Makroiqtisodiy beqarorlik: inqiroz, ishsizlik va inflyatsiya 23
inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish
Download 0.99 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonlanish fazasida
- Yuksalish fazasida
- Milliy mahsulot
inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (30-rasm). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning bir qator fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi. Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyot bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning ortishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirish uchun turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. SHunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. Milliy mahsulot yuksalish inqiroz yuksalish jonlanish a) inqiroz turg‘unlik jonlanish turg‘unlik Iqtisodiy sikl fazalari 23.1 –rasm. Hozirgi zamon iqtisodiy sikllari XIX va XX asr birinchi yarimidagi sikllardan sezilarli farq qiladi. Shu sababli, hozirgi zamon iqtisodiy qarashlarda faqat ikki faza retsessiya va yuksalish ajratiladi. Retsessiya fazasi inqiroz va turg‘unlikni, yuksalish fazasi esa jonlinish va o‘sishni qamrab oladi. Milliy ishlab chiqarish hajmining me’yorida pasayishi retsessiya deb nomlanadi. b) t
Ko’rib chiqdikki, AQSh iqtisodiyotining uzoq muddatli tendensiyasi iqtisodiy o’sishning bir omili. Ammo, iqtisodiy o’sish odatda iqtisodiy sikl deb nomlanadigan iqtisodiy noturg’unlik davri tufayli to’xtab qoladi. Bir necha yillar mobaynida iqtisodiy sikl iqtisodiy faoliyat darajasini pasayib, ko’tarilish tendemsiyasini o’zgartirmoqda. Yakka tartibdagi ko’tarilib, pasayishlar davomiy va yuqori darajada o’zgarib bormoqda. • Retsessiya yoki inqiroz umumiy ishlab chiqarish, daromad va ish bilan ta’minlanishdagi pasayish davri hisoblanadi. 6 oy yoki undan ham ko’proq vaqt mobaynida davom etadigan bunday davr iqtisodiyotning ko’p sektorlarida ish faoliyatining keng tarzda qiaqarishi bilan baholanadi. YIMdagi pasayishlar bilan bir qatorda, ishsizlikda sezilarli darajada ko’tarilshlar kuzatiladi. 7.2 jadval 1950 yildan beri AQShda 10 gayaqin inqirozlar kuzatilganidan darak beradi. • |