Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq muammolari


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana08.07.2018
Hajmi5.04 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar 
va soliq muammolari 

1-mavzu:«Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq muammolari» fanini predmeti, mazmuni, 
tadqiqot  yo’nalishlari 
Reja: 
1. «Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq muammolari» fanining predmeti 
2. «Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq muammolari» fanining vazifalari 
3.  Makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  va  soliq  muammolarini  aniqlash  zarurati  va  ular  yechimini 
topish yo’nalishlari 
 
 “...-soliq  yukini  yengillashtirish,  soliqqa  tortish  tizimini  soddalashtirish  va  unifikatsiya 
qilish  bo’yicha  xo’jalik  tuzilmalarini  qo’llab  quvvatlash  maqsadida  qo’shimcha  choralar 
ko’rilishi lozim”
i
  
 
1. «Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq muammolari» fanining predmeti 
Iqtisodiyotning  izchil  va  barqaror  rivojlanishini  ta’minlashda  kelgusi  davr  uchun  puxta  va  har 
tomonlama asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo’nalishlar, turli darajalardagi iqtisodiy taraqqiyot 
dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ayni paytda, bosib 
o’tilgan  yo’l  –  oldingi  davrdagi  erishilgan  yutuq  va  natijalarni  tanqidiy  baholash  orqali  tegishli  xulosalar 
chiqarish, ular asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yanada takomillashtirib borish ham muhim 
prinsipial ahamiyat kasb etadi.  
Ushbu  qoida  ayniqsa  hozirgi  sharoitda  yanada  dolzarb  bo’lib  bormoqda.  Qator  yillar  davomida 
kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank 
tizimi  va  xalqaro  moliya  bozorlaridan  qarz  olishga  ehtiyotkorlik  bilan  yondashish  mamlakatni  global 
inqirozning  bevosita  oqibatlaridan  himoya  qildi…  Missiya  2011-yilda  yalpi  ichki  mahsulot  8,3  foiz 
ko’payishini kutmoqda va o’rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari saqlanib qolishini 
bashorat qilmoqda”. 
Ta’kidlash  joizki,  o’tgan  yili  mamlakatimizda  yalpi  ichki  mahsulotning  o’sish  sur’ati,  kutilganidek, 
amalda  8,3  foizni  tashkil  etdi,  2000-2011-yillar  mobaynida  yalpi  ichki  mahsulot  hajmi  2,1  barobar  oshdi. 
Mazkur  ko’rsatkich  bo’yicha  O’zbekiston  dunyoning  iqtisodiyoti  jadal  rivojlanayotgan  mamlakatlari 
qatoridan joy oldi. 
O’tgan yili sanoat ishlab chiqarishi 6,3 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,6 foiz, chakana 
savdo aylanmasi 16,4 foiz va aholiga pullik xizmatlar ko’rsatish 16,1 foizga barqaror yuqori sur’atlar bilan 
o’sdi. 
Iqtisodiyotimizda  yuz  berayotgan  jiddiy  tarkibiy  va  sifat  o’zgarishlarini birgina  misolda,  ya’ni  2000-
yilda  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsulotini  shakllantirishda  sanoat  ishlab  chiqarishining  ulushi  bor-yo’g’i 
14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganida yaqqol ko’rish mumkin.  
Sanoat  mahsuloti  umumiy  o’sishining  qariyb  70  foizini  yuqori  qo’shimcha  qiymatga  ega  bo’lgan 
tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishga  yo’naltirilgan  sohalar  tashkil  etdi.  Bugungi  kunda  iqtisodiyotimizning 
lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), kimyo va neft-kimyo sanoati (9,4 foiz), 
oziq-ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (11,9 foiz), farmatsevtika va mebelsozlik (18 foiz) 
2011-yilda jadal sur’atlar bilan rivojlandi.
1
 
Iste’mol  tovarlari  ishlab  chiqarish  hajmi  2011-yilda  11,2  foizga  o’sdi,  2000-yilga  nisbatan  esa  bu 
ko’rsatkich 4 barobardan ziyod oshdi. 
Ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va bu 
sohalarni diversifikatsiya qilishga qaratilayotgan ulkan e’tibor eksport hajmi, uning tarkibi va sifatiga ijobiy 
ta’sir ko’rsatdi.  
2011-yilda eksport mahsulotlari hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 15,4 foizga ko’paydi va 15 milliard 
dollardan ko’proqni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 4,6 barobar ziyoddir. Tashqi savdo aylanmasining 
                                                           
1
 
Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. 2011 yilning 
asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruza  / Хalq so’zi. 20 yanvar 
2012 yil.
 

ijobiy saldosi 4 milliard 500 million dollardan oshdi. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 60 foizni 
tashkil etdi, holbuki, 2000-yilda bu ko’rsatkich qariyb 46 foizni tashkil etgan.
 2
 
O’zbekiston  iqtisodiyotining  barqaror  va  mutanosib  rivojlanib  borayotganini  2005-yildan  boshlab 
Davlat byudjeti profitsit bilan bajarilayotgani ham yaqqol tasdiqlab turibdi. 
2011-yilda Davlat byudjetining xarajatlar qismi 2010-yilga nisbatan 25,4 foizga, 2000-yilga nisbatan 
esa  qariyb  17,8  barobar  o’sdi.  Qayd  etish  joizki,  davlat  byudjeti  xarajatlarining  58,7  foizi  ijtimoiy  sohani 
moliyalash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashga yo’naltirildi.  
Mana  bu  raqamlarga  alohida  e’tiboringizni  jalb  etmoqchiman.  2012-yilning  1-yanvar  holatiga  ko’ra, 
mamlakatimizning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 17,5 foizidan, eksport hajmiga nisbatan esa 
53,7 foizdan oshmaydi. Bu xalqaro mezonlar bo’yicha “Har jihatdan maqbul holat” deb hisoblanadi.
 3
 
Bularning  barchasi  mustaqilligimizning  ilk  yillaridan  boshlab  ham  davlat,  ham  tijorat  banklari, 
kompaniya va korxonalar  miqyosida  har  tomonlama  puxta o’ylangan  chetdan  qarz  olish  siyosatini amalga 
oshirib kelayotganimiz bilan bog’liq ekanini, o’ylaymanki, tushunish, anglash qiyin emas.  
2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
4
 
1.O’zbekiston  iqtisodiyoti  va  uning  yetakchi  tarmoqlarini  rivojlantirishning  ko’rsatkichlari  avvalo 
yuqori va izchil o’sish sur’atlarini saqlash, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash 
2.  Iqtisodiyotni  izchil  isloh  etish,  tarkibiy  jihatdan  o’zgartirish  va  diversifikatsiya  qilishni 
chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal 
rivojlanishini  ta’minlash,  faoliyat  ko’rsatayotgan  quvvatlarni  modernizatsiya  qilish  va  texnik  yangilash 
jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirish. 
3. Тransport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirishni ta’minlash.  
4. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joylarni qurish bo’yicha dasturni amalga 
oshirishni davom ettirish. 
5. Yangi ish o’rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish. 
6. “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini amalga oshirish. 
ii
 
Mamlakatimizda  ijtimoiy  va  iqtisodiy  islohotlar  yanada  chuqurlashayotgan  davrda,  ijtimoiy 
hayotimizning  barcha  sohalarida  bo’lgani  kabi  moliya  sohasida  ham  chuqur  o’zgarishlarni  amalga 
oshirish  hozirgi  kunning  asosiy  talabi  sifatida  moliya  sohasida  olib  borilayotgan  islohotlarning 
markaziy  bo’g’inida  Davlat  byudjetini  shakllanishi  va  xarajatlaridan  yanada  samarali  foydalanish, 
byudjet  taqchilligini  kamaytirish  muommalari,  hududlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishidagi  tutgan 
o’rnini  oshirish  masalalari  hisoblansa,  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  ro’y  berayotgan  hozirgi 
davrdagi  soliq  siyosatining  muhim  yo’nalishlari  sifatida  soliq  to’lovchilar  zimmasidagi  soliq  yukini 
mumkin qadar kamaytirish hisobiga to’g’ri va egri  soliqlar o’rtasidagi soliq yukini to’g’ri taqsimlash 
munosabatlarni muvofiqlashtirish ham katta ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.  
Soliqqa  tortish  tizimining  naqadar  to’g’ri  va  adolatli  tashkil  kilinganligini  soliq  yuki 
aniqlab beradi. Soliq yukining darajasini kuyidagi omillar belgilab beradi: 
-soliq va turli majburiy tulovlar soni; 
-ularning stavkalari darajasi; 
-soliq bazasining keng yoki torligi. 
 
Ushbu  omillardan   birining  kamayishi(o’sishi)  boshqa  omillar  o’zgarmagandagina 
soliq yukini kamayishi(o’sishi)ga ta’sir etishi mumkin. Aytaylik, soliq stavkalari kamaytirilsa-
yu,  soliqlar  soni  ko’paysa  yoki  soliq  ob’ekti  elementlari  kengaytirilsa  soliq  stavkasining 
pasaytirilishi hech qanday natija bermaydi va soliq yuki o’zgarmaydi. 
Soliq  yukini  ishlab  chiqarish  va  iste’molchi  o’rtasida  taqsimlanishi  deyilganda,  alohida 
olingan  mahsulotning  (ish,  xizmat)  oxirgi  iste’mol  qi ymatiga  kiritilgan   barcha  soliqlar  va 
                                                           
2
 Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. 2011 yilning asosiy yakunlari va 
2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruza  / Хalq so’zi. 20 yanvar 2012 yil. 
3
 Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. 2011 yilning asosiy yakunlari va 
2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruza  / Хalq so’zi. 20 yanvar 2012 yil. 
4
 Karimov I.A. 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. 2011 yilning asosiy yakunlari va 
2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar 
Mahkamasining majlisidagi ma’ruza  / Хalq so’zi. 20 yanvar 2012 yil. 

yig’imlarning  qancha  qismi  i st e’m ol chi   zi mm as i ga   (bil vosi t a   soli q   si fati da )  v a 
q anchas i  i s hl ab   chiqaruvchi (sotuvchi) foydasi hisobidan to’lanayotganligini nazarda tutiladi. 
G’arb  i qtisodchil ari   Kem pbell  R .  Makonel l  va  Stenli  L.  Bryu  «Ekonomiks»  da 
soliq  yukining  ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchi  o’rtasida  taqsimlanishi  talab  va  taklifning 
elastik  yoki  noelastik  ekanligiga  bog’liqligini  tahlil  etgan.  Ular  fikricha,  talab  va  taklif 
teng  bo’lgan  sharoitda      yangi  o’rnatilgan  bilvosita  soliq  yoki  uning  oshirilgan  stavkasi 
ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchi  o’rtasida  teng  taqsimlanadi.  Buning  sababi  shundaki, 
agar  yangi  o’rnatilgan  soliq  to’liq  qaridor  zimmasiga  yuklansa,  mahsulot  realizatsiyasining 
keskin  kamayishiga,  binobarin  ishlab  chiqaruvchi  daromadining  pasayishiga  olib  keladi.  Shu 
tufayli  mahsulotni  sotuvchilari  bilvosita  soliqlarning  bir  qismini  o’z  zimmasiga  olish  evaziga 
realizatsiyani  bir  maromda  saqlashga  va  shu  orqali  daromadlarni   keskin  kamayishi dan  
saqlanishga harakat qiladilar. Soliq yukining bunday taqsimlanishiga:     
1)mahsulot turining birinchi zarurat ekanligi yoki emasligi;  
2)ma’lum bir davrda ayni bir mahsulotning rasm bo’lganligi tufayli talabning oshishi;  
3)mazkur tovarning o’rnini bosuvchi boshqa tovarlarning mavjudligi;  
4)ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat ham ta’sir etadi. 
 
2. «Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq muammolari» fanining vazifalari 
 
«Makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  va  soliq  muammolari»  fanining  vazifalari  sifatida  quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
 
—  tadbirkorlik  faoliyatini  iqtisodiy  erkinlashtirish  va  ular  faolligini  oshirishda  soliqlardan  samarali 
iqtisodiy  vosita  sifatida  foydalanish,  ya’ni  ishlab  chiqarish  sohasidagi  tadbirkorlikni  qo’llab-
quvvatlash; 
—  narxlarning  shakllanishida  soliqlar  asosiy  rol  o’ynashini  hisobga  olgan  holda  uning  asosiy  ishlab 
chiqarish tarmoqlari mahsulotlari narxidagi ulushini kamaytirish va shu  yo’l bilan ular rentabelliligini 
oshirish; 

 
soliq  imtiyozlarining  mukammal  taqdim  etilmasligi  oqibatida  soliqdan  qochish  hollarining 
oldini olish,  

 
mavjud  ishlab  chiqarishni  va  eksportni  rag’batlantiruvchi  imtiyozlardan  foydalanish 
imkoniyatlarining  chegaralanganligini bartaraf etish; 
— xususiy korxonalarda soliq yukini real darajada pasaytirish imkoniyatini yaratish; 
—  soliq  stavkalari  pasaytirib  borilayotganiga  qaramay,  soliq  bazasiga  kiruvchi  elementlarni 
ko’paytirish hamda mulklarni (yerlarni) deyarli har yili qayta baholash (inflyatsiya darajasiga nisbatan 
ancha yuqori koeffitsentda) orqali soliq bazasini sun’iy ravishda ko’paytirish siyosatiga barham berish; 
—  soliqqa  tortish  sohasida  kiritilayotgan  o’zgartirishlarni  imkon  darajasida  kamaytirish  va  soliq 
tizimining barqarorligini ta’minlash;  
— soliq qonunchiligidagi nobarqarorlik nafaqat tadbirkorlar biznes-rejalarining buzilishiga, balki soliq 
tushumlari darajasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatishini oldini olish;   
-
 
uchastka  Davlat  soliq  inspektori  mol-mulk  solig’i,  yer  solig’i  to’lovchi  jismoniy  shaxslarning 
hisobini yuritish,  
-
 
 ularning mulki hisoblangan kvartiralar, uy qurilishlari, dala hovlilari, yer maydonlari va soliqqa 
tortiladigan  boshqa  ob’ektlar  uchun  to’lanadigan  soliqlarning  to’liq  hisobga  olinishini 
ta’minlash, 
-
 
 soliqlarni  o’z  vaqtida  hisoblab  chiqish,  to’lov  xabarnomalarini  yozish  va  ularni  soliq 
to’lovchilariga yetkazish,  
-
 
hisoblab  chiqarilgan    soliqlarni  jismoniy  shaxslar  tomonidan  o’z  vaqtida  va  to’liq  to’lashlari 
ustidan muntazam nazorat o’rnatish  
-
 
bu soliqlarni undirib olish borasida zarur choralar-tadbirlarni ko’rish,  hisobga olish  va hisobot 
xujjatlarini belgilangan shaklda o’z vaqtida va sifatli yuritish,  
-
 
bevosita soliq to’lovchilariga qonunchilikni, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, 
-
 
soliqlar  haqida  qonunlarni  buzganliklari  uchun  javobgarlikka  tortish  choralari  haqida 
tushuntirish ishlari olib borish kabi vazifalarni bajaradi.  

-
 
uchastka  Davlat  soliq  inspektori  mol-mulk  solig’i,  yer  solig’i  to’lovchi  jismoniy  shaxslarning 
hisobini yuritish,  
-
 
 ularning mulki hisoblangan kvartiralar, uy qurilishlari, dala hovlilari, yer maydonlari va soliqqa 
tortiladigan  boshqa  ob’ektlar  uchun  to’lanadigan  soliqlarning  to’liq  hisobga  olinishini 
ta’minlash, 
-
 
 soliqlarni  o’z  vaqtida  hisoblab  chiqish,  to’lov  xabarnomalarini  yozish  va  ularni  soliq 
to’lovchilariga yetkazish,  
-
 
hisoblab  chiqarilgan    soliqlarni  jismoniy  shaxslar  tomonidan  o’z  vaqtida  va  to’liq  to’lashlari 
ustidan muntazam nazorat o’rnatish  
-
 
bu soliqlarni  undirib  olish  borasida zarur choralar-tadbirlarni ko’rish,  hisobga  olish  va  hisobot 
xujjatlarini belgilangan shaklda o’z vaqtida va sifatli yuritish,  
-
 
bevosita soliq to’lovchilariga qonunchilikni, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, 
-
 
soliqlar  haqida  qonunlarni  buzganliklari  uchun  javobgarlikka  tortish  choralari  haqida 
tushuntirish ishlari olib borish kabi vazifalarni bajaradi.  
 
O’zbekistonda soliq stavkalarining pasaytirilishi
5
 
Soliq va boshqa majburiy to’lovlar turi 
 
2000 yil 
2012 yil 
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i 
 
31 

 
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 
15%, 
25%, 
36%, 40% 
9%, 
16%, 
22% 
Mikrofirma  va  kichik  korxonalar  uchun  yagona  soliq 
to’lovi 
15 
6/5 
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 
 
4,0 
3,5 
Yagona ijtimoiy to’lov 
40 
25 
 
3. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va soliq muammolarini aniqlash zarurati va ular 
yechimini topish yo’nalishlari. 
 
Hozirgi  paytda  soliq  siyosatidagi    muhim  va  dolzarb  bo’lgan  masala  —  bu  soliq 
munosabatlarini  muvofiqlashtiruvchi  soliq  qonunchiligi  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlarning 
mukammalligini ta’minlashdir. Soliqlar bo’yicha me’yoriy hujjatlarda berilgan ayrim tushunchalarning 
noaniqligi,  ularning  turlicha  talqin  qilinishi,  bir-birini  inkor  etuvchi  jihatlarning  mavjudligi,  yuzaga 
kelayotgan iqtisodiy vaziyatlarga to’liq javob bera olmasligi kabi noxush hollarni bartaraf etish lozim.  
Bu  esa  xo’jalik  sudi  orqali  sudlashishlarning  kamayishiga,  tadbirkor  uchun  muhim  bo’lgan  vaqt  va 
mablag’ning tejalishiga yordam beradi. 
Soliq qonunchiligini yaratish, shuningdek, soliq munosabatlarini boshqaruvchi boshqa me’yoriy 
hujjatlarni qabul qilishdan avval mazkur hujjatlar iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari, tadbirkorlar 
o’rtasida  muhokama  qilinib,  fikr-mulohazalari  e’tiborga  olinsa  ularning  ilmiyligi,  barqarorligi,  davlat 
va soliq to’lovchi manfaatlarining uyg’unligi ta’minlangan bo’lur edi.  
Shu  o’rinda,  amaldagi  soliq  qonunchiligining  ayrim  nomukammal  jihatlari  va  ularni  bartaraf 
etishning  yo’nalishlari  ustida  to’xtalib  o’tamiz.  Bozor  iqtisodiyotiga  xos  bo’lgan  soliq  va  boshqa 
qonunchilikning  tez-tez  o’zgarishi,  asosan  qonunosti  hujjatlar  bilan  faoliyat  yuritishga  to’g’ri  kelishi, 
soliq va investitsion siyosatda barqarorlikning mavjud emasligi tadbirkorlik sub’ekt-lari uchun bir qator 
kafolat  qonunlari  ishlab  chiqilishini  taqozo  qildi.  «Тadbirkorlik  faoliyati  erkinliklari  kafolatlari 
to’g’risida»gi qonunning 16-modda, 2-qismiga ko’ra, agar soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgarishlar 
kichik  va  xususiy  tadbirkorlik  sub’ektlari  uchun  yomon  sharoit  yaratsa,  u  holda  ular  keyingi  ikki  yil 
davomida bunday o’zgarishlar kuchga kirgunga qadar bo’lgan qonunchilikka asosan soliqqa tortiladi. 
                                                           
5
 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2011 yil “O’zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-1675-sonli qarori.
 
 

Shu  o’rinda  ta’kidlab  o’tish  lozimki,  soliq  stavkalarining  indeksatsiya  munosabati  bilan 
ko’tarilishi  faqat  qat’iy  summalardagi  stavkalarga  tegishli  bo’ladi.  Foizli  stavkalar  esa  avtomatik 
ravishda  pulning  qadrsizlanishi  bilan  bog’liq  o’zgarishlarni  o’z  ichiga  oladi.  Masalan,  yagona  soliq 
stavkalarining ko’tarilishi indeksatsiya bilan bog’liq emas.  
Soliq  siyosatini  erkinlashtirish  mamlakat  tomonidan  olib  boriladigan  iqtisodiy    siyosatning  bir 
bo’lagidir.  Soliq  siyosati  mamlakatda  yuz  berayotgan  iqtisodiy  o’zgarishlar  bilan  mos  olib  borilishi 
zarur,  oxirgi  yillarda  Hukumatimiz  tomonidan  mamlakatni  rivojlantirishning  asosiy  ustuvor 
vazifalardan biri etib kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 
Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish vazifasi  yetakchi o’ringa qo’yilgan.  Bu haqda  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  to’xtalib,  –  “nisbatan  barqaror  va  bozor  kon’yunkturasi 
o’zgarishlariga tez moslashuvchan, yangi ish o’rinlari yaratish imkonini beradigan kichik biznesni jadal 
rivojlantirish masalasini hal etish bizning sharoitimizda hamon muhim ahamiyatga molik masala bo’lib 
qolmoqda. Aynan shuning  uchun ham  biz  2012  yilda  barcha kichik  biznes  korxonalari  uchun  yagona 
soliq to’lovi stavkasini 6 foizga va sanoat korxonalari uchun 5 foizga tushirish to’g’risida qaror qabul 
qilindi. Hukumat, joylardagi davlat hokimiyati organlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini 
ularga kredit ajratishni sezilarli darajada kengaytirish, ularning faoliyatiga davlat organlari tomonidan 
noqonuniy  aralashuv  va  turli  to’siqlar  qo’yish  holatlariga  yo’l  qo’yilmaslik  hisobidan  qo’llab-
quvvatlash bo’yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishi shart.  
Kichik  biznesning  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushini  2010  yilda  52,5  foizni  tashkil  etgan  bo’lsa 
2011 yilda 54,0 foizga etdi.  
Kichik  tadbirkorlik  sub’ektlarida  soliq  tekshiruvlarini  o’tkazish  davriyligini  belgilashda 
qonunchilikda  ayrim  noaniqliklarni  uchratish  mumkin.  Хususan,  Soliq  kodeksining  90-moddasida 
“mikrofirmalar,  kichik  korxonalar  va  fermer  xo’jaliklari  moliya-xo’jalik  faoliyatining  rejali  soliq 
tekshiruvlari  (taftishlari)  to’rt  yilda  ko’pi  bilan  bir  marta,  boshqa  tadbirkorlik  sub’ektlarining  moliya-
xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvlari (taftishlari) esa, uch yilda ko’pi bilan bir marta amalga 
oshiriladi.  Yangi  tashkil  etilgan  mikrofirmalar,  kichik  korxonalar  va  fermer  xo’jaliklarining  moliya-
xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yilda rejali soliq 
tekshiruvlaridan  o’tkazilmaydi”
6
  deb  ko’rsatilgan.  maksadga  muvofiq.«Makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar 
va soliq muammolari» fanida qo’llaniladigan asosiy atamalar Soliqlar – davlat byudjeti yoki mahalliy 
byudjetlarga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun 
yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalganliklari uchun majburiy to’lovlar.  
Unifikatsiya – turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa  qo’llaniladigan materiallar va 
texnologik jarayonlarni ratsional jihatdan bir xilligini ta’minlash. 
Soliqlarni unifikatsiya qilish – soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, 
soliqqa tortish ob’ekti o’xshash bo’lgan soliq turlarini birxillashtirish. 
Soliq  imtiyozi  –  soliq  to’lovchilarning  ayrim  toifalariga  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
soliq to’lashdan to’liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. 
Preferensiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va 
tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar. 
Soliq  krediti  –  byudjetga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  soliq  summasini  ma’lum  muddatga 
kamaytirish,  kechiktirish,  bo’lib-bo’lib  to’lash  yoki  soliqni  qaytarish  shakli.  Soliq  solishning 
soddalashtirilgan tartibi – 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling