Maktab direktori: R. P. Ashurova
Download 13.6 Kb.
|
tavsiyanoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab direktori: R.P.Ashurova O`.I.B.D.O’: A. Xratova Ingliz tili o’qituvchisi: Amaliyot o’qituvchisi
Termiz davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti ingliz tili yo'nalishi 1-bosqich 105-guruh talabasi Boymuratova Xurshidaga Termiz tuman 12-I.D.U.M. ma’muriyati 05.12.2022 dan 17. 12.2022 gacha amaliyot o'tash davri bo'yicha TAVSIFNOMA Boymuratova Xurshida pedagogik amaliyotni o'tash davrida o'zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg'ulotlarini tashkillashtirishda Ingliz tili fani o’qituvchisi Oyjamol Xudoyberdiyevaga astoydil ko'makchi bo'lib, o'zining nazariy bilimlarini qo'llash bo'yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi. O'qituvchilami darsida faol ishtirok etib, metodik tavsiyalar usullami o'rgandi. O'qituvchilardan dars o'tish metodlarini yaxshi o'zlashtirib, o'zi ham mustaqil tarzda dars o'tkazdi. l-“f” sinf o'quvchilari bilan chiqishib keta oldi. Amaliyotchi talaba "English for kids" mavzusida dars o'tdi. O'quvchilami kichik guruhlarga bo'lib ularni barchasini qiziqtira oldi. Dars oxirida sinf o'quvchilarini yangi usul bilan rag'batlantirib baholadi. Darsdan tashqari paytlarida past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan bir qatorda iqtidorli o'quvchilar bilan birga qo'shimcha mashg'ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda o'quvchilar bilimini oshirish yo'nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o'tadi. Kelajakda Boymuratova Xurshida malakali pedagog kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz. Maktab direktori: R.P.Ashurova O`.I.B.D.O’: A. Xratova Ingliz tili o’qituvchisi: Amaliyot o’qituvchisi: G.Usmonova O.Xudoyberdiyeva Download 13.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling