Makroiqtisodiyot fanidan 4-Mustaqil ish savollari


Download 33.46 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2023
Hajmi33.46 Kb.
#1660708
  1   2
Bog'liq
Makroiqtisodiyot 4 mustaqil ish


Makroiqtisodiyot fanidan 4-Mustaqil ish savollari:

I-VARIANT


1. Iqtisodiy o‘sishni nokeynscha modellari
2. Tashqi savdo siyosati.
3. Kichik ochiq iqtisodiy modeli
4. O‘zbekiston Respublikasida byudjet soliq siyosati
5. O‘zbekiston Respublikasi valyuta siyosati
1. Iqtisodiy o‘sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda, ya’ni dinamik muvozanat muammosiga e’tibor susaygan va birinchi planga nafaqat foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy qilish, unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga potensial mumkin bo‘lgan o‘sish sur’atlariga erishish muammosi chiqqan davrda paydo bo‘ldi. Shu sababli iqtisodiy o‘sish muammosining nafaqat nazariy asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‘sdi. Bu firmalar o‘z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun, iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga tayangan holda, mikrodarajada o‘sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. Ta’kidlangan modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash uslublaridan va V.Leontevning ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanishdi. Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o‘sishga erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga muqobil bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol kirishishga undadi. Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o‘z resurslaridan potensial o‘sishga erishish maqsadi to‘laroq foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi. Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda ”Iqtisodiy o‘sish nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnologik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.

Download 33.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling