2-mavzu: Sensorik baho berish tug’risida asosiy tushunchalar
Reja:
1 Mahsulot sifatiga sensorik baho berish usullari
2 Mahsulot sifatini baholashda samarali (effektiv) va affektiv sinovlar.
Tayanch iboralar: affektiv sinov, affektif sinov, sensorik baholash, organoleptik ko’rsatkichlar, daltonizim, degustatsiya, degustator.
1. Mahsulot sifatiga sensorik baho berish usullari
Mahsulot sifatiga sensorik (organoleptik) baho berish tahlil qilishning eng qadimiy usuli hisoblanadi. Bu usul yillar davomida qo’llanilib, shakllanib kelgan va zamonaviy tahlil usullari hamda uskunalari yaratilgunga qadar yagona usul hisoblangan. Bu usul hozirgi kunda ham o’z ahamiyati yo’qotmagan.
Hozirgi kunda ham sensorik usulda mahsulot sifatiga baho berish eng nufuzli usullardan hisoblanadi. Mazkur usul rivojlangan davlatlarda eng asosiy usul sifatida qo’llanilmoqda. Ishlab chiqarish korxonasida albatta sensorik baho berish bo’yicha laboratoriya tashkil etilgan. Quyida ISO 6658 xalqaro standartiga mos keluvchi usullar tasnifi keltirilgan: Analitik usullar
Do'stlaringiz bilan baham: |