M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Dorivor o'simliklar dorixonasi


Download 6.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana15.12.2019
Hajmi6.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Dorivor o'simliklar dorixonasi,  odatda,  yirik  shaharlarda  va viloyat 
markazlarida  aholini  dorivor  o‘simliklardan  tayyorlangan  dori  vositalarini 
damiama,  qaynatma  holida  vrachlar  retsepti  bilan  va  retseptsiz  har  xil 
choylar  holida,  sharbatlar  shaklida  fitobarlarda  tayyorlab  aholi  uchun 
foydali  va  nisbatan  bezarar  bo‘lgan  dori  vositalari  bilan  ta'minlash  uchun 
tashkil  qilinadi.
Bu  dorixonalar  retsepturasining  o‘ziga  xos  murakkablik  tomonlari 
ham  mavjud,  chunki  ayrim  yigmalar  tarkibiga  o‘nlab  dorivor  o‘simliklar 
xom  ashyosi  kiritiladi,  shuning  uchun  bu  yig‘malarni  tayyorlash 
belgilangan  tartib  asosida amalga  oshirilib,  farmatsevtdan  o‘ziga xos  bilim 
va mahoratni  talab etadi.
Dorivor  o‘simliklardan  dori  vositalariga  aholi  ehtiyojini  qondirish 
uchun  ayrim  hollarda  farmatsevtlar  va  vrachlar  hamkorligida  dori  vositasi
21

choy,  qaynatma,  damlama yoki  kokteyl  shaklida dorixonani  o'zida  alohida 
boiimlarda va fitobarlarda tashkil  qilinishi  ham  mumkin.
Hozir  Respublika  SSV  qoshidagi  litsenziya  hay’ati  tomonidan 
bunday  dorixona  yoki  bo‘limlar  ochishga  ruxsatnoma  berilib  bormoqda, 
chunki  bunday  dorixonalar  aholi  uchun  foydali  va  ularda  tayorlanadigan 
dori  shakllari  iqtisodiy  jihatdan  arzón  dori  shakli  bo'lib,  aholi  ehtiyojini 
bunday dori vositalariga qondirishda muhim  rol  o ‘ynaydi.
Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham 
maxsuslashtirilgan  dorixonalar turkumiga kirib,  ular ma’lum  darajada aholini 
o‘ziga  xos  gomeopatik  retseptlar  asosida  tayyotlangan  dori  vositalari  bilan 
ta’minlashga  yordam  beradi.  Ushbu  dorixonalar  iloji  boricha  geriatrik 
bemorlarni  davolash  uchun  tashkil  qilingan  maxsus  davolash  va  davolash- 
profilaktika muassasalari yaqinida boiishi maqsadga muvofiqdir.
Gomeopatik  dorixonalarda  dori  vositalari,  asosan,  tayyor  dori 
vositalari  shaklida  beriladi,  lekin  bu  xildagi  dorixonalarda  ham 
ekstremporal  holda  ayrim  dori  vositalarini  tayyorlash  ishlarini  yo‘lga 
qo‘yish  mumkin.  Hozirgi  kunda  alohida  maqomga  ega  boigan 
gomeopatik  dorixonalar  respublikamizda  tashkil  etilgan  emas,  lekin 
ma’lum  dorixonalarda  alohida  gomeopatiya  boiim i  sifatida  mavjud. 
Ta’kidlash  lozimki,  Toshkent  farmatsevtika  institutining  dori  turlari 
texnologiyasi  kafedrasida  ko'plab  gomeopatik  dori  shakllari  texnologiyasi, 
ayniqsa.  respublikamizda  mavjud  boigan  xom  ashyolardan  asos  sifatida 
foydalanib  amaliyotda  qoilash  uchun  tayyorlab  qo'yilgan  texnologik 
jarayonlar yaratilgan.
0 ‘quv-ishlab  chiqarish  dorixonalari,  asosan,  yosh  mutaxassislami  yoki 
yuqori  kurs  studentlarini.  ishlab  chiqarish  yoki  magistratura  amaliyoti 
mashg'ulotlarini  oikazish  yoki  farmatsevtlar  malakasini  oshirish  uchun  baza 
sifatida  tashkil  qilinib,  shu  bilan  birga,  aholini  va  DPM  ni  dori  vositalari  va 
boshqa tibbiy ashyolar bilan ta’minlab turish ishlarini  amalga oshiradi.
Ushbu  dorixonalarda  o'quv  va  amaliy  mashg‘ulotlami  o‘tkazishga 
moijallangan qo‘shimcha xonalar bo‘lib, ular o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar 
uchun zarur bo‘lgan asboblar, priborlar va boshqa anjomlar bilan jihozlanadi. 
0 ‘quv  -kompyuter  xonalari  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarga  oid 
masofali  o‘qitishga  mo‘ljallangan  texnika  vositalari,  o‘quv  adabiyotlar  va 
tegishli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq.
0 ‘quv-ishlab  chiqarish  dorixonalari  ilmiy  izlanishlar  yoki  ilmiy 
izlanishlar samarasini dorixona amaliyotiga tatbiq  etishga  ham  moijallangan 
holda  qurilib  tashkil  etiladi.  Ular  talabalami  va  magistrantlarni  malakaviy 
bitiruv (diplom) ishlarini  bajarish uchun baza boiishi  ham mumkin.
22

Mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar,  dorixonalarning  asosiy  vazifasi 
aholini,  DPM  ni  va  boshqa  tashkilotlar,  maktab,  bolalar  bog'chalari  va 
ayrim  ishlab  chiqarish  korxonalarining  tibbiy-sanitariya  qismlarini  dori 
vositalari,  sanitariya-gigiena  buyumlari,  dezinfektsiya  vositalari  va 
bemorlarni  parvarish  qilishda  ishlatiladigan tibbiy  buyumlar bilan uzluksiz 
ravishda ta’minlab turishdan  iborat.
Tibbiy  buyumlar jumlasiga  kasallikning  oldini  olish,  tashhis  qo‘yish 
va  davolash  uchun  tibbiyotda  qo‘llanadigan  buyumlar  -bog‘lash  va  tikish 
materiallari,  shpritslar,  qon  va  infuzion  eritmalar  quyishga  mo'ljallangan 
sistemalar,  bemorlarni  parvarishlashda 
qoMlanadigan  ashyolar  va 
materiallar kiradi.
Dorixonalar  bajargan  ishlari,  mulkchilik  shakllari  e’tiborga  olingan 
holda  ishlab  chiqarish,  ta’minlash,  savdo  va  xo‘jalik  faoliyatlari  bilan 
shug‘ullanadi.
Ularning  ishlab  chiqarish  faoliyati  shundan  iboratki,  ular  dorixonada 
vrachlar  yozib  bergan  retsept asosida  va  DPM  talabnomalari  hamda  boshqa 
tashkilotlarning  buyurtmalari  asosida  dori  vositalari  tayyorlab  beradilar yoki 
tayyor  dori  vositasini  beradilar,  laboratoriya-qadoqlash  ishlarini  bajaradilar, 
aholiga  tayyorlab  berilayotgan  ekstemporal  dori  vositalari  va  tayyor  dori 
vositalari  sifatini  nazorat qiladilar va tegishli  tartibda  ularni  rasmiylashtirgan 
holda tashqi tomondan bezalishiga e’tibor beradilar.
Shuningdek,  dorixonalar  o‘zlariga  yuklatilgan  vazifalarga  mos 
ravishda quyidagi funksiyalarni  bajaradilar:
-  tibbiyot  xodimlari  o'rtasida  tegishli  tartibda  axborot  berish  ishlarini 
o‘tkazish,  unda  dorixonadagi  mavjud  va yangi  dori  vositalari  to‘g ‘risida 
ma’lumot  berish,  birorta  dori  vositasi  boMrnay  qolganda  uning  o ‘rnini 
bosuvchi  boshqa dori  vositasini taklif qilish,  bu dorilarni  ishlatish tartibi, 
dozasi  va  saqlash  qoidalari  to ^ ris id a   obyektiv  va  mukammal  ravishda 
axborot ishlarini  o‘tkazadilar;
-  ayrim  hollarda  o‘zlarida  vaqtincha  yo‘q  dori  vositalarining  boshqa 
dorixonalarda  mavjud  ekanligi  aytilib,  uning  manzili  bemorga 
tushuntirib  beriladi;
-  dorivor 
0‘simliklar  xom  ashyosini  terish,  tayyorlash,  saqlash  ishlarini 
amalga  oshiradilar,  xuddi  shunday  ishlarga  ularga  biriktirilgan  dorixona 
filiallarini  ham jalb etadilar;
-  dorixonalarda  sanitariya-gigiena  talablari  asosida  tegishli  boshqaruv 
ishlarini  amalga oshiradilar;
2. 4.  Dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
23

-  zarur  bo‘lib  qolgan  taqdirda  bemorlarga  birinchi  tez  tibbiy  yordam 
ko‘rsatishlari zarur;
Xuddi  shuningdek,  dorixonalar  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar, 
zarur  bo'lib  qolganda  aholiga  dori  vositalari  bilan  ko'rsatiladigan  tibbiy 
xizmatni  yaqinlashtirish  maqsadida  o'zining  dorixona  shaxobchalarini 
ochishi mumkin.
Dorixonalar  iqtisodiy  ko'rsatkichlari  mulkchilik  shakli,  ishlab 
chiqarish  va  savdo  faoliyatiga  qarab,  yuqorida  qayd  etganimizdek, 
aktsionerlik,  jamoa  va  yakka  tartibda  faoliyat  ko‘rsatuvchi  xususiy 
dorixonalar hamda shifoxona dorixonalariga  bodinadi.  Bu dorixonalaming 
faoliyat  turlari  esa,  dorixona  ochish  tartib-qoidalari  to‘g‘risidagi  SSVning 
buyrugh  asosidagi  litsenziya berish  hay’ati  tomonidan  Respublika Vazirlar 
Mahkamasining tegishli  qarorlari  asosida  muvofiqlashtirib turiladi.
2.5.  Dorixona xonalarining tarkibi, ularning faoliyat turiga 
qarab jihozlanishi
Dorixonalarni  ochish  tartibiga  oid  Respublika  SSV  tomonidan 
tasdiqlangan  Sanitariya  qoidalari  va  ularning  gigienik  me'yorlarida  (San 
PiN  №  0078-98  va  San  PiN  №  0162-04)  dorixonaning  faoliyat  ko‘rsatish 
turiga  qarab,  unda  belgilangan  xonalarga  qo'yiladigan  asosiy  talablar 
keltirilgan.  Unda  ko'rsatilgan  umumiy  nizomga  asosan  har  qanday 
dorixona  San  PiN  tartib  qoidalari  asosida  tashkil  etiladi  va  undagi  xonalar 
hamda jihozlarga va ularni joylashtirishga ma’lum talablar qo'yiladi.
San  PiN  №  0162-04  ga  asosan  tayyor  dorilar  bilan  savdo  qiladigan 
dorixonalar  ko‘p  qavatli  binolarning  birinchi  qavatida  yoki  alohida 
binolarda tashkil  etishga ruxsat etiladi.
Ko‘p  qavatli  binolarda  dorixonaning  alohida  o‘z  kirish  y o ii 
binoning  orqa  tomonidan  bo‘lib,  har  xil  tovarlar  qabul  qilish  yoki  bo‘sh 
idishlarni chiqarish va ayrim kishilarni  qabul  qilish uchun xizmat qiladi.
24

Tayyor dori vositalari dorixonalari uchun  eng kam tarkibdagi xonalar 
mavdonining liajmi
Xonalari  nomi
Xonalar maydoni  n r  dan 
kam boMmasligi
1 .Savdo zali, shundan:
16
a) Ishchi  o‘rinlari  zonasi
8
b) Aholiga xizmat qilish zonasi
8
2. Tayyor dori vositalarini  ochish va saqlash  uchun
8
3.  Termolabil  (issiqqa  chidamsiz)  dorilarni  saqlash 
uchun
4
4.  Yordamchi  xonalar,  xodimlarni  shaxsiy  kiyim  yoki 
halatni  echib kiyinish yoki  ovqatlanish uchun
4
5.Xo¡atxona (qoMni yuvish uchun rakovina bilan)
4
Jami
34
Xonalar  poli,  devorlari  dezinfektsiyalovchi  vositalar  bilan  hoM 
lattada  artib  tozalanishi,  oynalar esa  yoz  kunlari  alohida  parda  yoki  uning 
o ‘rnini  bosuvchi  quyoshdan  himoyalovchi  buyumlar  bilan  jihozlanishi, 
oynalardagi  ochilib  yopiladigan  darchalarga  mayda  ko‘zli  setka  tutilgan 
boMishi  kerak.
Dorixonada  isitish  tizimi  bo'lishi,  ko‘p  qavatli  binolarda joylashganda 
esa  markazlashtirilgan  isitish sistemasidan  isitilishi  kerak.  Isituvchi  radiatorlar 
iloji bo‘lsa, ustki qismi silliq va tez artib tozalanadigan boMishi kerak.
San  PiN  №0078-98  esa  umumiy  tipdagi  dorixonalar  va  shifoxona 
dorixonalari  uchun  ishlab  chiqilgan  boMib,  unda  dorixona  xodimlarining 
shaxsiy  gigiena  qoidalariga,  dorixonadagi  asbob-anjomlar  va  dorixona 
priborlariga  qo‘yiladigan  talablar  ham  ko'rsatilgan.  Respublika  hududida 
joylashgan  hamma  dorixonalar,  ularning  mulkchilik  shakli  va  kimga 
tegishliligidan qat’iy nazar, bu talablarga rioya qilishlari  shart.
Umumiy  va  shifoxona  dorixonalarini  xonalaring  va  ularni  xajm 
me’yorlari va jihozlanishi  San  PiN № 0078-98  bo‘yicha bo‘lad¡.
2.6.  Dorixonalarning tashkiliy tuzilishi
Bajarayotgan  ish  hajmiga  qarab,  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar, 
dorixonada  o ‘z  imkoniyatlarini  va  mahalliy  sharoitlarni  hisobga  oigan 
holda belgilangan me’yorlar doirasida boMimlar tashkil  etiladi.
Tayyor  dorilar  bilan  savdo  qiladigan  dorixonalarda,  odatda,  alohida 
boMimlar tashkil qilinmaydi.
Boshqa  ko'pchilik  dorixonalarda  ikkita  boMim:  retseptura-ishlab 
chiqarish va retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dori vositalari  boMimlari  boMadi.
25

Hozir eng katta dorixonalarda 4 ta bo'lim boiishi tavsiya etiladi.  Sobiq  ittifoq 
davrida  va  hozirgi  kunda  Rossiya  Federatsiyasida  bu  dorixonalar  1-guruh 
dorixonalari  deb  yuritiladi  va  yuqorida  qayd  etilgan  boiimlardan  tashqari, 
ularda yana bir necha bo'limlar bo'lishi mumkin deyiladi.
Bizning  respublikamizda  ham  yuqorida  qayd  etilgan  4  ta  boiimdan, 
ya’ni  retseptura  ishlab-chiqarish  bo'limi,  retsept  bilan  beriladigan  tayyor 
dorilar  bo'limi,  g'amlamalar  bo'limi  va  retseptsiz  sotishga  ruxsat  etilgan 
dorilar  bo'limlari  mavjud  bo'lgan  dorixonalar  faoliyat  ko'rsatmoqda.  Lekin 
bu  bo'limlar  soni  cheklanadi  degan  gap  emas,  dorixonada  yana  boshqa 
bo'limlar  ham  ochish  mumkin.  Masalan,  sanitariya-gigiena  bo'limi, 
ko'zoynaklar bo'limi, gomeopatik dorilar bo'limi, fitobar va boshqalar.
Bu  bo'limlami  bo'lim  boshliqlari  va  ulaming yordamchilari  boshqaradi. 
Bo'lim  boshliqlari  va  lining  yordamchilari,  asosan,  oliy  ma’lumotli 
farmatsevtlar bo'ladi.  Lekin  sanitariya-gigiena  bo'limi,  ko'zoynaklar  bo'limi, 
fitobarlarda  bo'lim  boshliqlari  va  ulaming  yordamchilari  lavozimlarida  o'rta 
maxsus ma’lumotli farmatsevt assistentlar ishlashlariga ruxsat etiladi.
Har bir bo'lim o'zining tegishli  vazifalarini  bajaradi.
Retseptura-ishlab  chiqarish  bo'limi  yakka  tartibdagi  ambulatoriya 
retseptlari  va davolash-profilaktika  muassasalarining talabnomalari  asosida 
ekstemporal  yoki  tayyor  dori  vositalarini  aholiga  tayyorlab  berish,  sifatini 
nazorat  qilib,  ichish  va  saqlash  tartib  qoidalarini  ularga  tushuntirib  berish 
bilan  shug'ullanadi.  Zarur  bo'lib  qolgan  taqdirda  dorixona  mutaxassislari 
aholiga birinehi tibbiy yordam  ko'rsatishadi.
G'amlamalar  bo'limi  dori  vositalariga,  tibbiy  va  boshqa  bemorlarni 
parvarish  qilish  buyumlariga  buyurtma-talabnomalar  yozib  dorixona 
ta’minotchilariga:  farmatsevtika  zavodlariga  yoki  ulgurji  dorixona
muassasalariga,  firma  va  ishlab  chiqarish  korxonalariga  jo'natadi. 
Shuningdek,  bo'lim  mutaxassislari  doimiy  ravishda  dori  vositalari  va 
boshqa  tibbiy  buyumlarga  bo'lgan  ehtiyojni  o'rganib.  aniqlab  boradilar. 
Bo'limda  dori  vositalarini  tegishli  tartibda  saqlash,  boshqa  bo'limlariga 
dori  vositalarini  berish,  shuningdek,  shu  bo'limda  tez-tez  takrorlanib 
turadigan  retseptlar asosida yarim  fabrikat va standartlarni  tayyorlash  bilan 
ham  shug'ullanib,  tegishli  tartibda ular sifatini  nazorat  qilish,  laboratoriya- 
qadoqlash  ishlari  amalga oshiriladi.
Tayyor  dorilar  bo'limi  esa  aholidan  va  davolash-profilaktika 
muassasalaridan  tayyor  dorilarga  kelib  tushgan  retseptlar  asosida 
farmatsevtika-ishlab  chiqarish  korxonalaridan  keltirilgan  dori  vositalarini 
berish  bilan  shug'ullanadi.  Bu  bo'limda,  asosan,  oliy  ma'lumotli 
farmatsevtlar faoliyat ko'rsatadilar.
26

Retseptsiz  sotishga  ruxsat  etilgan  dorilar  bo'limida  O‘zbekiston 
Respublikasi  SSV  tomonidan  retseptsiz  sotishga  ruxsat  etilgan  dori 
vositalari  sanitariya-gigiena buymlari  va tibbiy  buyumlar, yosh  bolalarning 
maxsus  ovqatlari  va  bemorlami  parvarish  qilishda  ishlatadigan  boshqa 
buyumlar  sotish  bilan  ham  shug‘ullanadilar.  Ayrim  dorixonalarda  shu 
bodimdan bemorlarga kislorod yostiqlari  ham beriladi.
2.7.  Dorixona xodimlari lavozimlarining nomlanishi
Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgandan  keyin  aholini  sifatli  dori- 
darmon  bilan  ta’minlashga  katta  e’tibor  berildi.  0 ‘tgan  davr  mobaynida 
dorixona  tizimida  tub  o’zgarishlar  yuz  berdi,  dori-darmon  ta’minotini 
takomillashtirishga  oid  qator  qarorlar,  dorixona  muassasalari  faoliyatini 
tartibga  solish  bo‘yicha  me’yoriy  hujjatlar  ishlab  chiqildi  va  qabul  qilindi. 
Jadal  sur'atlar  bilan  rivojlanib  kelayotgan  farmatsiya  sohasida  yangi 
yo‘nalishlar tashkil  qilindi,  bu  esa  o ‘z  navbatida,  yangi  lavozimlar  tashkil 
qilinishini taqozo etadi.
Bugungi  kunda  farmatsevt  kadrlar  quyidagi  soha  muassasalarida 
faoliyat ko‘rsatmoqdalar:
-  turli  mulkchilikdagi  dorixonalar;
-  dorixona omborlari;
-  dorixona filiallari;
-  dorixona korxonalari;
-  nazorat tahlil  laboratoriyalari;
-  boshqa muassasalar.
Farmatsevt  kadrlar  lavozim  nomenklaturasi  va  lavozim  nizomlari 
O‘zbekiston  Respublikasi  SSV tomonidan  tasdiqlanadi.  Quyidagi jadvalda 
oliy  ma’lumotli  va  o‘rta  maxsus  ma’lumotga  ega  bodgan  farmatsevt 
kadrlarning lavozim nomenklaturasi  keltirildi:
Dorixona  xodimlarining lavozim  nomenklaturasi

Oliy  ma'lumotli  farmatsevt
O 'rta maxsus ma’lumotli  farmatsevt 
assistenti
1
Dorixona mudiri - farmatsevt
-
2
Mudir muovini - farmatsevt
-
3
Bodimi  mudiri-farmatsevt (oliy 
ma’lumot  talab etiladigan 
bodimlarda)
Bodim mudiri- farmatsevt assistenti 
(retseptsiz savdo bodimi, dorivor 
o'simliklar, sanitariya - gigiena buyumlari 
bodimi)
4
Bodim mudiri  muovini -  
farmatsevt
Bodim  mudiri muovuni
27

5
Farmatsevt-texnolog
Farmatsevt assistenti
6
Farmatsevt-analitik
-
7
Dorixona fililali  mudiri  - 
farmatsevt
Filial  mudiri -  farmatsevt assistenti
Dorixona ombori (ulgurii savdo muassasalari) korpus
1
Mudir - farmatsevt
-
2
Mudir muovini  -  farmatsevt
-
3
B oiim  mudiri -  farmatsevt (qabul 
bo'limi,  zaharli va giyohvandlik 
vositalari  boMimi)
Bo'lim  mudiri -  farmatsevt assistenti  (oliy 
ma’lumotli  farmatsevt talab etilmaydigan 
bo’limlarda)
4
-
Bo'lim  mudinning  muovini -  farmatsevt 
assistenti
5
Farmatsevt - texnolog
-
6
Farmatsevt - analitik
-
7
-
Farmatsevt assistenti
Dori vositalari, kosmetik vositalar va  parafarmatsevtika  mahsulotlarini  ishlab
chiqaruvchi korxonalar
1
Oliy ma’lumotli  farmatsevt
0 ‘rta maxsus  ma’lumotli  farmatsevt 
assistenti
2
Rahbar -  farmatsevt
-
3
Rahbar muovini  -  farmatsevt
-
4
Farmatsevt muhandis
-
5
6
Agroekolog
-
Biotexnolog
-
7
Farmatsevt-kosmetsevt
-
Nazorat tahlil  laboratoriyalari
1
Oliy ma’lumotli  farmatsevt
O'rta maxsus ma’lumotli  farmatsevt 
assistenti
2
Mudir -  farmatsevt
-
3
Mudir muovini -  farmatsevt
-
4
Farmatsevt-analitik
5
Laborant -  farmatsevt assistenti
Farmatsevt kadrlar talab  etiladigan  boshqa  muassasalarda
1
Oliy ma’lumotli farmatsevt
0 ‘rta maxsus  ma’lumotli  farmatsevt 
assistenti
2
Klinik  farmatsevt
-
3
Farmatsevt nazoratchi
-
4
Farmatsevt marketolog
-
28

3-bob. DORI VOSITALARINING RETSEPTSIZ SAVDOSINI 
TASHKIL QILISH
3.1  Xalqaro amaliyotda dori vositalari turkumlanishining 
asosiy prinsiplari.  turkumlash  shakllari
Dori  vositalari  turli  oMchovlar  bo‘yicha  turkumlanishi  mumkin. 
Masalan,  farmakoterapevtik  xususiyati  bo‘yicha,  ta’sir  etish  mexanizmi, 
dorixonalardan  muomalaga  chiqarish  xususiyatlari,  ishlab  chiqaruvchi 
firmalar,  dori  shakllari  bo’yicha  va  hokazo.  Klassifikatsiyalash  xili, 
qo’yilgan  maqsad  va  ma’lumotlar  iste’mol  xususiyatlariga  ham  bogMiq. 
Ilmiy  izlanish  jarayonida  olimlar  dori  vositalarini  turkumlashda  ta’sir 
mexanizmi,  qo’shimcha  reaktsiyalar,  ta’sir  etuvchi  vositaning  kimyoviy 
tuzilishi  va  boshqalar  bo’yicha  foydalanishadi.  Bunday  turkumlashlar 
amaliy  sog'liqni  saqlashda  foydalaniladigan  uslublarga  qaraganda  ko'proq 
ahamiyatga  ega.  Farmatsevt  marketologlar,  vrachlar  farmakoterapevtik 
ko‘rsatkichlar  bo'yicha  (yurak-qon  tomirlar,  yalligManishga  qarshi,  qandli 
diabet  va  boshqalar)  hamda  dorixonadan  dorilarning  retsept  bo’yicha  yoki 
retseptsiz sotilishi  bo'yicha turkumlashdan foydalanishadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  va  boshqa  hamdo’stlik  mamlakatlarida 
uzoq  vaqt  akademik  M.D.Mashkovskiy  tomonidan  tavsiya  etilgan  dori 
vositalarini  turkumlashdan  foydalanilgan.  U  o ‘z  dolzarbligini  hozirgi 
kunda  ham  yo'qotmagan.  Bu  turkumlashda  vositalar  farmakoterapevtik 
guruhlarga boMinadi  .
Quyida  klinik-farmakologik  ko‘rsatkichlar  bo’yicha  va  ta’sir 
mexanizmi  bo‘yicha  dori  vositalarini  turkumlashga  misol  keltirilgan  (1  - 
rasm).  Bu  turkumlashda  dori  vositasini  patentlanmagan  xalqaro  nomi 
hamda ma’lum Firmaga tegishli  savdo nomi  ko’rsatilgan.
Qator  Yevropa  davlatlarida  dori  vositalari  dorixonadan  beriladigan 
dorilar  tartibiga  muvofiq  -   retsept  bilan  va  retseptsiz  beriladigan  dori 
vositalariga  boMinadi.  Bu  “Odam  uchun  dori  vositalari  kategoriyasini 
aniqlash  haqida”gi  Yevropa  Ittifoqi  tomonidan  1992-yil  31-martda  qabul 
qilingan  Kengash  dasturida  aniqlangan.  Dasturda  dorixonalardan  faqat 
maxsus  retsept  bo’yicha  berilishi  kerak  boMgan  vositalar  ham  ajratib 
ko’rsatilgan.
29

1  -  rasm.  Klinik-farmakologik  ko‘rsatkichlar  va  ta’sir  inexanizimiga  muvofiq 
turkumlash misoli  (dori  vositasining xalqaro nomi;  *dori  vositaning savdo nomi).
30

3.2.  ATS (anatomical therapeutic chemical classification  system) 
turkumlanish  tizimi
Jahon  sogMiqni  saqlash  tashkiloti  (JSST)  turli  davlatlar  vrachlariga 
va  farmatsevtlarga  amaliy  faoliyat  uchun  dori  vositalarining  ATS 
turkumlanish tizimini tavsiya etadi.
Ushbu  tizim  bozoming  marketingli  izlanishida,  dori  vositalari 
ehtiyoji va  iste’moli  tahlilida,  reklama va boshqa jarayonlarda  qoMlanilishi 
mumkin.  ATS  turkumlanish  tizimini  JSST  tomonidan  1996-yilda  tavsiya 
qilingan xalqaro standart deb qarash  mumkin  .
ATS  turkumlanish  tizimi  -   bu  dori  vositalarini  ma’lum  anatomik 
organ  yoki  sistemaga  hamda  ularning  kimyoviy,  farmakologik  va 
terapevtik xususiyatlariga  qarab  guruhlarga  bo'lishga  asoslangan.  Shunday 
qilib,  ushbu  turkumlanish  bir  nechta  darajaga  ega  bo‘lib,  har  bir  dori 
vositasiga ATS ning  ma’lum  guruhiga  mansublik kodi beriladi.
Vositalar 5  ta turli  darajali  guruhlarga turkumlanadi.
1  -  daraja  -   lotin  harflari  bilan  belgilangan  14  ta  asosiv  anatomik 
guruhlar.  Dori  vositasi  kodida quyidagi  harf birinchi  bo‘lib joylashgan:
A  -   Ovqat  hazm  qilish  sistemasiga  va  metabolizm jarayoniga  ta’sir 
qiluvchi vositalar.
V -  Qon sistemasi  va gemopoezga ta’sir etuvchi vositalar.
S -  Yurak-qon tomirlarga ta'sir etuvchi  vositalar va boshqalar.
2  - daraja -  asosiv  terapevtik (farmakologik)  guruh,  bunda  vositalar 
asosiy  terapevtik  natija  yoki  farmakologik  xususiyatiga  qarab  bo‘linadi. 
Kodda ikkita arab sonlari  bilan belgilanadi,  01  dan boshlab:
A  -   Ovqat  hazm  qilish  sistemasiga  va  metabolizmga  ta’sir  qiluvchi 
vositalar.
API  -  Stomatologiyada foydalaniladigan vositalar.
A02  -   Antatsidli,  me’da  yarasiga  qarshi  va  vetrogen  vositalar  va 
boshqalar.
3 - daraja -  kichik terapevtik (farmakologik)  guruh.  kodda bitta  lotin 
harfi bilan belgilanadi.
A -  Ovqat hazm  qilish sistemasiga va metabolizmga ta’sir qiluvchi 
vositalar.
A02 -  Antatsidli.  me’da yarasiga qarshi  va vetrogen  vositalar.
A02A -  Antatsidlar.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 50%20Тиббий%20фанлар
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
50%20Тиббий%20фанлар -> R. mad azizova rivojlanishidagi nuqsonlarning
50%20Тиббий%20фанлар -> Li boris n ik o la y ev ic h
50%20Тиббий%20фанлар -> M. N. Israilova lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari
50%20Тиббий%20фанлар -> Kariycv М. Harbiy-dala jarrohligi
50%20Тиббий%20фанлар -> M j r b o y e V f. K
50%20Тиббий%20фанлар -> O'zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi
50%20Тиббий%20фанлар -> Tibbiy biologiya va genetika. Nishonboyev K.N.pdf [Juft chatishtirish]
50%20Тиббий%20фанлар -> A. toshmatov, sh sh. Magzumova

Download 6.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling