Maftuna Xalilovaning " Ona tilim, buyuklikda eng baland tog`san"


Download 21.04 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi21.04 Kb.
#150539
Bog'liq
@Talim fidoiylari kanali Ona yili senariy


Marg`ilon shahar

3-umumiy o`rta ta`lim

maktabi boshlang`ich ta`lim

fani o`qituvchisi

Maftuna Xalilovaning

Ona tilim, buyuklikda eng baland tog`san”

mavzusida tadbir

ssenarisi

Zal bayramona bezatilgan, ona tili haqida donolarning so`zlari yozilgan.

Assalom azizlar mehribonlarim,

Yuzidan nur ungan hur iymonlarim.

Bugun shodyuraklar bergaymiz salomrokida

Chunki so`z boshidir salom assalom.

Assalomu alaykum, mehri daryo qalbi quyosh , yosh avlodga ta`lim-tarbiya berishdek ezgu ishga qalb qo`rini, bor mehrini bergan jonkuyar fidoiy muallimlar. Shirindan –shakar bolajonlar.

Bugungi til bayramiga bag`ishlab 2-b sinf o`quvchilari ishtirokida o`tkazilayotgan “Ona tilim, buyuklikda eng baland tog`san”,deb nomlangan tantanali tadbirimizga xush kelibsiz.

O`zbek tili naqadar muqaddas bo`lib, xalq uchun benihoya azizdir. Har bir tilning chiroyi , jozibasi , mazmuni, boyligi bo`lgani kabi o`zbek tili ham nozik va mazmunga xosdir.

Ming bir eldanbizga nasib bo`lgan tilim,

Ming yillardan omon o`tib kelgan tilim.

O`zbegimni asi o`zbek qilgan tilim,

Tillar ichra o`zing buyuk zabonimsan,

Ona tilim, mening ikki jahonimsan.

Sen dildagi orzularga qanot berding.

Har mushkulu hayollarga najot berding.

Yashash uchun hech tugamas hayot berding.

Tillar ichra o`zing buyuk zabonimsan.

Seni bilgan – bahoridan ayrilmagay,

Seni sevgan- diyoridan ayrilmagay.

Seni degan –o`z yoridan ayrilmagay.

Tillar ichra o`zing buyuk zabonimsan,

Ona tilim, mening ikki jahonimsan.

Endigi navbatni o`quvchilarga beramiz. Marhamat.

1.Assalom tilimning shaydolariga,

Assalom elimning shoydolariga.

Assalom onadek tilni qutlovchi.

Assalom bilimning shaydolariga.

2.Bizga ko`zin nurin bergan,

Murabbiylar assalom.

Bilimning keng sirin ochgan,

Muallimlar assalom.

Ustozlarimi assalom.

Yuzi gulgun qalbi quyosh.

Mehribonlar assalom.

4.Men bugun madh etay ona tilimni.

Ona tilim axir onamdek buyuk.

O`zbeklarning tilin, o`zbektilini

Jumlai kalomi biz uchun suyuk.

Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar qadrli o`quvchilar! Bugungi kechamizni “Madh etaman ona tilimni” deb nomladik. O`zbek xalqining milliy tili hisoblangan ona tiliga baxshladik.

6.O`zbek tili o`zbek xalqining ma`naviy mulkidir. Hammamizga ma`lumki 1989 yil 21- oktabrda o`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan.

7. Ona tilim , muqaddas tilim,

Momolardan qolgan merossan.

Senda so`zlab yayradi dilim,

Jarongdorsan, o`zbekka xossan.

8.Ona tilim muqaddas tilim,

Onam allalari quloqlarimda.

Senda so`zlab yayraydi dilim,

Jarangdorsan, ardoqlarimda.

9. Navoiyni o`qidim senda,

Tariximdan so`zladi Quron.

Ona tilim g`urursan menga,

Bugun seni tan oldi jahon

Hamma: Ona tilim, buyuklikda eng baland tog`san,

Ona tilim, suyuklikda eramu bog`san.

Davraga bir qancha o`quvchilar chiqib ta`rif beradilar.



  1. Til –inson madaniyatining ifodasidir.

  2. Har bir millatning ozligi uning tili va adabiyotida namoyon bo`ladi.

  3. Til umr bo`yi o`rganilayotgan fan, sayqal bergan sari ochilib

  4. yashaydigan san`at durdonasidir.

  5. Til aloqa vositasi ekan, so`z insonning kamolini , ilm va fazilatini o`lchab ko`rsatadigan tarozidir.

  6. Jahonda 7000 dan ortiq til bo`lib, biz uchun eng suyuklisi o`zbek tilidir.

Qizlar ishtirokida raqs.

O`zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy bobomizdir. Darhaqiqat, so`z mulkining sultoni o`zbek kiassik adabiyotining namoyondasi buyuk mutaffakir bobomiz Alisher Navoiy ona tilimizning asoschilaridandir.

Bobomiz nafaqat o`zbek tilini madh etdilar, balki dilbar g`azallari, teran asarlari, ajoyib dostonlari bilan bu tilning qanchalik qudratli ekanligini isbot etdilar.


  1. Tilga hurmat- elga hurmat deydilar. Kimki o`z ona tilini e`zozlamasa, u o`z xalqini hurmat qilmagan bo`ladi.

  2. Xalqimizda “Tili boyning- o`zi boy”, “Tilni bilish-elni bilish”,”Til bilgan- ei biladi’, kabi hikmatli maqollar bejiz aytilmagan.

  3. Do`stlarim, so`zlarning ko`rkidir maqol,

Maqollar kattayu kichikka yoqar.

Odob-u axloqni o`rgatar bizga,

Maqollar aytingiz, taklifim sizga.

10.Tilimiz boy , tilimiz sof go`zaldir,

Bari maqol, bari masal , mataldir.

11.Til birla ko`nglingni bir tut.

12. Boshga baloni til keltirar

13. Tilingni avayla - omondur boshing,

So`zingni avayla-uzayar yoshing.

14. Suyduradigan ham til,

Kuydiradigan hamtil.

15. Til jaroxati bitar, dil jaroxati bitmas.

Ustoz: Til olloh taolloh o`z bandalariga bergan hisobsiz ne`matlar qatoriga kiradi. Kishi bu ne`matning qadriga yetsa, shukronasini qilsa saodatga erishadi.

Bobolardan bizga ezgu meros til,

Barcha qonunlarin ardoqlagaymiz.

Ma`naviy merosni asragaymiz bil.

Qalbimizga, jonimizga kozgu til.

Darhaqiqat, allomalarimiz tilimizning qudrati va ezguliklaridan so`zladilar.

16.Rabg`uziy “Qissasi Rabg`uziy” asari ila o`zining nodir hikoyalarini yaratdi.

17.Yusuf Xos Hojib “Qutadg`u bilik” asarini, Mahmud Qoshg`ariy esa “Devonu lug`otit turk “ asari ila til tarixidan so`zladi.

18. Alisher Navoiy turkey tilde “Hazoyin ul maoniy”dek shoh asarini go`zal lirik g`zallarini yaratib so`z mulkini sultoni bo`ldi.

19. Z.M.Bobur o`zining betakror “Boburnoma” dek memuar asari orqali zamonasi tarixidan so`zladi.

20. Farobiy “Fozil odamlar” haqidagi asarida ko`p ibratli voqealardan so`zladi.

21. Shu til bilan kamol topdi Muqimiy,

Shu til bilan Furqat kuyladi yonib.

Shu til bilan Hamza tanildi elga,

Qodiriy tilidan bo`lurmi tonib.

Kichik sahna ko`rinishi havola etiladi (Til va yurak)

Azizlar, ona tilimizni qanchalik e`zozlasak, qanchalik hurmat qilsak u haqida she`rlar aytsak ozdir. Navbatni she`rlarga bersak.


  1. Ona tilim, o`z tilim-ku, o`z tilim,

Oq sut bilan tanga kirding ko`p shirin.

Sen bu murg`ak yuragimda , ongimda,

Umr sirin ochib berding, ko`p sirin.

2.Ona tilim, onajonim tili bu,

Beshikdanoq singgan jonu dilimga.

Shu yurtim, xonumonim tili bu,

Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa.


  1. Ona tilim o`z tilim ,

Dunyo yuzing ko`r tilim.

Tillar ichra ulug`san,

Yagonasan zo`r tilim.

4.Ona tilim bor bo`lgin,

Ardoqlaymiz biz seni.

Xazina deb ardoqlar,

Barcha o`g`il-qiz seni.

Raqs (O`zbegim do`ppisi)

5. Aziz o`quvchilar, o`zbek tilining javohir xazinasining benihoya boyligi, go`zalligi, nafisligi, jozibadorligini ulug` bobokalonimiz A.Navoiy asraganlaridek asraylik organaylik, rivojlantiraylik.

6. Tilimizning bebaho xazinalarini qunt biln o`rganib, uning qadriga yetaylik.



7. Mustaqil ona yurtimiz oramizdan Navoiy,Bobur-u Ulug`beklarning,Uvaysiy-u, Nodirabegim kabi insonlarning yetishib chiqishiga ishonadi.Bu ishonchni oqlaylik, azizlar!

8.Til millatning qalbi uni avaylab –asrash, har bir inson uchunham farz, ham qarzdir. Mana shu muqaddas tilimizni doimo sof bo`lishini barchangizga tilab qolamiz.
Download 21.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling