Majburiy matematika fanidan test savollari 61 dan katta ikki xonali sonlar nechta?


Download 25.03 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi25.03 Kb.
#1267692
Bog'liq
Matematika 100 ta savol


Majburiy matematika fanidan test savollari



  1. 61 dan katta ikki xonali sonlar nechta?

  2. 5 sutka necha sekund?

  3. Eng katta to’rt xonali sonni eng katta ikki xonali songa nisbatini toping

  4. 1soat 160minut necha sekund?

  5. 93 va 26 sonlarining ayirmasi bilan 8 sonining ko’paytmasini toping.

  6. Onasi 50 yoshda qizi 28 yoshda . Necha yil oldin qizi onasidan ikki marta yosh bo’lgan?

  7. Onasi 50 yoshda qizi 28 yoshda . Necha yil oldin onasi qizidan ikki marta yosh bo’lgan?

  8. 129 sonining o’ng tomoniga 3 raqamini yozilsa, u oldingi sondan qancha ortadi?

  9. Berilgan 460 va 422 sonlarining yig’indisi 12 ga bo’linadimi?

  10. 47 dan kichik bo’lmagan ikki xonali sonlar nechta?

  11. 821 ga eng kichik musbat sonni qo’shgandagi yig’indi 6 ga karralimi?

  12. 752 sonining o’ng tomoniga qanday raqam yozilsa, hosil bo’lgan son 36 ga qoldiqsiz bo’linadi?

  13. 624 sonini qaysi songa bo’lganda bo’linma 41 ga , qoldiq esa 9 ga teng bo’ladi?

  14. 10 va 8 sonlarining eng kichik umumiy karralisini toping.

  15. 630 va 198 sonlarining umumiy bo’luvchilari nechta?

  16. Nechta ikki xonali son 4 ga bo’linadi?

  17. Yarim mushuk yarim soatda yarimta sichqonni yeya oladi, ikki mushuk ikki soatda nechta sichqonni yeya oladi?

  18. 355*69 ko’paytma 45 ga qoldiqsiz bo’linadimi?

  19. Dastlabki 30 ta natural sonlar ichida 6 soni bilan o’zaro tublari nechta? (

  20. Ikki son ayirmasi 24 ga teng. Ulardan biri boshqasidan 3 marta katta bo’lsa, kichigini toping.

  21. To’g’ri to’rtburchak eni 7sm, bo’yi undan 3sm ortiq bo’lsa, uning yuzini toping.

  22. 1 litrli meva sharbati qutisining eni, bo’yi , balandligi mos ravishda 10sm, 6sm,17sm bo’lsa, uni qadoqlash uchun qancha material kerak?

  23. Radiusi 8sm bo’lgan aylana uzunligi necha sm?

  24. Uchburchak o’rta chizig’I 2,7 dm bo’lsa, asosi necha sm?

  25. To’g’ri burchakli uchburchakning 300 li burchagi qarshisidagi katet 5 sm bo’lsa, gipotenuzasini toping.

  26. Berilgan sirtning yuzi 96 sm2 bo’lgan kubning hajmini toping?

  27. Kater 5 soatda 44 km masofani suzib o’tdi. Katerni tezligini toping?

  28. 610 sm + 3 dm +2 m yig’indi necha sm ga teng?

  29. Shilliq qurt 10metrlik simyog’ochga bir kunda 5 metr chiqib 4 metr tushadi. Simyog’och uchiga necha kunda yetadi?

  30. Uch tovuq uch kunda uch tuxum qo’ysa, 6 tovuq 6 kunda qancha tuxum qo’yadi?

  31. 3m21dm26sm2 necha sm2 ?

  32. 10 kishi bib-biri bilan salomlashganda qo’l berib salomlashishlar soni necha?

  33. Agar kamayuvchi 24 ta va ayriluvchi 36 ta kamaysa ayirma qanday o’zgaradi?

  34. Istalgan uchtasi bir to’g’ri chiziqda yotmagan to’rtta nuqtani juft-jufti bilan tutashtirish natijasida nechta kesma hosil bo’ladi?

  35. Minus o’ndan o’ngacha bo’lgan butun sonlar ko’paytmasi nimaga teng?

  36. Bir Bakteriya bir sekundda ikki marta ko’payadi va bir minutda idish to’ladi. Qancha vaqtda idish yarim bo’ladi?

  37. Ikkita to’rt xonali sonlar ayirmasi ko’pi bilan nechaga teng bo’ladi?

  38. 0,23 qismi 690 ga teng bo’lgan sonni toping.

  39. Asal 10000 so’m edi, 12 foiz arzonladi. Asal endi necha so’m bo’ldi?

  40. Kutubxonada 4000 kitob bor. Uning 2,5 foizi matematikaga oid bo’lsa, matematikaga oid kitoblar qancha?

  41. Piyoda 2,5 soatda 14 km yo’l yurdi, u 4,2 km yo’lni qancha vaqtda bosadi?

  42. 39ni bo’lganda qoldiq 9 chiqadigan barcha natural sonlar yig’indisini toping.

  43. 0,8 soniga teskari sonni toping.

  44. -15 ga qarama qarshi sonni toping.

  45. -4 ga teskari sonni toping.

  46. Ko’p qavatli uyning har bir qavatida to’rttadan xonadon bor. 41 – xonadon nechanchi qavatda joylashgan?

  47. 5 sutka haftaning qanday qismini tashkil qiladi?

  48. 400metrli Poyezd simyog’och yonidan 20sekundda o’tdi. Poyezd tezligi qancha?

  49. 600metrli poyezd 200metrli tonneldan 40 sekundda o’tdi. Poyezd tezligi qancha?

  50. Ekilgan 80 daraxtdan 80 foizi ko’kardi. Nechta daraxt nobut bo’lgan?

  51. 15 foizi 90 ga teng bo’lgan sonni toping.

  52. Eski traktor maydonni 6 soatda haydaydi, yangi traktor esa 3 soatda haydasa,ular birgalikda qancha vaqtda haydaydi?

  53. 120,650 va730 sonlarining o’rta arifmetigini toping.

  54. 600 li burchakka qo’shni burchakni toping.

  55. Biri ikkinchisidan 3 marta katta bo’lgan qo’shni burchaklarning kattasini toping.

  56. Daraxtda 10 ta qush bor edi, 20ta qush qo’ndi so’ngra ularning 40 foizi uchdi, daraxtda necha qush qoldi?

  57. 4256843 soni 3 ga karralimi?

  58. Ketma-ket kelgan 3 ta natural son yig’indisi 435 ga teng, ularning kichigini toping.

  59. 10 litr necha sm3?

  60. Piyoda dastlabki 2 soatda 4 km/soat tezlik bilan so’ngra 3 soat 6km/soat tezlikda yurdi. U o’rtacha qanday tezlikda yurgan?

61.Honaning 4 ta burchagida bittadan mushuk bor.Har bir mushuk qarshisida 3 tadan mushuk bor.Har bir mushukning dumida bittadan mushuk o’tiribdi.Hammassi bo’lib xonada nechta mushuk bor?
62.Soat 5 da yomg’ir yog’a boshladi va 6 soatdan keyin yomg’ir to’xtab ,bulutlar tarqab ketdi.lekin quyosh chiqmadi.Nima uchun?
63. 100dan 1ni olsa, necha hosil bo’ladi?
64.O’n birni ikkiga bo’lib olti hosil qiling?
65.Afandi aftobusga chiqqandan keyin aftobusda 20 nafar yo’lovchi bor edi.Keyingi bekatda 6 kishi tushib ,4 kishi chiqdi.Navbatdagi bekattda 9 kishi tushib 11 nafari chiqdi . Keyingi bekatda 7nafari tushib 13 nafari chiqdi.So’nggi bekatda 15 nafar tushib 5 nafari avtobusga chiqdi.Afandi avtobusga chiqqandan keyin nechta bekatda to’xtagan?
66.Stolda 7 ta pashsha bore edi.Bir urib 2 ta pashsha o’ldirilsa , stolda nechta pashsha qoladi?
67.Xonadagi 7ta shamdan 3 tasi o’chirib qo’yilsa , nechta sham qoladi?
68.Nemis sartaroshlari bir nafar ispanning sochini olishdan ko’ra ikki nafar portugalning sochini olishni yoqtirishadi.Nima uchun?
69. Savatdagi 5 ta olma 5 ta bolaga bittadan bo’lib berildi, lekin bitta olma savatda qoldi.Shunday bo’lish mumkunmi?
70.188ni 2 ga bo’lib 100 hosil qilsh mumkunmi?
71.Stol ustida 2 ta cho’p bor.Sindirmasdan ulardan kvadrat hosil qiling?
72.Oilada 2ta o’g’il va 2ta ota bo’lsa , oila necha kishidan iborat bo’ladi?
73.Birinchi terakda 9 ta , ikkinchisida esa undan 5 ta ko’p olma bor edi.Ikkala daraxtda nechta olma bor?
74.Tikuvchi har kuni gazlamani 2 metrli bo’lakdan qirqib olsa, 18 metrli gazlamaning oxirgi bo’lagini nechanchi kuni qirqadi?
75.Toshkentga kelayotgan bir kishi 3 nafar tanishini uchratib qoldi.Har bir tanishining yonida bittadan bolasi ham bor. Hammasi bo’lib Toshkentga kelayotganlar necha nafar edi?
76.Bir cho’pni 2 ga bo’linsa 4 ta uchi bo’lsa ,uni 3,5 bo’lakka bo’lganda nechta uchi bo’ladi?
77.66 sonning hech qanday arifmetik amalsiz 1,5 marta oshiring?
78.Uch o’rtoq bozorga ketayotib 3 tanga topib olishdi.Agar bir bola bozorga ketayotgan bo’sala nechta tanga tanga topgan bolardi?
79.Har 5 minutda yarim metrli g’o’la arralayotgan kishi 14 metrli yog’ochni qancha vaqtda kesib bo’ladi?
80.Ikki ota o’z o’g’illariga pul berishdi.Birinchi ota o’z o’g’liga 10 tanga,ikkinchi ota o’z o’g’liga 5 tanga berdi. Lekin o’g’illar pullarini birgalikda sanashsa, 10 tanga chiqdi ,shu to’g’rimi?
81.To’rtburchakning bir burchagi kesilsa , nechta burchak hosil bo’ladi?
82.Sindirmasdan uchta gugurt cho’pidan 6 ni hosil qiling?
83. Sham, gaz plitasi va lampa bo’lsa , birinchi nima yoqiladi?
84.10 metrli zanjirga bog’langan it bir yo’nalish bo’yicha 100 metr masofaga yugurib borishi mumkinmi?
85.2 va 3 orasiga shunday belgi qo’yingki , natijada 2dan katta 3dan kichik son hosil bo’lsin.
86.Qamoqxonadagi tekshiruvda maxbuslarning qamoq jazosi vaqti yarmigacha qisqartirildi.1- maxbusdan so’raganda uning 4 yil muxlati 2yilga qisqartirildi.2- maxbusning 10 yil muddati 5 yilga qisqartirildi.3-maxbusdan so’raganda u ,,Men umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganman’’ deb javob berdi.Uning jazo muddati qanday qilib 2 marta qisqartiriladi?
87.Bir kuni ayg’oqchi saroy darvozasidan o’tmoqchi bo’libdi. Soqchilar undan oldingi yo’lovchilarga savol bilan murojaat qilishibdi:,,o’n ikki’’javob olti bo’lgach birinchi yo’lovchini o’tkazishibdi.Ikkinchi yo’lovchi ,,yigirma ikki’’ savoliga on’ bir deb javob bergach, uni ham o’tkazishibdi.Navbat ayg’oqchiga kelganda soqchilar ,,yuz’’ degan savolga ,,ellik’’javobini olgach uni qo’lga olishdi.Nima uchun ayg’oqchini o’tkazishmadi?
88.5dan 2ni ayirsa 0 qolishi mumkinmi?
89.20 dan 22ni ayirib 88 ni hosil qiling?
90. Ikkita tovuq 2 kunda 2 tuxum qilsa , 100ta tovuq 100ta tuxumni necha kunda qilishi mumkin?
91. 3 ta mushuk 3 ta sichqonni tutushga 3minut sarflasa, 30 ta mushuk 30ta sichqonni tutish uchun qancha vaqt sarflaydi?
92. Choyga solingan shakarni qaysi qo’lda aralashtirish oson?
93.Eng qisqa oy qaysi?
94.Nimani tayyorlash mumkinu yeyish mumkin emas?
95.Qanday idishda ovqat yeb bo’lmaydi ?
96.Bo’sh qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
97. Ovqat pishirayotganda qozonga eng birinchi nima solinadi?
98. Shokir amaki ishga shoshilib , soyobon va bosh kiyimni uyida qoldirib krtdi. Birdan kuchli yomg’ir yog’ib, hamma kiyimi jiqqa ho’l bo’ldi. Ammo boshidagi bitta ham sochi ho’l bo’lmadi .Nima uchun?
99. 4 avval anvar 7 yoshda edi.6 yildan keyin Anvar necha yoshda boladi ?
100.Kitobchaning betlarini qo’yib chiqish uchun 51 ta raqamdan foydalanildi.Agar kitobning 1-va2-betiga hamda oxirgi betiga raqam qo’yilmasa, kitobcha necha betli?
Download 25.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling