O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
Oliy va o‘rta maxsus TA’LIM VAZIRLIGI
termiz DAVLAT universiteti
M a g i s t r a t u r a b o‘ l i m i
“KELISHILDI”
Magistratura bo‘limi boshlig‘i
___________ Z.To`rayev.
“___” _____________2020 yil
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
__________________O`.Axmedov.
“___”______________2020 yil
|
Ilmiy amaliyot
(stajirovka)
ishchi dasturi
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
|
100000 –
110000 –
|
Gumanitar
Pedagogika
|
Magistratura mutaxassisligi: 5A110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi (Androgogika)
|
termiz – 2020
Ushbu stajirovka dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 sentabrdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi, 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi va 2015 yil 2 martdagi 36-son «Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi, 2015 yil 30 oktyabrdagi 9-2015-son “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida qarorlariga asosida ishlab chiqildi.
Pedagogika kafedrasi mudiri:
2020 yil 28 avgust _____________ M.Bozarova.
Kirish
Mazkur stajirovka ishchi dasturida ilmiy amaliyot davomida magistrantlar tomonidan bajariladigan vazifalar, ilmiy amaliyot mazmuni va natijalarini baholash tizimiga oid masalalar yoritilgan.
Ilmiy amaliyot magistratura o‘quv jarayonining muhim uzviy bo‘lagi bo‘lib, uning maqsadi oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi sifatida tayyorlanayotgan magistrantlarning egallangan ilmiy-nazariy bilimlarni bevosita amaliy tatbiq etib, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida bilim berish pedagogik mahoratini egallashlarini ta’minlashdan iborat.
Magistrantlarning ilmiy amaliyot davrida o‘zlarining magistrlik dissertasiyasi mavzusidagi ilmiy izlanishlarida pedagogik tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishlari va olingan natijalar asosida mazmunan boyitishlari ham nazarda tutilgan bo‘ladi.
Ilmiy amaliyot o‘tkazish davomida magistrantlarga bir qator vazifalar qo‘yiladi va ularning ilmiy rahbarlari tomonidan bevosita nazorat qilinadi.
Magistratura o‘quv jarayoni jadvaliga ko‘ra ilmiy amaliyot (stajirovka) 4-semestrda 9 hafta – kunlik 6 soatdan, jami ______ (auditoriya soati _____) soat o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |