Maktab direktori: U. Xoliqov


Download 16.76 Kb.
Sana26.11.2022
Hajmi16.76 Kb.
#934939
Bog'liq
Tavsiyanoma
gay, Микроконтроллеры, Uralbayev, DARS, Kompyuter bilan tanishuv, 1, Диплом, Amaliy geodeziya, 4 lab STO\', kkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk, Majmua 2020-2021 metodika, 1-лаборатория иши, FRO

Tavsiyanoma
Men O‘rinova Nargizaxon Hasanboyevna 1985-yil 10-avgustda tug‘ilganman. 2003- Yildan to shu kunga qadar Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani XTB ga qarashli 34-sonli maktabda texnologiya fanidan dars berib kelaman. Ma’lumotim oliy . Ish faoliyatim davomida sizning Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Qo‘riqchi harbiy xizmat bo‘limingizda o‘z hizmat vazifasini ,Vatan oldidagi yigitlik burchini bajarayotgan 2002-yil 15-iyilda tug‘ilgan Rahmatullayev Murodjon Sa’dulla o‘g‘liga balog‘at yoshidan to o‘smirlik yoshiga qadar sinf rahbarlik qilganman. Rahmatullayev Murorjon maktabda o‘zining a’lo baholari , namunali hulqi ,tirishqoqligi , jamoat ishlarida faolligi bilan tengdoshlaridan ajrab turardi. Tabiatan bosiq , vazmin , insonlar bilan tez muomilaga kirishuvchan , tushkunlikka tushmaydigan o‘qyvchi edi. Maktabda o‘tkaziladigan tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etardi. Hususan maktab va tuman miqyosida o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchilar ” musobaqasida sinfimiz jamoasi bilan ishtirok etishib tumanda birinchi o‘rinni egallashgan. Bundan tashqari Rahmatullayev Murodjon maktab va sinf rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni vaqtida bajara va topshiriqlarga masuliyat bilan qarardi, tirishqoq, izlanuvchan o`quvchim maktabdan tashqari hunarmandchilik va fan to`garaklariga ham qatnashar edi. Ishonamanki hozir ham o‘z yigitlik vazifasini sitqi dildan bajarib tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Uning Vatan oldidagi yigitlik burchini a’lo darajada bajarib, ishonchimizni oqlashiga ishonaman. Sizlarni va bizni ,ota-onasini bergan bilim va tarbiyalarini yodda saqlagan holda Vatan oldidagi burchini chin yurakdan bajaradi. U Vatan uchun munosib inson bo`lishiga ishonaman.
Maktab direktori: U.Xoliqov
Sinf rahbari: N.O‘rinova
22. 11.2022
Download 16.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling