Mahalliy budjetlar daromad bazalari barqarorligini takomillashtirish


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana04.10.2022
Hajmi1.24 Mb.
#830992
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-сон-2020 125
1mavzu (1), Ширкат, o`simliklarning taksonomik tarixi, gulli osimliklarning ximla xilligi, to\'lov xabarnoma (8), Einstein Fellowship en 2022 (1), Kundalik 2-kurs kitobcha, 6168785, Bayonnoma, \'Ochiq dars ishlanmasi Uzlit-103, jamshid, behruz yangi, muhammad, Amaliyot Taqrizi


Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 4 
125 
MAHALLIY BUDJETLAR DAROMAD BAZALARI BARQARORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH 
 
Soatova Nodira Boboxanovna -
Toshkent moliya instituti,
“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya:
 Maqolada mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllanishi va daromadlarning asosiy yo’nalishlarini 
belgilash masalalari yoritilgan 
Tayanch tushunchalar:
 Davlat byudjeti, soliq, mahalliy byudjet, mahalliy byudjetni rejalashtirish, mahalliy soliqlar, 
ijtimoiy xarajatlar 
 
Annotatsiya:
 V state analiziruetsya formirovanie doxodov mestnix byudjetov, opredelyayutsya osnovnie napravleniya 
doxodov. 
Klyuchevie slova:
 gosudarstvenniy byudjet, nalogi, mestniy byudjet, planirovanie mestnix byudjetov, mestnie nalogi, 
sotsialnie rasxodi. 
 
Abstract:
 In this article it is mentioned formation of local revenues and main spheres of spending costs. 
Key words: 
State budjet, tax,local budjet, local budjet planning, local taxes,public costs.
O’zbekiston Respublikasida bozor muno-
sabatlarining shakllanishiga oid tub iqtisodiy 
islohotlar o’tkazilishi byudjet tizimi, jumladan, 
mahalliy byudjetlar ahamiyatini yanada oshi-
radi. Chunki hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi mahalliy byudjetlarning moliyaviy 
barqarorligiga bog’liqdir. Islohotlar chuqurlashi-
shi bilan mahalliy byudjetlar tomonidan moliya-
lashtiriladigan chora-tadbirlar hajmi oshaveradi, 
shuningdek, ular ixtiyoriga qoladigan daromad-
lar ham kengayaveradi.
Mahalliy byudjetlar umumdavlat iqtisodiy 
va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, bi-
rinchi navbatda, davlat mablag’larini taqsimlash 
va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda mu-
him ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlar-
ning faoliyat ko’rsatishlarida asosiy moliyaviy 
manba bo’lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyo-
satini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni 
o’ynaydi.
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-
ehtiyojlarni to’laroq qondirishni hamda davlat-
ning markazlashgan tartibda amalga oshiradi-
gan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas 
bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib 
beradi. 
O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi 
taraqqiyotining hozirgi bosqichida amaldagi 
davlat moliyasi tizimi zamonaviy talablarga 
javob bermasligi va olib borilayotgan byudjet 
siyosatiga, o’rta muddatli davrda qabul qilingan 
davlat dasturlari bilan bog’liq byudjet xarajat-
lariga ob’ektiv va ishonchli baho berishga imkon 
bermasligi, byudjetni rejalashtirishning xalqaro 
e’tirof etilgan usullari joriy etilishi sust bo’lgan-
ligi kabi muammolar bugungi kunda ko’zga 
tashlanmoqda. 
O’zbekistonning o’rta muddatli rivojlanish 
strategiyasida mahalliy byudjetlar daromadlari 
bazasini oshirish, xarajatlari tizimlarini isloh 
qilish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta’min-
lash, hududlar o’rtasida raqobat muhitini shakl-
lantirish kabi muhim vazifalar belgilangan bo’-
lib, mazkur vazifalarni ta’minlashda rivojlangan 
davlatlar ilg’or tajribasini o’rganish, ularning ijo-
biy natijalarini respublikamizda qo’llash muhim 
ahamiyatga ega.
Hududlarni rivojlantirish borasida fikr 
yurita turib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M. Mirziyoev shunday deydi: “Hududlarni 
barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni mo-
liyalashtirish uchun mahalliy byudjetlarning 
mablag’lari etarli emas”[1].
Mamlakatimiz moliya-byudjet tizimida 
amalga oshirilayotgan islohotlar hududiy iqtiso-
diyot muammolarining keskinlashuvi sharoitida 
mahalliy byudjetlar imkoniyatlarini yanada 
oshirishga zaruriyat sezmoqda. Shundan kelib 
chiqib, xududlar ehtiyojlarini qoplashi uchun 
etarli moliyaviy manbaga ega bo’lishi, ulardan 
oqilona va samarali foydalanish, ularning bar-
qarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga 
oshirish, bunda ilmiy asoslangan taklif va tav-
siyalarni keng qo’llash orqali masalaga tizimli 
yondashish muhim ahamiyat kab etadi.
Mahalliy byudjetlar - O’zbekiston Respub-
likasi Davlat byudjetining muhim va asosiy 
qismi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar orqali 
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mo-
liyaviy mablag’lar bilan ta’minlab boriladi. 
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi 
byudjet tizimining ajralmas qismi sifatida o’zida 
14 ta mustaqil byudjetni mujassamlashtiradi. 
Mahalliy byudjet – byudjetining tegishli 
viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’ar-

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling