Maktabgacha ta’lim muassasalariga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil etish metodikasi


Download 21.08 Kb.
bet1/4
Sana13.01.2022
Hajmi21.08 Kb.
#329978
  1   2   3   4
1544074683 73095
Bog'liq
111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111, ozbekistonda osuvchi kokamaronlarning iridoidlari, ekonometrika, ekonometrika, Kambag, Yakuniy nazorat savollari, 14-additional-200304-covid-19-m, 21-v, санок система, санок система, Kimyoviy elementlar davriy sistemasi - Vikipediya, 2 5190580947740789217, 2 5190580947740789217, 2 5190580947740789217, 651-18 Mo'minjonov Ulug'bek 4-nomer 3-ded

Maktabgacha ta’lim muassasalariga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil etish metodikasi (5-amaliy mashg‘ulot)

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam o‘rgatishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining kompleks shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi bolalarning jismoniy kamoloti, organizmning funksional takomillashuvi, ular sog‘lig‘ining mustahkamlanishi, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, shaxsni har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi.

Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi.

Ta’lim-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar bilimlar va terminlarni ma’lum qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi.

Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladagan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog‘lomlashtirish-gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (derazalar ochiq holda, yengil kiyim va poyabzalda) mashg‘ulotlar harakatlarning to‘g‘ri, go‘zal va aniq bo‘lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli buyumlar bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazilishi mumkin.

Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, nerv tizimning ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadn. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq.

Harakat faoliyati jarayonida yurak qisqarishi chastotasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish mashg‘ulot boshlanishida uning asta-sekin osha borishi, so‘ng kuchaya borib, mashg‘ulotlarning asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot so‘ngida asta-sekin pasayishini ko‘rsatdi. Bunday izchillik bir tomondan, qon aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan diqqat e’tiborni qaratish, reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlarning kechishi va shu bilan bog‘liq ravishda harakatlarning juda aniqligi bilan belgilanadi.

Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish yoki tashkiliy, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi.


Download 21.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling