Maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli o‘yinlarni tashkil etish


Download 23 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2023
Hajmi23 Kb.
#1135651
  1   2   3   4
Bog'liq
Maqola. Eraliyeva Zamira UZB


Maktabgacha ta’lim muassasalarida harakatli o‘yinlarni tashkil etish

Yuldasheva Dilafruz, FarDU dotsenti


Eraliyeva Zamira Rasuljonovna, FarDU magistri

Аннотация


Ushbu maqolada maktabgacha ta'limning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilinadi. Sohaga innovatsion yondashuv masalalari tahlil qilingan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ularning yoshi va integratsiyalashgan yondashuviga qarab, faol oylar uchun aniq ko'rsatmalar beriladi.
Tayanch iboralar: maktabgacha ta'lim, ma'naviy muhit, rivojlanish asoslari, ochiq o'yinlar, jismoniy rivojlanish.
Ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bolaning maktabga tayyorgarligi uning jismoniy va ruhiy, aqliy hamda shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi salomatligi bilan belgilanadi. Ya’ni bunda bolalar bog‘chasi va oilada tashkil etiladigan harakatli o‘yinlarning ahamiyati muhim hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, epchillik, jasurlik kabi jismoniy xususiyatlari rivojlanib boradi. Harakatli o‘yinlarni tanlab olishda o‘yinlarning jismoniy va psixologik ta’siri jihatlarini va bolalarning qiziqishlari ham hisobga olish kerak. Shuningdek bolalarning yosh guruhlarining jismoniy rivojlanish darajalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi: mazmunli va mazmunsiz, kam harakatli, o‘rta harakatli va ser harakatli o‘yinlar, shuningdek asosiy harakatiga ko‘ra, yurish, yugurish, sakrash, emaklash, uloqtirishga oid harakatli o‘yinlar tashkil etiladi.
Tarbiyachi harakatli o‘yinlarni tanlab olishda bolalarni yosh hususiyatlarini hisobga olish kerak. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida dioganal, sakrash usullariga o‘rgatish, shundan so‘nggina sakrash o‘yinlariga o‘tish lozim. Chunki bu kabi o‘yinlar orqali bolalarda sakrash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarini hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, shu kabi harakatli o‘yinlar chaqqonlik, jasurlik kabi jismoniy hususiyatlarni ham rivojlantiradi. Tarbiyachi harakatli o‘yinlarni tanlab olishda, eng avvalo, kitob va qo‘llanmalarda berilgan o‘yinlarning jismoniy va psixologik ta’siri jihatlarini bilishi kerak. Yana shuni ham unutmaslik kerakki, o‘yin vazifasi qo‘yilganda, faqat harakatlarga mos bo‘lishi shart emas, balki bunday o‘yinlar yordamida bolalarda o‘zaro yordamlashish, qo‘llab-quvvatlash hissiyotlarini tarbiyalash lozim. Buning uchun “pir-etdi”, “ikki janob”, “mushuk keldi” va boshqa o‘yinlardan foydalanish mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yinlarni tanlab olishda bolalarning qiziqishini ham hisobga olish zarur. Bu yoshdagi bolalarni o‘yinlardagi bo‘ri, qo‘zichoq, sichqon, mushuk qiyofasi surati nimalar qilishi qiziqtirmaydi, aksincha, ularning xatti-harakati masalan, mushukning chaqqonlik bilan sakrab sichqonni ushlab olishi qiziqtiradi. O‘yinlarda harakatlar murakkablashib boradi. Masalan, “bo‘rilar zovurda” o‘yinida bolalar yugurib kelib to‘xtashi, sichqoncha sakrab chaqqonlik bilan bo‘rilarga tutqich bermasdan zovurdan o‘tib ketishi kerak. Bu yoshdagi bolalarga, shuningdek, ikki tomon bo‘lib o‘ynash, qarama- qarshilikning mavjud bo‘lishi ko‘proq qiziqarli. “Ikki janob” o‘yinida bir tomon “janoblar” bolalarni yaxlatib qo‘yishga intiladi va boshqa tomon “yaxlatilib” olishdan qochib harakat qiladi. Uch yoshdagi bolalarning bilim doirasi tor bo‘ladi, diqqati doim chalg‘ib turadi. Shuning uchun bolalarga oddiy va ular oson tushunadigan o‘yinlarni o‘rgatish kerak. Bunday o‘yinlarda qush va hayvonlar yoki ularning rasmlari, o‘yinchoqlari, ertaklardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq. Bu o‘yinlar albatta mazmunli va ibratli bo‘lishi shart. Shu yoshdagi bolalarni o‘yinlarga o‘rgatishda mashqlar katta ahamiyatga ega. Bunday o‘yinlarda mazmun bo‘lmaydi, ularga oddiy topshiriqlar: bayroqni olib kelish, qo‘ng‘iroqchani jiringlatish, koptokka yetib olish kabilar beriladi. Harakatlar esa (yurish, yugurish va boshqalar) bolalarga tanish hamda qiynalmasdan bajaradigan bo‘lishi lozim. Mazmuni tanish bo‘lgan va harakatlarga singdirib yuborilgan o‘yinlarni kichkintoylar juda qiziqib o‘ynaydi. Bu esa ularning harakat qobiliyatini rivojlantirish, ochiq joyda to‘g‘ri yurishga o‘rgatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi, faollik va mustaqillikni tarbiyalashga yordam beradi.
4 yoshli bola bilim doirasining kengayishi va harakatida tajribalar ortishi bilan harakatli o‘yinlarning mazmuni ham xilma-xil bo‘ladi. Qush va hayvonlar harakati, transport turlari va boshqalarga taqlid qilib, bajarilgan harakatlar o‘yinlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. O‘yinlarda bolalarda buyumlarni tanish shaklini (kub, doira, kvadrat) eslab qolish bilan bog‘liq, ranglarni ajratish, tovushlarni farq qilish kabi topshiriqlar bera boshlash kerak. Ba’zi o‘yinlar mazmunini kengaytirish va shartli vazifalar qo‘yish lozim. Bu yoshda bolalar harakatlarini rivojlantirish uchun qo‘yilgan o‘yin shartlari bilan tanishtiradi. Asta-sekin bolalarning vazifani bajarishga munosabati o‘zgaradi. 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar o‘yinda ko‘pincha mas’uliyat sezmagan bo‘lsa (Masalan, bo‘ri bitta quyonni tutadi, uni tutib olganidan keyin u bilan birga yugurib, o‘ynab ketadi, boshqa quyonlarga esa e’tibor bermaydi), endi esa o‘ziga yuklatilgan vazifani tushunadi (bo‘ri quyonni tutib olgandan keyin uni to‘xtatadi, uyiga olib keladi, keyun boshqa quyonlarni tuta boshlaydi). O‘yinda ko‘pincha tarbiyachi boshlovchilik qiladi. Undagi harakatlarning mazmuni tushunarli va juda qiziqarli bo‘lishi juda muhim. Bu bolalarning faoliyatini oshiradi, harakatlariga his-hayajon va jo‘shqinlik bag‘ishlaydi.
4 yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda harakatlarni ancha murakkablashtirish (kubiklar ustiga chiqish, ustida cho‘qqayib o‘tirish, undan tushish, stul tagiga emaklab kirish va hokozo) hamda har-xil harakatlarni bir-biriga qo‘shib bajarish kerak (koptokni tutish uchun irg‘ishlab sakrash va hokozolar). Bunday murakkab o‘yinlarda ishtirok etgan bolalar bir-biridan o‘zishga harakat qiladi. Bu xildagi o‘yinlar hamisha ham birgalikda o‘ynaladigan hisoblanmaydi. Bu o‘yin mashqlarda ayniqsa ko‘proq nomoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik bilan ashula aytib va qofiyali so‘zlar jo‘rligida o‘ynaladigan o‘yinlar keng qo‘llanadi. Bunday o‘yinlarda bolalarni hamjihatlikka va harakatlarni birgalashib bajarishga erisha boorish mumkin.
5 yoshli bolalarning harakatli o‘yinlari mazmuni rang-barang. O‘yinlar ularning atrof- tevarak, hayotda uchraydigan voqealar tog‘risidagi tasavvur va bilimi oshib borishi bilan bog‘liq. Bolalarning o‘yin vaqtida faol harakat qilishi ko‘p jihatdan ularning malakasi va ko‘nikmasi, tevarak- atrofni yaxshi bilishi, harakatlarni sabot, chaqqonlik, idrok va hamkorlikda bajarishiga ham bog‘liq. Aksariyat o‘yinlarda boshlovchi bo‘ladi, lekin bazan bu vazifani o‘yinchilarning ikki-uchtasi bajarishi mumkin. O‘rta guruh uchun mo‘ljallangan o‘yinlarning ba’zilari mazmuni va bajariladigan vazifa tasviriga ega bo‘lmaydi. Bunday o‘yinlarga musobaqa tusini kiritish ham mumkin. Ko‘pincha qofiyali so‘zlar o‘yin mazmunini ochib beradi va uni to‘ldiradi, harakat uchun ishora xizmatini o‘taydi. So‘zlar ko‘pchilik bo‘lib aytilsa, yana ham yaxshi bo‘ladi.
6 yoshli bolalar bilim doirasi toboro kengayib boradi, binobarin harakatli o‘yinlarning mazmuni ham murakkablashadi. O‘yin qoidalari ham murakkablashib borishi tufayli ularni bajarishda aniqlik, diqqat –etibor, sabr-toqat, ortiqcha harakatlarni cheklash (aniq bir yo‘nalishda yugurish, tutilganlarning chetiga chiqishi va hokozo) talab etiladi. O‘yin qoidasi intizomning tarkib topishiga yordam beradi. Ma’lumki, o‘yinlarda ishtirok etish uchun bolalarni guruhlarga bo‘lish lozim. Bunda ko‘pincha kuchli o‘g‘il bolalar faqat qizlar bilan bellashishga intiladi. Bu o‘yinning borishi va natijasiga tasir etadi. Shuning uchun tarbiyachi kuchliroq bolalarni nimjonroq bolalar bilan, o‘g‘il bolalarni qizlar bilan guruh-guruh qiladi.
Bunda o‘g‘il va qiz bolalarning odob-axloqni bilishi, yaxshi tarbiya topishi katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, o‘g‘il bolalar qizlardan qolishmaslik uchun ancha tashabbuskordir. Ular qizlarni hurmat qilishga o‘rgatadi.
6-7 yoshli bolalar uchun harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya mashg‘ulotining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim muassasalari dasturida boshqa materiallarga nisbatan o‘yinlarga ko‘proq o‘rin ajratadi. Buning sababi shundaki, dasturga kiritilgan turli xil jismoniy mashqlarni bolalar xilma-xil o‘yinlar vositasida osongina idrok qiladi va o‘zlashtiradi.
Quyida ilk yosh uchun asosiy harakat turlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada o‘tkaziladigan o‘yinlardan namunalar berilgan

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling