Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini bajarish bo’yicha asosnoma magistr talaba: Abdullayev Avazbek Alisherjon o’g’li Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi “


Download 183.04 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2022
Hajmi183.04 Kb.
#763906
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1,BOB
jismoniy3.doc, 2-m (An In yorda limit his)-1, 2-m (An In yorda limit his)-1, жорий назорат(1), Mutaxassislikka kirish-Psixologiya 1-kurs-blits savollari, 7-sinf qizlar ma\'lumoti, o, 2-амалий машғ-2022, Amir Temur tadbir ssenariysi, 13-mavzu copy, 402 23.06.2020

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini bajarish bo’yicha
ASOSNOMA
Magistr talaba: Abdullayev Avazbek Alisherjon o’g’li

Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi “Maktabda o’quvchilar bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya darslari va uning samaradorligini oshirish usullari va vositalari”.
Ixtisoslik shifri va nomi:5A112001-Jismoniy tarbiya va sport o’yinlari nazariyasi va uslubiyoti
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog’i: pedagogika fanlari.
Ilmiy raxbar: Tib.f.d. Mirsaydullayev Mirmaxmud Mirshoxidovich:
Dissertatsiya ishi bajariladigan tashkilot: Namangan davlat universiteti.


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. So’ngi yillarda Ona vatanimizda juda ham ko’plab salmoqli o’zgarishlar va ishlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi yillarda amalga oshirilgan o’zgarishlar jamiyatimiz uchun qanchalik ma’nfatli bo’lgani barchamizga ma’lum. Bu o’zgarishlar ifodasini muhtaram yurtboshimiz O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyayev Miromonovich tomonidan o’tkan yillarda jamiyatimiz va yoshlarini rivojlanishida ustuvor bo’lgan ‘‘Besh tashabbus‘‘ doirasidagi rejalar juda ham muhim ahamyatli bo’ldi. Bundan taqshqari Yurtboshimiz tomonidan 2020-yil 24-yanvardagi 5924-sonli farmonlari “O’zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish to’g’risida” 1
bo’lib, ushbu farmon negizida yurtimizda jismoniy tarbiya va sport bilan aholning umumiy sonini 30 foizgacha insonlar shug’ullansa, 2025-yilda bu ko’rsatkichni 20 foizini yoshlar tashkil etishiga erishish ko’zda tutilgan. Shu o’rinda prezidentimizning “Hayot hech qachon bir joyda to’xtab turmaydi” 2 deb aytgan so’zlari buning isboti bo’ladi. Albatta bu chiqarilayotgan farmonlanir biz mazkur ilmiy ish orqali ijrosini taminlamoqdamiz. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda Sport to’garaklarining ro’li juda ham muhim hisoblanadi, chunki o’quvchi yoshlarni umumta’lim maktablarida sportga jalb qilish, jismonan sog’lom va yuqori jismoniy tayyorgarlikga ega bo’lishlari hamda ayni vaqtda yurtboshimizning 2020-yil 30 oktyabr sanasidagi 6018-sonli hamda shu yildagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 30.10.2020 yildagi PF-6099-sonli farmonlarining ijrosini taminlashda eng dolzarb va kerakli vosita bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan 60-18 sonli farmonning mazmunidan kelib chiqib, yurtimiz ravnaqi uchun , aholini salomatlik hamda jismoniy tayyorgarligi darajasini o’shirishda o’z xissamizni qo’shishimiz lozim. Shundagina jamiyatimiz salomatlik darajasini o’shirishga va turli xil kasalliklarga qarshi kurasha oladigan organizimni shakillantira erishamiz. Bundan tashqari umumta’lim maktabi o’quvchilarining ahloqiy, ma’naviy, psixolagik, ilimli va jismoniy har tomonlama yetuk shaxsni shakllanishi uchun ham juda muhim omil ekanini xisobga olish shartdir. Chunki sport to’garak mashg’ulotlari orqali biz nafaqat jismoniy sifatlarni tarbiyalaymiz balki, o’quvchi yoshlarni bo’sh vaqtlarini bant qilish orqali zararli odatlardan himoya qilish hamda eng asosiysi o’quvchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga erishishimiz mumkin. Shu boyisdan sport to’garak mashg’ulotlarining o’quvchilar jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishdagi rolini o’rganish eng dolzarb masala ekanligini nazarda tutmoqdamiz.

Download 183.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling