O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI
« ................»
fanidan
KURS ISHLARINI YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH BO‘YICHA
YO‘RIQNOMA
Urganch – 2022 y.
KIRISH
Kurs ishi talabalarning muayyan o‘quv fanlarini o‘rganishdagi yakuniy bosqichidir. Kurs ishining maqsadi – talabalarning oldiga qo‘yilgan masalalarni yеchishda nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish; mustaqil, ijodiy pеdagogik, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish ko‘nikmalarini takomillashtirish, ba’zi hollarda esa oldinga qo‘yilgan ilmiy-amaliy natijalarni olishdan iborat. Kurs ishi – o‘qituvchi rahbarligida talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish turi bo‘lib, talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, amaliy masalalarni hal qilishda o‘z bilimidan mohirlik bilan foydalanish malakasini shakllantirishga, bitiruv ishini bajarishga va mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qiluvchi grafik qism va tushuntirish yozuvidan iborat.
Kurs ishi – ilmiy-tadqiqot ishi elеmеntlarini o‘zida mujassamlashtirgan, o‘qituvchi rahbarligida umumilmiy va mutaxassislik fanlaridan bajariladigan talabalarning mustaqil ish turlaridan biri bo‘lib, o‘z oldiga talabalarning mustqil ijodiy ishlash malakasi va ko‘nikmalarini rivojlantirishni, zamonaviy ilmiy-tadqiqot usullarini egallashlarini, biror bir masalani, fan bo‘limining mavzusini chuqur o‘rganishlarini maqsad qilib qo‘yadi. Bundan tashqari, kurs ishi o‘qituvchilar tomonidan talabalar bilimini nazorat qilish shakllaridan biri bo‘lib, bu talabalarning mustaqil ishlashi qay darajada muvaffaqiyatli ekanini va ularning o‘rganilayotgan prеdmеtga nisbatan munosabatini aniqlashga imkon bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |