Magnit zanjirlar haqida umumiy ma’lumotlar Magnit zanjirlarining asosiy qonunlari Elektr va magnit zanjirlaridagi o‘xshashliklar


Download 202.84 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi202.84 Kb.
#1562550
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza-4


Ma’ruza-19. Tarmoqlangan magnit zanjirini hisoblash


Reja:

  1. Magnit zanjirlar haqida umumiy ma’lumotlar

  2. Magnit zanjirlarining asosiy qonunlari

  3. Elektr va magnit zanjirlaridagi o‘xshashliklar

  4. Shoxobchalangan magnit zanjirlarini hisoblash

Ferromagnit elementlardan tashkil topgan elektrotexnik qurilmalarda magnit oqimi birlashgan yo‘llar majmuasi magnit zanjirini tashkil etadi. Bunda ferromagnit elementlar magnit singdiruvchanligi yuqori bo‘lgan materiallardan yasaladi va magnit singdiruvchanlik magnit oqimining kattaligiga bog‘liq bo‘lganligi uchun magnit zanjirlari nochiziq zanjirlar turkumiga kiradi.


Agar magnit zanjiri bir xil magnit materialdan yasalgan bo‘lsa, u holda u bir jinsli magnit zanjiri deb ataladi. Agar magnit zanjiri turli magnit xossali materiallardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda u bir jinsli bo‘lmagan magnit zanjiri deb ataladi. Agar magnit zanjirining istalgan qismida magnit oqimi bir xil qiymatga ega bo‘lsa, u holda bunday zanjir shoxobchalanmagan magnit zanjiri deb ataladi. Shoxobchalangan magnit zanjirning turli qismlarida magnit oqimi har xil qiymatga ega bo‘ladi.
Doimiy magnit oqimli magnit zanjirlarini hisoblash avvalgi paragraflarda ko‘rilgan o‘zgarmas tok nochiziq elektr zanjirlarini hisoblashga o‘xshab ketsada, ayrim farqli tomonlari mavjud. Birinchidan, magnit gisterezis hodisasi hisoblashlarga ancha noqulayliklar tug‘diradi. Ikkinchidan, magnit zanjirining uzunligi magnit oqimining taqsimlanishiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham magnit zanjirini hisoblashda maydon yoki parametrlari taqsimlangan zanjirlar nazariyalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, magnit zanjirlarini hisoblashda masalalar ikkita turga ajratiladi. Birinchi tur masala: magnit oqimi yoki magnit induksiyasining berilgan qiymatiga ko‘ra chulg‘amning magnit yurituvchi kuch (MYuK)ini aniqlash. Bu tur masalalar odatda analitik usulda oson yechiladi. Ikkinchi tur masala birinchisiga teskari: MYuK ning berilgan qiymatiga ko‘ra magnit oqimini aniqlash. Bu tur masalalar deyarli har doim grafik usulda yechiladi. Yechish tartibi quyidagicha: magnit oqimiga ixtiyoriy qiymatlar berilib MYuK qiymatlari topiladi, ya’ni birinchi tur masala yechiladi. Hisoblash natijasiga ko‘ra zanjirning veber-amper xarakteristikasi quriladi. Bu egri chiziqdan MYuKning berilgan qiymatiga mos keluvchi magnit oqimining qiymati topiladi.
Fizika kursidan ma’lumki, magnit maydoniga aloqador hodisalar magnit induksiyasi, magnit oqimi, magnit maydoni kuchlanganligi, magnitlanganlik, magnit singdiruvchanlik va boshqa fizik kattalik va parametrlar bilan tavsiflanadi.
Magnit induksiyasi magnit maydonini tavsiflovchi asosiy kattalik bo‘lib, magnit maydonida V tezlik bilan harakatlanayotgan q zaryadga ta’sir etuvchi kuch bilan aniqlanadi:
.
Magnit oqimi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
.
Bir jinsli ( ) va magnit kuch chiziqlari S yuzaga perpendikular yo‘nalgan maydonda quyidagi tenglik bajariladi:
yoki .
Magnitlanganlik magnit material elementar hajmining magnit momenti bilan aniqlanadi, ya’ni:
,
bu yerda - elementar hajm, - tok elementar konturining magnit momenti, - mos ravishda konturning toki va yuzasi.
Magnit maydoni induksiyasi va kuchlanganligi o‘zaro quyidagicha bog‘langan:
,
bunda - materialning nisbiy magnit singdiruvchanligi; - magnit doimiysi; - materialning absolut magnit singdiruvchanligi.



Download 202.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling