Makroiqtisodiy


Download 484.21 Kb.
Sana12.12.2019
Hajmi484.21 Kb.
#92363
Bog'liq
Abduvali
00186705-89cc39db, Фарду, AUTODESK INVENTOR, Abduvali, Мир исскуства, 1-ma'ruza, lab1, Mamayusupova mustaqil ish, Biz baxorga oshiq boldik, Kurs ishi mavzulari, 2-hafta topshirig'i essey, ON, 1-amaliy mashgulot mavzusi, 8-amaliy


Korrupsiya (Lotinchacorrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi qam K. deyiladi. K. davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish K. koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha "Lokxid ishi" eng yirik K. koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq "xizmat haqi" toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.

Makroiqtisodiy tadqiqotlarga binoan, korrupsiya iqtisodiy oʻsish va taraqqiyotga xalal beruvchi eng katta omildir.

Korrupsiya bilan qanday kurashish lozim? Samarali usullar va xorijiy tajriba



Oddiy xalq orasida korrupsiya deganda koʻpincha davlat amaldorlarining shaxsiy boylik orttirish hamda davlat, jumladan xalq manfaatlari va resurslariga ziyon yetkazish maqsadidagi poraxoʻrligi tushuniladi. Gap xususiy soha toʻgʻrisida ketayotgan boʻlsa, unda odatda yirik koʻlamdagi poraxoʻrlik yoki xususiy korxona mulkini talon-taroj qilish nazarda tutiladi.
Aslini olganda korrupsiya tushunchasi anchayin keng boʻlib,quyi tabaqadan tortib to yuqori tabaqagacha boʻlgan aholining deyarli barcha ijtimoiy qatlamlari, nafaqat davlat, balki xususiy sohalarni ham qamrab oladi.
Mazkur tushunchaga aynan nima kiradi? 2003 yilda qabul qilingan va 2008 yilda Oʻzbekiston qoʻshilgan Korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasida keltirilgan taʼrifga koʻra, korrupsiya davlat amaldoriga shaxsan yoki boshqa shaxslar orqali lavozim majburiyatlari doirasida qandaydir harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirishi uchun mansabdor va boshqa shaxs uchun gʻayriqonuniy boʻlgan imtiyoz vaʼda berish, taklif qilish yoki taqdim qilish hisoblanadi. Bunday taʼrif maʼlum bir lavozim majburiyatlariga ega xususiy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Korrupsiya harakatlariga: (1) amaldor, huquqni muhofaza qilish, sud, soliq, bojxona, taʼlim, tibbiyot yoki maʼmuriy muassasalar, shuningdek, har qanday xususiy korxonaning mansabdor shaxsiga pora berish, (2) mahalliy yoki chet el amaldori va xalqaro tashkilot amaldorini pora berish orqali sotib olish, (3) davlat mansabdor shaxsi tomonidan mulkni talon-taroj qilish, gʻayriqonuniy oʻzlashtirish yoki undan maqsaddan tashqari foydalanish, (4) shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish yoki uchinchi shaxsning boyishi maqsadida oʻz obroʻsi yoki xizmat mavqeidan foydalanish, (5) korrupsiya harakatlaridan daromad olish, (6) oshna-ogʻaynigarchilik yoki urugʻ-aymoqchilik misol boʻla oladi.
Korrupsiyada doim kamida ikki tomon ishtirok etadi: bunda bir tomondan noqonuniy yoʻl bilan boylik orttirayotgan (oʻzi yoki uchinchi shaxs uchun) mansabdor shaxs va boshqa tomondan mansabdor shaxsdan aktiv yoki passiv usulda uning manfaatini koʻzlovchi qaror qabul qilinishini kutayotgan shaxs.

Rivojlanayotgan davlatlarda korrupsiya koʻproq uchraydimi?
Aslini olganda, gap qaysi (rivojlanayotgan yoki rivojlangan) davlat haqida ketmasin, korrupsiya hodisasi har yerda uchraydi. Biroq u turlicha ifodalanadi. Gʻarb mamlakatlarda, masalan, Fransiyada tibbiyot va taʼlim sohasida korrupsiya deyarli mavjud emas. Bu Fransiyada tibbiy xizmat asosan xususiy sektorda taqdim etilishi bilan bogʻliq, yaʼni tibbiyot xodimini moliyaviy jihatdan ragʻbatlantirish “zarurati“ga hojat qolmaydi, chunki bemor rasman uning xizmati uchun gonorar toʻlaydi. Bunda tibbiy xizmat uchun deyarli barcha gonorarlar nafaqat xususiy, balki davlat tibbiyotida ham tibbiy sugʻurta bilan qoplanadi. Koʻrinib turibdiki, xususiy tibbiyot tizimi bu sohada korrupsiyaning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlamaydi.Bu mamlakatda ommaviy ravishda xususiy tibbiyotga oʻtishga daʼvat emasligini qayd etmoqchiman, chunki fikrimcha, buning uchun avvalambor tibbiy sugʻurtaning amaliy tizimini yaratish talab etiladi.
Tibbiyot xodimining past daromadi rivojlanayotgan davlatlarda bu sohada korrupsiya kuzatilayotganligini qisman izohlaydi. Bemorlar tibbiyot xodimlarini moliyaviy ragʻbatlantirish zarur va koʻpincha tabiiy hol deb hisoblaydi. Bemorlarning fikricha, tibbiyot xodimlarning yetarli darajada boʻlmagan ish haqi shunday gʻayriqonuniy moliyaviy ragʻbat olishlarini oqlaydi. Afsuski bu holat, aholining faxrli kasb egalari, shifokorlar va oʻqituvchilarga boʻlgani shonch va hurmatiga putur yetkazadi.
Ayrimlar anʼanaga koʻra, bajarilgan ish uchun minnatdorlik izhor qilish tabiiy, degan oʻrinli eʼtiroz bildirishi mumkin. Koʻplab gʻarb korxonalarida sovgʻa olish masalalarini tartibga soluvchi ichki reglament qabul qilingan boʻlib, unda xodimlardan sovgʻa olish yoki berishda shaffoflik talab qilinadi, ruxsat berilgan va ruxsat berilmagan sovgʻa va iltifot belgilari, ularning belgilangan qiymati, sovgʻa olgan shaxsning uni maxsus registrda deklaratsiya qilish majburiyati mustahkamlab qoʻyilgan, pul koʻrinishidagi sovgʻalarni olish man etiladi. Shunga oʻxshash reglamentni joriy etish va unga rioya etish, masalan, oʻqituvchi va shifokorlarni poraxoʻrlikda oʻrinsiz ayblash xavfini kamaytiradi.
Taʼlim sohasida korrupsiyaning rivojlanishi meritokratiya yoʻqligiga, yoshlarda bilimlarga boʻlgan qiziqish pasayishiga, oliy taʼlim muassasalariga kirish va baholar sotib olinadi degan gʻoyalarni singib olgan yoshlar soni koʻpayishiga kabi achinarli oqibatlarga olib keladi. Natijada universitetni yetarlicha yoki mutlaqo tayyorlanmagan mutaxassislar bitirib chiqmoqda va bu soʻnggi yillarda mamlakatimizda kuchayib borayotgan inson kapitali muammosini qisman izohlaydi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonda kirish imtihonlari natijalarini qalbakilashtirishga barham berishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Darhaqiqat, yuqorida taʼkidlangandek bugun rivojlangan mamlakatlarda tibbiyot va taʼlim sohalarida korrupsiya holatlari juda kam uchramoqda. Bu nafaqat aholi hayotining yuksak iqtisodiy darajasi, balki bolalarga kichik yoshdan toʻgʻrilik va halollik kabi fazilatlarni singdirish, shuningdek, davlat va xususiy sektorda yoʻlga qoʻyilgan nazorat mexanizmlari bilan bevosita bogʻliq.
Biroq paradoksal tomoni shundaki masalan Fransiyada soʻnggi bir necha yillardakorrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchayib borilishi kuzatilmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlar kuchaytirilishining sababi nimada?
Matbuotda xalqaro korrupsiya ayblovlari bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan Fransiyaning Technip, Alstom, Total yirik korxonalari bilan bogʻliq bir necha shov-shuvli voqealar keng yoritilgan. Mazkur kompaniyalar rivojlangan mamlakatlarda oʻtkazilgan tenderlarda ishtirok etganida shartnomalarni “olishning mahalliy usuli“ga asoslangan holda ularni qiziqtirayotgan shartnomalarni olish uchun “konvert“ usulini qoʻllagan.
Ushbu shov-shuvli ishlargacha Fransiya uzoq vaqt IHTT va Transparency International tomonidan Fransiya korxonalari, xususan, xorijda, jumladan, korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan mamlakatlarda faoliyat yuritadigan kompaniyalar tomonidan korrupsiya harakatlariga qarshi amaliy chora-tadbirlarni qoʻllamaganlikda ayblanar edi. Fransiya yetakchi korxonalari katta jarimalar qoʻllagan holda Amerika instansiyalari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilishi ushbu mamlakat uchun bu boradagi muhim turtki boʻldi. Masalan, Technip 240 million AQSH dollari, Total - 245 million AQSH dollari, Alstom - 772 million AQSH dollari va Alcatel-Lucentga- 92 million AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. Katta jarimalardan tashqari amerikalik sudyalar bu kompaniyalarga korrupsiyaga qarshi kurash dasturining samaradorligini tekshirish maqsadida uch yil mobaynida mustaqil audit oʻtkazish majburiyatini yukladi. Bunga muvofiq, sudlangan kompaniyalar Amerika instansiyalari buyruqlari boʻyicha ish tutishga majbur edilar. Amaliyot koʻrsatganidek, ekstra-hududiy vakolatga ega boʻlgan (AQSH hududining chegarasidan chiquvchi) talabchan va qatʼiy Amerika odil sudlovi Fransiyada 2016 yilda korrupsiyaga qarshi kurash qonuni qabul qilinishiga turtki boʻldi.Aytgancha, aynan shu sxema boʻyicha Britaniyaning BAE Systems va Germaniyaning Siemens kompaniyalariga qarshi qoʻllanilgan jiddiy AQSH sanksiyalaridan soʻng Buyuk Britaniya xamda Germaniyaning korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha qatʼiy qonunchiligi qabul qilindi. Aslida, aynan Amerikaning jiddiy sanksiyalari “xavfli“ sektorlarda faoliyat yuritadigan (shu jumladan, davlat xaridlari hisobiga yashaydigan yoki korrupsiya rivojlanayotgan davlatlarda faoliyat yuritadigan) barcha gʻarb transmilliy kompaniyalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi qabul qilinishiga olib keldi.
Shunday qilib, Fransiyaning korrupsiyaga qarshi kurash qonuni nafaqat davlat korxonalari, balki xususiy korxonalardan Fransiya korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan amalga oshirilishi nazorat ostiga olinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli kompleks dasturlar qabul qilishni talab etadi. Xoʻsh, Oʻzbekiston ushbu mamlakatlar tajribasiga suyansa boʻladimi?

O‘zbekistonda korrupsiya kamaymoqda va kamayishi uchun qilinayoqtgan choralar



O‘zbekistonda 2017-yilning birinchi yarim yili davomida korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilingan 1566 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1130ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
“Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.

U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari

buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi

va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm



va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.”

Ming afsuski, korrupsiya deb atalmish balo davlatchilik shakllarining har qanday ko‘rinishida insoniyatning ma’naviy va moddiy taraqqiyotiga bolta urib kelayotgan o‘ta ijtimoiy illat sifatida juda katta to‘siq bo‘lib kelmoqda. O‘rni kelganda ta’kidlash kerakki, bugungi kunda ham insoniyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri – korrupsiya balosidir.


Korrupsiya – lotincha so‘z bo‘lib, “pora berib sotib olish” ma’nosini anglatadi. Mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev juda ko‘plab ma’ruza va chiqishlarida loqaydlik, beparvolik, poraxo‘rlik, korrupsiya, soxtakorlik, mansab vakolatni suiste’mol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to‘g‘risida gapiradilar va huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilariga asosiy vazifa sifatida qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyoti kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashish yo‘lida ayovsiz kurash olib borilayotgani o‘zining samarasini ham bermoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish respublika idoralararo komissiyasi tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda 2017 yilning birinchi yarim yili davomida korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilingan 1566 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1130ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Sud organlariga 1442 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 954ta jinoyat ishlari yuborilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga, qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar soni esa 22 foizga kamaygan. Shuningdek, korrupsiya jinoyatlari natijasida yetkazilgan zararning 77 foizi undirib olingan. Korrupsiyaga aloqador bo‘lgan jinoyatlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu turdagi barcha jinoyatlar soni kamaygan. Jumladan, Jinoyat kodeksining 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash – 39 foizga, 209-moddasi mansab soxtakorligi – 38 foizga, 167-moddasi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish – 37 foizga, 205-moddasi hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish – 35 foizga, 206-moddasi hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish – 31 foizga, 210-212-moddalari pora olish, berish va olish-berishda vositachilik qilish – 13 foizga kamaygan.Lekin, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina.
Ma’lumki, ichki ishlar organlari bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimiga kiradi. IIV Akademiyasi ham Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmasi va shu bilan birga, yuridik oliy o‘quv yurti sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga doir tushuntirish ishlarini amalga oshirish, huquqiy tarbiya va ta’limni, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish, o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish, ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish kabi chora-tadbirlarni amalga oshiririshda faol ishtirok etib kelmoqda.

SH A X S I Y F I K R

Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun birinchi navbatta hamma o’zi uchun diniy tomondangunoh ish ekanliginiva qonun tomondan jinoiy ish ekanligini bilish kerak.Insoniyatni Din tog’rilay oladi (Islom dini) shunung uchun biz dinimizzi yaxshi bilishimiz kerak. Agar biz nimadir ish qilmoqchi bo’lsak o’sha ishimizzi kimdur korrupsiya yoli bilan yo’q qilishi mumkun. Shu ishlarni qilish judayam qiyin lekin hamam o’zi uchun kurashmasak bundan ancha battar ahvolga tushib qoladi boylar yanada boy boladi,kambag’al esa hayotdan umidini uzadi.



Korrupsiya bu faqat pul bilan hal qilinadiga ishla emas,o’tirgan amalini suiistemol qilish kasbiga xiyonat qilishdir,bu hamma sohalarda ko’zga ko’rinmagan holda davom etib kelyapti.korrupsiyaga yo’l qo’yganlar uchun qonunda katta jarima solish kerak.undan tashqari oylik maoshlarni ham yetarli darjada bo’lishi kerak yani ishdan boshqa daromad topadigan ish qilmasigi kerak.


Download 484.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling