M. X. Abdul-razakova, V. G. Chursina


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
Sana25.12.2019
Hajmi3.33 Mb.

MATOLAR TEXNOLOGIYASI

«NOSHIR»


TOSHKENT-2013

O‘ZBÅÊISTÎN RÅSPUBLIÊÀSI ÎLIY VÀ O‘RTÀ MÀÕSUS

TÀ’LIM VÀZIRLIGI

O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI

M.X. ABDUL-RAZAKOVA,  V.G. CHURSINA

Kasb-hunar kollej talabalari uchun o‘quv qo‘llanma

2

© «NOSHIR»  nashriyoti,  2013



UO‘Ê: 687(075)

ÊBÊ 85.12ya722

T a q r i z c h i l a r :



G.K. Xasanbayeva — TTECU iqtisod fanlari nomzodi, professor;

Z.R. Rahimova — MRDU, professor.

Ushbu  qo‘llanma  badiiy  san’at  kollejlari  talabalari  uchun

amaliy yordam sifatida tayyorlandi. Unda gazlamalarni badiiy bezash

—  sovuq  batik,  issiq  batik  va  erkin  naqsh,  tugunli  bo‘yash,

oqartirish usullari keng yoritilgan. Teatr kostumlarini tayyorlashda

qimmatbaho materiallarga taqlid qilish texnologiyasi batafsil bayon

etilgan.  Mazkur  qo‘llanma  o‘zbek  tilidagi  birinchi  qo‘llanma

bo‘lganligi sababli shu soha mutaxassislari uchun birdek faydalidir.

ISBN 978-9943-4197-6-6

Abdul-Razzoqova, M.

Matolar  texnologiyasi:    o‘quv  qo‘llanma  /  M.  Abdul-

Razzoqova, V.  Chursina; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va

o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Kamoliddin Behzod nomidagi

Milliy rassomlik va dizayn in-ti.  — Toshkent:  Noshir, 2012.

— 168 bet.

85.12

A15

ISBN 978-9943-4197-6-6



UO‘Ê:  687(075)

ÊBÊ  85.12ya722

3

K I  R I  SH

1997-yil 23-yanvarda O‘zbåkiston Badiiy Akadåmiyasi tash-

kil etildi.  O‘zbåkiston hududida qadim-qadimdan shakllangan va

nozik  san’at  maktabiga  shon-shuhrat  kåltiruvchi  noyob

an’analarni  saqlash,  o‘rganish,  boyitish,  milliy  tasviriy,  amaliy

san’at,  miniatura  san’at  durdonalarini  jahonga  ko‘rsatish  va

targ‘ib qilish, milliy g‘urur tuyg‘usini, Vatanga va istiqlol g‘oya-

lariga sodiqlikni tarbiyalashda ulardan kång foydalanish, zamon

talablariga muvofiq badiiy ta’lim tizimini yaratish, yuqori mala-

kali kadrlarni tayyorlash maqsad qilib qo‘yildi.

Råspublikada  badiiy-eståtik  tarbiyaning  turli  shakllarini

to‘g‘ri tashkil qilish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va

takomillashtirishning eng samarali yo‘llaridan biridir. Matårial-

larga badiiy ishlov bårish o‘quvchida fantaziyani rivojlantiradi,

badiiy  didni  shakllantiradi,  ularga  ijodiy  qobiliyatni  barvaqt

egallashga  yordam  båradi.  Ularning  kåyingi  ijtimoiy va  ishlab

chiqarish  sohalaridagi  måhnat  faoliyatlari  uchun  mustahkam

zamin  tayyorlaydi.  Badiiy  didi  o‘sgan,  ijodiy  qobiliyatga  va

tåxnik  malakalarga  ega  bo‘lgan  inson  ana  shu  sifatlarga  ega

bo‘lmaganlarga  qaraganda  sifatliroq,  samaraliroq  ishlashi

allaqachon isbotlangan.

Matåriallarga  badiiy  ishlov  bårish  uchun  turli  buyum  va

prådmåtlarni  tayyorlashda  båvosita  qatnashish  o‘quvchiga

chuqur ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Måhnat jarayoni  shakllar yasash-

ning  qonuniyatlarini,  dåtallarning  go‘zalligini,  matårial  va

rangning imkoniyatlarini bilib olishda ko‘maklashadi.

Ushbu  qo‘llanmaning  maqsadi  o‘quvchilar  mashg‘ulotlar

jarayonida  badiiy  ijodiy    faoliyatning  nazariy  va  psixologik-

pådagogik  asoslarini  yoritish  orqali  ularning  madaniy-eståtik

saviyasini yuksaltirish yo‘llarini va ularning o‘quvchilarni eståtik

tarbiyalashdagi ahamiyatini ko‘rsatishdir.


4

Matåriallarga  badiiy  ishlov  bårish  mashg‘ulotlari  avvalo

o‘quvchilarning  umumiy  kamolotiga,  ya’ni  ularda  diqqat,

kuzatuvchanlik,  siymoli  hamda  fazoviy  tafakkur,  måhnatså-

varlik, iroda va hakozolarning rivojlantirishi lozim.

Xalq  dåkorativ  amaliy  san’ati  juda  boy,  turli-tuman  va

rang-barangdir. Yildan yilga bu ommaviy ijodga bo‘lgan qiziqish

ortib  bormoqda.  Amaliy  san’atda  xalqning  go‘zallik  haqidagi

tasavvurlari namoyon bo‘ladi. U o‘z atrof-muhitini go‘zallik va

uyg‘unlik qonuniyatlari asosida o‘zgartirishga harakat  qiladi. Uy

jihozlari  kiyim-kåchak,  idish-tovoq  va  måhnat  qurollari  shular

jumlasidandir.

Xalq dåkorativ amaliy san’ati namunalari go‘zallik, soddalik

va qulaylikning optimal uyg‘unligi va kång tarqalgan matåriallar-

ning  ishlatilganligi  bilan  bizni  hayratda  qoldiradi.  Xalq

dåkorativ  amaliy  san’atini  tahlil  qilish  badiiy  hunarmand-

chilikning  ayrim  yo‘nalishlarini,  malaka  sirlarini  o‘rganish  va

kålgusida ijodiy måhnat jarayoni va måhnat natijalaridan zavq va

qoniqish xissini  uyg‘otadi.

Xalq  dåkorativ  amaliy  san’ati  badiiy  hunarmandchilikni

o‘rganishda    dåkorativ  amaliy  san’ati  muzåylaridagi    hunar-

mandlarning  ijodiy  måhnat  asarlari  namunalari  katta  yordam

båradi.  Badiiy    ta’limda  darslar  milliy  an’analarni  o‘rganish,

kollåksiya yig‘ish bilan birgalikda olib borilsa,  maqsadga muvofiq

bo‘ladi.

O‘quvchilarga badiiy ta’lim ko‘nikmalarini bårishda ustaxo-

nada  ijodiy  muhit  yaratishga  harakat  qilish  lozim.  O‘quv

muassasasidagi  har  xil  ko‘rgazmalar,  konkurslar,  moda  na-

moyishlari  ijodiy  muhit  yaratish  imkonini  båradi.  Bu  tadbirlar

davomida qatnashuvchilarning  ishlaridagi yutuq va kamchiliklar

ko‘rsatib o‘tiladi.

Matolarni  badiiy  båzash  xalq  dåkorativ  amaliy  san’atining

bir turidir. Shuning uchun o‘quv jarayonida o‘qitish tåxnologik

usullarini  o‘rganish  bilan  chågaralanib  qolmay,  badiiy  ta’lim

fanlarini  o‘rgatish  o‘quvchini  didini  o‘stirishga  yo‘naltiruvchi

omil bo‘lishi kårak.



5

Xalq  dåkorativ  amaliy  san’atining  barcha  turlari  kabi

to‘qimachilik matolariga, buyumlarga båzak bårish o‘z prinsið-

lariga  ega.  Bu  san’atning  kishilar  hayotidagi  o‘rni,  badiiy

yåchimi,  vosita  uslublari  hunarmand  rassomga  tasavvuridagi

ijodiy fikrni to‘la ifodalashga va buni biror buyumda qo‘llashga

yordam  båradi.  Bu  jarayon  buyumda  matårialning  (mato)

go‘zalligini  va xususiyatlarini bo‘rttirib ko‘rsatadi.

Yakka tarzdagi to‘qimachilik buyumlaridagi ishlangan rang-

tasvir  asarlari  (sharf,  ro‘mol,  bo‘yinbog‘)    kontrast  yoki  tonal

ranglari  ko‘ylak,  kostum  bilan  uyg‘unlashib  ansambl  yaratadi.

Yorqin  rangdagi  chiroyli  bog‘langan  sharf  yoki  ro‘mol  har

qanday ayolning go‘zaligini namoyon qilishga imkon båradi.


6

I BOB

1-§. Matolarni badiiy båzash uchun ishlatiladigan

 matåriallar, jihozlar va asbob-uskunalar

Matolarni  badiiy  båzash  uchun  yorug‘  va  yaxshi  shamo-

latiladigan  xona  bo‘lishi  kårak.  Har  bir  ish  joyida    bir  nåcha

tortmali stol-tumbochka bo‘lishi kårak. Ularda mato va matoni

bo‘yash  uchun  zarur  bo‘lgan  buyumlar  va  moslamalar  turadi.

Stolning  ustki  qopqog‘i  1  kv  m  (1-rasm).  Stolning  ustiga

suriladigan  yog‘och  ramka  to‘rtta  yog‘och  brusoklar  (pona)

pyalsalar

1

  pazga


2

  cho‘ktirilgan  ilmoqlar  bilan  qo‘yiladi.  Ram-

kadagi  ilmoqlar  matoni  ilib  qo‘yishga  xizmat  qiladi  (2-rasm).

Ilmoqlar uchi o‘tkir bo‘lib, botib turishi kårak. Ilmoqni  zang va

pyalsalar



 

— matoni  tarang tortib  turuvchi chambaraklar.

paz — botiq iz.



1-rasm.

 Matolarni badiiy båzash uchun  ish  joyi.

7

iflosdan saqlash uchun kimyoviy chidamli lok bilan qoplanadi.

Ramkaga ilmoqlangan  va tortilgan  gazlama vintlar  bilan stolga

mahkamlanadi.  Ishlayotgan  talabada  gigroskopik  paxta,  uchi

uchli plastmassa yoki yog‘och 6—8 millimåtrli stårjånlar, poro-

lon yoki råzinkali gubka, kolonok yoki bo‘rsiq tukidan mo‘yqa-

lam va boshqa jihozlar bo‘lishi zarur.

2-rasm. 

Ramkadagi ilmoqlar matoni ilib qo‘yishga

 xizmat qiladi.

3-rasm. 

Matolarga badiiy båzak bårishda

 funtikning ishlatilishi.


8

Matolarga badiiy båzak bårishda funtik ham ishlatiladi. U

kalka  yoki  pårgamånt  qog‘ozda  to‘g‘ri  to‘rtburchak  shaklida

20x20  sm  3-rasmda  ko‘rsatilganidåk  tayyorlanadi.  Ochilib

kåtmasligi uchun yålimlanadi.  Funtik 3/4 qismiga  pasta yoki

boshqa bo‘yovchi  massa  solinadi.  Pastani  osonroq, ozodaroq,

ikki  qo‘lni  ishlatib  solish  uchun  funtikni  ingichka  qismini

bo‘sh butilka og‘ziga solib turiladi. Funtik to‘ldirilgach, yuqori

qismi  taxlanadi.  Pastki  qismi  esa  kåsiladi.  Katta  yoki  kichik

kåsilishi pastaning qanday o‘lchamda sizib chiqishiga bog‘liqdir.

Matoga tasvir rasmi tushirilayotganda funtikni kång tamonidan

pastani  bir maromda  katta,  o‘rta  va ko‘rsatkich barmoq  bilan

siqish  kårak.

Matoga funtikda ishlov bårilayotganda funtik bilan xohla-

gan yo‘nalishda chiziq va shtrixlar, nuqtalar qo‘yish mumkin

(4-rasm). Funtik bilan turli  xil fakturali naqsh va ornamånt-

larni: iðda tikilgan kashtadan to bisårli kashtalarni taqlid qilib

bajarish mumkin.

Taqlid  xususiyatiga  ko‘ra  funtik  bilan  yassi  chiziq  chizish

kårak bo‘lsa, funtik matoga botirib chiziladi. Agar qabariq chiziq

chizish kårak bo‘lsa, funtik uchi matoga tågar-tågmas yurgiziladi.

4- rasm. 

Doka va tuldan ishlangan yålpig‘ichlar. Funtikda båzatilgan.


9

Funtikdan  siqib  chiqarilgan  har  qanday  massa  qurigach

sinuvchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun naqsh chizig‘i bo‘yicha

yurgizilganda  tåz-tåz  uzib,  yåtarlicha    kichik  masofa  qoldirib

chiziladi.  Shuni  esdan  chiqarmaslik  kårakki,    bo‘yovchi  massa

funtikda uzoq vaqt  saqlanishi mumkin (faqat uchi  quriydi; uni

kåsib ishni yangitdan  boshlash mumkin).  Faqat BF-2  va  BF-6

yålimli  aralashmalar  bundan  mustasno.  Ularni  bir  sutkadan

ko‘p  saqlash  mumkin  emas.

5-rasm. 

Båzatuvchi to‘r. Kapronda funtik

yordamida båzatilgan.

6-rasm. 

Kisåyada oq ipakda tikilgan kashtaga taqlid.

 Funtikda bezatilgan.


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

https://kitobxon.com/oz/asar/264

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

https://kitobxon.com/uz/asar/264

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно

найти на сайте 



https://kitobxon.com/ru/asar/264


Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling