Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi


Download 32.23 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi32.23 Kb.
#1576391
Bog'liq
Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi


Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi
Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasiga odatda, barglari yirik, novdalarida navbat bilan joylashgan va barg chekkalari tekis bo‘lgan daraxt va butalar kiradi. Ularning ayrim turlari kuzda bargini to‘kadi, boshqalari doim yashil daraxt o‘simliklar hisoblanadilar. Ulaming guli yirik, to‘g‘ri tuzilgan, ikki jinsli boiib, qubbasimon soxta quruq meva hosil qiladilar. Ba’zi turlarining mevasi sershira boiadi. Oilaning asosiy turkumlari: magnoliya (Magnolia) va liriodendron yoki lola daraxt (Liriodendron) turkumlaridir. Magnoliya (Magnolia) turkumi vakillarining barglari doim yashil yoki to‘kilib turadigan nihoyatda go‘zal daraxtlardir. Turkumning bir qancha turlari boiib, ular asosan Shimoliy Amerikada va janubi-sharqiy Osiyoda tarqalgan. Shimoliy Amerikada o‘sadiganlarining bargi doim yashil boiadi. Barglari oddiy, seret, cheti tekis boiadi. Gullari bittadan, yirik, oq yoki pushti, nihoyatda xushbo‘y. Magnoliya hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi 1-2 urugii danakcha-rezavor mevadir. Turkum tarkibidagi yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora L.) ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning balandligi 25- 30 metrga yetadi. U Shimoliy Amerika florasida tarqalgan. Kavkaz va Qrim sharoitlarida doim yashil holida o‘sadi. Ba’zi turlari kuzda barglarini to‘kadi. Respublikamiz sharoitida magnoliya turlari qurg‘oqchilikdan va qishki sovuqlardan zararlanadi. 285 Magnoliya xushmanzara daraxt boiganligidan respublikamizning janubiy mintaqalarida aholi turar joylami ko‘kalamzorlashtirish va landshaftli qurilish sohalarida keng qoilash maqsadga muvofiqdir. Qora dengiz bo‘ylarida, Kavkazda, Qrimning janubiy dengiz bo‘ylarida ya’ni subtropik iqlimli mintaqalarda ekilgan. Uning barglarini to‘kadigan turlari esa Karpatda va Ukrainaning g‘arbiy-janubiy qismida o‘stiriladi. Magnoliyaning ayrim turlari Kievda ham o‘sadi. Liriodendron yoki Lola daraxt (Liriodendron) turkumiga uchta tur kiradi. Ulardan eng muhimi lola daraxti (Liriodendron tulipifera L.) bo‘lib, balandligi 30 m ga, diametri 2 m ga yetadi. Tanasining po‘stlog‘i yorilgan, tipik kulrangda, shox-shabbasi oval yoki keng piramida shaklida. Novdalari qo‘ng‘ir kul rangda, ikki yoshidan boshlab, oqish po‘st tashlab turadi. Barglari oddiy lirasimon shaklda, yashil zangori rangda, novdalarida navbat bilan joylashadi. Gullari lolaning gultojisiga o‘xshaydi, och sariq yoki pushti yashil rangda. Mevasi qubba shaklida bo'lib, kuzda yetiladi. Kuzda barglari sarg‘ayib to‘kiladi.
211-guruh talabasi Usmonova Yulduz

Download 32.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling