Madelung energiyasi deb ham ataladi. K ristaldagi ixtiyoriy I va j


Download 176.5 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi176.5 Kb.
#638022
Bog'liq
17.18.19
Kompyuterni tashkil etish №1, Boģcha, 31304932740048-Loan-20211130101221008, молия мустақил иш, 14.15.16, referat kk, referat med tex, Документ Microsoft Word (3), Dj.Uotsonning bixevioristik nazariyasi, Бизнес Режалаштириш Амалий Назорат Иши, Маъруза-9, IMG 20220301 123345 702, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (2), 1 Axborat texnalogiyasi Zayniddin

----lashishi uchun bo’sh joy kolmaydi. Natijada ushbu ionlar sodda kubik shaklda joylashadilar. Ion kristallarida o’zaro bog’lanish energiyasi asosan elektrostatik tavsifga ega bo’lib, bu energiyani Madelung energiyasi deb ham ataladi.
K ristaldagi ixtiyoriy i va j nomerlm atomlar orasidagi bog’lanish energiyasini Uij deb ataylik. U holda i nomerli ionning boshqa hamma atomlar bilan taʼsirlashuv energiyasi ga teng bo’ladi .

Ion bog’lanish kristall uchun ikki qismdan iborat deb qarash mumkin:



Ifodaning birinchi hadi ionga taʼsir qilayotgan itaruvchi kuchning potentsiali bo’lib, ikkinchi hadi esa Kulon taʼsiri potentsialidan iboratdir. Kushni atomlar orasidagi masofani R deb olamiz va belgilash kiritamiz .O’zaro itarish kuchlari faqat yaqin joylashgan atomlar orasidagina mavjud deb olsak, u holda yuqoridagi ifoda soddalashadi.

Kristaldagi musbat va manfiy ionlar soni 2N ga teng bulsa, kristalning to’liq energiyasi ga teng bo’ladi. Ui ni N ga
ko’paytirishimiz sababi har bir taʼsirlashuvchi juftni bir marta hisobga olinadi. Yuqoridagi ifodadan Ui ni topamiz:

U shbu formulada Z eng yaqin qo’shni atomlar soni. Ifodani soddalashtirish uchun ni ikkinchi hadga qo’shib quyidagini hosil kilamiz:

Bu ifodaga ham belgilash kiritamiz:

Ushbu son Madelung doimiysi deb ataladi. Endi yuqoridagi ifodamiz sodda ko’rinishga keladi:



Ifodadagi oxirgi had eng yaqin Z ta atomlar hissasini ham o’z ichiga oladi. To’liq energiya uchun esa:
ifodani hosil qilamiz. Muvozanat holatda to’lik energiya R ga bog’liq emas, yaʼni shuning uchun

(1.7) va (1.8) ifodadan
kelib chiqadi.
Bu ifodadagi kichik son bulib odatda ni tashkil
etadi. Shuning uchun deb olishimiz mumkin. Demak,
ion bog’lanishli kristallarda bog’lanish energiyasining deyarli hammasini Kulon energiyasi (yoki Madelung energiyasi) tashkil etar ekan. Harorat yoki bosimning o’zgarishi ion kristalining elementar katagi o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Harorat oshishi bilan musbat ion (anion)ning effektiv radiusi manfiy ion (kation)ning effektiv radiusiga nisbatan tez kattalashadi. Natijada ularning radiuslari nisbati o’zgaradi va bu o’z navbatida tuzilish o’zgarishiga olib keladi. Masalan, xlorli seziy (CsCl) va xlorli rubidiy (RbCl) kristallari temperature oshishi bilan hajmiy markazlashgan kubdan sodda kubga aylanib qoladi. Xlorli kaliy. xlorli brom, xlorli yodlarda esa bosim oshishi bilan teskari o’tish, yaʼni sodda kubik panjaradan hajmiy markazlashgan panjaraga aylanish kuzatiladi.
Ion kristallarini suvda eritilganda ular musbat va manfiy ionlarga parchalanadilar. Ular issiqlik taʼsirida eritilganda ham ionli suyuqlikka aylanadi. Buni ularning elektrik tokni yaxshi o’tkazishidan bilishimiz mumkin. Ionlar kristallari past temperaturalarda elektr tokini yaxshi o’tkazmaydi. Harorat oshishi bilan o’tkazuvchanlik ham ortib boradi. Ionlar kristallari infraqizil nurlarni yaxshi yutuvchi moddalardir.

1.5.3. Molekulyar bog’lanishli kristallar

Kristall panjarasi tugunlarida molekulalar joylashgan kristallarni molekulyar bog’lanishli kristallar deb ataladi. Kristaldagi har bir molekula o’zining xossalarini saqlaydi.


Ushbu kristallarga H2, N2, Cl2, Br2,J2 ,CH4 ,C02, H20 kristallari misol bo’la oladi. Molekulalarni kristall panjarada tutib turuvchi kuchlar boshka turdagi kuchlarga nisbatan zaif buladi. Ularni Van-Der-Vaals kuchlari deb ataladi. Bu kuchlar o’z navbatida molekulalar turi ga ko’ra uch xil bo’lishi mumkin.
1 . Аgar kristaldagi molekulalar qutbli , yaʼni molekulaning dipol yoki kvadrupol momenti noldan farqi bo’lsa, kristall molekulalari o’zaro oreintatsion kuchlar bilan taʼsirlashadilar. Bunday molekulalar orasidagi tortishish kuchlari molekulalar bir chiziqda joylashganda maksimal bo’ladi. Bu kuchlar molekulalarni maʼlum bir yo’nalishga burishga harakat qiladi, shuning uchun oreintatsion kuchlar deb ataladi. Issiqlik harakati molekulalarning elektrik momentlari yo’nalishlarini doim o’zgartirib turishiga qaramay, hamma yo’nalishlar bo’yicha o’rtachalashtirilgan taʼsir kuchi nolga teng emas. Oreintatsion taʼsirning potentsial energiyasi molekulalar orasidagi masofaning oltinchi darajasiga teskari proportsional, yaʼni Bu yerda P1 va P2 lar taʼsirlashuvchi molekulalarning dipol momentlari. Molekulalar orasidagi taʼsir kuchi
yaʼni molekulalar orasidagi masofaning yettinchi darajasiga teskari proportsional. Bu kuchlar masofa ortishi bilan juda tez kamayadi. Harorat ortishi bilan molekula------
Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling