Magnit maydoni va uning xarakteristikalari


Zаryadli zаrrаchаning mаgnit mаydоnidаgi hаrаkаti. Tеzlаtgichlаr (Siklotron)


Download 1.9 Mb.
bet6/24
Sana11.11.2021
Hajmi1.9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Zаryadli zаrrаchаning mаgnit mаydоnidаgi hаrаkаti. Tеzlаtgichlаr (Siklotron)

Magnit kuchlarining yo’nalishi zaryadli zarrachalarning tezlik vektoriga perpendikulyarligi tufayli, uning tezligini o’zgartirmay, faqat yo’nalishidan og’diradi, ya’ni normal tezlanish beradi. Magnit kuchlarining ma’lum qiymatida zaryadli zarracha yopiq trayektoriya bo’ylab harakatlanadi. (8.6- rasm)



8.6– rasm

Bunda aylananing radiusi quyidagicha aniqlanadi.

(8.17)

(8.17) ifodadan aylananing radiusi zarracha tezligi, magnit maydon induksiyasi, solishtirma zaryad miqdoriga proporsional degan xulosa kelib chiqadi. Zaryadli zarrachani aylanish davri quyidagi tenglikdan aniqlanadi.



(8.18)

Magnit va elektr kuchlaridan elementar zarrachalarni o’rganishda, yuqori energiyali zaryadli zarrachalar oqimini hosil qilishda va boshqarishda foydalaniladi. Bunday moslamalar tezlatgichlar deb yuritiladi.

Tezlatgichlar zarracha tabiati, unga berilgan energiyaning turi va ishlash prinsipiga ko’ra har xil bo’ladi. Masalan: chiziqli tezlatgich, siklotron va hokazo.

Siklotron magnit maydoniga joylashtirilgan, duant deb ataladigan ichi kovak yarim silindrik idish bo’lib, u o’zgaruvchan tok manbaiga ulangan. (8.7-rasm) Zaryadli zarracha duant oralig’iga joylashtirilsa, tezlatuvchi elektr va og’diruvchi magnit kuchlari ta’sirida bir necha MeV, GeV energiya olguncha tezlashtiriladi. Bunday zarrachalar yadro reaksiyalarini hosil qilishda ishlatiladi.

8.7- rasm




Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling