Makroiqtisodiyot” fanidan


Download 60.52 Kb.
bet1/8
Sana26.06.2022
Hajmi60.52 Kb.
#777871
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
budjet- soliq siyosati (2 soat) Reja
boshlangich talim konsepsiyasi, фильтр дафтар - СЭС, фильтр дафтар, фильтр дафтар, vaqtinchalik jurnal, 2-sinf matematika darslarida 100 ichida qoshish va ayirishga doir misol va masalalar yechish, Mikelanjello Buanorotli hayoti va ijodi.docx tayyor.docxFINAL, 1 Evalluation Rubric , 2 5240376304649375517, 9-Lekciya, 6-Lekciya, Ubaydullo, 11 sinf algebra integral jadvali, 2 5287371742312924153, DARS




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
2 – OLIY TA’LIM “IQTISODIYOT (TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA)” TA’LIM YO‘NALISHI 221 – GURUH TALABALASI TOSHPO‘LATOV OLIMNING

MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN



MUSTAQIL ISH
Mavzu: Budjet -soliq siyosati.
.
Tayyorladi: _______________
Qabul qildi: _______________

Termiz 2022-yil


MAVZU: BUDJET- SOLIQ SIYOSATI.
Reja:
1. Budjet –soliq (fiscal) siyosati: mohiyati, maqsadlari, vositalari.
2. Yopiq va ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori. Soliq multiplikatori. Balanslashgan budjet multiplikatori.
3. Diskret fiskal siyosat. Nodiskret fiskal siyosat. Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti.
4. O`zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining o`ziga xos hususiyatlari.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Budjet –soliq (fiscal) siyosati: mohiyati, maqsadlari, vositalari.

Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.


Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta‘minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya‘ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin.


Download 60.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling