Maktabgacha pedagogika va maktabgacha metodika fanlaridan kurs ishini


Download 467.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.10.2020
Hajmi467.49 Kb.
#137835
Bog'liq
Maktabgacha pedogogika va maktabgacha metodika fanlaridan kurs ishini bajarish va himoya qilishga doir Metodik qo`llanma


.

íí

TDRJ

TOBHKBNT OAVLAr  

P E D A G O G IA   UNIVERIITfiT

N.N.Djamilova, B.N.Xojimurotova



Maktabgacha pedagogika va  maktabgacha 

metodika  fanlaridan  kurs ishini 

bajarish va ximoya qilishga doir 

METODIK QO'LLANMA

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIOLIY VA 0 ‘RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

NIZOMIY NOMIDAGI 

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Maktabgacha pedagogika va maktabgacha 

metodika fanlaridan kurs ishini bajarish va ximoya

qilishga doir 

METODIK QO‘LLANMA

5111800- Maktabgacha ta’lim yo'nalishi

Toshkent-2018

Maktabgacha  pedagogika  va  metodika  fanlari  bo'yicha  kurs  ishlarini 

tayyorlash.  Metodik  qo'llanma  5111800  -   Maktabgacha  ta’lim  yo‘nalishlari 

bakalavrlari uchun.  - T.; TDPU, 2018. -  26 b.

Mazkur  metodik  qo‘llanmada  maktabgacha pedagogika va metodika fanlari 

bo'yicha  kurs  ishlarini  tayyorlash  tartibi,  uning  bajarilish  mazmuni  va 

rasmiylashtirish masalalari yoritib berilgan.

Metodik qoMIanmadan magistrlar, metodistlar,  o‘qituvchilar, malaka oshirish 

va  qayta  tayyorlash  kurslari  tinglovchilari  o‘z  faoliyatlarida  foydalanishlari 

mumkin.

Tuzuvchilar:  p. f.n., dots. N.N.Djamilova



Katta o‘qituvchi.B.N.Xojimurotova

Taqrizchilar: 

“Pedagogika”

kafedrasi dotsenti:  A.Muxsiyeva



MUNDARIJA

KIRISH....................................................................................................................4

1. Kurs ishini bajarishning maqsad va vazifalari........................................ 7

2. Kurs ishlarini bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar..............................7-9

3. Kurs ishini tayyorlashda ilmiy rahbar vazifalari va talaba 

majburiyatlari................................................................................................ 9

4. Kurs ishini bajarish jarayoniga tayyorgarlik............................................. 10

5. Kurs ishining tarkibi va mazmuni............................................................10-13

6. Kurs ishining rasmiylashtirilishi............................................................ 13-15

7. Kurs ishini taqrizchilarga taqdim etish..................................................... 15

8. Kurs ishini baholash mezonlari...............................................................15-16

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR................................................................16

ILOVALAR....... '.................................................................................................. 18

3


KIRISH

Oliy  ta’lim  muassasalarida  bakalavrlami  tayyorlash  tasniflagichiga  ko‘ra 

5111800  -   Maktabgacha  ta’limi  yo'nalishi  bo'yicha  talabalaming  maktabgacha 

pedagogika va metodika fanlari  bo‘yicha tayyorlash  va himoya  qilish jarayonlari 

kiradi.  Ushbu  metodik  tavsiyanoma  5111800  -   maktabgacha  ta’limi  yo'nalishi 

bo'yicha  bakalavrlaming  tayyorgarlik  darajasi  va  zaruriy  bilimlar  mazmuniga 

qo‘yiladigan  malaka talablari asosida asosida tuzilgan.

Kurs  ishlarini  o‘tkazishdan  maqsad  -  5111800  -   Maktabgacha  ta’lim 

yo‘nalishi  bo'yicha  talabalami  bilim  darajalarini  malaka  talablari  darajasiga 

muvofiqligini  ta’minlash  hamda  kasbiy  pedagogik  masalalami  yechish  asosida 

ulaming amaliy va nazariy tayyorgarlik darajalarini aniqlashdan iborat.

Kurs  ishlari  talabalaming  eng  awalo,  erkin  fikrlay  oladigan,  izlanuvchan, 

o'z  ishiga  ijodiy  yondasha  oladigan,  yangilikka  intiluvchan  shaxs  sifatida 

tayyorlashga  yo'naltirilgan.  Kurs  ishlarini  bajarishdagi  talabalaming  bajargan 

ishlarini  baholash  mezonlari  kafedra  yigilishlarida  muhokama  qilinadi  va  oliy 

ta’lim muassasasi Drniy metodik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Kurs  ishlar  mavzulari  kafedra  tomonidan  mutaxassislarga  talabgorlaming 

talablarini,  shuningdek,  maktabgacha  ta’limga  zamonaviy  yondoshuvlar,  fan, 

pedagogik  texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

Bo'lg'usi  tarbiyachi  -  pedagoglaming  kurs  ishlari  bo'yicha  muammo 

yechimi  yuzasidan  pedagogik  tadqiqot  ishlarini  amalga  oshirish  va  olingan 

natijalarga ishlov berish, umumlashtirish va tahlil qilish kabilar ifoda etilishi lozim.

Kurs  ishida bakalavr umumkasbiy  fanlar bo'yicha bilimlami  qo'llanilishini 

talab qiladigan, tugallangan kasbiy pedagogik topshiriqni yechadigan va pedagogik 

texnologiyalami o' quv-tarbiyajarayoniga keng joriy etishni talab qiladi.

Bu ishda bakalavr:

-yechilayotgan  mavzu  bo'yicha  muammo  holatining  mazmuni  va  bu 

masalaning tahlilini mavjud va yangi adabiyotlarga tayangan holda beradi; 

-kasbiy-pedagogik  talablami  ifodalaydi,  mavzuni  ochib  berish 

yo'lini 


aniqlaydi;

4


-muammo  yechimi  bo'yicha  xulosa va  takliflami  beradi  hamda  ulami  o'quv- 

tarbiya jarayonining mos sohalarida qoilash imkoniyatini aniqlaydi.

Talabaga kurs ishning topshirig‘i, odatda, u kurs ishining mazmunidan  kelib 

chiqqan holda beriladi.

Kurs  ishini  himoya  qilishda  attestatsiya  komissiyalari,  mutaxassis 

tayyorlovchi  tayanch  oliy  ta’lim  muassasasining  ilmiy-pedagogik  kadrlari 

tarkibidan belgilanadi.

5111800  -   Maktabgacha  ta’limi  yo‘nalishi  bo'yicha  kurs  ishining 

himoyasiga  metodik  talablami  to iiq   bajargan  va  mavzuda  nazarda  tutilgan 

muammoning yechimini  muvaffaqiyatli  aniqlagan hamda kurs  ishini  qonun-qoida 

bo'yicha rasmiylashtirgan talabalar qo'yiladi.

Kurs ishlar bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichi  100 ballik tizimda baholanadi 

hamda 

attestatsiya 



komissiyasining 

majlis 


bayoni 

belgilangan 

tartibda 

rasmiylashtirilgandan so‘ng shu kunning o'zida e’lon qilinadi.

Taqdim  etilayotgan  mazkur  metodik  qo‘llanma  talabalarga  kurs  ishlami 

tayyorlash va ulami  himoya kilish jarayonida zaruriy  manba bo'lib xizmat  qilishi 

mumkin.  Ushbu  qo'Ilanma  asosida  talabalar  kurs  ishlarining  mavzularini  tanlash 

va  tasdiqlash  tartibi  shuningdek,  kurs  ishining  mazmuni  va  tarkibiy  tuzilishi, 

rasmiylashtirish  hamda  tayyorlash  ketma-ketligi  bo'yicha  ularga  qo'yiladigan 

umumiy talablami aniqlab oladilar.

“O'zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2015 yil 25  avgustdagi № 246 

sonli  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Xukumatining  ayrim  qarorlariga  pedagogik 

faoliyat  samaradaorligini  va  sifatini  oshirish  bilan  bog'liq  o'zgartirish  va 

qo'shimchalar  kiritish  to‘g‘risi”dagi  qaroriga  asosan  Oliy  ta’lim  muassasalari 

Professor-  o'qituvchilari 

tarkibining  o'quv,  ilmiy-tadqiqot,  tashkiliy-metodik, 

ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy  ishlar yuklamasinl*  ainiqlash  qoidalariga  muvofiq 

ravishda tuzildi.

Bir kurs ishi uchun 2 soat.

5


Bir professor  o‘qituvchi  bir  semestr  davomida,  odatda,25  nafar  talabaga  (ko‘pi 

bilan  1-2  ta  akadem  gurux  talabalariga)  rahbarlik  va  maslaxat  berishi  mumkin. 

Kurs  ishiga raxbarlik, kurs ishini  ximoyaga taqdim etilganligi bilan aniqlanadi. 

Kurs ishi  ximoyasini o'tkazish.

Bir kurs ishi ximoyasi uchun -0.6 soat.  Bunda professor- o'qituvchilaming 

kunlik  ishsoatxajmi  8 soatdan oshmasligi  lozim.

Kurs  ishi  ximoyasida  kamida  2  nafar  professor  o'qituvchi  ishtrok  etadi.  Jami 

soatlar  ximoyada  ishtrok  etgan  professor  -   o'qituvchilar  soniga  bo'linadi  va 

ulaming o‘rtasida keng taqsimlanadi.

Professor-  o'qituvchilaming  kurs  ishi  ximoyasini  o ‘tkazishda  ishtrok  etishi 

tegishli qaydnomalarda aks ettiradi.

6


Kurs  ishining mazmsuni

1. Kurs ishini bajarishning maqsad va vazifalari

Kurs  ishi  mavzulari  o‘quv  rejaga  asoslangan  holda  fan  mazmuniga  muvofiq 

ravishda  ishlab  chiqiladi  va  kafedra  yig'ilishida  tasdiqlanadi.  Mavzular  ilmiy, 

dolzarb va talabaning mustaqil bilim egallashiga yo'naltirilgan boiishi lozim.

Kurs ishining sifati mavzuning to‘g‘ri tanlanganligiga bogiiq.  YA’ni talaba u 

yoki bu ilmiy masalaga shaxsiy qiziqishi, uni chuqurroq anglashga boigan hohishi 

bilan  mavzu  tanlashi  hamda  ushbu  muammoni  tadqiq  etish  jarayonida  ilmiy 

rahbariga shaxsiy fikrini bildirishi mumkin.  Biroq ayni  vaqtda ilmiy rahbar albatta 

tanlangan  mavzu  bo'yicha  ilmiy  adabiyotiar  va  amaliy  materiallami  tanlash 

imkoniyatini ham hisobga olishi zarur.

Kurs  ishi  -   talabaning  tanlagan  sohasiga  mos  keluvchi  egallagan  bilim 

darajasi haqida ma’lumot beruvchi, mustaqil bajariladigan va yozma shaklda ifoda 

etiladigan  ijodiy,  ilmiy  tadqiqot  ishidir.  Ushbu ish  talabadan  tadqiqot predmetini 

chuqur  va  ijodiy  o‘rganish,  tanlangan  mavzuning  dolzarbligini  asoslash, 

ko'rilayotgan  muammo  holatini  tahlil  qilish  hamda  shaxsiy  xulosa  va 

umumlashmalami talab etadi.

Kurs  ishini  bajarish  talabalar  uchun  eng  muhim  boigan  mustaqil  ishlardan 

biri  hisoblanadi.  Kurs  ishini  yozmasdan  yoki  himoya  etmasdan  turib  talaba 

imtihonlarga kiritilmaydi va shuningdek, keyingi kursga ham o‘tkazilmaydi.

2. Kurs ishlarini bajarish bo‘yicha metodik tavsiyalar

Mazkur  kurs  ishi  talabalarda  maktabgacha  pedagogika  va  maktabgacha 

metodika  fanlarini  o‘qitish  borasidagi  bilimlar  to iiq   shakllanganidan  so‘ng 

talablarga muvofiq tarzda bajarilishi talab qilinäfli.

Kurs  ishi  talabaning  maktabgacha  pedagogika  va  maktabgacha  metodika 

fanlaridan  egallagan nazariy bilimlarini  tizimlashtirish,  tadqiqot,  tajriba-sinov va 

loyihalash  metodikalarini  amaliyotda  qoilay  olish  ko'nikmasini  nazorat  qilish, 

shuningdek, 

talabaning  zamonaviy  kasb-hunar  ta’limi  sohasida  kasbiy

7


majburiyatlami  mutaxassis  sifatida  bajarishga  tayyorgarlik  darajasini  aniqlash 

maqsadida amalga oshiriladi.

Kurs ishning asosiy vazifalari:

-  Maktabgacha  pedagogika  va  maktabgacha  metodika  fanlaridan  olingan 

ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlardagi bilimlami mustahkamlash;

-  mustaqil  ma’lumotlami  izlash  va  muayyan  muammolar  yuzaga  kelish 

maqsadlarida vaziyatlami o‘rganishga bo‘lgan bilimlami egallash;

-  kurs  ishida  qo'yilgan  vazifalami  bajarishda  tadqiqot,  tajriba-sinov  va 

loyihalash metodikalarini o'zlashtirganlik darajasini namoyish etish;

-real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon bo'lishi; 

-tanlangan  mavzu  bo'yicha  kasbiy,  pedagogik  va  psixologik  kategoriyalar, 

muammolar mohiyatini ochish;

-mavjud materiallami tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash; 

-maktabgacha  pedagogika  va  maktabgacha  metodika  fanlarini  o'qitish 

bo'yicha ta’limi  samaradorligini  oshirishga yo‘naltirilgan  taklif va tavsiyalar 

ishlab chiqish va shu kabilardan iborat.

Kurs ishni bajarish jarayonida talaba turli ma’lumotlar beradigan yordamchi 

adabiyotlar, Davlat ta’lim standartlari, texnologik ko‘rsatma va 

meyoriy  hujjatlardan  foydalanishni  o'rganishi,  mustaqil  ravishda  loyihalash 

ishlarini  bajara  olishi,  fan  va  texnikaning  ilg‘or  yutuqlarini  nazarda  tutib  ta’lim 

berishning eng samarador usullari, yangi o‘quv-didaktik vositalami tanlashi hamda 

pedagogik jarayonni  loyihalay  olishi  lozim,  Shu bilan  birga  maktabgacha ta’lim 

tizimi,  soha bo‘yicha kasb-hunar kollejlari  o'quv  dasturlari va o‘quv rejalari bilan 

tanish bo'lishi,  maktabgacha pedagogika fanlarini  o‘qitish  metodikasi,  pedagogika 

va psixologiya fanlari,  zamonaviy  pedagogik va  axborot texnologiyalarini  chuqur 

bilishi hamda bu bilimlarini amalda qo'llay oladigan bo'lishi  kerak.

Kurs ishida talaba quyidagilami aks ettirishi lozim:

1)  mavzu tavsifi, dolzarbligi, muammoning o'rganilganlik darajasi;

2)  mavzu materiallarining nazariy va metodik asoslarini ochib berish;

3)  mavzuni yoritishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish;

8


4)  mavzuni bo‘yicha o'quv-didaktik materiallami tayyorlash;

5)  xulosa va takliflar berish;

6)  foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini keltirish.

3.  Kurs ishíni tayyorlashda ilmiy rahbar vazifalari va talaba majburiyatlari.

Kurs ishini tayyorlashda ilmiy rahbar:

•talabaga kurs ishini tayyorlash jarayonida ilmiy,  metodik va amaliy yordam 

ko'rsatishi;

•talabaga  mavzuni  tanlash,  ishni  bajarishda  kurs  ishi  mavzui  va  tarkibiy 

tuzilmasi  tasdiqlangan  so'ng  belgilangan  vazifalami  ishlab 

chiqishga ko‘maklashishi;

•talabani  mavzu  bo‘yicha  ilmiy  izlanishda  zarur  bo‘ladigan  manba  va 

adabiyotlami 

izlashga  yo‘naltirishi  hamda  tadqiqotni  amalga  oshirishda 

qoilaniladigan metodikalami tanlashga yordam berishi;

•talabaga  muntazam  maslahat  berib  borishi,  kurs  ishini  reja  asosida 

bajarilishini nazorat qilishi;

•talabaga  himoya  qilish jarayoniga  kirish  so‘zi  va  taqdimotlami  tayyorlash 

uchun zarur bo'lgan yordamni ko'rsatishi;

• belgilangan vaqt davomida kurs ishining bajarilishini ta’minlash;

• kurs ishi xaqida  yozma xulosa berishi lozim.

Talaba  muntazam  ilmiy  rahbar  tomonidan  belgilangan  hamda  kurs  ishini 

tayyorlash jadvali(ilovada  ko‘rsatiladi)  qayd  qilingan  vaqtlarda  olingan  natijalar 

haqida hisobot berib borishi lozim.

Talabaning  ilmiy  rahbar  ko‘rsatmalarini  bajarmasligi  yoki  sababsiz

ür'  ■


maslahatlarga kelmasligi kurs ishiga rahbarlikdan voz kechishga asos boiadi.

Talaba kurs  ishini  o‘z muddatida bajara olmasa,  imtihonlarga kiritilmaydi  va 

shuningdek, keyingi kursga ham o‘tkazilmaydi.

9


4. Kurs ishini bajarish jarayoniga tayyorgarlik

Kurs  ishini  bajarishga  tayyorgarlik  jarayoni  talabaga  tanlangan  mavzuning 

o'rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar, monografiya va 

o'quv qoilanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan boshlanadi.

Manba  va  adabiyotlar  bilan  ishlash jarayonida  tadqiq  etilayotgan  u  yoki  bu 

muammoga taalluqli boigan dalil va voqealami yozib olish tavsiya etiladi.

Yozib  olingan  ma’lumotlar  ko‘pchilik  hollarda  materialni  qayta  ishlash  va 

guruhlashda  qiyinchilik  tug'dirmasligi  uchun  bitta  varaqqa  joylashtirilishi 

maqsadga  muvofiqdir. 

Buning  uchun  ma’lumotlar  chiqqan  manba  va 

adabiyotlaming qayeridan yozib olinganligini aniq ko'rsatish talab etiladi.

Manba  va  adabiyotlar  o'rganilib  boigach  esa,  kurs  ishining  to iiq   rejasini 

tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan bilan kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida 

aniqlik  kiritish  mumkin.  Uning  oxirgi  varianti  asosiy  manba va  adabiyotlar bilan 

ishlab boiingach tuziladi va u ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga 

aylanadi,  unga  kiritiladigan  o'zgarishlami  faqat  rahbar  roziligi  bilan  amalga 

oshirish mumkin.

S. Kurs ishining tarkibi va ntazmuni

Kurs ishi  référât va nazorat ishlaridan nafaqat katta hajmi bilan, balki tadqiqot 

predmetini  (asosan,  adabiyotlar  va  manbalar  bo'yicha)  chuqurroq  va  ijodiyroq 

o‘rganishni, shuningdek, ishda tanlangan mavzusining

dolzaibligi,  muvofiq  keluvchi  muammoning  ishlanganlik  holati,  shaxsiy 

xulosalarining tahlilini asoslash talab etiladi.

Kurs ishining hajmi,  albatta har qanday  axborot tashuvchi  vositalarda taqdim 

etiladigan ilovalardan tashqari 30 - 35 betdan kam boimasligi lozim.

Kurs ishining tuzilishi quyidagilardan iborat boiishi kerak.

•  sarvaraq (1-ilova);

•  mundarija (2 ilova);

•  kirish;

•  bob va boiimlardan iborat asosiy qism;

10


•  xulosa;

•  adabiyotlar ro'yxati;

•  ilovalar.

Kurs ishlari hajmi quyidagi jadvalda keltirilgan.

1-jadval

M

fío ‘limlarni nomlari

Hajmi

1

Mundarija



1  bet

2

Kirish



2-3 bet

3

Asosiy qism (bob vab o ‘limlar)



25 bet

4

Xulosa va tavsiyalar



1-2 bet

5

Foydalanilgan adabiyotlar



2-3 bet

Kurs ishining kirish qismida:

>   tadqiqot uchun tanlangan mavzumng dolzarbligi asoslanadi;

>  muanunoni  yechish  uchun  taxmin  etiladigan  tadqiqot maqsadi  va vazifalari 

belgilab beriladi;

>  tadqiqot  obyektiga  tavsif  beriladi  va  yechiladigan  ilmiy  muammoning 

zamonaviy holati baholanadi.

>  Tadqiqot predmetida muammoni  xal  etishining  metod  va usullari,  vositalari 

belgilanadi.

Kirish  tanlangan  mavzuning  dolzarbligini  asoslash  bilan  boshlanadi. 

Dolzarblik unchalik ko‘p bo‘lmagan so‘zlarorqali ifodalanishi lozim.

Ilmiy  muammoning dolzarbligidan tadqiqot maqsadining yakuniy ta'riflashga 

mantiqiy  o'tish,  shu bilan birga ushbu  maqsadga  muvofiq holda yechish  mumkin 

bo'lgan  aniq  vazifalami  belgilash  mumkin.  Vazifalar asosan bir holatdan ikkinchi 

holatga o'tish shaklida bajaiiladi:  o‘rganish, tahlil qilish, ifodalash, namoyon qilish 

va h.k.


Ushbu  vazifalami  imkon  qadar  puxtaroq  ifodalash  lozim.  Chunki  qo‘yilgan 

vazifalar yechimi ilmiy ishning asosiy mazmunini qamrab oigan holda tavsiflanadi. 

Shuningdek,  bu  ilmiy  tadqiqot  vazifalarining  aniq  ifoda  etilishi  aynan  bob  va 

bo‘limlar sarlavhasini vujudga keltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism:

11


1)  mavzuning ilmiy-nazariy asoslari;

2)  maktabgacha  pedagogika  va  maktabgacha  metodika  fanlarini  o'qitishda 

pedagogik  texnologiyaning  o'quv  jarayoniga  tatbiq  etish  yoilari,  uslub, 

shakl va vositalarini aniqlash;

3)  soha  bo‘yicha  olib  borilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlariga  tahliliy-tanqidiy 

yondashuv.

Kurs  ishining  asosiy  qismida  -   bajarilayotgan  ilmiy  ishning  mazmun- 

mohiyatini,  metodikasi  va  asosiy  natijalarini  o‘z  ichiga  olishi  lozim.  Unda  ishda 

o‘rganilayotgan masalaning nazariy  asoslari tahlil etilish jarayonida asosan ikki va 

uch  qirrasi  ajratib  ko‘rsatiladi.  Keyingi  bandda  muammoning  amaliyotdagi 

yechimini  tadqiq  qilish  zarur.  YA’ni  bunda  muammoni  yechish  uchun  muayyan 

usul  va  metodlar  keltiriladi  hamda  tadqiqot  natijalari  (ta’lim  muassasalari 

misolida) umumlashtiriladi.

Har  bir  bob  o ‘z  nomlanishiga  ega  bo‘lishi  hamda  u  tugallangan 

ma’lumotlardan iborat 2 va 3 boiimlardan tarkib topishi lozim. Ishda boblami juda 

maydalashga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Ish  asosiy  qismida  bob  mazmuni  aynan  kurs 

ishining mavzusiga mos kelishi va uni to‘liq yoritishi 

kerak.


Asosiy  qismni  tashkil  etuvchi  bob  va  boiimlarning  mazmuni  kurs  ishi 

mavzuiga  to‘liq  mos  kelishi  va  uni  to‘la  ochib  berishi  darkor.  Bob  va  bo'limlar 

talabaning  qisqa,  mantiqan  to‘g‘ri  va  dalillar  keltirib  to‘plagan,  tizimlashtirgan 

hamda tahlil  qilgan  materiallarini  bayon  etish  qobiliyatini  namoyish  qilishi  lozim. 

Mazkur ko‘rsatmada bob va bo'limlar o'zaro mantiqiy izchillikda beriladi.

Kurs  ishining yakunida bajarilgan  ishning natijalari  bo’yicha qisqacha xulosa 

va unda quyilgan topshiriqlar to‘liq yechimining baholanishi ko‘rsatilishi lozim.

Demak,  kurs  ishining  xulosa  va  takUflar  qismida  ish  mazmuni  bo'yicha 

ishlab 

chiqilgan 



xulosalar 

va 


aniq 

takliflar, 

erishilgan 

natijalar 

mujassamlashtiriladi.  Kurs  ishi  ayrim  boblardagi  xulosalar va takliflar bilan  ham 

tugallanishi  mumkin,  ammo  undan  eng  muhimlari  ishning  oxirida,  ya’ni  xulosa 

bo'limida  aks  ettirilishi  kerak.  Shuningdek,  bunda  ishning  amaliy  yo‘nalishi  va

12


axamiyati,  uni  bugungi  kundagi  yoki  kelajakdagi  qo  llanilish  sohasi  belgilab 

berilishi kerak.

Foydalaniladigan  adabiyotlar  ro‘yxatida  ilmiy  ishni  yozish  jarayonida 

qoilaniladigan,  20-25  tadan  kam  boimagan  barcha  adabiy,  ilmiy  va  meyoriy 

manbalar hakidagi ma’lumotlar qamrab olishini maqsadga muvofiqdir.

Kurs  ishida  iloji  boricha  oxirgi  5  yilda  nashr  etilgan  adabiyotlar,  ilmiy 

ishlardan hamda Internet yangiliklardan foydalanish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlaming tanqidiy  tahlilini  tuzishda qo'yilgan 

muammoni  o‘rganish  uchun  ular  nimani  berishligini  aniqlash,  shuningdek, 

ulaming muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e’tibor qaratish lozim.



Ilovaga  ishning  asosiy  qismida  qandaydir  sabablarga  ko'ra  taqdim  etilmay 

qolgan ma’lumotlar kiritiladi.

Jumladan, ilovada:

>  yordamchi va raqamli  ma’lumotlar iboratjadvallar(jadval, diagramma;)

>  qo‘shimcha ko'rgazmali materiallar (rasm, surat va fotohujjatlar);

V  ilmiy  ishni  bajarish  jarayonida  ishlab  chiqilgan  metodikalar  va 

yoriqnomalar joylashtiriladi.

6. Kurs ¡shining rasmiylashtirilishi

Ilmiy  ishning  zarur  elementlaridan  biri  bayon  etilayotgan  ma’lumotlami 

savodxonlik  bilan  (grammatik  va  stilistik  jihatdan  to‘g‘ri)  ifodalanishi,  adabiy 

uslub,  pishiq  va  puxta  ishlanishi,  tashqi  tomondan  yaxshi  rasmiylashtirilishi  va 

uning mohirona tasvirlanishidir.

Asosiy  ma’lumotlami  bayon  etish  jarayonida  u  yoki  bu  holatlar  ko'chirib 

olingan  boisa,  manbalar  havola  etilishi  lozim.  Manbalar haqidagi  ma’lumotlarga 

quyidagilar kiritilishi kerak.  muallifning F.I.SH., fctöb nomi, nashriyot nomi,  chop 

qilingan joyi va yili, betlar soni.

Havolalar 

matn 

parchasi 



keltirilgan 

varaqning 

pastki 

qismida 


rasmiylashtiriladi. 

Shuningdek, 

foydalaniladigan 

adabiyotlar 

ro'yxatida

13


qoilanilgan  manbalar  sifatida  ham  keltiriladi.  Ushbu  ro‘yxat  manbalami 

bibliografik ifodalash qoidalari bo'yicha tuzilgan bo‘lishi shart.

Kurs  ishining  matni  A4  formatli  oq yozuv  qog'oziga  14  hajmli  Times  New 

Roman  shrifti  bilan,  so‘zlar  oralig‘idagi  qator  1,5  intervalda 

kompyuter yordamida teriladi. Kompyuterdagi qo'lyozmaningbittavarag'ida 

so'zlar 30 ta qatordan oshmasligi  lozim.  Varaqning chap tomoni -  25  mm, yuqori 

qismi  -  20 mm, o‘ng tomoni -  10 mm, pastki qismi -  25 mm,

Matn qat’iy izchil tartibda nashr qilinishi talab etiladi.  Har xil turdagi matnga, 

ya’ni boshqa bir varaqlarda yoki  qog'ozning orqa tomoniga yoki boim asa boshqa 

bir  o'ringa  matn  bo‘lagini  ko'chirish  kabi  qo'shimcha  kiritishlarga  yo‘l 

qo'yilmaydi.  Barcha  havola  va  satr  ostidagi  izohlar  matnlarga  taalluqli  bo'lgan 

varaqlarda (mayda intervalda) beriladi.

Ish  tarkibiy  qismlarining  (mundarija,  kirish,  boblaming  nomi  va  xulosa) 

sarlavhasi  katta harflar bilan  teriladi,  bo'Iimlar sarlavhasi  esa  abzatsdan  bosh harf 

katta  harf  bilan,  qolganlari  kichik  harflarda  maydonning  chap  qirrasi  buyicha 

yoziladi.  Shuningdek,  sarlavha  so'ngida  nuqta  qo'yilmaydi  va  ostiga  ham  hech 

qanday chiziq tortilmaydi, faqat qora harflar bilan ajratiladi.

Bob  va  bo'Iimlar  sarlavhasi  imkon  qadar  qisqa  bo'lishi  lozim.  Sarlavhada 

so'zni  bo'lib  keyingi  satrga  ko'chirish  mnmkin  emas.  Agar  sarlavha  ikkita 

murakkab  gap  bo'lagidan  iborat  bo‘Isa,  bunda  ulami  nuqta  bilan  ajratib  yozish 

lozim.

Sarlavhalar va keyingi matn orasidagi  masofa ikki  intervaldagi  satrda bo'lishi 



kerak. Bunday masofa bob va bo'Iimlar sarlavhasidagi oraliqni ushlab turadi.

Matnda 


so 'zla m i 

qisqartishga yo'l qo'yilmaydi.

Ishda bayon  etilayotgan  matnlar  15  mmda  rasmiylashtiriladigan  abzats  bilan 

ajratib  boradi.  Agar  so'zlar  bir-biriga  chambarchas  bog'liq  yoki  matn  qismining 

mazmuniga biriktirilgan bo'lsa, bunda ulami  abzats bilan  ajratish mumkin.  Bu bir 

nechta  gapdan  iborat,  umumiy  mazmun-mohiyatga  ega  bo'lgan  so'zlar  bo'lishi 

ham  mumkin.  Adabiyotlami  tanlash  -  bu  talabaning  burchidir.  Kurs  ishi  raxbari 

faqat talabaga  ishning  asosiy  yo'nalishini  aniqlashda  ko'maklashadi  hamda  ishni

14


yozish jarayonida qo'lluh uohun ko'proq muhim bo'lndigan  ilmiy 

manbalami 

ko'rsatadi 

va  ul&mi qayardan toplih  mumkmlmi  to'g'risida tushuntirib boradi.



7. Kur« lahlnl laqrischilarga taqdlm etlih

Kurs  ishiga  obyektiv  baho  b«riih  maqiadida  unga  muvofiq  keluvchi  yuqori 

ilmiy-amaliy  salohiyatga  ega  bo'lgan  mutaxassislaming  taqrizlari  muhimdir.  Har 

bir ish bo‘yicha kafedra yig'ilishi qaroriga muvofiq taqrizchi belgilanadi.

Taqrizchi  -   OTMning  boshqa  kafedralari  professor-o'qituvchilari,  yoki 

muayyan  ishda  ko‘tarilgan  muammo  bo‘yicha  yetakchi  ilmiy  va  amaliy  faoliyat 

olib  boruvchi  boshqa  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarkibidan  bo‘lishi 

mumkin.


Taqrizda talaba tomonidan tanlangan mavzuning dolzarbligiga baho berilishi, 

unda qo'yilgan maqsad va ifodalangan vazifalarga kurs ishi mazmunining mosligi, 

uning asosiy qiymatini belgilovchi,  amaliy ahamiyati va olingan natijalaming ilmiy 

asoslanganligi,  shuningdek,  ishda yul  qo'yilgan asosiy  kamchilik berilgan bo‘lishi 

lozim.  Taqrizchi  kurs  ishining  mazmuni  va  rasmiylashtirilishi  bo‘yicha  talaba 

mehnati natijalariga nafaqat sifat, balki miqdor (ballarda) baho berishi zarur.



8. Kurs ishini baholash mezonlari

Kurs ishini asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:

■ mavzuning dolzaibligi va yangiligi, uni ishlab chiqishning murakkabligi;

■ko‘rilayotgan  masala  bo'yicha  mahalliy  hamda  xorijiy  manba  va  maxsus 

adabiyotlardan to ia  foylanilganligi;

■tadqiqot  obyekti  bo‘yicha  daliliy  ma’lumotlami  to‘liq  va  sifatli 

to'planganligi;

■qo‘yilgan  masalani  hal  qilishda  metod 

vositalardan  foydalanishning 

tasdiqlanganligi;

•olingan natijalami tahlil qilib, sharhlay olinganligi;

■xulosa,  taklif,  tavsiyalaming  ilmiy,  uslubiy  va  amaliy  ahamiyati  hamda 

ulami isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkoniyatlari;

15


• 

materialni  aniq  va  to‘g‘ri,  xatosiz  bayon  etilganligi,  ishni  sifatli 

rasmiylashtirilganligi;

•kurs  ishining  nazariy  va  amaliy  masalalar  bo'yicha  munozara  yurita 

olinganligi,  kafedra  tomonidan  tuzilgan  komissiya  a’zolarining  savollari  va 

taqrizchilar 

kamchiliklariga 

berilgan 

javoblaming 

to'g'ri 


va 

chuqur 


ifodalanganligi.

Kurs ishi  sessiya boshlanishiga  10  kun kolganda kafedraga topshiriladi, ilmiy 

ishlar bo‘yicha dekan muovini  va fakultet dekani tasdig‘idan o‘tadi,shundan so‘ng 

himoya etiladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonuni  (Barkamol 

avlod - 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Т.:  Sharq nashriyot matbaa- 

konsemi.  1997. -B.20-29.

2.  0 ‘zbekiston 

Respublikasining 

«Kadrlar  tayyorlash 

milliy 


dasturi» 

//Barkamol  avlod  -  0 ‘zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.  - T :  Sharq 

nashriyot matbaa-konsemi. 1997.  B.-31 -61.

3.  0 ‘zbekiston  Davlat  standarti.  0 ‘zbekiston  uzluksiz  ta’limi  Davlat 

standartlari  tizimi.  Oliy  ta’lim.  5111800  -   maktabgacha  ta’lim  yo'nalishi 

bo‘yicha  bakalavrlaming  tayyorgarlik  darajasi  va  zaruriy  bilimlar 

mazmuniga qo'yiladigan talablar.  -  Т..  2008.  -  25 b.

4.  Беспалко  В.П.,  Татур  И Г.  Системно-методическое  обеспечение 

учебно-воспитателного процесса подготовки спетсиалистов. -  М.,  1989.

5.  Кларин  М.В.  Инновационние  модели  обучения  в  зарубежних 

педагогических поисках. -  М.:  «Арена»,  1994.

6.  Педагогические 

технологии: 

Учебное 


пособие  для 

студентов 

педагогических  спетсиалностей.  -   Ростов  на Дону:  издателский  сентр 

«Март», 2002.

7.  Потапов И В.  Методические рекомендатсии по виполнению писменних 

работ,  отчетов  по  практике,  подготовке  и  зашите  випускних

16


квалификационних  работ.  Филиал  СЗАГС  в  г.  Великий  Новгород.  -  

2 007 .-5 1   с.

8.  R.M.Qodirova,T; 2007у Bitiruv malakaviy ishini yozish metodikasi.Metodik 

qo‘llanma.



Internet savrtari:

www.Dpf.uni.udm.ru



2. 

www.taiant.SDb.ru/wald.html

3.  _w w w .inter-pedagogika.ru.

4. 


www.eleandr.ru

5.  www.istedod.uz

6.  www.natlib.uz

7.  ww w .inetlibraru.com

8.  www.search.re.uz - 0 ‘zbekistonning axborotlami izlab topish tizimi.

9.  www, ecsoman edu. ru  -  Rossiya  Federatsiya  oliy  o'quv  yurtlarida 

o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy komplekslar.

17


ILOVALAR

SARVARAG‘NI RASMIYTIRISH NAMUNASI

0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASINING OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI

1 -ilova

NIZOMIY NOMIDAGITOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 

UNIVERSITETI

«Himoyaga ruxsat etilsin» 

Fakultet dekani

«____» ________ 201  y



KURS ISHI

“Pedagogika va psixologiya” fakulteti 

5111800- “Maktabgacha ta’lim”yo‘nalishi 

302 guruh talabasi 

Urmanova  Gulmira 

“ Maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  barkamol  avlodni  tarbiyalashda 

oila  bilan  hamkorligi”

«Himoyaga tavsiya etilsin» 

Ilmiy  rahbar:

“Maktabgacha ta’lim” 

Taqrizchilar:_

kafedrasi mudiri

P.f.n., dots.

Tashkent 201 

y

18


KURS ISHIMAVZUIMAZMUNINIRASMIYLASHTIRISH 

NAMUNASI

«...............................................................»

Mundarija

Kirish..................................................................................................................... 3-4

1-BO  B 

5-11


1.  1 

  9-10


1

.  

2

 

11-12

1.  3 


13-15

2-BO  B  

16

2.  1 


17-19

2



2

 

20-22

2.  3 


23-27

Xulosa.................................................................................................................... 28

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati............................................................. 29-30

Ilovalar............................................................................................................

**■  



2 - ¡lova

19


3 - ilova

FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO‘YXATINI 

RASMIYLASHTIRISH NAMUNASI

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

I.  Manbalar

1.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni  /  Barkamol 

avlod - 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori -T..  Sharq nashriyot-matbaa 

konsemi,  1997. 20-29 b.

2.  0 ‘zbekiston  Respublikasining  “Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturi” 

Barkamol  avlod  -  0 ‘zbekiston  taraqqiyotining  poydevori-  T.:  Sharq 

nashriyot-matbaa konsemi,  1997, 31-61-b.

II. Adabiyotlar

3.  Azizxo‘jayeva N N.  O'qituvchi  tayyorlashning pedagogik texnologiyasi.  -  

T.: Nizomiy nomli TDPU, 2000, - 52 b.

4.  Ziyomuxammedov B.  Yangi pedagogik texnologiya.  nazariya va amaliyot. 

-T.. Chinoz ENK, 2002, -124 b.

5.  Ochilov M.  Yangi pedagogik  texnologiyalar /  0 ‘quv  qoilanma.  -  Qarshi, 

Nasaf, 2000, - 79 b.

6.  Ochilov M., Ochilova N.  0 ‘qituvchi odobi.  - T.:  O'qituvchi,  1998, -  94 b.

7.  Ochilov  S.  Mustaqillik  ma’naviyati  va  tarbiya  asoslari.  -  T.:  0 ‘qituvchi,

1995,-207 b.

8.  Pedagogika / A.K.  Munawarovning umumiy taxr.  ostida.  -  T.:  O'qituvchi,

1996,-215  b.



III. Internet -  remrslari

10.  0 ‘rta Osiyo pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar www.  adpima  com I I 

www.  amazon,  com

11. Ta’limning ilg‘or texnologiyalari // www.  ip kpro aaanet.ru

12.  Ta’lim standarti va pedagogik innovatsiyalar // www.  iet. mesi. ru

20


4 - ilova

ILMIYRAHBAR YAKVNIY XULOSASISHAKLI

KURS ISHIGA ILM IY RAHBAR XULOSASI

Kurs ishi talaba

___________________________________

___________________________________  

tomomdan lshlab chiqilgan

Fakultet______ ________________________________________________

Kafedra_____________________  

Guruh____________________

Ixtisoslik______ _____________________________________________ _

Kurs ishi mavzui________________________________________________

1. Tanlangan mavzuning dolzaibligi va maqsadga muvofiqligi

2.  Kurs ishi mazmunining qo'yilgan maqsad va shakllantirilgan vazifalarga 

mosligi______________________________________________________

3. Kurs ishining ilmiy-amaliy darajasi.

4.Kurs 


ishining 

mustaqil 

bajarilganlik 

darajasi________ __________________________________________________

5. Manbalardan to‘liq foydalanilganligi

ö.Adabiyotlar 

bilan 

ishlash, 



umumlashtirish 

ko'nikmasi___________________________________________

7. Umiy izlanish uchun tanlangan metodlaming

21


8. Mustaqil ilmiy va amaliy xulosalar chiqara olish ko‘nikmasi

9. 


Tadqiqot 

natijalari 

bo‘yicha 

chiqarilgan 

xulosa 

va 


tavsiyalaming 

ahamiyati 

_____________ _______________ ______ __ _________

10. 


Ilmiy-lug'aviy 

qismning 

to‘g‘ri 

rasmiylashtirilganligi

11.  Kurs  ishidagi  mantiq,  matnning  savodli  yozilganligi  hamda  madaniy-estetik 

jihatdan bajarilganligi_________________ ___________________

12. Kurs ishining rasmiylashtirilish sifati

Kurs ishi bo‘yicha umumiy xulosalar

______________ _______________________________ _

_______________ I

LMIY RAHBAR_________________________________ _________________

(ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi, ish joyi)

«_____»____________ 201_y.

22


TAQRIZCHINING KURS ISHIXAQIDAGI 

TAQRIZ SHAKLI

5- ilova

TAQRIZCHINING KURS ISHI XAQIDA TAQRIZI

Kurs ish  talaba___________________________

______________ _____________ 

tomonidan ishlab chiqilgan

Fak ultet_______________________ ___________

Kafedra_____________________ Guruh_______________________

Ixtisoslik______

Kurs ishi m a v z u i _________________________

1. Mavzuning dolzarbligi

2. Kurs ishi mazmunining qo‘yilgan maqsad va shakllantirilgan vazifalarga 

mosligi_______________________________________________

3. Ishning asosiy afzallik jihatlari

4. Natijalaming ilmiy asoslanganligi  va ishning amaliy ahamiyati

5. Ishning 0 ‘zR OUMTV talablariga muvofiqligi

6. Ishdagi kamchiliklar____________V   •

23


Kurs ishi buyicha umumiy xulosalar

TAQRIZCH1___________________________________________

(ilmiy darajasi, unvoni, lavozimi, ish joyi)

«_____»____________ 201_y.



6 - ilova

Kurs ishi muallifi tayyorgarligini  baholash mezoni

JVs

Talabaning kasbiy tayyorgarlik darajasiga 

qa‘yiladigan talablar

baxolar

umuma 

n mos 

keladi

mos

keladi

mos

kelmaydi

1 Muammoning  dolzarbligini  asoslab berishi

2

Muammoning ishlanganlik darajasini izoxlab 



berish

3 Kurs ishi maqsad va vazifalarini to‘g‘ri 

shakllantirish

4 Metod va vositalami qoilash ko'rukmasi

5 Boblardagi  fasllaming mantiqiy bog'liqligini 

ifodalab berish

6 Kurs ishi natijalari va materiallarini 

rasmiylashtira olish ko‘nikmasi

7 Kurs ishida olingan natijalami ifodalay olish 

ko'nikmasi

8 Kurs ishining taqdimotini o  tkaza olish 

malakasini shakllanganligi



24

Download 467.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling