Makroiqtisodiy beqarorlik: inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya 23


Download 0.99 Mb.
bet1/8
Sana03.03.2020
Hajmi0.99 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8

Makroiqtisodiy beqarorlik: inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya

Прямоугольник 1

23

М A V Z U

Makroiqtisodiy beqarorlik:

inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya


Mavzuning qisqacha tafsiloti. Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida milliy ishlab chiqarish va uning ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi to’g’risida to’xtalib ushbu mavzuning dolzarbligini ochib beramiz.

REJA

  1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi

  2. Sikllarning retsessiya va yuksalish orqali ro‘y berishi

  3. Inqirozlarning mazmuni va turlari

  4. Ishsizlik va uning turlari

  5. Inflyasiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari





M
1-Savol ►
akroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi


Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida milliy ishlab chiqarish va uning ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish milliy xo‘jalikda hal qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – YAIM, milliy daromad, bandlik va narx darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi.

Iqtisodiy tebranishlar – bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy sikllar vujudga keladi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.



Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, (A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.SHumpeter va boshqalar) qayd qilib o‘tishgan.

Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligini ta’kidlaydi.1 Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi qarashlar mavjud. Ba’zan siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilinadi. Ko‘pincha sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda klassiklarning sanoat sikli nazariyasiga keng o‘rin berilgan.



Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib otib, ozining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar otgan davr tushuniladi.2 Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir.


Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi.


I qtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi.

Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan davrni ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning
Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling