Makroiqtisodiyot fan dasturi


Download 100 Kb.
bet1/6
Sana10.09.2022
Hajmi100 Kb.
#803824
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Makroiqtisodiyot FAN dasturi 2-kurs
Таржима, Ontologiya - borliq falsafasi. Dunyoni falsafiy tushinish, Ontologiya - borliq falsafasi. Dunyoni falsafiy tushinish, 11 класс тесты олимпиада, 5df6535ef2c2dc1d66097aba, 5df6535ef2c2dc1d66097aba, mikro, Taqvimiy reja uchun betlik, Mavzu pnevmatik kimyo (pnevmatologiya), 11.KASRLARNI QISQARTIRISH, 8-sinf ingliz tili 2021 to liq.pdf filename=utf-8 8-sinf ingliz tili 2, Ўзб Вет ДАК ка Лотинча саволлар Ихтисослик Ф 2019 oxirgi, 8000488




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING KATTAQO’RG’ON FILIALI


Ro’yxatga olindi №_BI-60410500-.1.11__



TASDIQLAYMAN” Direktor _________Sh.R.Urakov 2021-yil “___” _________



MAKROIQTISODIYOT FAN DASTURI



Bilim sohasi:

400 000

- Biznes, boshqaruv va huquq

Ta’lim sohasi:

410 000

- Biznes va boshqaruv

Ta’lim yo’nalishlari:

60410500

- Bank ishi va auditi


Kattaqo’rg’on-2021

Fan/modul kodi
MAC11309

Oʻquv yili
2022-2023

Semestr
3

ECTS – Kreditlar
3

Fan/modul turi
Majburiy

Taʼlim tili
Oʻzbek

Haftadagi dars soatlari
2



1.

Fan nomi

Auditoriya mashgʻulotlari (soat)

Mustaqil taʼlim (soat)

Jami: (soat)

Makroiqtisodiyot

30

60

90

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad - talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o‘rgatish xamda bozor sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tushuncha, bilim va ko‘nikma xosil kilishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga bozor iqtisodiyoti qonunlarini, bozor sub’ektlarining turli bozor tuzilmalaridagi harakat faoliyatini, ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni, istemolchining bozordagi harakatini, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kabi masalalarni, bozordagi talab va taklif to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarishni, davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-mavzu.Mukammal raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi


Mukammal raqobatlashgan bozor va uning shartlari. Raqobatlashuvchi firmaning, yalpi, o‘rtacha va chekli daromadlari. Korxona foydasi. Korxona foydasini maksimallashtirishni nazariy jihatdan asoslash va uni grafik usulda tahlil qilish. Firma foydasini maksimallashtirishning umumiy optimallik sharti va mukammal raqobatlashgan bozor uchun optimallik sharti. Firmaning zararsiz ishlash nuqtasi. Firma harajatlarini minimallashtiradigan holat. Firmaning yopilish nuqtasi. Firmaning chekli mahsulot ishlab chiqarish qoidasiga amal qilishi. Firma taklifi.

2-mavzu.Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati, tarmoqning taklifi


O‘rtacha uzoq muddatli harajat va uning xususiyatlari. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning mohiyati va zarurati. Tarmoqqa qarashli tipik firma muvozanati. Tarmoqning muvozanat holati. Tarmoqning taklifi. Harajatlari o‘sayotgan tarmoqning taklif chizig‘i, harajatlari o‘zgarmas bo‘lganda tarmoqning taklif chizig‘i. Harajatlari kamayotgan tarmoqning taklif chizig‘i. Tarmoqning kengayish mexanizmi. Firmaning samarali razmeri. Ishlab chiqarish masshtabi. Musbat samarali ishlab chiqarish masshtabi. Manfiy samarali ishlab chiqarish masshtabi. O‘zgarmas samarali ishlab chiqarish masshtabi. Firmaning uzoq muddatli o‘rtacha harajatining kamayishiga va o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar.

3-mavzu.Raqobat va yakkaxokimlik


Raqobat tushunchasi. Raqobatlashuvchi firmalar. Raqobatlashmagan bozor turlari. Sof monopoliya. Sof monopoliyaga misollar. Monopolistik bozorga kirishdagi to‘siklar. Tabiiy monopoliyalar. Sof monopoliyada monopol narx va monopol maxsulotni anqlash. Monopolistik talab va taklif. Monopol hokimiyat va monopol hokimiyat ko‘rsatkichlari. Monopol narx belgilashda talab elastikligining ta’siri. Monopol narx va jamiyat farovonligi. Monopol narxga soliqlarning ta’siri. Rakqbatlashgan monopol bozor. Raqobatlashgan monopol bozorda tovar narxi va ishlab chiqarish hajmini aniqlash. Raqobatlashgan monopol bozor samaradorligi. Oligopoliya va uning xususiyatlari. Kurno modeli. Monopsoniya. Monopoliyaga qarshi konun.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling