M. N. Musayev sanoat chiqindilarini tozalash texnologiyasi


Download 3.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana12.02.2017
Hajmi3.87 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
§

ь

с

3



s

S

■X

О

■5



<

cd 



-я 

l - i


1

1 w   5 3 3  

1 ^ -  3   /   -3

"Э!'о  я



► 1

Ё



O' 

£

о



I

с

Ж

ь

I

и к |



£  I

J

с 



со

243

21.7-rasm



Q

M

C

h

n



«S

or

ay

n

 

C

h

ek

k

in



 

(I

ta

li

ya



fi

rm

as



te

x

n

o

lo

g

ly

a

si

 

b

o

‘y

ic

ha

 

qa

yt



is

h

la

sh

 

p

ri

n

si

p

ia



sx

em

as

i.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Q a lliq   nm isliiy  du q m riU ar 

M ngnilli  asosiy  a jra tis h



MNjcrulli 

nazu rn t  n jralisli

N 'rrtikal  h av onqiiniria  aero ajrn tish

у   O g 'ir  fraksjy.i

II \  1 л jo 1

1

11



1

  n a z o ra t  n jrntish

---------------------------------- -s  Ycnjtil

у   fruksiyu 

\  i r tik a l  h av o o q im id a  a c ro a jra tis h  

QK‘lr fmk-jN-Q

Yen*tl

frok.-a\*



III  M a jo iitli n t / i r a l   a j r a l b h

т

1

М н ки Ы и га  InrkiMi 



niahsiilol

III  Majmil  Io7n  a jra tish

.V**s*y  •.-U-klrodinauuk  Hjrntisii

G ru x tlash



I



▼ 

I



Me'yoru  wlkn/lsh 

I



' -------------- ч  



-



*

Q alayli  m eU lM o m

blfklMMlinamik  n u /u ru l  Mjriilbh

V *

" V

"

H u ig li  milaJI-liHU

Qukiiq

Q u m  m d a ll-  I



m h

21.8-rasm.  «Polimer»  MIB  da  metallar  va  yengil  fraksiyani  ajratuvchi  qattiq 

maishiy  chiqindilarni  hoyitish  prinsipial  texnologik  sxemasi.

1983-yili «Polimer» MIB da QMChdan yengil (makulatura tarkibli) 

fraksiyaiami,  qora  va  rangli  metali-Iomni  mexanizatsiyaiashtirilgan 

ajratib olish texnologiyasi tatbiq etildi  (21.8-rasm).

Axlat mashinalardagi dastlabki QMCh tubi plastinali to ‘ldiruvchi 

bo‘Igan qabul hunkeriga ag‘dariladi,  keyin konveyerli estakada bilan 

mexanizatsiyaiashtirilgan  saralash  liniyasiga  uzatiladi.  Tasmali 

konveyerning yuqorisidan osma elektromagnit separator (birinchi 

asosiy separatsiyalash)  o'rnatilgan;  konveyerni harakatlantiruvchi 

baraban  sifatida  magnit  shkiv  (birinchi  nazorat  separatsiyalash) 

dan foydalaniladi.  Asosiy separatsiyalash QMCh qatlami ustidan, 

nazorat  separatsiya  esa  qatlam   ostidagi  qora  m etall-lo m n i 

separatsiyalab olishni ta ’minlaydi.

244

www.ziyouz.com kutubxonasi



Keyin  QM Ch  oqimi  vertikal  aeroseparatorga  tushadi,  u  yerda 

material ikki fraksiyaga bo‘linadi — yengili havo oqimi bilan siklonga 

chiqariladi, oxiri ikkinchi tasmali konveyerga uzatiladi.  Bu konveyer 

ta sm a si  u s tid a   o sina  m ag n it  s e p a ra to r  (ik k in c h i  asosiy 

separatsiyalash) 

o ‘rnatilgan  bo‘lib,  uning  harakatlantiruvchi 

barabani  sifatida  magnit  shkifdan  foydalanadi  (ikkinchi  nazorat 

separatsiyalash).

Ko‘p bosqichii magnitli separatsiyalash amalda QM Ch oqimidan 

qora  metall-lomni  to ‘Hq  (95-100%)  ajratib  olishni  ta ’minlaydiki, 

bu nafaqat xomashyodan kompleks foydalanish balki elektrodinamik 

separatsiyalash  tarmog‘iga  qulay  ish  sharoitini  ta ’minlash  uchun 

ham  zarur.

Asosiy bosqich  elektrodinamik separatorlari  magnitli boyituvchi 

apparatlaridan  keyin  uchinchi  konveyer  tasmasi  ostida,  nazorat 

bosqichiniki esa —  to ‘rtinchi  konveyer tasmasi ostida  o ‘matilgan. 

Elektrodinamik separatorlari avtomatik rejimda metallqidiigich signal! 

bo‘yicha ishlaydi va rangli metall induktor zonasiga tushishi bilanoq 

ishga tushadi.

Elektrodinamik  separatsiyalash  metallqidirgich  induktor  ishi 

uchun  eng  tejamkor qulay  sharoit  yaratadi  (rangli  metall  uzluksiz 

oqim  bo‘lib  kelmaydi)  va  saralovchi  qurilma  sifatida  eng  samarali 

ishlashini ta ’minlaydi (impulsli rejim).  Rangli metall-lomni ajratish 

80% darajasiga yetadi.

Aeroseparatoming  yengil  fraksiyasi  siklondan  gorizontal  havo 

separatoriga  kelib  tushadi,  u  yerda  o‘z  navbatida  ikki  fraksiyaga 

bo‘linadi:  polim er  plyonka  bilan  to ‘yingan,  yengil  va  tasmali 

konveyerdan  pressga  yuboriluvchi,  og‘ir  fraksiya.  Boshlanishida 

gorizontal  separatordagi  yengil  fraksiyadan  polim er  plyonkani 

ajratish  uchun  elektroseparatordan  foydalanish  taklif qilingan  edi. 

Biroq, amaliyotda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, QMCh ni boyitilganda 

gorizontal  separatordagi  yengil  fraksiya  tarkibida  chang  miqdori 

ko‘pligi sababli uni elektroseparatorda qo'shimcha tozalash (qog‘oz 

va  plyonkani  ajratish)  qiyinlashadi.  Shuning  uchun  havoning 

gorizontal  oqimida  aeroseparatsiya  changsizlantirish  operatsiyasi 

sifatida foydalanish maqsadga muvofiq va undan keyin elektrboyitishga 

yengil  emas,  balki  og‘ir  fraksiya  jo ‘natiladi.  Tajriba  —  sanoat

245

www.ziyouz.com kutubxonasi



sh a ro itla rid a   tex n o lo g ik   ja ra y o n n in g   asosiy  p a ra m e trla ri 

amqlashtirilgan,  jihozlar  ishiga  zarur  o ‘zgartirishlar  kiritilgan  va 

materialni boyitishga optimal tayyorlash texnik masalasi (materialni 

yumshatish,  QMCh  oqimini  taxminan  bir  qovat  qilib  taqsimlash) 

amalda hal qilingan.

Texnologiyani  o ‘zlashtirishda  birlamchi  aeroseparatsiya  eng 

murakkab bo‘hb chiqdi.  Dastavval  vertikal aeroseparatordagi  havo 

oqimi ham so'ruvchi,  ham bosim beruvchi ventilatorlar yordamida 

u y u s h tirild i.  B iro q   v e rtik a l  a e ro s e p a r a to r n in g   p a rra k li 

ta ’minlovchilarining  ishga  yaroqsiz  ekanliklari  sababli  demontaj 

qilinishi apparatni rekonstruksiya qilib, havo oqimini faqat so'ruvchi 

ventilator hisobiga uyushtirishiga olib keldi.  Rekonstruksiya natijasida 

m ohiyatan  yangi  aeroseparator  modeli  yaratildi  va  apparat 

ta ’minlovchilarsiz  ishlaganda  QM Ch  dan  yengil  fraksiyalarni 

ajratishning  samarali  rejimi  topildi.

QMCh  dan  ajratib  olingan  yengil  fraksiyalarni  utillashtirish 

yo‘llarini  qidirish  ishlari  o ‘tkazildi.  Maishiy  chiqindilami boyitish 

texnologiyasining  tatbiq  etishning  birinchi  bosqichida  «Polimer» 

MIB  da  yig‘ma  magnitli  konsentrat  olinib  metall-lom  sifatida 

foydalaniladi.  Ikkinchi bosqichda magnitli konsentratni qo‘shimcha 

tozalab qora metall-lom va qalayli metall-lom kabi ikkita mahsulotga 

ajratish ko‘zda tutilgan.

QMCh  qoldiqlari  «Polimer»  MIBda yoqib yuborilar edi.  Ulami 

qayta  ishlashni  ikki  variantda davom  ettirish  mumkin:  keyinchalik 

kompostirlash  uchun  ozuqa  qismini  ajratish  maqsadida  dag‘al 

boyitish yoki chorva uchun ozuqa tayyorlashda ishlatiladigan ozuqa 

qismini qo‘shimchalardan tozalash uchun boyitish.  Birinchi variantni 

yo‘lga qo‘yish uchun maxsus tajriba-eksperimental sexi qurish talab 

etilmaydi,  ikkinchi variantni yo‘lga  qo‘yish uchun bunday qurilish 

zarur (biroq yuqorida ta’kidlanganidek, bu maqsadga muvofiq emas).

QMChning  og‘ir  fraksiyalarini  boyitish  uchun  ozuqa  qismidan 

shisha,  tosh,  suyak,  metall  qoldig‘i  va  shu  kabilami  ajratib  olish 

imkonini beruvchi maxsus groxotdan yoki gravitatsion separatordan 

foydalanish  mum kin.  Gravitatsiya  bosqichida  hosil  qilingan 

konsentratni qayta ishlab kompostga aylantirish zarur.  Gravitatsion 

separatomi yirik masshtabda sinash yaxshi natijalar ko‘rsatdi, biroq



246

www.ziyouz.com kutubxonasi



kompost  ishlab  chiqarish  sexi  qurilishidan  oldin  uning  sanoat 

namunasi  tayyorlanib  smovdan  o ‘tkazilishi  kerak.

QMCh  dan  metallar va  yengil  fraksiyani  ajratib saralash  hamda 

boyitilgan  og‘ir fraksiyani qayta  ishlab  kompostga yoki  mol  uchun 

ozuqaga aylantirish natijasida dastlabki QMCh ning 50% ga yaqirri 

utillashtiriladi.

Yiliga 200 ming t.  QMCh  ni qayta ishlash  quwatiga ega bo'lgan 

zavoddan foydalanilganda (bu 700—800 ming aholiga to ‘g‘ri keladi) 

har yili  45  t.  yengil  fraksiya  (shu jumladan,  1,5  ming  t.  ga  yaqin 

polimer  plyonka),  2—4  ming  t.  qora  metall-lom,  1,5—2  ming  t. 

qalayli metall-lom,  1  ming t. gacha aluminiy, 35—45 ming t. kompost 

yoki  5  ming t.  ga yaqin  chorva uchun  quruq ozuqa  olish  mumkin. 

Boyitish  qoldiqlari  piroliz  qilinishi  yoki  yoqib  yuborilishi  kerak.

QMCh  ni  boyitish  zavodlari  axlat  yoqish  zavodlaridan  farqli 

o'laroq foyda keltiradilar,  atrof-muhitni ifloslantirmaydilar hamda 

tabiat  resurslaridan  oqilona va tejamli  foydalanishga  qaratilgandir. 

Z avodlar  iqtiso d iy o ti  Q M Ch  ni  qayta  ishlash  va  boyitish 

mahsulotlarining  realizatsiya  qilinishi  sharoitlariga  ko‘p  jihatdan 

bog‘liq.

Ko‘p  mamlakatlar  tajribasi  shuni  ko‘rsatdiki,  kelajakda  QMCh 

ni  aholi  tom onidan  ajratib  yig‘lladi  (samaradorlikda  unga  teng 

keladigani  yo‘q),  ammo  ijtimoiy  ong,  aholi  madaniyati  uni  qabul 

qilgan vaqt va joydagina amalga oshirish mumkin.

QMCh  ni  ajratib  yig‘ishda  konteyner  yoki  qismlar  soni  uch- 

to‘rttadan  ortmasligi  kerak,  beshta  bo‘lishi  hatto  yuqori  rivojlangan 

mamlakat va madaniyat markazlari uchun ham ko‘plik qiladi. Amaliy 

rejalarda  hozir  QMCh  ni  turli  ulushlarda,  shu  jum ladan  aholi 

tomonidan ham ajratib qayta ishlashining turli kombinatsiyalari ko‘rib 

chiqilmoqda.

Yaqin kelajakda QMCh ni yig‘ish va qayta ishlash tizimi ehtimol, 

quyidagi ko‘rmishga ega bo‘ladi:

-  chiqindini qabul qilish va birlamchi ko‘rik uchun maydoncha;

-   birlamchi  saralash  platformasi  (mebel,  maishiy texnika)  kabi 

yirik o ‘lchamli chiqindilarni ajratib olish;

-   qayta  ishlash  (masalan,  kompostirlash)  uchun  paketlam i 

bo‘laklash va chiqindilarning organik qismlarini ajratish qurilmasi;



247

www.ziyouz.com kutubxonasi



—  keyinchalik  presslanadigan  qayta  ishlanuvchi  qimmatbaho 

komponentlar  (qog‘oz,  karton,  turli  xil  plastmassalar,  shisha  va 

boshqalar)ni  qo‘ida  chiqarib  olinadigan  ikkilamchi  saralash 

platformasi;

—  temirli  materiallarni  magnit  yordamida  ajratish  va  presslash 

seksiyasi;

—  rangli  metallardan  qilingan  buyumlami  (birinchi  navbatda 

aluminiy bankalari)  hosil qilingan elektr maydoni hisobiga ajratib 

olish  seksiyasi;

—  QMCh  ning  ishlatilmaydigan  komponentlarini  poligonga 

chiqarish  uchun  yuqori  zichlab  presslaydigan jihoz.

Biroq  hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  va  aksariyat  boshqa 

mamlakatlarda  qattiq  maishiy  chiqindilami  zararsizlantirishning 

asosiy usuli sanitar axlatxonalarga (bizning axlatxonalami shunday 

deyish  mumkin  bo‘lsa)  tashlash,  yoqish  va  (hech  bo‘lmaganda 

ularning  organik  qismini)  kompostirlash.

Nazorat  uchun  savollar:

1.QMCh  ni  kompostirlashning  asosiy  maqsadi  nimadan  iborat?

2. Kompost nima maqsadda ishlatiladi?

3. QMCh ni kompostga aylantirishning afzalliklari va kamchiliklari 

nimadan  iborat?

4.  Kompostning tarkibi va xususiyatlari qanday?



Qattiq  maishiy  chiqindilami  axlatxona  (poligon)larga 

chiqarib  tashlash

Rivojlangan  mamlakatlarda  QMCh  ning  50—85%,  bizning 

mamlakatda -  96%ga yaqini (nazorat qilinmaydigan) axlatxonalarga 

chiqarib tashlanadi.

Bu  usulning  boshqa  usullaiga  qaraganda  afzalliklari:  soddaligi  va 

arzonligi,  kamchiligi  esa  katta  maydonlar  sarfi,  atrof-muhitning 

ikkilamchi ifloslanishi va QMCh dagi qimmatbaho komponentlarining 

yo‘qolishi.

Qattiq maishiy chiqmdilarga nisbatan munosabatda ulami tashish 

barcha  xarajatlaming  70—75%ni  tashkil  qiladi.  Tashish  tizimini



248

www.ziyouz.com kutubxonasi



Rasm  21.9.  Toshkent  shahridagi  axlat  yig‘uvchi  QMCh  transportlari:

a)  aholi  xonadonlaridan  axlat  yig‘uvchi  transport  mashinasi;  b)  20  tonnali 

axlat  yuklash  konteynerlari;  d)  konteynerlaming  mashinaga  ortilgan  payti.

249

www.ziyouz.com kutubxonasi



tanlash  va  tashkil  qilishga 

q o ‘y i l a d i g a n  

asosiy  talablarga  minimal 

xarajatlar  bilan  ekologik  xavfsizlikni  ta ’minlash  kiradi.

To‘g‘ridan  to‘g‘ri  (bir bosqichli)  tashish  tizimi  odatda  chiqindi 

hosil  bo‘ladigan  joy,  ularni  qayta  ishlash  va  zararsizlantirish 

obyektlaridan  uncha  uzoq  bo'lmagan  hollarda  qo'llaniladi.  Ikki 

bosqichh  — axlatni  qayta  yuklash  stansiya  (AQYS)li tizimi  QMCh 

ni  o ‘rta va uzoq masofaga tashilganda samara beradi va odatda yirik 

shaharlarda qo‘llaniladi.

Bunda  aholi  punktlari  joylashgan  hududlardan  kichik  hajmli 

avtomashina transportidan foydalaniladi (21.9. a-rasm). Keyin esa ushbu 

m ashinalar  o ‘z  yuklarini  AQYS  da  20  tonnali  katta  hajmli 

konteynerlarga bo'shatadi.  Shundan so‘ng bu mashinalar zichlangan 

axlatlami shahar tashqarisida joylashgan poligonlarga bo'shatib keladi. 

AQYS  tarmog‘ini  yaratish,  yig‘uvchi  va  ko‘p  yuk  ko‘taruvchi  axlat 

tashuvchi transportlardan yanada samaraliroq foydalanish, tashiladigan 

chiqindilar hajmi va shahar transport tarmog'ini band etish darajasini 

kamaytirish,  poligonda  chiqindilarni  joylashtirish  sharoitlarini 

yaxshilash hisobiga QMCh  ni tashishning iqtisodiy samaradorligi va 

ekologik xavfsizligini  oshirish  imkonini beradi.

AQYS  m ahsuldorligiga  k o ‘ra  farq lan ad i:  kich ik   (qayta 

ishlanadigan  chiqindilar  miqdori  50  t/sutdan  ko‘p  emas),  o ‘rta 

(50-100  t/sut)  va  yirik  (100  t/su t  dan  ko‘p)  qator AQYS  larida 

chiqindilarni  zichlash  operatsiyasi  ko ‘zda  tutilgan.  Bunday 

operatsiya  bo'lmasligi  faqat  kam  mahsuldor  AQYS  da  samara 

beradi.  Chet  el  amaliyotida  QMCh  ni  axlat  tashuvchi  transport 

kuzovida  (almashuvchi  kuzovda)  zichlash  statsionar  presslari 

keng  tarqalgan-ki,  bu  foydali  yuk  k o ‘tarish d an   m aksim al 

foydalanish  imkonini beradi.  Bu  lm 3 chiqindini chiqarib tashlash 

tannarxini  taxminan  25  %  ga,  kapital  mablag'larni  30  %  ga 

pasaytirish,  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlar  va  axlat  tashuvchi 

haydovchilar sonini kamaytirish,  yonilg'i moylash materiallarini 

35  %  gacha tejash  imkonini  beradi.

AQYS  dan  foydalanish  samaradorligini  ularda  QMCh  ni  toy 

ko'rinishda zichlash tizimidan foydalanganda sezilarli oshirish mumkin.

QMCh  toylari  zichligini  1000—1200  kg/m3  gacha  oshirish 

quyidagi  imkoniyatlami  beradi:

250

www.ziyouz.com kutubxonasi



— tashiladigan  QMCh  hajmini 5  marta kamaytirish;

— poligondan  foydalanish  muddatini  3—5  marta  ko‘paytirish;

— poligon texnologik ehtiyojlari  uchun iste’mol qilinadigan yer- 

grunt  miqdorini  10  marta  kamaytirish;

— toylardagi  namlik miqdorini  60—70  %  ga  kamaytirish,  bu  esa 

hosil  bo‘ladigan  filtrlash  oqovalari  miqdorini  sezilarli  kamaytirish 

va  ajratilgan  filtratni  shahar  tozalash  inshootlariga  j o ‘natish 

imkoniyatini  beradi;

—  hosil  b o ‘ladigan  biogaz  va  noxush  hidli  gaz  m iqdorini 

minimumga keltirish;

— axlatni  yonib  ketish  darajasini  pasaytirish;

—  infeksiya  tashuvchi  hisoblangan  kemiruvchi  va  qushlarni 

ko‘payish  imkonini amalda yo‘qotish;

— rekultivatsiya  qilingan  poligon territoriyalarini turli  madaniy- 

sport  inshootlarini joylashtirish  uchun  foydalanish;

—  poligonga  yaqin  aholi  punktlarida  yashovchi  xizmatchi 

xodimlarga m a’lum  ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan  estetik sanoat 

korxonalari  ko‘rinishini  berish.

Ikki bosqichli  tashishda yillik ekspluatatsion xarajatlar 3,5  marta, 

yonilg‘i sarfi 2,8 marta, shahar chegarasidagi yonilg‘i sarfi 1,5, transport 

soni 4,4 marta kamayadi.

Nazorat  savollari:

1.  Qattiq maishiy chiqindilami necha foizi axlatxonalarga chiqarib 

tashlanadi?

2.  Toshkent  shahrida  qattiq  maishiy chiqindilami  tashish  tizimi 

qanday yo‘lga qo‘yilgan?

3. Qattiq maishiy chiqindilami qanday ko‘rinishda tashish maqsadga 

muvofiq?

4.  Qattiq maishiy chiqindi toylarining  zichligini oshirish qanday 

imkoniyatlami  beradi?

Qattiq  maishiy  chiqindilarni  kompostirlash

Kompostirlashning  asosiy  maqsadi  QMCh  ni  zararsizlashtirish 

( o ‘z - o ‘zid an  

6 0 —70  °C  gach a  qizish  n a tija sid a   kasallik



251

www.ziyouz.com kutubxonasi



qo ‘zg‘atuvchilar  yo‘q  qilinadi)  va  QM Ch  organik  qismlarini 

biokimyoviy parchalanishi hisobiga olinadigan  o‘g‘it-kompost hosil 

qilish uchun qayta ishlashdir.  Kompostning qishloq xo‘jaligida  o‘g‘it 

sifatida  qo‘llanilishi  madaniy  o‘simhklar  hosildorllgini  oshirish, 

tuproq  tuzilishini  yaxshilash  va  undagi  gumus  miqdorini  oshirish 

imkonini beradi. Juda ahamiyatli tomoni shundaki, kompostirlashda 

atmosferadagi  «issiqxona«  gazlari  (eng  aw alo  uglerod  dioksidi) 

yoqish yoki axlatxonaga tashlashga qaraganda kamroq chiqariladi.

Kompostning  asosiy  kamchiligi  —  undagi  og'ir  rangli  metallar 

miqdorinmg  yuqoriligidir.

Kompostirlashning maqbul sharoitlari quyidagicha: pH-6-8 gacha, 

namlik  40—60%,  kompostirlash  vaqti  25—50  soat.  Hozirgi  vaqtda 

kompostirlash  maxsus  yopiq  basseyniarda  yoki  tonnellarda  bir  oy 

davomida amalga oshiriladi.

QMCh  ni  kompostga  qayta  ishlash  uncha  katta  bo‘lmagan 

masshtablarda  (chiqindilar  umumiy  massasining  1—3%)  qator 

mamlakatlarda  (Gollandiya,  Shvetsiya,  Germaniya,  Fransiyada, 

Italiya,  Ispaniya va boshqalar) olib borilmoqda.  Ko‘pincha hamma 

chiqindilardan  ajratib  olingan  og‘ir  m etallar  bilan  unchalik 

ifloslanm agan  organik  qism i  k o m p o stirlan ad i.  Q M C h  ni 

kompostirlash  Fransiyada  keng  tarqalgan  bo‘lib,  1980-yilda  50  ta 

kompostirlash  qurilm asi,  bundan  tashqari  400  ta  yoqish  va 

kompostirlash kombmatsiyalashgan  qurilmalari ishlagan.  AQSHda 

kompostirlash  amalda  keng  tarqalmadi.  Yaponiyada  bu  usul  bilan 

l,5%ga  yaqm  QMCh  qayta  ishlanadi.  QMCh  ni  kompostirlash 

zavodlari  Moskva,  Leningrad,  Minsk,  T oshkent,  O lm a-ota 

shaharlarida qurilgan.  Bulardan ko‘plari allaqachon ishlamay qo‘ygan. 

Asosiy sabab  — chiqindilarda  og‘ir  metallammg  mavjudllgidir.

Texnologik sxemada axlat tashuvchilami qabul bunkerlariga to‘kish, 

ulardan  chiqindilar  plastinali  to ‘ldiruvchi  yoki  greyfer  kranlar 

yordamida  tasmali  konveyerlarga,  so'ngra  aylanuvchi  hiotermik 

barabanlarga uzatish ko‘zda tutilgan.

Biobarabanlarda  bir  maromda  havo  berilishi  mikroorganizm- 

larning  yashashini  rag'batlantirilganligi  natijasida  faol  biotermik 

jarayon  sodir  bo‘ladi.  Bu  jarayon  davomida  chiqindilar  harorati 

60°C  gacha  ko'tarilib,  kasal  qo‘zg‘atuvchi  bakteriyalaming  halok 

bo‘lishiga olib keladi.

252

www.ziyouz.com kutubxonasi



Kompost  hidsiz  g‘ovak  mahsulotdir,  quruq  modda  hisobidan 

kompost tarkibida  0,5—1  %  azot,  0,3%  kaliy va  fosfor hamda  75% 

organik gumus modda mavjud.

Elangan  kompost  magnit  separatlashdan  o ‘tib,  mineral  tarkibni 

maydalash  uchun  drobilkaga  uzatiladi,  keyin  tayyor  mahsulotlar 

omboriga yuboriladi. Ajratilgan metall presslanadi.  Elangan QMCh 

ning  kompostirlanmaydigan  qismi  —  charm,  rezina,  yog‘och, 

plastmassa,  mato va boshqalar — piroliz qurilmasiga jo ‘natiladi.

Bu  qurilmaning  texnologik  sxemasida  kompostirlanmaydigan 

chiqindi  qismini  bunker-yig‘gichga  uzatish  ko‘zda  tutilgan  bo‘lib, 

undan  ular  quritish  barabanining  yuklash  voronkasiga  yuboriladi. 

Chiqindilar quritilgandan so‘ng piroliz pechiga kelib tushadi,  unda 

havo berilmasdan ulaming termik parchalanishi yuz beradi. Natijada 

bug‘-gaz  aralashmasi  va  qattiq  uglerodli  qoldiq-pirokarbon  hosil 

qilinadi.  Bug‘-gaz  aralashmasi  qurilmaning  issiq-mexanik  qismiga 

sovitish va ajratishga, pirokarbon qismi esa — sovitish va qayta ishlashni 

davom ettirishga yuboriladi.  Pirokarbon — smola va gaz pirolizining 

oxirgi  mahsulotidir.  Pirokarbon sanoatning metallurgiya va boshqa 

ayrim tarmoqlarida, gaz va smola — yonilg'i sifatida foydalaniladi.

Nazorat  uchun  savollar:

1.  QMChlami  to ‘g‘ridan  to ‘g‘ri  bir  bosqichll  va  ikki  bosqichli 

tashish tizimlari qaysi hollarda qo‘llaniladi?

2.  Toshkent  shahridagi  axlat  yig‘ish  tizimi  qanday  tashkillashti- 

rilgan?


3. QMCh toylari zichligmi  1000-1200 kg/m3 gacha oshirish qanday 

imkoniyatlami  beradi?

4.  Ikki bosqichli  tashishda yillik ekspluatatsion xarajatlar, yonilg‘i 

sarfi necha marta kamayadi?

5.  QMChni  kompostirlashning asosiy maqsadi  nimadan  iborat?

6.  Kompost nima maqsadda ishlatiladi?

7. QMCh ni kompostga aylantirishning afzalliklari va kamchiliklari 

nimadan  iborat?

8.  Kompostning tarkibi va xususiyatlari qanday?


Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> texnika va texnologiya
kollej va otm darsliklari -> R. O. Oripov, n X. Xalilov
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi m. Kariyev, R. Alimov
kollej va otm darsliklari -> O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j  r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
kollej va otm darsliklari -> Odam fiziologiyasi
kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova
kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi
texnika va texnologiya -> M. kurganbekov, A. Moydinov

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling