqoqligi,  Pa.c;  c„- 

muallaq  moddalaming  hajmiy  konsentratsiyasi,  kg/m3; 

p , p k

 -to z a   suvning  va 

qattiq zarralaming zichligi





  suyuq fazani hajmiy ulushi; V  , Vk -oq ova suvdagi 

suyuq va qattiq fazaning hajmi.

Tmdirgichlami hisoblashda asosiy pararaetr bu zarralami cho‘kish 

tezligidir( 

). Ushbu ko‘rsatkich suv oqimining harakatiga (laminar, 

oraliq va turbulent rejim) qarab aniqlanadi.

Qumushlagichlar.  Qumushlagichlar  oqova  suvning  boshlang‘ich 

tozalash bosqichida ishlatilib,  bunda suv tarkibidagi  0,2-0,25  mm li 

mineral va oiganik aralashmalami ushlab qolish uchun  qo‘Uaniladi. 

Qumushlagichlar  gorizontal  sig‘im  (rezervuarlar)  bo‘lib,  yuzasi 

uchburchak yoki trapetsiya ko‘rinishida, chuqurligi 0,25—1 m atrofida 

bo‘ladL  Ushbu  inshootda  suvning tezligi  0,3  m /s  atrofida  bo'lishi 

lozim.  Cho‘kindilar rezervuarlaming konussimon qismida to'planib, 

u yerdan qayta ishlashga yuboriladi. Sutkasiga ushbu inshootdan 7000  m3 

oqova  suv  o ‘tkaziladi.  Qumushlagichlaming  konstruksiyasi  oqova 

suvning  miqdori,  muallaq  moddalaming  konsentratsiyasiga  qarab 

tanlanadi. Ko‘pincha gorizontal qumushlagichlar ishlatiladi (17.2-rasm).

17.2-rasm.  Gorizontal

qumushlagichning  prinsipial 

sxemasi:

1-kurakchali mexanizm uzatmasi;

2-kurak mexanizmi;  3-oqova suv;

4-ch o‘kkan qum;  5-qumni  qabul 

bunkeri;  6-aralashmalami  tortish 

moslamasi.

Tozalanadigan  oqova  suv  chapdan  o ‘ngga  qarab  harakatlanadi, 

cho‘kadigan  qum  esa  kerakli  mexanizm  yordamida  qabul  bunkeri 

tomon yo‘naltiriladi. U yerdan esa tortish moslamasi yordamida so‘rib 

olinadi.

Suyuq fazaning hajmiy ulushi quyidagicha aniqlanadi:

162

www.ziyouz.com kutubxonasi



Gorizontal cho'ktirgichlar.  Ushbu cho‘ktirgichlar to‘g‘riburchakli 

rezervuariar bo‘lib,  ikki  yoki  undan  ortiq  bo‘limdan  iborat  bo'ladi. 

Suv  bir  tarafdan  ikkinchi  tarafga  qarab  harakatlanadi.  Chuqurligi 

H = l,5 —4 m, uzunligi 8—12H (ya’ni 8.1,5—4 — 12—32m), eni 3—6 m. 

Sutkasiga  ushbu  inshootdan  15000  m3  oqova  suv  o'tib  tozalanadi. 

Tozalash  samarasi  60  %.

Ushbu tindirgichda  suv tarkibidagi  har bir zarra suv oqimi  bilan 

tezlikda to‘g‘riga va  o ‘z og'irlik kuchi ta’sirida — 

pastga qarab 

yo'naladi. Shunday qilib, har bir zarra ushbu ikkita tezlikka ega bo'ladi. 

Tindirgichda cho'kishga zarraning harakat trayektoriyasi tindirgich 

uzunligi bo'yicha kesishgan zarragina  ulgiradi. Suvning tindiigichdagi 

gorizontal harakat tezligi 0,01  m/sek deb qabul qilinadi. Tindirgichda 

tinish  vaqti  1—3  soatni  tashkil  etadi.



17.3-rasm.  Gorizontal  tindirgich:

1-kirish  lotogi(ariqchasi);  2-cho‘ktirish  kamerasi;  3-chiqish  lotogi; 

4-chuqurcha (cho‘kma to'planadigan qismi).

Sanoatda vertikal  tindirgichlar ham  qo'llaniladi  (17.4-rasm).



17.4-rasm.  Vertikal  tindirgich:

1-markaziy quvur;  2-aylanma  suv 

chiqarish  ariqchasi;  3-tindirish  qismi; 

4-qaytargich;  5-quduqcha;  6-loy  tortish 

moslamasi.

163

www.ziyouz.com kutubxonasi



Tindiigich konus taglikli silindrik rezemiar bo‘lib, oqova suv markaziy 

quvur orqali beriladi. Tindiigichga berilgan suv pastdan yuqoriga qarab 

harakat qiladi va ariqcha orqali chiqarib yuboriladi. Bunda suv tarkibidagi 

zarralar  o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida pastga yo‘naladi. Cho'kish zonasining 

balandligi  4—5  m  ni  tashkil  etadi.  Vertikal  tindiigichning  samarasi 

gorizontal tindiigichga qaraganda 10—20% ga kamroq.



Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> texnika va texnologiya
kollej va otm darsliklari -> R. O. Oripov, n X. Xalilov
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi m. Kariyev, R. Alimov
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
kollej va otm darsliklari -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi
texnika va texnologiya -> M. kurganbekov, A. Moydinov

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling