Madrimov Sobir Madrimovich


Download 14.86 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi14.86 Kb.
#1070678
Bog'liq
Madrimov Sobir Madrimovich


Madrimov Sobir Madrimovich
Madrimov Sobir Madrimovich 1949-yil 29-martda Shovot tumani Qongli qishlog‘ida tug‘ilgan.
1954-yil 1-sentabrda 7-maktabning 1-sinfiga o‘qishga qabul qilingan. Maktabni 1965-yil bitkazib, shu yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kirgan. 1970- yili institutning matematika-chizmachilik fakultetini bitkazib, qishlog‘imizga matematika o‘qituvchisi bo‘lib ishga kelgan.
1970-1983-yillar davomida qishloqdagi 6- va 7-maktablarda matematika fanidan dars bergan. 1983-1984-o‘quv yilida 7-umumta’lim maktabi qoshida matematika bo‘yicha maktab internati ochdi. 1987-yildan 1990-yilgacha 7-maktab direktori lavozimida ishladi.
Maktab internati faoliyat yuritgan yillar davomida u ko‘plab shogirdlar tayyorladi. Shulardan Qurbonov Rustam, Abdullayev Ravshan, Xo‘jamov Jumanazar kabi o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha olimpiadaning Respublika bosqichida qatnashib yuqori ko‘rsatgichlarga erishganlar.
Bugungi kunga kelib shogirdlaridan Qurbonov Rustam va Abdullayev Ravshanboy, Vopayeva Rahimalar shu maktabda matematika fanidan o‘quvchilarga ta’lim berishayotgan bo‘lsa, Xo‘jamov Jumanazar va Abdullayev Ilyos Urganch Davlat universitetida yuqori lavozimlarda faoliyat olib bormoqdalar.
Download 14.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling